cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Миллатлараро муносабатлар қўмитаси

Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари қўмитасининг телеграмдаги расмий саҳифасига хуш келибсиз Бизнинг веб сайт: http://interkomitet.prepod.uz/

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
660
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-1830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
ВНИМАНИЕ, ОБЪЯВЛЕНИЕ! В целях создания благоприятных условий для изучения государственного языка в Центре обучения и повышения квалификации основ работы на государственном языке при Ташкентском государственном университете узбекского языка и литературы имени Алишера Навои для представителей всех национальностей и народов, проживающих в нашей стране организованы бесплатные «КУРСЫ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА» . Приглашаем наших соотечественников, желающих выучить узбекский язык, принять участие в этих курсах. Контактные телефоны: 97 553-59-19, 77 120-11-91, 99 728-29-00.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E’LON! Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini о‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat о‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat tilida ish yuritish asoslarini о‘qitish va malaka oshirish markazida bepul “О‘ZBEK TILI KURSLARI” tashkil etildi. О‘zbek tilini о‘rganish istagida bо‘lgan yurtdoshlarimizni ushbu kursga qatnashishga taklif etamiz. Aloqa telefon raqamlari: 97 553-59-19, 77 120-11-91, 99 728-29-00
إظهار الكل...
1
03:13
Video unavailableShow in Telegram
Ахборот 24 | Праздник «Чусок» в Университете Пучон в Ташкенте #18sep #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
00.8.mp453.36 MB
21:11
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston - umumiy uyimiz #18sep #uzbekiston mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
uyimiz.mp4182.03 MB
23:53
Video unavailableShow in Telegram
Tarim #18sep #uzbekiston mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...
tarim.mp4253.47 MB
Мarkaz rahbari S. Davlatova ham tabrik sо‘zini davom ettirib, hozirgi kunda butun turkiy xalqlar orasida о‘z mavqeiga ega bо‘lgan buyuk ijodkor Yusuf xos Hojibning ilmiy merosini о‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar va ilmiy ishlar kо‘payib borayotganligini aytib о‘tdi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yо‘llovchi bilim”) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi tadrijiy bosqichga kо‘tardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti an’analari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy о‘zlashtirgan holda yaratilgan. Bundan tashqari, respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar ham bu borada qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirib kelayotganligini ham ta’kidlab о‘tdi. Семинар якунида Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari chiqishlar qilishib, Qutadg‘u biligning amir Temur faoliyati bilan bog‘liq jihatlari hamda kelgusi ilmiy seminar mavzusi haqida kelishib olindi. Munozara qizg‘in bahslarga boy bо‘ldi.
إظهار الكل...
2024-yil 17-sentabr kuni soat 17:00 da Xalqaro "TURK ELI" tashkiloti tomonidan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining yaratilganiga 955 yil tо‘lishi munosabati bilan "Yusuf Xosa Hojibning "Qutadg‘u bilig asari": so‘z ma’nolari masalasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar onlayn formatda tashkil etildi. Mazkur seminarda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlaridan olimlar, tadqiqotchilar, tarixchilar, filologlar va boshqa sohaga aloqador mutaxassislar( jami 50 yaqin kishi) ishtirok etishdi. Ilmiy seminarni Toshkent davlat irrigatsiya instituti professori, tarix fanlari doktori Shohista О‘ljayeva olib bordi. U kirish sо‘zida Yusuf xos Hojibning sharq xalqlari tarixida va adabiyotida tutgan beqiyos о‘rni haqida sо‘z yuritib uning ilmiy merosini о‘rganish bugunning dolzarb muammosi ekanini takidladi. Seminarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining professori filologiya fanlari doktori Qosimjon Pozilovich Sodiqov "Yusuf Xosa Hojibning "Qutadg‘u bilig asari": so‘z ma’nolari masalasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi о‘z sо‘zida asar Muhammad alayhis-salomga Qur’oni karimning ilk bor kо‘kdan ingan (nozil bо‘lgan) Alaq surasi «Yaratgan Rabbingning oti bilan о‘qi» (Iqro bismi rabbika-l-laziy xalaqa) oyati bilan boshlanadi. Basmala (Bi-smi-l-lohi-r-rahmoni-r-rahim) ayni kо‘rsatma asosida shakllangan. Bu oyat Qur’oni karim suralarini shunday unvon bilan boshlashga xitob edi. Shuning uchun Qur’oni karimning Tavba surasidan boshqa hamma suralari basmala bilan boshlanadi. Shundan kelib chiqib, islomda barcha ezgu sо‘z va yaxshi, muhim ishlarni basmala bilan boshlash an’ana bо‘lganligini, islom davri asarlari ham basmala bilan boshlangan va uni tarjima qilmay, asliday ishlatish rusum bо‘lgan. Biroq, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida kelgan basmala turkiy tildadir. Turkiy adabiyot tarixida basmalani birinchi bor о‘z ona tilisida ishlatgan adib va mutafakkir Yusuf Xos Hojib bо‘lishini misollarda kо‘rsatib berdi. Chunonchi, «Qutadg‘u bilig»ning uyg‘ur yozuvli Hirot nusxasida Allohga bag‘ishlangan hamd bо‘limi va «Yeti yulduz о‘n iki о‘kak buruj ayur» bobi shunday boshlangan: Bayat ati birla sо‘zug bashladim, Tо‘rutkan / tо‘ratkan, igidgan, kechurgan idim. Ushbu boshlama baytning ma’nosi shunday: «Xudoning oti bilan sо‘zni boshladim, yaratgan, parvarishlagan, kechirgan egamdir». Ulug‘ adib Yusuf Xos Hojib turkiy adabiyot tarixida boshlab bergan ushbu an’ananing ta’sirini keyingi davr adabiyotida kuzatamiz. «Qutadg‘u bilig»da kechgan Bayat ati birla birikmasi keyingi davr turkiy asarlarida Haq ati birla / Haq yodi birla shakllarida ishlatilgan. Basmalani turkiyda keltirish Yusuf Xos Hojibning kashfiyotidir. Keyingi davr adabiyotida bu an’ana e’tibordan chetda qolgani yо‘q, xususan, Navoiy va Bobur ham unga ergashib, о‘z asarlarida basmalani turkiyda keltirdilar. Buni о‘zbek klassik adabiyotiga Yusuf Xos Hojib ijodining, qolaversa, qoraxoniylar davri turkiy adabiyoti va adabiy tili an’analarining ta’siri deb baholamoq kerak. Shunday qilib, Qoraxoniylar davrida boshlangan badiiy asarlarda basmalani turkiyda berish an’anasi о‘zbek klassik adabiyotida yangi bir kо‘rinishda davom etdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur asarlarida basmalaning turkchalashtirilgani qoraxoniylar davri turkiy adabiyotining, xususan, Yusuf Xos Hojib boshlab bergan an’ananing davomidir. Seminarda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Markazi rahbari tarix fanlari doktori S.Davlatova ham onlayn ishtirok etdi hamda millatlararo munosabatlar sohasida “Qutadg‘u bilig” asarining mazmun mohiyati va odavlat tilida ish yuritishdagi ahamiyati haqida gapirib berdi. Bu ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.