cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 [email protected] ☎️ +998(71)207-40-48

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
61 005
المشتركون
-21824 ساعات
-1 6607 أيام
-8 65930 أيام
أرشيف المشاركات
31:44
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Yangi Oʻzbekiston | Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar #uzbekiston
Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi mazkur maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
yangi.mp4251.06 MB
#ixtisoslashtirilgan_maktab #uchrashuv 🤩 Agentlik tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga koʻkrak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi. Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Maʼlumot uchun, mazkur maktab-internatida hozirgi kunda 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli oʻqituvchi tomonidan bilim berib kelinmoqda. Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega oʻqituvchilar 28 nafarni tashkil etadi. Maktab-internatida 120 oʻringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda oshxona mavjud. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
#ixtisoslashtirilgan_maktab #uchrashuv 🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu yil Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov bilan "Matonat maktabi" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov, faxriy ustoz va oʻquvchilar, mahalla faollari ishtirok etdi. Uchrashuvda Vatanga muhabbat, sadoqat mavzulari haqida soʻz bordi. Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish afzalliklari ta’kidlandi. Maʼlumot uchun, Yorqinbek Odilov XVII Yozgi Paralimpiyaning nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-orinni qoʻlga kiritgan! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar ⏺Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti oʻtkazildi. ⏺Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi. ⏺Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi. ⏺Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar taqdirlandi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb belgilandi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi yoʻlga qoʻyildi. ⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida gʻolib boʻldi. ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Koreya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi oʻtkazildi. ⏺Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi. ⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazildi. ⏺Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
#uch_avlod_uchrashuvi 🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligi xodimlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Yangi davr| Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi #16sep #yoshlar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
aziza.mp427.22 MB
#harbiy_vatanparvarlik #Prezident_maktabi 🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi. Tadbir doirasida Prezident maktabi oʻquvchilari Namangan garnizonidagi harbiy qismda kutib olindi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oʻquvchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Qurol-aslahalar va vositalar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Shundan soʻng, oʻquvchilar “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida boʻldi. Bu yerda yoshlar amaliy mashgʻulotlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #SAT_result ⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohruhmirzo Xudoyqulov 1540 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi. 🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi. 💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
03:56
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Bahodir Jalolov nomidagi boks hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktablarida yangi oʻquv yili boshlandi #16sep #uzbekiston24 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
4.mp443.08 MB
#sport_maktablari ✔️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida tashkil etilgan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi. 📍 Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi, Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina, gimnastika maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.
Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi. Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 74 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.