Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi Web-site: www.babm.uz m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/ instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/ Tel: 71-217-18-71
إظهار المزيد21 340
المشتركون
-3524 ساعات
+2 9267 أيام
+2630 أيام
أرشيف المشاركات
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TOSHKENT VILOYATIDA
🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.
⌨️Festival Toshkent viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:
✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).
Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
⏩to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
⏩ichki turizmni rivojlantirish,
⏩tajriba almashish,
⏩to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
⏩madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
⏩ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.
🌐Festivalda Toshkent viloyatidan umumiy 23 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.
🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.
✨ Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 8⚡ 1
FESTIVALDA FAOL ISHTIROKI UCHUN INKLYUZIV TA’LIM OʻQUVCHILARI TAQDIRLANDI
▪️Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent viloyatida “Barkamol avlod bolalari” festivalining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
✔️Ilk marotaba inklyuziv ta’limi oʻquvchilari “Barkamol avlod bolalari” festivalida yoʻnalishlar boʻyicha faol qatnashib, munosib taqdirlanishdi.
✅Batafsil fotolavhada koʻrishingiz mumkin.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 4⚡ 1
👍👍👍
"Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi BOSHLANDI!
▪️“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Toshkent viloyatida "Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi BOSHLANDI!
🦠Ayni paytda toʻgarak a'zolari tomonidan KONSERT DASTURLARI taqdim etilmoqda!
✊Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi festival ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 10👏 1
✅✅✅ ✅✅✅
"Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA!
🇺🇿Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi Toshkent viloyatida BOSHLANISH ARAFASIDA!
📌 Ma’lumot uchun festival quyidagi yoʻnalishlar asosida oʻtkaziladi:
✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi ( Liboslar dizayni);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi festival ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!
💫 Festival jarayonlari bilan batafsil bizning barcha rasmiy sahifalarimizda tanishib boring👇
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 7❤ 3🔥 2
Assalomu alaykum!
🔝 Bugun 20-sentabr, Juma.
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!
🗣 BAYRAMLAR: 🗣
🟡 Butunjahon guruch kuni
🟡 Tailandda yoshlar kuni
🟡 Ozarbayjonda neftchilari kuni
🟡 Qirg‘izistonda tadbirkorlar kuni
🟡 Yaponiyada keksalar kuni
🌐 VOQEALAR:🌐
🔊 1519-yil — Fernand Magellan ekspeditsiyasini boshladi.
🔊 1792-yil — Fransiyada ajrashishga ruxsat berildi.
🔊 1979-yil — Yuqori energiyali nurlanishni qayd etish uchun astronomik rasadxona orbitaga chiqarildi.
🔊 1992-yil — referendumda Fransiya fuqarolarining ko‘pchiligi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun ovoz berdi.
🔊 1991-yil — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi.
⭐️ TAVALLUDLAR: ⭐️
💫 1833-yil — Ernesto Teodoro Moneta — italiyalik jurnalist, tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
💫1842-yil — Jeyms Dyuar — shotland fizigi va kimyogari, birinchi termoslar ixtirochisi.
💫 1920-yil — Mannaf Mirzamahmudov — pediatr, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
💫 1957-yil — Soibjon Begmatov — musiqashunos.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
01:26
Video unavailableShow in Telegram
"LIBOSLAR DIZAYNI" TO'GARAGI SIZNI KUTMOQDA!
🖼 Rassomchilik - muvofiqlashtirishni yaxshilashga yordam beradi, sabr-toqatni rivojlantiradi va o'zini namoyon qilishning yangi turini o'rgatadi.
⏩Bundan tashqari, o'quv jarayonida siz natijalarga erishishdan mamnun boʻlishingiz va badiiy salohiyatingizni ochib berishingiz mumkin.
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida siz kutgan "LIBOSLAR DIZAYNI" to'garagi faoliyatini boshladi.
📌Bolalar va kattalar uchun mo'ljallangan kursimizda - rasm chizish texnikasini o'rganing!
📶Taklifimiz sizni qiziqtirsa, quyidagi raqamlarga aloqaga chiqishingiz mumkin👇
☎️+998 93 761-93-61
☎️+998 90 665-32-76
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
IMG_7059.MOV66.42 MB
👏 5👍 2❤ 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣📣📣
"Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda!
📍TOSHKENT VILOYATI
▪️ Xabaringiz bor Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan edi.
📚Shu munosabat bilan ERTAGA mazkur festivalning respublika bosqichi Toshkent viloyatida o‘tkazilmoqda.
✔️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi festival ishtirokchilariga omad tilaydi!
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 10
Assalomu alaykum!
🔝 Bugun 19-sentabr, Payshanba.
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!
🗣 BAYRAMLAR: 🗣
🟡 Sent-Kits va Nevisda Mustaqillik kuni
🟡 Slovakiyada xotira kuni
🟡 Chilida armiya kuni
🟡 Irlandiyada qahva kuni
🟡 Nepalda Konstitutsiya kuni
🌐 VOQEALAR:🌐
🔊 1648-yil — fransuz olimi Blez Paskal atmosfera bosimining mavjudligini isbotladi.
🔊 1841-yil — Birinchi xalqaro temir yo‘l qurildi.
🔊 1864-yil — Qo‘shma Shtatlarda orqaga yotadigan avtomobil o‘rindiqlari patentlandi.
🔊 1969-yil — Mi-24 vertolyotining birinchi parvozi amalga oshirildi.
⭐️ TAVALLUDLAR: ⭐️
💫 1724-yil — Nikita Demidov — rossiyalik sanoatchisi, filantrop, Tagil zavodlari egasi.
💫 1839-yil — Jorj Kedberi — ingliz tadbirkori va filantropi, shokolad ishlab chiqaruvchi.
💫 1911-yil — Uilyam Jerald Golding — ingliz yozuvchisi, “Nobel” mukofoti laureati.
💫 1926-yil — Masatosi Kosiba — yapon fizigi, “Nobe”l mukofoti laureati.
💫 1936-yil — El Orter — amerikalik yengil atletikachi, disk uloqtiruvchi, 4 karra Olimpiya chempioni.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 3
#Malaka_oshirish
TO'GARAK RAHBARLARIMIZ XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRDI
📌Xabaringiz bor, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda "Robototexnika va konstruktorlik" yo'nalishidagi toʻgarak rahbarlari malakasi oshirildi.
✔️Bugun mazkur malaka oshirish mashgʻulotlarining ishtirokchilariga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
🔖Bunda barcha hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak rahbarlari ishtirok etib, mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar sertifikatga ega boʻlishdi.
⚡️Ma’lumot uchun: malaka oshirish mashgʻulotlari davomida jami 56 nafar ishtirokchilarga IT yo'nalishi bo'yicha darslar bilan birgalikda pedagogik dasturiy ta'minot ta'limi chuqurlashtirib o'rgatildi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
👍 19👏 2
اختر خطة مختلفة
تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.