cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi

🎭🎼 @Sirdaryo_madaniyat — Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali ✍ @SirdaryoMadaniyatBot 📞 +99867-225-1089

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
447
المشتركون
-124 ساعات
-17 أيام
+430 أيام
أرشيف المشاركات
⚡️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Farg'onada bo'lib o'tayotgan tanlov jarayonlarini kuzatmoqda Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi. Avvalroq joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari Farg‘onada ko‘rik-tanlovning o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Tanlov 2 ta yo‘nalishda: "Askiyachilik san’ati" yo‘nalishida jamoaviy hamda “Qiziqchilik san’ati” yo‘nalishida yakka tartibdagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Ma'lumot o'rnida, ushbu tanlovning birinchi (hududiy) bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o’tkazilgan bo'lib, hududiy bosqichda jami 200 dan ziyod ijodkorlar ishtirok etdi. Ikkinchi (respublika) bosqichiga esa bugun 20-sentyabr kuni start berilib, unda saralangan jami 50 dan ziyod yosh ijodkorlar ishtirok etishmoqda. Tanlov Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Bizni kuzating... G'oliblikni kim qo'lga kiritar ekan? Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kino 🇨🇳O'zbek kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya Xitoydagi kinofestivalda ishtirok etadi ⚡️ 21–25-sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida Ipak yo‘li xalqaro kinofestival bo‘lib o‘tadi. Bu “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining madaniy miqyosdagi muhim ko‘rinishi hisoblanadi. Festival 2014-yil sentyabr oyida hukumat ruxsati bilan tashkil etilgan bo'lib, har yili Sian va Fuchjou shaharlaridan birida o'tkaziladi. Uning dasturiga ochilish-yopilish, taqdirlash marosimi, filmlar namoyishi, kinoforumlar, mahorat darslari kabi tadbirlar kiradi. Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali Sian shahrida besh marta muvaffaqiyatli o‘tkazilib, unga 50 dan ortiq mamlakatdan ko‘plab taniqli shaxslar va 6000 dan ortiq kino sanoati mutaxassislari jalb etilgan. Mashhur mehmonlar orasida Asqar Farhodi, Jeki Chan, Sofi Marso, Renni Xarlin, Monika Belluchchi, Jiang Ven, Diao Yinan, Gordon Chan Ka-Xsiung, Ning Xao, Xu Zheng, Vu Jing, Sun Jia, Xao Ley, Lu Chuan, Liu Ye bor. Festival kino san'atidan Ipak yo'li mamlakatlar va mintaqalarni bog'laydigan madaniy ko'prik yaratish, madaniy almashinuv va hamkorlikni rag'batlantirish, aloqalarni mustahkamlash hamda "Bir kamar va yo'l" tashabbusi doirasidagi hamkorlikka hissa qo'shish uchun foydalanadi. O‘zbekiston ham bu yilgi festivalga mehmon sifatida chaqirildi va uning doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbek kinosi kunlarida quyidagi filmlar bilan ishtirok etadi: ✅ "O'zbek qizi" b/f; ✅ "101-reys" b/f; ✅ "Bahodir Yalangto'sh" b/f; ✅ "House" b/f; ✅ "Osmondagi bolalar-3" b/f; ✅ "Yakshanba" b/f; ✅ "Puankare" b/f; ✅ "Kim deyay seni?" b/f. Tadbir doirasida “Farhod va Shirin”, “Meni kut” qoʻshma loyihalarini yaratish boʻyicha hamkorlik uchrashuvlari ham oʻtkaziladi. Qolaversa, hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
27:38
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi! O‘quv soati davomida: ✅ O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti ✅ Videolavha namoyishi: Davlat fuqarolik xizmati qadriyatlari ✅ “Mahalladan gapiramiz” rukni ✅ “Mutolaa vaqti” rukni ❗️Eslatib o‘tamiz, o‘quvni ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
IMG_0349.MP486.14 MB
⚡️Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari Sirdaryo viloyatida ⚡️2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 1.10-ilova 19-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz madaniyat bo'limi ijodiy jamoalari, Yangiyer shahar 4-son Bolalar musiqa va san'at maktabida aholi va uyushmagan yoshlarga o'z konsert dasturlarini namoyish etdi. Konsert dasturi ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi. https://t.me/Sirdaryo_madaniyat
إظهار الكل...
