cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi | rasmiy kanal

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining rasmiy kanali 📲 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar 👇 Bizni kuzatib boring WEBSITE 👉madaniyat.uz Telegram 👉@toshmb_rasmiy Facebook 👉 toshmb_rasmiy Youtube 👉@toshmb_uz Instagram 👉toshmb_rasmiy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
389
المشتركون
-124 ساعات
-67 أيام
-1230 أيام
أرشيف المشاركات
#PR #Muloqot ⚡️ So'nggi yillarda mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo'yish va shu maqsadda tashkilotlarda Matbuot xizmatlarining faoliyatini samarali tashkil etishda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. ✅ Kuni kecha Madaniyat vazirligida Matbuot xizmatlarining faoliyati va samaradorligi yuzasidan tizimdagi Matbuot xizmati xodimlari bilan muloqot o'tkazildi. ✅ Muloqot Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov boshchiligida olib borildi, shuningdek vazirlik Matbuot xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. ✅Muloqot kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tezkorlik va aniqlik, sodda va xalqchil tilda ommaga yetkazishga alohida urg'u berildi. ✅ Shuningdek, muloqot davomida tizim tashkilotlaridagi Matbuot xizmatlari vakillarining taklif va tavsiyalari tinglanib, berilgan savollarga javoblar berildi. ✅ Muloqot yakunida Matbuot xizmatlari tashkilotning ijobiy imijini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, Matbuot xizmatining yangilik, voqelikka tezkorlik bilan munosabatda bo'lishligi lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, yil yakuni bo'yicha tizim tashkilotidagi har bir Matbuot xizmatining faoliyati sarhisob qilinishi ma'lum qilindi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
👍 1
⚡️ Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida viloyatning Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari va Dang‘ara tumanida sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda shahar va tuman madaniyat muassasalari holati o‘rganildi. Qo‘qon shahri 7-son madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Omon yor”, “Qo‘qon yor-yori” hamda Dang‘ara tumani Madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Donig‘aram” folklor jamoalari faoliyati, repertuarlari va ansambl uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yangi dasturlar ishlash bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Tashrif davomida Dang‘ara tumani 36-son“Ijodkorlar” Madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirildi, markazning konsert zalini jihozlash bo‘yicha alohida ko‘rsatma berildi. Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan tahliliy va tanqidiy yig‘ilishda bolalar musiqa va san’at maktablarining direktorlari va o‘rinbosarlari,madaniyat bo‘limi hamda madaniyat markazlarining mudirlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda sohada erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli rahbar-xodimlarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida dramaturg Nurillo Abbosxon asari asosida sahnalashtirgan “Taqdir oshyoni” nomli spektakl premyerasida ishtirok etdi. Spektakldan so‘ng teatr jamoasi ishtirokida teatrning bosh rejissyori Obid Abdullayev 25–30-aprel kunlari Xorazmning Xiva shahrida o‘tkazilgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalidagi munosib ishtiroki uchun Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov bilan uchrashib, mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, shu jumladan, milliy askiya va qiziqchilik san’atini asrab-avaylash, keng targ‘ib etish va kelgusi avlod uchun nomoddiy madaniy meros sifatida yetkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi. 18-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr va san’at saroyida “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika tanlovi” g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda hududiy tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Yig'ilishda quyidagi kun tartibidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida 2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida; ✅ Tizim tashkilotlarining 2024-yilda madaniy tadbirlardan tushadigan tushumlarning yillik rejasining bajarilish holati; ✅ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari va qalamchalar ekilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; ✅ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; ✅Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar; ✅ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ko‘chmas mulk obyektlari va yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari haqida. Yig'ilish davomida ko'tarilgan masalalar yuzasidan bugungi kun holatida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, har bir hudud alohida tahlil qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas'ullar ogohlantirilib, zudlik bilan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi. Yig'ilish yakunida yil yakuniga qadar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan rejada belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va samarali bajarish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
