cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Tanzila Narbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
19 766
المشتركون
-12724 ساعات
+9427 أيام
+1 45430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etdik. Unda O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’kidlandi, hayotning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish boʻyicha kompleks dastur haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga, qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olishga doir tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik. Bugun mamlakatimizda rahbar lavozimidagi ayollar 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ular atigi 27 foiz edi. Parlament a’zolarining soni 32 foizdan ortiqdir, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi. Islohotlar natijasida 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tengliKni ta‘minlashda eng katta yutuqlarga erishgan beshtalik qatoriga kiritgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida e‘tirof etildi. #senat #hamkorlik #gendertenglik @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
👍 26 9🔥 6🤝 1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 AQSH prezidentining nogironlarning xalqaro huquqlari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Sara Minakara xonim bilan uchrashuv o‘tkazdik. Samimiy va iliq tarzda o‘tgan muloqotimizda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikdagi rejalar haqida suhbatlashdik. O‘zbekistonda inson qadri g‘oyasi ostida olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ijtimoiy himoya institutining joriy etilganligini suhbatdoshimiz tomonidan alohida e’tirof etildi. Mamlakatimizda inklyuziv jamiyatini rivojlantirish va nogironligi bor shaxslarni barcha sohalarda faolligini oshirishga doir chora-tadbirlarni muhokama qildik. Shuningdek, nogironlikni oldindan aniqlash hamda korreksiya qilish, tibbiy modeldan inklyuziv modelga o‘tish va sifat darajasini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maqbul muhitni yaratish, jamiyatda mavjud stereotiplarni bartaraf etish hamda bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarining vazifalari xususida ham fikr almashdik. #hamkorlik @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
👍 25 9👏 4🤝 4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi qizg‘in muhokamalar va amaliy takliflarga boy tarzda o‘tdi. Forumda parlamentlarning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ilgari surishda hal qiluvchi ahamiyati qayd etildi. Mazkur forum o‘z mohiyatiga ko‘ra, mintaqa davlatlarining har tomonlama hamkorligini kengaytirishga bo‘lgan intilishini o‘zida namoyon etdi. Forum natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo tashabbuslari doirasidagi hamkorlik va keyingi harakatlar uchun asos bo‘ladigan Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi. #hamkorlik @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
👍 17 10🤝 3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining ikkinchi forumi doirasida Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyondagon Majlisi Oli Raisi Maxmadtoir Zoir Zokirzoda, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Hamkasblarimiz tomonidan forum ishi yuqori saviyada tashkil etilganligi e’tirof etilib, parlamentlarimiz bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik. Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish yuzasidan fikr almashdik. Bu borada parlament do‘stlik guruhlari va komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, mahalliy vakillik organlari, yoshlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini  kelishib oldik. #senat #parlamenthamkorligi @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
IMG_4841.MP46.11 MB
IMG_4840.MP46.97 MB
IMG_4842.MP48.03 MB
11👍 4🥰 3
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Aziz do‘stlar, qadrli mehmonlar, Qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumiga xush kelibsiz! Ushbu nufuzli anjuman mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari uchun zarur bo‘lgan yangi taklif va tashabbuslar, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga ishonamiz. Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining ikkinchi forumi ishiga omadlar tilaymiz! @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
18👍 8👏 2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili Akiko Fujii xonim bilan uchrashdik. Suhbatimiz avvalida O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda kelgusidagi taklif va tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi. Mamlakatimiz xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borayotganligi e’tirof etilib, mazkur yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashdik. Shuningdek, mahalliy Kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturlari hamda uslubiy qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish masalalarini ham muhokama qildik. #hamkorlik @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
👍 21 10👏 4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston tarixida 26 ta medal bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatgan paralimpiya chempionlarimizni katta iftixor bilan olqishlaymiz. Mehr bilan mana shunday iqtidorli farzandlarni, ayniqsa jasoratli qizlarimizni voyaga yetkazgan ota-onalarga, ustoz-murabbiylarga ta’zimdamiz. Aziz farzandlarimiz! Siz o‘z kuchiga qat’iy ishongan va bukilmas irodaga ega bo‘lgan insonlarning yorqin namunasisiz. Mashaqqatli mehnatingiz, matonatingiz va qat’iyatingiz tufayli bugungi yutuqlar egasi bo‘lib turibsiz. Biz siz bilan faxrlanamiz, g‘alaba muborak! Musobaqalarda qatnashgan barcha sportchilarimizga kelgusida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! @tanzilanarbaeva
إظهار الكل...
32👍 11👏 3🔥 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.