cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TDIU SF | Olim Murtazayev

TDIU Samarqand filiali direktori O.Murtazayevning rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @TDIU_SF_direktoriga_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
235
المشتركون
-124 ساعات
-67 أيام
+1530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 📢 International Conference on Human Rights, Sustainability and Climate Change 🌍 Sobirov Bobur University of Buckingham Law School tomonidan tashkil etilgan "International Conference on Human Rights, Sustainability and Climate Change" konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Tadbir davomida u inson huquqlari, barqarorlik va iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida muhim masalalarni muhokama qildi. 🔍 Konferensiyaning asosiy mavzulari: - Iqlim o‘zgarishining inson huquqlariga ta’siri. - Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish strategiyalari. - Iqlim adolati va himoya qilinishi kerak bo‘lgan kam rivojlangan jamoalar. - Qonunchilik va huquqiy chora-tadbirlar. 👥 Ishtirokchilar haqida: Akademiklar, huquqshunoslar va tadqiqotchilar bilan birga, Bobur Baxtishodovich iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi fikrlar va tajribalar bilan almashdi. Ushbu konferensiya global muammolarni hal qilishda hamkorlik va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib, Bobur Sobirov bu kabi tadbirlarda kelgusida ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan. #HumanRights #Sustainability #ClimateChange #Conference #BuckinghamLawSchool 🔰TDIU SF matbuot xizmati - yoshlar uchun! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
#yangilik 📚20.09.2024 sanasida filial "Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes" kafedrasi katta o'qituvchi Shukurov Ilhom Safarboyevichning dissertatsiya ishi kafedralararo muhokamasi bo'lib o'tdi.
Seminarda tadqiqotlar doirasida erishilgan ilmiy yangiliklari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida dissertatsiya ishini Ilmiy seminarda himoya qilishga tavsiya etildi.
TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#E'lon Slovakiyada o'qish imkoniyati 🇸🇰 Slovakiya hukumati har yili xorijlik talabalar, jumladan bakalavriat, magistratura va PhD darajasidagi talabalarga, shuningdek, universitet o'qituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarga National Scholarship Programme (Milliy stipendiya dasturi) orqali talaba almashinuvi va tadqiqot dasturlarida qatnashish imkonini beradi. Bu dastur doirasida qatnashchilar Slovakiyadagi oliy ta'lim yoki tadqiqot muassasalarida 1 oydan 10 oygacha o'qish, ilmiy ish olib borish yoki dars berish huquqiga ega bo'ladi. Batafsil ma’lumot: https://sbtsue.uz/uz/page/xorijda-malaka-oshirish-va-talim Murojaat uchun: filial "Xalqaro hamkorlik" bo‘limi. (A-bino, 2-qavat) Aloqa uchun telegram va telefon raqami: +98991 534-54-14 Olim Muydinov. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#E'lon 🇺🇸 AQSh: Ayol-qizlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik dastur! Mashg‘ulot daturining (2025-yil) Markaziy Osiyo davlatlari uchun mavzusi – atrof-muhit muammolaridir. Dastur mashg‘ulotlarida ekologik muammolar, barqaror rivojlanish, ekologik adolat, jamoatchilik salomatligi, iqlim o‘zgarishi va shu kabi boshqa masalalarda ayollar ishtiroki muhokama qilinadi. Batafsil ma’lumot: https://sbtsue.uz/uz/page/xorijda-malaka-oshirish-va-talim Murojaat uchun: filial "Xalqaro hamkorlik"( A-bino, 2-qavat) Aloqa uchun telegram va telefon raqami: +998991 534-54-14 Olim Muydinov. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangilik #Jurnal ⚡️ Joriy yilning 8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Lochin" oromgohida  “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” III Ekologiya va Turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 📄 Ushbu qurultoy xotiralarini jamlagan keng qamrovli  “III Ekologiya va Turizm xalqaro qurultoyi jurnali”da qurultoyning qaynoq xotiralari bilan Samarqandlik yoshlarning maqolalari bilan bir qatorda filialimiz talabasi Mamirova Gulira'noning ham maqolasi kiritilgan. Batafsil: https://t.me/yoshturizmelchilari/352 TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#E'LON "WORKING&TRAVEL" DASTURI -Qishgi semestrdagi darsdan bo’sh vaqtlaringizni mazmunli o’tkazishni hohlaysizmi? -Rivojlangan davlatlarda malaka oshirib, ham to’lov kontraktingizga pul ishlamoqchimisiz? Unda Germaniyada amaliyot o’tash va qisqa muddatli ish - Working&Travel dasturiga hujjat topshiring. Nima ish qiladi Germaniyada: Mashina ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan zavod (BRUSS kompaniyasi) ga
Jami 25 nafar nomzodlar 2024 yil 1-oktabr kuni suhbat asosida saralab olinadi.
