cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy telegram kanali.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
513
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+27 أيام
-2330 أيام
أرشيف المشاركات
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va o'quvchilar! Ibn Sino, Mirzo ulug'bek hamda al-Xorazmiy maktablari ruxsatnomalari chiqdi maktabimizga kelib chiqartirib aniq manzilni bilib ketishingiz mumkin. Savollar bo'lsa +998936992272
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. ‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 ANDIJON VILOYATIDAGI AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi; ➖ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma. 🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 17:00da bo‘lib o‘tadi. Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar. ✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart. 🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
🔥 1
👍 3
02:49
Video unavailableShow in Telegram
kitobdan_sahnaga_koʼchgan_asarlar 🎞"Oltin devor" spektaklidan parcha
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub mazkur asar 1983-yil sahnalashtirilgan bo‘lib, unda ikki do‘st va qo‘shnilar orasidagi munosabat gavdalantirilgan.
Rasmiy sahifalarimiz👇
إظهار الكل...
32.80 MB
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarining 2-smenasidan fotoreportaj 📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 134 019 tasi ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Ayni vaqtda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 9 235 ta; 📍Andijon viloyatiga 12 907 ta; 📍Buxoro viloyatiga 6 060 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 17 808 ta; 📍Jizzax viloyatiga 9 982 ta; 📍Namangan viloyatiga 12 652 ta; 📍Navoiy viloyatiga 2 989 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 11 828 ta; 📍Samarqand viloyatiga 13 125 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 5 644 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 12 011 ta; 📍Toshkent shahriga 3 598 ta; 📍Toshkent viloyatiga 7 502 ta; 📍Xorazm viloyatiga 8 678 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi. Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi ⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🗣Eslatma, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.