cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Nodizayn

Nodir Khalilov kanali. Dizayn va samaradorlik haqida yozaman. Qiziqishlarim va tajribalarim bilan bo’lishaman.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 128
المشتركون
+624 ساعات
+257 أيام
+3730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Nima uchun bu yerda konditsioner uchun maxsus joy bor lekin xonadon egalari undan foydalanmagan? Mendagi taxminlar: - O’lcham noto’g’ri olingan, uning ichiga konditsioner sig’maydi. - Tayyor qoplama ichiga konditsionerni joylash muammo. - Konditsioner trubasi kaltalik qilgan bo’lishi mumkin. Nima uchun bu muammoni bo’lishyapman? Mahsulot dizaynida ham muammoni o’rganmasdan, dizayn yechim qilish xuddi shu holatga o’xshaydi. Ya’ni yechimdan odamlar ertaga qanday foydalanish ustida bosh qotirmasdan, shunchaki o’ziga berilgan vazifani bajarib qo’yish, yechim emas. Nikolay Toverovskiy bu haqida juda chiroyli misol keltirib ham bergan: Что значит «сделать»? @nodizayn
إظهار الكل...
🤣 17👍 5👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Product Led Growth va Environmental Trigger haqida Olx saytida kerakli mahsulotni qidirib, uning ma’lumotlari ostida TBC bankning kredit taklifiga ko’zim tushdi. Bank bu yerda juda aqlli yo'l tutmoqda. Foydalanuvchi mahsulotni qidiradi, uni ko’radi va shu yerning o’zida kredit olish imkoniyati taklif qilinmoqda. Yana ham qulayligi, kalkulyator yordamida hisoblab ko’rish mumkin. TBC bu yerda OLX bilan hamkorlik qilmoqda, ya’ni bular bir-biridan alohida mahsulotlar. Mana shu holatga Product Led Growth nuqtai nazaridan “Environmental Trigger” deyiladi. Product Led Growth nima? Product-Led Growth (PLG) – bu mahsulotning o’zi foydalanuvchilarni jalb qilish, saqlash va o’sishni boshqaradigan biznes strategiyasi. Oddiy qilib aytganda, kompaniya o’z mahsulotini shunchalik qulay va samarali qiladi, foydalanuvchilar uni o’zlari boshqalarga tavsiya qiladilar va undan ko’proq foydalanadilar. PLG da 3 xil muhit ya’ni triggerlar mavjud: - Tashqi triggerlar (External Trigger): Bular mahsulotdan tashqaridan keladi, masalan, reklama, ijtimoiy tarmoqlar yoki tavsiyalar. Ular foydalanuvchilarni biror harakat qilishga undaydi, masalan, bepul sinov uchun havolaga bosish. - Ichki triggerlar (Internal Trigger): Bu foydalanuvchining his-tuyg’ulari yoki odatlariga bog’liq, masalan, muammoni hal qilish uchun vositaga ehtiyoj tug’ilganda. Foydalanuvchi o’z maqsadiga yetishish uchun mahsulotga qaytib keladi. Zerikkanda ijtimoiy tarmoqlarga kirish yoki YouTube video ko'rish ichki trigger ga misol bo'ladi. - Muhitdagi triggerlar (Environmental Trigger): Bu triggerlar mahsulotning ichki muhitida paydo bo’ladi, masalan, bildirishnomalar yoki mahsulot ichidagi reklama. Masalan, bozordagi biror narsani sotib olish uchun kredit olishni taklif qiladigan reklama muhitdagi trigger hisoblanadi, chunki u mahsulotdan foydalanish paytida paydo bo’ladi. TBC bu yerda muhitdagi trigger strategiyasidan foydalanmoqda. Ya’ni, siz boshqa mahsulotdan foydalanish jarayonida TBCdan foydalanishga o’tib ketasiz. @nodizayn #plg
إظهار الكل...
🔥 12 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Hiring alert (September 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislarni taklif qiladi: - Senior Backend Engineer (Java) 🆕 - Senior DevOps Engineer 🆕 - Senior Engineering Manager Biz qurgan mahsulotlar qanday ishlashini quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin: The Life of a Load on Super Dispatch @farhodjon
إظهار الكل...
