cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

“Jizzax Suv Ta'minoti” AJ axborot xizmati

مشاركات الإعلانات
622
المشتركون
-124 ساعات
+27 أيام
+1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Kuz- qish mavsumida suv taʼminotining uzluksizligini taʼminlash uchun, kerakli chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim 💧“Jizzax suv ta’minoti” AJ direktori, A.Yusupov hamda Zafarobod tuman hokimining o’rinbosari A. Eshpoʻlatov, Zafarobod tumanidagi suv inshootlari va markaziy quvurlarni, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini oʻrgandi. 📌Qayd etish joiz, suv inshootlari va markaziy quvlarning barqaror faoliyati, ichimlik suvi ta’minoti uchun juda muhim. ✅Tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamchiliklar ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
إظهار الكل...
Repost from O‘zsuvta'minot
Avval xabar berganimizdek, “O‘zsuvta’minot” AJning bir guruh mutaxassislari Turkiya davlatida o‘quv safarida bo‘lib turishibdi. Kunikecha seminar qatnashchilari Konya suv-kanalizatsiya idorasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda shaharning suv va kanalizatsiya boshqaruvi tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi. Ma’lumot o‘rnida, Konyada aholi 2,3 mln kishini tashkil etib, abonentlar bazasi 1,2 mln nafar aholi bilan 100 % qamrovni tashkil etadi. Shuningdek, Konya shahrida joriy qilingan GIS tizim bo‘yicha ham alohida taqdimot qilindi. Taqdimotdan so‘ng, guruh azolari KOSKI avariya xizmati hamda oqova suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishtirildi. Ma’lumot o‘rnida, KOSning quvvati 200 ming m3/sutka bo‘lib, ayni kunlarda mazkur quvvatni 400 minggacha yetkazish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.
|🗝Cabinet        |🌐Website |🤖Bot                 |😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram |📹YouTube      |🕊 Twitter |💬Chat               |✅ TikTok
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#fakt Igna qalinligidagi teshikdan 24 soat ichida tahminan 840 litr suv oqib oʻtadi. Shunday ekan joʻmraklarni yaxshilab oʻchirib, suvni isrof boʻlishiga yoʻl qoʻymang...
إظهار الكل...
👍 1
Repost from O‘zsuvta'minot
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Hisoblagich ko‘rsatkichini yuborish uchun suv ta’minoti korxonasiga borish shart emas! Ichimlik suvi uchun to‘lovlaringiz qanday hisob-kitob qilinayotganidan xabardor bo‘lishingiz mumkin! To‘lov uchun bank yoki shaxobchalarga ham borish shart emas! 🔊Shunchaki “O‘zsuvta’minot” AJning "SHAXSIY KABINET"idan foydalaning
🗝Cabinet        |🌐Website |🤖Bot                 |😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram |📹YouTube      |🕊 Twitter |💬Chat               |✅ TikTok
إظهار الكل...
shaxsiy kabinet.mp421.04 MB
💧“Jizzax suv ta’minoti” AJ tuman filiallari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida belgilangan ishlar rejali tarzda amalga oshirilmoqda. 📊Xususan, Jizzax viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash va mazkur ishlarning puxta va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan Zarbdor tumanidagi suv olish va uzatish inshooti oʻrganildi. 🛠Nasos agregatlari, bosimni nazorat qilish vositalari hamda elektr ta’minoti asboblari alohida ko‘zdan kechirilib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. |🌐Website |🤖Bot |✅Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |📹YouTube |🗝Cabinet   |💬Chat “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati
إظهار الكل...
💧“Jizzax suv ta’minoti” AJning majlislar zalida, Moliya-iqtisodiyot masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari J. Qoplonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat xizmati inspektori U.Qosimov ishtirokida ichimlik suv ta'minotida amalga oshirilayotgan ishlar, ichimlik va oqova suv xizmati uchun iste'molchilar bilan tuzilgan shartnomalar, hisob-kitob qilish mexanizmi, to‘lov intizomi, debitor va kreditor qarzdorliklarni so‘ndirish jarayonini tashkil etish yuzasidan jamiyatning yuridik tashkilotlar bilan ishlovchi mutaxassislari ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✅Unda mavzuga doir bajarilayotgan ishlar tahlil qilinib, navbatdagi vazifalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
إظهار الكل...
