cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Gullayotgan yurak

Muallif: IRODA XOLBEKOVA O'qigan kitoblarim va boshqa ko'plab mavzular haqida o'z fikrlarimni yozib boraman. Boshqa kanallarim: @withkholbekova @mytranslationdiary @iroda_russian

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 371
المشتركون
-1024 ساعات
-397 أيام
+6430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
He asked and I said yes✨ @gullayotganyurak
إظهار الكل...
❤‍🔥 41😁 9🔥 8👏 5💔 5💅 2🏆 1
01:07
Video unavailableShow in Telegram
2019-yil, Zomin yosh ijodkorlari seminari. Ijod borasida ko'p ibratlar olgan vaqtim. Chop etilgan birinchi she'riy to'plamim "Bahorni qo'msab" kitobim uchun 4mln so'm qalam haqi olganman. Kitobim ham 4mln + summaga sotilgan. Dadam o'zi harakat qilgan qizim, kitobingni chiqaramiz, Zulfiya medalini olasan, o'zim turaman oldingda, deb. Dadamning ham sohasi adabiyotdan uzoqda bo'lsa ham, so'rab-surishtirib, nashriyot gaplashib, 8-sinfimda Toshkentga qizimni shogirdlikka oling, deb shoir-yozuvchilar bilan suhbatga oborgan❤️. Yozuvchilar uyushmasi binosidan endi kirib boryapmiz, dadam qo'limdan yetaklab oboryapti. Qizim, zo'r she'rlar yozsang sanam shunaqa joylarda ishlaysan, degan. Dadamga shunaqa joylarga oboring, kitobimni chiqaraylik, demaganman, o'zi aytgan, qizim, unaqa qilamiz, yur, bunaqa qilamiz, deb. Charchadim, o'qigim kelmayapti, deyishga haqqim yo'q. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
21.69 MB
👍 14🔥 5👏 4 2
01:00
Video unavailableShow in Telegram
"Yurtimiz O'zbekiston nomini yuksaklarga ko'tarishga, o'zbek adabiyotini dunyo sahnasiga olib chiqishga va'da beramiz". O'shal damlar, o'shal damlar... 2020-yil dekabrda "Yoshlar forumi"da so'zlagan nutqim. U paytlar rosa mahmadona va maqtanchoq edim. Ikkita gapni aytish uchun rosa tayyorlanganmiz. To'g'ri, unaqa zo'r taklif bermaganman, ammo ayam bilan dadamning bir oy hammaga maqtanib, rosa xursand bo'lishganini ko'rib, hali ko'p narsaga erishishim, ota-onamning mendan umidi kattaligini tushunganman. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
8.40 MB
❤‍🔥 10🏆 2 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitobxon bo'lsangiz, adabiyot zo'r narsa ekan, yaxshi asarlar bor ekan, deysiz. Ammo ijodkor bo'lsangiz doim emas-u, ko'p hollarda aksi. Adabiyotni sevimli mashg'ulotim sifatida olib borib, atay adabiyotdagi ichqoraliklardan uzoq bo'lish uchun atay boshqa sohani tanlaganman. Masalan, Bulgakov ham doktor bo'lgan, ammo zo'r asarlar yozgan. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
❤‍🔥 8 1
Photo unavailableShow in Telegram
2021-yil "Duel" ijodiy loyihasida badiiy tarjima yo'nalishi bo'yicha qatnashgandim. Yuliya Druninaning she'rlarini tarjima qilgandim ruschadan. Eng yosh ishtirokchi men edim tarjimada. Finalda 2-o'rinni olgandim. She'r, hikoya yozib, badiiy tarjima qilib yurgan qizcha nega dasturlash sohasida o'qiyapti, deb o'ylab qolaman. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
10👍 2👏 1
"Yoshlik" jurnalida chop etilgan hikoyam. Hikoyani 3-4 yil avval yozganman. Bilaman, vav deydigan asar emas, ammo 16-17 yoshli qizcha uchun o'g'il bolaning tilidan hikoya yozish oson bo'lmagan. Ikki yildan beri yozayotgan she'r va hikoyalarimni hech kimga ko'rsatmayapman ham, hech qaysi jurnalda e'lon ham qilmayapman. Bilaman, chunki yozganlarim hali chala. Hali ancha ko'p o'qishim, tajriba orttirishim kerak. Yozuvchi bo'lish orzuyim edi bir paytlar, hozir ham shunaqa) @gullayotganyurak
إظهار الكل...