🤣 4👍 1👎 1😱 1
Bugun Gmail servisida yaxshi UX o'zgarishga ko'zim tushdi. Xabarlarning eng yuqorisida banner chiqdi. Unda anchadan beri men qiziqib o'qiydigan, lekin oxirgi 2-3 oyda o'qimay qo'ygan newsletter'ni ochmayotganim agar uni o'qishni to'xtatgan bo'lsam, “Unsubscribe” qilishim mumkinligi haqida edi va o'sha bannerning o'zida bu imkoniyat mavjud. Bu UX'ning afzalliklari nimada? - Emailni ochib, ko'rinmas “Unsubscribe” linkni topib, uni ustiga bosib, qandaydir so'rovnomaga javob berish shart emas. - Gmail bu yerda proaktiv yo'l tutyapti. Ya'ni foydalanuvchi obuna bo'lgan emaildan kelgan xabarning foydalanuvchi ochishi-ochmasligi haqidagi ma'lumot to'plab, foydalanuvchiga osonlik taklif qilmoqda. Bu esa email bilan ko'p ishlaydiganlar ishini ancha osonlashtiradi. @nodizayn
إظهار الكل...
🔥 9👍 4👎 1 1😱 1🤣 1
Photo unavailableShow in Telegram
Korzinka ilovasida kichik UX muammoga duch keldim. Ya'ni mijozlar kassada ilovadagi QR kodni tez ochib keshbek olishni xohlaydi, lekin ilova ulardan avvalgi xaridni baholashni talab qiladi. Bu foydalanuvchi tajribasiga zarar yetkazadi, chunki mijozlar navbatda turganida ilovani tezda ochib, kodni ko’rsatmoqchi bo’ladi, baholash so’rovi esa jarayonni sekinlashtiradi. Natijada foydalanuvchi baholash ekranini tezda yopib yuboradi va bu foydalanuvchi uchun ortiqcha harakat, Korzinka esa bu yerda oxirgi tajriba haqida ma'lumot ololmaydi. Ilovada bu jarayon quyidagicha ishlaydi: Mijoz sotuvni amalga oshiradi → Ilova orqali keshbek oladi → Ilovada bu ma'lumot saqlanib qoladi → Keyingi safar ilovani ochganda avvalgi xarid baholanishi so'raladi. Mana shu yerda odamlar ilovani qachon va nimaga ochishi ustida izlanish olib borish muammoga chuqurroq kirishishga yordam beradi. Men kuzatganim kassada eng ko'p odamlar ilovani asosan QR kod orqali kehsbek olish uchun ishlatadi. @nodizayn
إظهار الكل...
👍 13🔥 3
O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda xususiy ta’lim muassasalari, ayniqsa xususiy universitetlar tez ko‘paymoqda. Yaqinda shu sohada katta tajribaga ega inson bilan suhbatlashdim va ulardan xususiy universitetlarning soni 100ga yaqinlashganini bildim. Bu, albatta, yaxshi — ta’lim hammaga ochiq bo‘lishi kerak. Lekin meni bir masala o‘ylantiryapti. Bu — sifatsiz marketing. Keling, bir nechta misollar ko’rib chiqamiz: - Xususiy universitetlarning reklama roliklarida vaynerlar yoki san’atkorlar bosh qahramon sifatida chiqadi. Savol tug‘iladi: ular ilm-fan sohasi mutaxassislarimi yoki ma'rifat tarqatadimi? - Ayrim universitetlar lotereya kabi reklama qilinmoqda: "Universitetga kir va mashina yoki uy yutib ol" degan tarzda. Mashina yoki uy yutish ilinjida universitetga topshirgan o'quvchining maqsadi bilim olish bo'lishiga kim kafolat beradi? Ta’lim sohasi qandaydir “buyum” yoki “lotereya o‘yini” singari taqdim qilinsa, ta’limni shunchaki savdo obyekti darajasiga tushiradi. "Universitetga kirib uy yoki mashina yutib ol" degan reklama bilim olishni emas, balki materialistik manfaatlarni targ‘ib qiladi. Bu ta’limni tushunishda eng nozik nuqta — aslida ilm olishning o‘zi eng katta yutuq ekanligini unutmaslik kerak. Har qanday sovg‘a yoki lotereya sovrinidan ko‘ra, olingan bilim insonning kelajagini o‘zgartirishda kuchliroq vosita hisoblanadi. Bizdagi kompaniyalarning marketing kampaniyalari ko‘pincha bir xil, ya’ni