Mehnat intizomiga rioya qilish samaradorlikning bosh omili 💧 “Jizzax suv ta'minoti” AJda xodimlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari e'tibor markaziga qo‘yilgan. Barcha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar zamirida ishchi-xodimlarning xizmat intizomiga rioya qilmaganliklari yotadi. 📌Ushbu fikrlar bugun aksiyadorlik jamiyatining Zarbdor tuman filialida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'kidlandi. Yig‘ilishda qatnashgan “O‘zsuvta'minot” AJ korrupsiyaga qarshi kurash komlaens nazorati boshqarmasi inspektori U.Qosimov so‘zga chiqib filialda oylik tushum rejalarini bajarish uchun, albatta, mehnat intizomiga rioya etilishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi haqida atroflicha to‘xtaldi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌Jizzax shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi 💧“Jizzax suv taʼminoti” AJ shahar bo‘limining MIZ Sanoat hududida joylashgan, suv uzatish inshootiga qarashli, Jizzax shahar Qaliya mahallasi, Qaliya ko’chasini kesib o’tuvchi D-315 mm. markaziy ichimlik suvi tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. ➡️ Ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun joriy yilning 19 – sentabr kuni soat 12:00 kech soat 20:00 qadar Jizzax shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suv taʼminotida bosim pasayishi yuzaga keladi. ➡️ Ichimlik suvi taʼminoti quyidagi hududlarda toʻxtatiladi: 📍Jizzax shahrining - Qang’li, Usar Xotamov, Bunyodkor, Yoshlik, Dustlik, Qaliya, Nurliobod, Ittifoq MFY va Promzona Sanoat zona hududida ichimlik suvi vaqtincha to’xtatiladi. 🛠Taʼmirlash ishlari yakuniga yetgach soʻng ichimlik suvi taʼminoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.
إظهار الكل...
Repost from O‘zsuvta'minot
12:16
Video unavailableShow in Telegram
“O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest (9-15-sentabr) : 00:43-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov Germaniya taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi. 01:22-Sirdaryo viloyatining 3 tumanida 5 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanish arafasida. 02:17-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari v.b. Komil Yusupov AQShning “Smith Water Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. 03:22-“Olis hududlarning suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 04:22-Qoraqlpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Begjap” MFY hududidagi “Bazarbay” ovuli aholisiga 3 km uzunlikda ishimlik suvi tortib kelish ishlari amalga oshirilmoqda. 05:21-Andijon viloyati Jalaquduq tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv xizmatli bo‘yicha murojatlari ijobiy hal etilmoqda. 06:30-Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yangi oqova suv tozalash inshooti ish boshladi. 07:31-Yangi Namangan tumanining “Yoshlik” mahallasi hududida joylashgan “Mustaqillik” suv uzatish inshooti qayta ta’mirlandi. 08:22-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq Yangiariq tumani “Do‘stlik” MFYda quriladigan “Yangi O‘zbekiston” massivining ichimlik va oqova suv tizimlari qurib bitkazilmoqda. 09:29-Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar. 10:32-Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida zamonaviy suv inshooti foydalanishga topshirildi.
|🗝Cabinet        |🌐Website |🤖Bot                 |😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram |📹YouTube      |🕊 Twitter |💬Chat               | TikTok
إظهار الكل...
tayyor к.mp432.38 MB
Repost from O‘zsuvta'minot
Photo unavailableShow in Telegram
Ichimlik suvi ta’minoti yoki oqova suv xizmatlariga oid murojaat yoki takliflaringiz bormi? Sohadagi qurilish ishlari borasida savollar yoki yechimini kutayotgan muammolar sizni qiziqtirayotgandir? To‘lovlar xususida mutaxassisdan javob olmoqchimisiz? Shaxsiy kabinetdan foydalanishga oid savollaringiz bormi? Sohada korrupsion holatlarning guvohi bo'ldingizmi? 📞Unda sizni 2️⃣0️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 soat 1️⃣0️⃣-0️⃣0️⃣da  “O‘zsuvta’minot” AJning https://t.me/uzsuv telegram kanali orqali bo‘lib o‘tadigan “Ovozli most” loyihasiga taklif etamiz. 🗣👤 Chat tarzida tashkil etiladigan mazkur loyiha orqali mutaxassislar ishtirokida murojaatlaringizga yechim topilishiga ishonamiz. —————————————— У вас есть предложения или обращения, касающиеся вопросов питьевого водоснабжения и водоотведения? Вы не равнодушны к решению имеющихся проблем или у вас есть вопросы о строительстве в отрасли? Хотите получить ответы от специалистов по вопросам осуществления оплаты? У вас есть вопросы о том, как воспользоваться "Личным кабинетом"? Вы стали свидетелями коррупции в сфере? 📞 Тогда мы хотим пригласить вас принять участие в проекте "Голосовой мост", который пройдет в телеграмм-канале https://t.me/uzsuv АО "Узсувтаъминот" 2️⃣0️⃣ 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠текущего года в 1️⃣0️⃣: 0️⃣0️⃣ часов. 🗣👤Надеемся, что в этом проекте, который будет проходить в формате чата с участием специалистов, вы сможете найти решение своих проблем.
|🗝Cabinet       |🌐Website |🤖Bot                |😄Telegram |💬Facebook    |🌐Instagram |📹YouTube      |🕊 Twitter |💬Chat |✅ TikTok
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.