👍 1
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️ Bugun, 18-sentyabr kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv avvalida so‘nggi yillarda ikki davlat o’rtasidagi madaniy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida ikki davlat madaniyati kunlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, ikki davlat teatrlari o‘rtasida qo‘shma teatr gastrollarini amalga oshirish, ikki davlatning madaniyat va san’atga ixtisoslashgan tashkilotlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni ta’minlashga alohida urg’u berildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
Repost from ICRICH
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Temirchilik Bu hunar ahli har qanday obu havoda ham olov ustida temir toblaydi... Ular yasagan ketmonsiz – dehqonning, teshasiz – ustaning, pichoqsiz – oshpazning ishi bitmaydi. Temirchilik yurtimizdagi qadimiy hunarmandchilik turlaridan sanaladi. Abu Rayhon Beruniy oʻz asarlarida Buxoro temirchilarining mahorati haqida eslatib oʻtgan. Buxorolik ustalar yasagan shamshiru pichoqlar, qirgʻichlar, tibbiy asboblar, qulflar, tikuvchilik buyumlari Buyuk Ipak yoʻli savdogarlari orasida qadrli boʻlgan. Mintaqamiz elchilari ularni Yevropa elchilariga sovgʻa sifatida topshirishgan. 19-asrda Buxoroda oʻnlab temirchilik doʻkonlari boʻlgan. Bugungi kunda hunarmandlar mashhur Buxoro qaychisi, milliy qirgʻichlar va pichoqlarni ham esdalik, ham uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlaroq tayyorlaydilar. Ularning titan qotishma pichoqlari YUNESKO tomonidan sertifikatlangan. #nomoddiymadaniymeros Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
temirchilik с обл.mp415.32 MB
⚡️ Poytaxtimizning "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida O'zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida 88-konsertlar mavsumining unutilmas ochilishi hamda munosib ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, filarmoniya jamoasini yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etdi hamda O'zbekiston davlat filarmoniyasining 88-mavsumini rasman ochiq deb e’lon qildi. So'ng, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida o'z mehnatini ayamagan quyidagi bir guruh madaniyat va san'at sohasi xodimlariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini tantanali topshirdi: ☑️Tolipov Shuxrat Mannapovich - Orkestr artisti. Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri; ☑️Raimdjanova Laura Anvarovna - Orkestr artisti. “O‘zbeksiton solistlari” kamer orkestri; ☑️Nazarov Kosimjon Pozilovich - Orkestr artisti. “So‘g‘diyona” davlat xalq cholg‘ulari orkestri; ☑️Abdullayev Sobirjon Xamidovich - Orkestr artisti. Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri; ☑️Xasanova Nigora Rustamovna - Orkestr artisti. “Turkiston” kamer orkestri; ☑️Normuxamedov Gulom Radjabovich - Xor artisti. Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi; ☑️Jaxparov Valijon Marifjonovich - Xor artisti. Davlat xor kapellasi; ☑️Egamov Abror Xaydarovich - Orkestr artisti. O‘zbeksiton milliy simfonik orkestri; ☑️Raximova Dilfuza Boltayevna - O‘zbeksitonda xizmat ko‘rsatgan artist. Yakka xonanda; ☑️Mamadaliyev Sardor Marupovich - Xonanda. Yakka xonanda. Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyev hamda bir qator san‘at darg‘alari tomonidan yil davomida munosib faoliyat yuritgan jamoa vakillari va ijodkorlarga Filarmoniyaning statuetkalari hamda maxsus diplomlari tantanali topshirildi. Shundan so‘ng, muxlislarga ijodiy jamoalar ishtirokida qiziqarli konsert dasturi taqdim etildi. Konsert dasturida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov, Mansur Toshmatov, Jenisbek Piyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Dilfuza Rahimova, Anvar G‘aniyev, Abdulla Shomag‘rupov, Ma‘suma Boltaboyeva, xonandalar Sardor Mamadaliyev, Feruza Ochilova, Dilmurod Otajonov, Rasul Abdullayev va boshqa san‘atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislarni xushnud etishdi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️ Bugun, 18-sentyabr kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda jahonga mashhur janubiy koreyalik dirijyor, musiqachi, Pxyontek universiteti professori, Butunjahon dirijyorlar assotsiatsiyasi raisi, maestro No Te Choll o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi madaniy hamkorlik aloqalari haqida so’z bordi, shuningdek, Koreyada ko’plab o‘zbekistonliklar istiqomat qilayotganligi, ularning farzandlarini koreys tilini tezda o‘rganib olishiga hamda koreys maktablariga moslashishiga sharoit yaratish maqsadida o‘zbek va koreys madaniyatini aks ettiruvchi raqs, kuy-qo‘shiq to‘garaklarini tashkil etish va ularga O‘zbekistondan san’at ustalarini jalb etish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi. Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida professor No Te Choll tomonidan Koreyaning yirik shaharlarining birida O‘zbek madaniyat markazini tashkil etish hamda o‘zbekistonlik ijodiy jamoalarning gastrol safarini amalga oshirish takliflari bildirildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.