cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MATEMATIKA VA MEXANIKA FAKULTETI | Rasmiy kanali |

📌 Matematika fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Bu yerda siz fakultetimizga oid barcha yangiliklardan xabardor bòlishingiz mumkin. Murojat uchun: @dilshod_qosimjonov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
537
المشتركون
-224 ساعات
-137 أيام
+10030 أيام
أرشيف المشاركات
https://Instagram.com/adu_matematika 🌐Fakultetimizning rasmiy instagram sahifasiga obuna bo'ling
إظهار الكل...
🤩 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga koʻmaklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetida "Qalqon" jamoatchilik guruhi tashkil etilgan. Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti mazkur jamoatchilik guruhi aʼzoligiga tanlov eʼlon qiladi! Agar siz ushbu sohaga qiziqsangiz, bu tanlov aynan siz uchun! "Qalqon" guruhida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabgorlar universitet yoshlar yetakchisi Omadbek Olimjonovga (@omadbek_olimjonov) quyidagi hujjatlarni elektron tarzda yuborishlari so'raladi.
📑 Kerakli hujjatlar: – Ma'lumotnoma (obyektivka); – 3×4 rasm.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👩Fakultetimiz talaba-qizlari "Xon atlas" festivalida faol ishtirok etmoqda Respublikamiz miqyosida an'anaviy tarzda o'zbek milliy liboslarini ommalashtirish, talaba-yoshlarda milliy urf-odatlar bilan birga o’zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish, umume'tirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantirish maqsadida "Xon atlas" milliy festivali o'tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, bugun, 11-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Abduolimova tomonidan talaba-qizlar o'rtasida "Xon atlas" festival tashkil etildi. Matematika va mexanika fakulteti matbuot xizmati
إظهار الكل...
4👍 2👏 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
💟💟💟 💙💙💙 📋"Universitetdagi ilk kunim" mavzusida chellenj o'tkaziladi Andijon davlat universiteti talabalari o'rtasida "Universitetdagi ilk kunim" mavzusida chellenj tashkil etiladi. Tanlov shartlari esa quyidagicha: 💡ushbu o'quv yilidagi ilk kunda esdalik kuni uchun olgan suratingizni @xllcll profiliga yuborishingiz lozim bo'ladi. Cheklov qo'yilgan (spam) akkauntlar uchun maxsus bot:⤵️ @ADU_talaba24_bot 💡Surat bilan birgalikda ism-familiya, fakultet va kursingiz haqida ma'lumot qoldirasiz. 🕰️ G'oliblar anonim ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi va @ADUTalaba24 kanaliga joylab boriladi. ❗️Shoshiling, talabalik yillaridagi yorqin xotiralarni biz bilan tarix zarvaraqalariga muhrlang. ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
#Xalqaro_hamkorlik Fakultetimizda xorijlik professor ma'ruza mashg'ulotlarini olib bormoqda. Joriy yilning 9-11 sentabr kunlari Portugaliyaning Beira Interior universiteti professori Ivan Kaygorodov Matematika va mexanika fakulteti 2-bosqich magistrlariga "Algebraning qo'shimcha boblari" fanidan ma'ruza mashg'ulotlarini olib boradi. Mashg'ulotlar mazkur universitet va fakultetimiz tomonidan tuzilgan ilmiy shartnomaga muvofiq olib borilmoqda. Darslarda magistrlardan tashqari fakultet professor o'qituvchilari ham o'zaro tajriba almashish maqsadida muntazam ishtirok etishmoqda. Matematika va mexanika fakulteti matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 2🔥 1💯 1
“Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi Bugun, 9-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o'tdi. Ushbu tadbirda fakultetimiz dekani boshchiligida professor o'qituvchilar hamda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi. Matematika va mexanika fakulteti matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 4👏 2
🟦🟦🟦 Andijon davlat universitetida talabalar munosib kutib olinmoqda Ayni paytda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Andijon davlat universitetining talabalar turar joylariga joylashish maqsadida kelgan mahalliy va viloyatli yoshlar universitet mas'ullari tomonidan iliq kutib olinib, turar joylariga joylashtirilmoqda. ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👍 1
🟦🟦🟦 “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi Bugun, 9-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/3009 ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli talabalar! Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi. Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi. Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang! Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman! Hurmat bilan, Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
👍 6
Repost from N/a
🟨🟨🟨 🟥🟥🟥 🎗Yangi o’quv yilida yangi muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo’lsin! Boshlanayotgan har bir kun, har bir daqiqa siz uchun yangi bir imkoniyatlar eshigini ochadi. Porloq erta uchun bugun mashaqqatli mehnat qilish talab etiladi. Mustaqil Oʻzbekistonimizning shonli kelajagi uchun siz-u biz bugun harakat qilmogʻimiz zarur. Mana, safimiz ulkan marralarni koʻzlagan gʻayratli yigit-qizlar bilan boyidi. Yana bir guruh mutaxassislarni yurt kelajagini bunyod etishlari uchun jamiyat faoliyati tomon kuzatib qoʻydik. Hurmatli yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2024/2025-oʻquv yilida ham ulkan marralarni zabt etishdan umidvorman. Ilm yoʻlidagi harakatlaringizga faqat va faqat muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Yangi oʻquv yilingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, Baxtiyorjon Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori 👍 rektorning telegram sahifasi
إظهار الكل...
2🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍🏫👩‍🏫 🟦🟦🟦🟦 🎓 Jo‘rayev Bahodirjon Inomjon o‘g‘li dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi Bugun, 7-sentyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Bahodirjon Jo‘rayev “Boshqaruv funksiyalar turli chegaralanishga ega hollar uchun P-strategiya va uning tatbiqlari” mavzusidagi 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi. Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Bahodirjon Jo‘rayev fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi. 🎗Jamoamiz nomidan Bahodirjon Inomjon o‘g‘lini ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz! 💐Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin! ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👍 17👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 🎗Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti talabasi Muslimabonu Muhammadjonova akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori boʻldi. Stipendiya O'zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan 2024/2025-o'quv yili uchun 10 oy davomida belgilangan tartibda to'lab boriladi. Talabamiz Muslimabonu Akramjon qizi hamda unga saboq bergan ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi o'qish va izlanishlariga omadlar tilaymiz. ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👏 10👍 6 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.