cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali. Murojaat uchun: (65) 221 28 76, (65) 221 26 89 Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 039
المشتركون
-324 ساعات
-17 أيام
+930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#QQS QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin. Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim: 🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi; 🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi; 🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan. Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi. 👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli? Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 👉8 oyda soliq to‘lovchilarga 15 trln so'mga yaqin QQS qaytarilgan _________ #НДС За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности. Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать: 🔹возмещаемую сумму НДС; 🔹нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС; 🔹какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный. Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика. 👉Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС? Субъектам предпринимательства с рейтингом категории ААА возмещение (возврат) сумм НДС осуществляется за 1 день без проведения проверок. 👉За 8 месяцев налогоплательщикам возместили почти 15 трлн сумов НДС Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
01:40
Video unavailableShow in Telegram
#QQS #chek_tahrirlash 🗓 20-sentabr – QQS toʻlovchilar uchun avgust oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Korrektirovka_uz.mp414.18 MB
#QQS ❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni 👉QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma _______________ #НДС ❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август 👉Инструкция по заполнению отчетности по НДС Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf8.87 KB
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYATMamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi. ‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz. Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.me/eauksion_buxoro/499 ➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish) 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
إظهار الكل...
01:24
Video unavailableShow in Telegram
#15_oktabr Siz va Biz to‘layotgan soliqlar yurtimizni yanada farovon bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Unutmang! Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir. 📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin. ❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati. Тelegram | Facebook|Instagram
إظهار الكل...
Soliq mol-mulk rolik++.mp452.06 MB
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi. Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin. _____ #налог_на_имущество #земельный_налог Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября. Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
yer va mol mulk solig'ini to'lash.mp46.43 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Shofirkon tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Shofirkon tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi. Muloqotda mas’ullar korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, soliq tizimida uchrab turgan salbiy holatlar, barcha xodimlar ish faoliyatlarini ochiq va shaffof tarzda olib borishi, soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Shuningdek, davlat xizmatchilarining vazifalari va mas`uliyatlari, mansab vakolatini suiste`mol qilmaslik hamda korrupsiyaviy jinoyatlarga yetaklovchi har qanday holatlardan ogoh turishi ta`kidlandi. Тelegram | Facebook|Instagram
إظهار الكل...
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining sessiyasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning murojaatnomasi ko‘rib chiqildi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 102-sessiyasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida soliq organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha viloyat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan murojaatnomasi ko‘rib chiqildi. Тelegram | Facebook | Instagram
إظهار الكل...
00:18
Video unavailableShow in Telegram
#MXIK Kerakli MXIKni qanday topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish mumkin? Tovarlarni sotishda yoki xizmatlar ko'rsatishda to'g'ri identifikatsiya kodlarini (MXIK) ishlatish kerak. Kerakli MXIKni topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin. ☝🏻Batafsil videoda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
MXIK.mp44.74 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Xodimlar sonini yashirish jiddiy qonunbuzarlik hisoblanadi 📃Soliq kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasini yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi soliq bazasini yashirish deb baholanadi.
📌Ishchi xodimlar sonini yashirish: ❗️Katta miqdordagi 👉 jarima ❗️Soliq tekshiruvi o'tkazilishi ❗️Qo'shimcha soliq va ijtimoiy to'lovlar hisoblanishi ❗️Jinoiy javobgarlikka tortilish xavfi kabi oqibatlarga olib kelishi 👉mumkin.
🔰Bunday harakatlar qonunga zid bo'lib, korxonangiz va xodimlaringiz uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun barcha xodimlarni rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tkazish va ular uchun barcha soliq va ijtimoiy to'lovlarni to'lash tavsiya etiladi. Тelegram | Facebook | Instagram
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.