IMG_4786.MOV20.28 MB
👍 2
⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda hududiy tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Yig'ilishda quyidagi kun tartibidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida 2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida; ✅ Tizim tashkilotlarining 2024-yilda madaniy tadbirlardan tushadigan tushumlarning yillik rejasining bajarilish holati; ✅ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari va qalamchalar ekilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; ✅ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; ✅Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar; ✅ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ko‘chmas mulk obyektlari va yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari haqida. Yig'ilish davomida ko'tarilgan masalalar yuzasidan bugungi kun holatida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, har bir hudud alohida tahlil qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas'ullar ogohlantirilib, zudlik bilan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi. Yig'ilish yakunida yil yakuniga qadar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan rejada belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va samarali bajarish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
⚡️ Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII forumi bo'lib o'tmoqda. Ushbu forum doirasida quyidagi panel sessiyalariga boʻlingan holda, alohida muloqot maydonlari boʻlib o'tdi: Unda, ✅ Hamdo'stlik mamlakatlari ijodiy innovatsiyalari va milliy madaniy an'analari; ✅ MDHda raqamli transformatsiya davrida fan va ta’lim; ✅ Volontyorlik ijtimoiy rivojlanish manbai sifatida: avlodlar o'rtasidagi aloqa; ✅ Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligi; ✅ Hamdo'stlik mamlakatlari ijodiy universitetlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik; ✅ Hamdo'stlik hududida kino; ✅ Hamdo'stlik davlatlarining inklyuziv san'ati: hamkorlik shakllari mavzularida nutq so'zlandi. Yuqoridagi panel sessiyalarida mamlakatimiz delegatsiyasi a'zolaridan - Oʻzbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, O'zbekiston davlat yoshlar teatri direktori Farhod Jo'rayev, O'zbekiston davlat san'at galereyasi direktori, akademik Kamola Akilova, O'zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori, professor Sayyora Gafurova, Surxondaryo viloyat ko'zi ojizlar kutubxonasi direktori Husan Islomkulov va boshqalar ishtirok etib, ma’ruza qilishdi. Ma'lumot o'rnida, 17-sentyabrda o'z ishini boshlagan forum 19-sentyabr kuni yakunlanadi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
⚡️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniyat markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya loyihasi bilan tanishdi. ✅ Konsepsiya loyihasini vazirlikning Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i Jamshidbek Niyazbekov tanishtirdi, shuningdek, madaniyat markazlari negizida yangi muassasalar faoliyatini tashkil etish, ularni zamon talablari asosida jihozlash va faoliyat turida yangi vakolatlar berish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi. ✅ Madaniyat markazlari faoliyatiga doir "Virtual madaniyat" elektron platformasi imkoniyatlari taqdimoti tashkil etildi. Jumladan, elektron platformada onlayn musiqa cholg‘ularini o‘rganish bo‘yicha onlayn to‘garaklar, nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha ma’lumotlar, musiqiy va kinofilmlar jamlanmalari, Muzeylarga virtual sayohat kabi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. ✅ Bundan tashqari, vazirlik tasarrufidagi Respublika baxshichilik san’ati markazi tomonidan yaratilgan bolalar musiqa va san’atlari maktablari baxshichilik sinflari va madaniyat markazlaridagi to‘garaklar uchun tayyorlangan adabiyotlar mazmuni bilan tanishildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
#PR #Muloqot ⚡️ So'nggi yillarda mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo'yish va shu maqsadda tashkilotlarda Matbuot xizmatlarining faoliyatini samarali tashkil etishda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. ✅ Kuni kecha Madaniyat vazirligida Matbuot xizmatlarining faoliyati va samaradorligi yuzasidan tizimdagi Matbuot xizmati xodimlari bilan muloqot o'tkazildi. ✅ Muloqot Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov boshchiligida olib borildi, shuningdek vazirlik Matbuot xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. ✅Muloqot kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tezkorlik va aniqlik, sodda va xalqchil tilda ommaga yetkazishga alohida urg'u berildi. ✅ Shuningdek, muloqot davomida tizim tashkilotlaridagi Matbuot xizmatlari vakillarining taklif va tavsiyalari tinglanib, berilgan savollarga javoblar berildi. ✅ Muloqot yakunida Matbuot xizmatlari tashkilotning ijobiy imijini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, Matbuot xizmatining yangilik, voqelikka tezkorlik bilan munosabatda bo'lishligi lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, yil yakuni bo'yicha tizim tashkilotidagi har bir Matbuot xizmatining faoliyati sarhisob qilinishi ma'lum qilindi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
O‘zbek milliy maqom san‘ati markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi ansambli yakkaxon xonandasi Musulmonbek Qobulov "Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov" nomidagi respublika tanlovida ishtirok etdi. Taqdirlash marosimida Musulmonbek Qobulov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, barcha ishtirokchilar san’atga bo‘lgan yuksak qiziqishlari va ijodiy izlanishlari uchun sertifikatlar va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar! 👇👇👇👇 https://t.me/sirdaryo_namunali_maqom_ansambli
إظهار الكل...
👍 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.