cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ta'lim tahlilchisi / Rasmiy kanal

Maktabgacha va maktab ta’limi tahlilchisi ijtimoiy - siyosiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy gazetasining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @Tahlilnomacom_bot Ⓜ️160108, Namangan shahri Navoiy ko‘chasi, 36-uy

Show more
Advertising posts
2 020
Subscribers
+3424 hours
-127 days
+17830 days
Posts Archive
🔰Maktabga e’tibor  -  kelajakka e’tibor demak To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i Ulug‘bek Murodullayev o‘rganishlari davomida tumanda joylashgan 39- va 42-maktablarga bo‘ldi. IIB boshlig‘i mazkur maktablarda davomat masalasini o‘rgandi. Dars jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga barcha birdek javobgar ekanligini ta’kidlab, ayni yo‘nalishda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram |facebook|Instagram|YouTube| 📍 Murojaat uchun
Show all...
👍 1
Namangan: bir maktabda 8 yo'nalishda stipendiya tashkil etilgan ✅ O‘quvchi-yoshlarni umumta’lim fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishga undash, muvaffaqiyatlar sari ruhlantirish borasida Chortoq tumanidagi 13-maktabda o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan. ➖ Unga ko’ra, har chorakda 23 nafar fanlarni eng yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchi “Orasta qiz”, “Tarixchi”, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari”, “Buxoriy izdoshlari”, “Yosh kitobxon”, “Mard oʻgʻlon”, “Informatika” kabi bir-biridan qiziqarli yoʻnalishlarda homiylar tomonidan 200 ming soʻm miqdorida stipendiya bilan rag’batlantiriladi.
Ilm maskanida hozirgacha ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar soni 276 nafarni tashkil etadi.
Show all...
“Besh tashabbus” – iqtidorlilar saralovi Joriy yilning 1 martidan boshlab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodli yigit-qizlarni kashf qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi tanlov va sport musobaqalari start oldi. Bugun To‘raqo‘rg‘on tumanida ham "Besh tashabbus - uchinchi renessans asosi!" shiori ostida seminar-tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari I. Parpiyev ochib, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi. Unda Yakkatom mahallasi va 22 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining eng iqtidorli va yoshlari, sport bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, FVB, MMTB kabi qator hamkorlar faollik ko‘rsatdilar. Seminar tadbiri "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" marafoni bilan boshlanib, “Zakovat”, “Yosh kitobxon”, stol tennisi, shaxmat va shashka, gandbol, kiber sport kabi bir qator ma’naviy - ma’rifiy va sport musobaqalari bilan ko‘rgazmali tarzda o‘tkazildi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram |facebook|Instagram|YouTube| 📍 Murojaat uchun
Show all...
Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси вилоят бўлими Ўқитувчи ва мураббийлар куни арафасида ўзига хос тадбир ўтказди. Тўрақўрғон туманидаги 58- умумтаълим мактаби ўқитувчи ва ўқувчилари даврасида устоз журналист, қирқ йилдан зиёд ижодий фаолиятининг 25 йилини «Халқ сўзи» газетасида ўтаган, республика газетасининг Наманган вилояти бўйича мухбири Қудратилла Нажмиддинов шарафланди. Олтмиш беш ёшли устоз журналистнинг орзулари худди шу мактабда қанотланган. Уюшма вилоят бўлими раҳбари Носиржон Деҳқонов табрик учун дастлабки сўзни вилоят ҳокимлиги котибияти мудири Дилмурод Нурматовга берди. Олтмиш беш ёшли устоз журналистнинг орзулари худди шу мактабда қанотланган. Уюшма вилоят бўлими раҳбари Носиржон Деҳқонов табрик учун дастлабки сўзни вилоят ҳокимлиги котибияти мудири Дилмурод Нурматовга берди. Батафсил: https://telegra.ph/Ustoz-zhurnalistni-ol%D2%9Bishlab-09-19 🌐 Расмий саҳифаларимиз:: Telegram |facebook|Instagram|YouTube| 📍 Murojaat uchun
Show all...
👍 1
🏢Uchqoʻrgʻon tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻquvchilari dars jarayonlarida "Sayyoralar bizning tasavvurimizda" mustaqil ijodiy ish namunalarini tayyorlashmoqda. 📚Kelajakka intilish kichik loyihalardan boshlanadi.
Show all...
# Mening_mahallam haftaligi MMTVning 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘ining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasiga asosan sentabr oyining 3-haftasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida " Mening mahallam" haftaligi deb belgilangan. Chortoq tumanidagi 36-sonli “ Shabnam” nomli DMTT da haftalik doirasida tarbiyalanuvchilarni mahallalarga saуrlari tashkil etilmoqda.
Show all...
❇️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan joriy yilning 18-sentabr kuni Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida ham tabiiy fanlar yoʻnalishida jami 7 nafar master-trener hamda 29 ta mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquvlar bo‘lib o‘tmoqda. ❇️Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tashkil etish tartibi haqida, shuningdek, ZOOM platformasi orqali Xalqaro ta'lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan Singapur MCE (Marshall Cavendish Education) tashkilotining tabiiy fanlar darsliklari haqida batafsil tushuncha berilmoqda hamda tabiiy fanlar darsliklarida tadqiqotchilik targ‘ibi va boshqa mavzular bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇 𝐖𝐞𝐛𝐬𝐢𝐭𝐞  𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦   |  𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 | 𝐘𝐨𝐮𝐭𝐮𝐛𝐞 📬Murojaat uchun
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.