❤‍🔥 7👍 4 3👏 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Manga kitob sovg'a qilaman deyishsa tahminan shunaqa holat va kayfiyatda bo'laman💅. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
1.41 MB
😁 37👍 4🔥 2
Qaynonam yaxshi ayol bo'lsin, deb har doim duo qilardim. Bugun qaynonam va qaynopam bilan to'yga sarpo uchun kiyim olgani chiqdik. Yo'lda пробка sabab ozgina kechikib bordim. Hozir jahli chiqsa kerak, deb turgandim, yaxshi keldingmi, charchamayapsanmi, deb iliq kutvolishdi. Bozordayam o'zimga yoqqan narsalarni tanlab oldim. Qaynonam "o'zingga yoqqanini ol, sanga yoqsa bo'ldi, ke, manam tanlashaman birga tanleymiz, sanga bunisiyam ko'proq yarasharkan, yur, sifatli, yaxshisidan oberaman, maza qib kiyasan bemalol", deb o'zimni erkin qo'ydi. Seriallarda qaynonani deyarli yalmog'izdek tasvirlashadi, qaynonam o'zimni ayamga o'xshagan yaxshi ayol ekan, Xudoga shukr. Oxirigacha shunaqa ahil bo'lib yuraylik. Hamma qizlarga shunaqa tushunadigan, mehribon qaynona nasib qilsin. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
❤‍🔥 73👍 10😁 5💅 5🔥 4
Turmush quradi, degani o'qish to'xtaydi, degani emas. Nasib qilsa hali o'qishdan to'xtamayman, qo'ldan kelgancha ko'proq o'rganishga harakat qilaman. Qizlar so'rashdi: "Irodaaa, endi o'qishiz nima bo'ladiiii", deb. Davom etaveradi. Tanlagan insonim meni har tomonlama tushunib qo'llab-quvvatlaydigan odam. Har safar telefon qilganida dars qildingmi bugun, "Saodat asri" ni to'ygacha tugat, yaqinda "Baxtiyor oila'' ni ham sovg'a qilamam, uniyam o'qib chiqasan, deb aytadi💃. Sovchilikka kechki payt sakkizda kelishdi va tungi o'n ikki yarimdan o'tibroq ketishdi. O'sha kunni sovchi jo'natgan kunni o'zidayoq bo'lajak turmush o'rtog'im dadam va ayam bilan tortinmay o'zi ham kirib gaplashgan qizingizni o'qitaman, hech kimdan kam qilmayman deb. Ikkilanib o'tirgandim, dadam bilan yuzma-yuz gaplashganini eshitib "dux patalok ekan, demak, boqsa odam bo'ladi, bemalol suyana olaman" deb rozi bo'lgandim🤣. Har bitta qizga uni tushunadigan va qo'llab-quvvatlaydigan inson nasib qilsin. Xudo ayam bilan dadamga uzoq umr bersa meni shu darajagacha yetkazib o'qitgani uchun ularning orzularini amalga oshirib ham rozi qilaman nasib. @gullayotganyurak
إظهار الكل...
❤‍🔥 78👏 13😁 8👍 6🤷‍♀ 3
Photo unavailableShow in Telegram
I really said "yes". Komment tabriklab, baxt tilashingiz uchun ochiq.
إظهار الكل...
🤷‍♀ 2❤‍🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.