cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ Telegram: https://t.me/uzedu/ Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ [email protected] Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
77 028
المشتركون
+1424 ساعات
-4107 أيام
-24430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:48
Video unavailableShow in Telegram
#sport_haftaligi Maktablarda oʻquvchilar ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida joriy yilning 23-28-sentabr kunlari mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida 6 ta sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda. ➖ Oʻquvchilar oʻz yoshi va sinfiga mos keladigan sport turlarini tanlagan holda, maktabdagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi shakllantiradigan talabnomalar asosida bahslarda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun talabgorlar jismoniy tarbiya fanidan dars oʻtadigan ustoziga murojaat qilishlari lozim. 👉 Musobaqadagi sport turlari va oʻtkazilish kunlari haqida ushbu videoda batafsil tanishing. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Maktab 1(iPhone).mp410.16 MB
#Xalqaro_hamkorlik Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ikkinchi xorijiy til amaliyoti joriy etilgan maktablar uchun xitoy tili darsliklarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, "Asia Trans Gas" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Bosh direktori Lui Zhiguang hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi. Tadbirda “Asia Trans Gas” homiyligi asosida xarid qilingan 550 nusxa xitoy tili darsliklari va 550 nusxa mashq daftari taqdim etildi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2024-yildagi PQ-53-sonli Qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab jami 354 ta maktabda 2-xorijiy til o‘qitish jarayonlari boshlandi. Mazkur maktablarning oltitasida xitoy tili 2-xorijiy til sifatida o‘qitiladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Repost from Zamin Foundation
"Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" hamda "Toza ichimlik suvi" loyihalari doirasida Buxoro va Nukusda o‘quvchilar uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyena masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari, maktab xodimlari uchun zamonaviy suv tayyorlash uskunalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbirlarda 350 nafarga yaqin odam ishtirok etdi. Bunday o‘quv seminarlarining o‘tkazilishi suvni tejamkorlik bilan iste’mol qilish va sanitariya qoidalariga rioya etish madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashadi, shuningdek, uskunalarning xizmat muddatini uzaytiradi. — В рамках проектов «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» и «Чистая питьевая вода» в Бухаре и Нукусе для учащихся прошли информационно-просветительские мероприятия совместно с международными экспертами по вопросам рационального использования питьевой воды, санитарии и гигиены. Также для сотрудников школ состоялись обучающие тренинги по эксплуатации современного оборудования водоподготовки. Всего в мероприятиях приняло участие около 350 человек. Проведение подобных образовательных семинаров способствует формированию культуры ответственного потребления воды и соблюдения правил санитарии, а также увеличивает срок службы оборудования. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing ✅ Mavzu: Yangi joriy etilgan "Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ➖ Vaqti: 14:00 ➖ Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari 👉 Jonli efir 📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
⚡️“KITOBXONLIK FESTIVALI” SURXONDARYODA ➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi. 📣 Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
👇Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandilar: ✅“Eng kitobxon maktab” ✅“Eng  faol kitobxon oʻquvchi” ✅“Ijodkor bolalar” ✅“Eng kitobxon oila” ✅“Eng faol kutubxonachi”
🎁 Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 390 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 55 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar. 🎶 Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. ⛳️Tadbir soʻngida festival estafetasi Qoraqalpog'iston respublikasiga topshirildi. Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
إظهار الكل...
Namangan: bir maktabda 8 yo'nalishda stipendiya tashkil etilgan ✅ O‘quvchi-yoshlarni umumta’lim fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishga undash, muvaffaqiyatlar sari ruhlantirish borasida Chortoq tumanidagi 13-maktabda o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan. ➖ Unga ko’ra, har chorakda 23 nafar fanlarni eng yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchi “Orasta qiz”, “Tarixchi”, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari”, “Buxoriy izdoshlari”, “Yosh kitobxon”, “Mard oʻgʻlon”, “Informatika” kabi bir-biridan qiziqarli yoʻnalishlarda sahovatpesha homiylar tomonidan 200 ming soʻm miqdorida stipendiya bilan rag’batlantiriladi.
Ilm maskanida hozirgacha ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar soni 276 nafarni tashkil etadi. Ushbu xayrli ish o’quvchilarning kelgusida o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga, davlat va jamiyat farovonligi yo‘lida kuch-g‘ayratlari hamda bilim-salohiyatlarini safarbar etishlariga yana bir turtki sifatida xizmat qilishi tabiiy.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! 📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. 🏆 Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktabriga qadar davom etadi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
03:46
Video unavailableShow in Telegram
Umrining 50 yilini ta’lim sohasiga bag‘ishlagan fidoyi ustoz Toxir Rasulov bugungi kunda Urganch tumanidagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix va huquq fanidan dars berib kelmoqda. Asli Toshkent shahrida tug‘ilgan ustoz Xorazm viloyatiga kelib, umrining deyarlik yarmini ta’lim sohasiga bag‘ishladi. Ustoz mehnatsevar, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari va mahalla ahli o‘rtasida hurmat qozongan. Maktab jamoasida yosh pedagog xodimlarga o‘zining bilimi, tajribasi bilan ustozlik qilib kelmoqda. Uning ta’lim va tarbiyasini olgan shogirdlari bugungi kunda nufuzli lavozimlarda faoliyat olib bormoqdalar. AZIZ USTOZ! BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
إظهار الكل...
FIDOIY USTOZ FAOLIYATI.mp437.28 MB
Bolajonlar o‘z qiziqishlarini namoyish etishdi ✅ Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolajonlarni oʻzlari qiziqqan kasblarga yoʻnaltirish maqsadida turli amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda. ➖ Xususan, tumandagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Kasb egallash" boʻyicha ochiq mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bunda kichkintoylar kichik chevar, kichik arxitektor, kichik rassom boʻlib, oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Imo-ishora tilining eng yaxshi tarjimonlari aniqlandi ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, samarali natijalarga erishayotgan tarjimonlarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti ko‘rinishidagi sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.