Germaniya ishlash muddati: 2025 yil 2 yanvardan – 31 martgacha Batafsil: https://sbtsue.uz/uz/news/view/1825 TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
#yangilik "Sog'lom turmush tarzi" 2024-yil, 19-sentabr kuni TDIU Samarqand filial yotoqxonasida qizlarining sog'lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiy tarbiya masalalari bo'yicha iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi dotsent Ozoda Pardayeva, Buxgalteriya fakulteti xotin-qizlar ishi bo’yicha dekan maslahatchisi Kamola Mirfayziyeva hamda filial shifokori Surayyo Mustafakulova bilan birgalikda talabalar o'rtasida o'tkazilgan suhbat sog'lom hayotning ahamiyati va uning asosiy tamoyillari haqida chuqur fikr almashish imkonini berdi. 👉🏻Batafsil:https://sbtsue.uz/en/news/view/1827 TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
#yangiliklar ⚠️2024-yil, 19-sentabr kuni TDIU Samarqand filialida “Payshanba - profilaktika kuni” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. 📊Tadbirda filialga biriktirilgan profilakrika inspektori D.Shodmonov, Iqtisodiyot fakulteti dekan oʻrinbosari B.Qoʻziboyev hamda IQT-112 guruh talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida talabalarga Yurtimizda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligi va mahallalar osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish mavzularida ma’lumotlar berildi. 💡Tadbir chogʻida talabalarga jamoatchilik tartibiga qattiy rioya qilish odob axloq qoidalariga asosan muomala qilmaganlik natijasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibatlari, amaldagi me’yoriy qonun hujjatlarida shu turdagi jinoyatlar uchun belgilangan jazolar, mayda bezorilik tufayli yuzaga kelayotgan mudhish holatlar, ularning insonlar, ayniqsa yoshlarning salomatligiga salbiy ta’siri kabi masalalarga o’z fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTub
إظهار الكل...
#yangiliklar 🔰2024-yilning 19-sentabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga koʻmaklashish maqsadida filiali psixologi Oripov Zarifbay tomonidan tyutorlarga mahorat darslari tashkil etildi. ⚜️"Tyutor va psixolog hamkorligi", "Talaba-yoshlarning o'ziga xos psixologik holati", "Birinchi bosqich talabalarinig moslashuvi” mavzularida tyutorlar uchun psixologik seminar trening oʼtkazildi. Mahorat darsi davomida, tyutorlarga talabaning ijtimoiy-psixologik pasportini shakllantirish ishlari haqida ma'lumotlar berib o’tildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
إظهار الكل...
📈#yangiliklar ✔️2024-yil, 18 -sentabr kuni Hayvonot olami hamda flora va fauna dunyosiga sayohat tashkil qilindi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti taʼlim tarbiya maslahatchisi B.Ablakulov boshchiligida ST-124 guruh talabalari Samarqand davlat universitetining Biologiya fakultetidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishish maqsadida sayohat tashkil qildilar. ⚠️Sayohat davomida talabalar 4000 dan ortiq eksponatga ega Zoologiya muzeyi, 1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o‘simliklar o‘stirilayotgan Oranjereya, minglab nusxadagi gerbariylarga saqlanayotgan Gerbariy fondi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o‘zida mujassamlashtirgan Entomologik kolleksiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishdi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTub
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.