cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Show more
Advertising posts
223
Subscribers
+124 hours
+57 days
+330 days
Posts Archive
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
2026 йилги Параосиё ўйинлари тимсоли эълон қилинди Ушбу тимсол 185 та номзод орасидан танлаб олинди. 💻- https://aniq.uz/y/260265/t 📱- https://m.aniq.uz/y/260265/t Кўпроқ 👉 @aniquz
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасида амалга оширилаётган ишлар ва истиқболли режалар тўғрисида ахборот берилди. — Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о проводимой работе и дальнейших планах в области спорта. #Mirziyoyev #taqdimot #sport #olimpizm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Repost from Sport vazirligi
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🏆Sanoqli daqiqalardan soʻng futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda oʻtayotgan jahon chempionatida uchinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi. Hamyurtlarimiz 1/8 yoʻllanmasi uchun kechadigan bellashuvda Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi. Bugungi oʻyinda yigitlarimizga omad tilaymiz! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
IMG_8070.MOV39.39 MB
#paxta_2024 Gʻuzorda paxta yig‘im-terim ishlari davom etmoqda Ayni kunlarda Gʻuzor tumani paxta dalalarida yig‘im-terim ishlari avj pallaga kirgan. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar va ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab, yaxshi daromad olishni reja qilishgan. Tumandagi M.Rahmonov hududidagi fermer xo‘jaliklari paxta maydonida "Jarariq" mahallasida yashovchi mehnatga layoqatli yoshlar, keksa onaxonlar va o‘rta yoshli fuqarolar oilaviy yig‘im-terim ishlarida faollik ko‘rsatishmoqda. Kanalga ulanish👉 @guzorpress
Show all...
⚡️Elektr energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi 🟢G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov, tuman prokurori Rustam Sayfiyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sarvar Qalandarov va Qarshi ixtisoslashtirilgan prokurori U.Ergashev tomonidan tumanda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 📝Dastlab, Prezidentimizning 14.06.2024 yildagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha energetika sohasidagi mutasaddilarning hisoboti tinglandi. ⚡️Uchrashuvda tumandagi gaz kuyish va ovqatlanish shahobchalarining energiya tejovchi qurilmalar faoliyati va samaradorligi o‘rganilib, elektr energiya sarfini muqobillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari masʼullarga aholi xonadonlarida energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellari o‘rnatish maqsadga muvofiqligi, bu borada ularga beriladigan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib borish lozimligi taʼkidlandi. Kanalga ulanish📝@guzorpress
Show all...
🔵 “Shoʻrtan” jamoasiga zamonaviy avtobus olib kelindi ⚽️Soʻnggi yillarda mamlakatimizda millionlar oʻyini boʻlgan futbolga alohida eʼtibor qaratilib, bu sport turi Respublikamizning olis chekkalarida ham rivojlanishiga sabab boʻlmoqda. “Shoʻrtan” futbol klubi ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tumanda futbol sport turini rivojlantirish uchun katta ishlar olib bormoqda. 🚌“Shoʻrtan” jamoasi bosh homiysi “Hududgaztaʼminot” AJ yordami bilan Xitoydan maxsus buyurtma asosida “Shoʻrtan” futbol klubi ixtiyoriga yangi avtobus olib kelindi. Ushbu zamonaviy avtobus “Shoʻrtan” futbol akademiyasining turli yoshdagi guruhlari, “Shoʻrtan-W” qizlar jamoasi va “Shoʻrtan” U-19 jamoalarining safardagi bellashuvlariga qatnashi uchun qoʻshimcha qulaylik yaratadi. ⭐️Ushbu zamonaviy avtobus kalitini Gʻuzor tumani prakurori Rustam Sayfiyev, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Sarvar Qalandarov hamda “Shoʻrtan” futbol klubi bosh menejeri Shamil Yarulinlar akademiya tarbiyalanuvchilariga topshirdi. Maʼlumot uchun, Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Shoʻrtan” jamoasi Pro liga turnir jadvalida 3-pogʻonani egallab turgan boʻlsa, “Shoʻrtan” U-19 jamoamiz ham gʻarbiy mintaqa jamoalari orasida 3-oʻrinni egallab turibdi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Show all...
Repost from Sport vazirligi
💼 Sohaga oid ustuvor vazifalar muhokama qilindi Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Sport maktablari bilan ishlash hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Dastlab, hozirgi kundagi sport maktablari faoliyati, trenerlar ish samaradorligi va natijadorligini shuningdek sport maktablarida shug‘ullanuvchilar qamrovini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Taqdimot yakunida Sport vaziri A. Ikramov tomonidan sport maktablarida ish samaradorligini oshirish uchun zaruriy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilida sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan topshiriq berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
03:44
Video unavailableShow in Telegram
#Ижтимоий_ролик ⚡️Халқпарвар Ушбу ижтимоий ролик бир нафас тўхтаб, мулоҳаза қилишимиз учун... Бугун давлат хизмати учун миллионлар ичидан биз танландик! Кимдир учун "давлат хизмати" шунчаки тушунча! Лекин турли соҳаларда садоқат билан ишлаётган кадрлар бу соҳанинг залворини, шарафли йўл эканлигини яхши англашади. Бугун шундай юзлаб, минглаб давлат хизматчилари сабаб, турмушимиз фаровон! Баъзан, гўёки ҳаммаси аввал ҳам бўлган ёки бўлиши шарт деб ўйлаймиз. Аслида буларнинг тагида минглаб давлат хизматчиларининг кўринмасдек туюлган меҳнати мужассам бўлади. Ҳурматли давлат хизматчиси, ушбу видеоролик сизни янги мақсадлар, янада ривожланиш, халқимиз билан ҳамфикр бўлиб, шижоат билан ишлашга ундашига ишонамиз! ◽️Full формат. Расмий саҳифаларимиз Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Show all...
ХАЛҚПАРВАР.mp449.80 MB
Repost from GENERALISSIMUS
03:44
Video unavailableShow in Telegram
Халқпарвар Халқимга, ватанимга садоқат билан хизмат қиламан! Ушбу ижтимоий ролик бир нафас тўхтаб, мулоҳаза қилишимиз учун... Бугун давлат хизмати учун миллионлар ичидан биз танландик! Кимдир учун "давлат хизмати" шунчаки тушунча! Лекин турли соҳаларда садоқат билан ишлаётган кадрлар бу соҳанинг залворини, шарафли йўл эканлигини яхши англашади. Бугун шундай юзлаб, минглаб давлат хизматчилари сабаб, турмушимиз фаровон! Баъзан, гўёки ҳаммаси аввал ҳам бўлган ёки бўлиши шарт деб ўйлаймиз. Аслида буларнинг тагида минглаб давлат хизматчиларининг кўринмасдек туюлган меҳнати мужассам бўлади. Ҳурматли давлат хизматчиси, ушбу видеоролик сизни янги мақсадлар, янада ривожланиш, халқимиз билан ҳамфикр бўлиб, шижоат билан ишлашга ундашига ишонамиз! ◽️Full формат. @generalissimo_marshal
Show all...
ХАЛҚПАРВАР.mp449.80 MB
Repost from Sport vazirligi
"ERP-Sport" yagona elektron boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga asosan sport sohasi faoliyatini raqamlashlashtirish yuzasidan 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimini ishlab chiqilgan. Bugun mazkur elektron platformani takomillashtirish hamda para sportchilarning sport klasslarini belgilab chiqish yuzasidan yig’ilish tashkil etildi. Shuningdek, ma’lumotlarni kiritilishida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Sport vazirligi
#sport_maktablari ✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi. ✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi. Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi. Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.