bir qilgan ishni boshqalar ham takrorlashadi. Qaysidir universitet bloger bilan reklama qilsa, boshqasi ham shuni davom ettiradi. “Critical thinking” yetishmayapti, nazarimda. Shu o'rinda bir qancha qiziqarli va kreativ g'oyalarni ham keltirib o'taman: - Purdue Universiteti "One Giant Leap for Mankind" mashhur oyga qo‘nish iborasidan ilhomlanib, o‘z innovatsiyalarini targ‘ib qiluvchi "The Next Giant Leap" marketing kampaniyasini yaratgan. Kampaniya universitetning kelajakdagi katta ilmiy yangiliklar va yutuqlar sari qadam qo‘yayotganini ta'kidlagan. Videolar: 🌐 Your Next Giant Leap Starts at Purdue 🌐 The Persistent Pursuit of the Next Giant Leap Together - Hindistondagi Sharda Universiteti Engineering Girls kampaniyasini YouTube’dagi veb-seriyalar orqali boshqargan. Bu kampaniyaning maqsadi ayollarni muhandislik sohasiga jalb qilish va gender stereotiplarini sindirish edi. Seriyalarda ayollarning muhandislikka bo'lgan qiziqishlari, tajribalari va imkoniyatlari ko‘rsatilgan - "Humans of Harvard" nomli marketing kampaniyasida universitetning elita va faqat boylar uchun degan imidjini yumshatish maqsadida boshlagan. Bu kampaniya Instagram’da "Harvard hammani kutib oladi" degan xabarni tarqatgan. U shaxsiy hikoyalar va talabalar, professorlar hayotidan qisqa videolarni ulashgan. Bu orqali, Garvardning barcha uchun ochiq ekanligi, har bir insonning o‘z hikoyasi borligini ko‘rsatishga harakat qilingan. Ta'lim sohasiga aloqasi bo'lmagan yaxshi misol: Apple Watch Ultra taqdimotida Badwater ultra trail marafonida dunyo rekordlarini yangilagan Scott Jurek qatnashadi. 90% odam uni tanimasligi mumkin, lekin men uning "Eat and Run" kitobini o‘qiganim uchun bir zumda tanidim. Bu bilan Apple aniq bir guruh uchun mo‘ljallangan, chuqur tushunarli reklama qilgan va haqiqiy ekspertni tanlagan. Xulosa qilib aytganda, ta'lim sohasidagi marketing kompaniyalariga biroz chuqurroq yondashish kerak, bu sohaga qarama-qarshi yoki sohadan uzoq odamlarni bosh qahramon sifatida foydalanish biroz mantiqqa to'g'ri kelmaydi. @nodizayn
إظهار الكل...
🔥 14👍 9 1
Anchadan beri avtobusda yurmagandim. Endi transport kartasi va ilova orqali yo‘lkira haqini to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yishipti. Bu jarayondan birinchi marta foydalanib, quyidagi savollar paydo bo‘ldi: 1. 1-fotodagi bannerda 1 soatlik tarif qanday ishlashini tushuna olmadim. Ya’ni, 1 soatlik karta bilan birinchi avtobusga 1700 so‘m, ikkinchisiga 700 so‘m va uchinchisi bepul bo‘ladimi? 2. Ilova orqali QR kodni skaner qilib, to‘lovni amalga oshirganimdan keyingi jarayon tushunarsiz. Menga to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshganini ko‘rsatdi, lekin avtobusdan tushayotganimda konduktor mendan yana to‘lov qilishni so‘radi. Ilova orqali to‘laganimni aytganimdan keyin u indamadi. Bu jarayon konduktorlar uchun qanday ishlaydi? Avtobusda ko‘p odam bor, ular ilova orqali kim to‘laganini qanday bilishadi?
إظهار الكل...
ScreenRecording_09-11-2024 08-42-21_1.mov11.54 MB
🤣 5👍 3🔥 1😱 1
Grafik dizayner — Javohir Nazarov Telegram kanal ochdi. Unda dizayndagi mantiqiy xatolarni topib unga yechim beradi. 👉 Kanalga kirish uchun havola @nodizayn
إظهار الكل...
Screen Recording 2024-07-01 at 13.16.16.mp43.07 MB
🤣 14🔥 7🎉 2👍 1
Harakatlar maqsadga bog'liq bo'lishi kerak Yaqinda bir marketolog UX dizayn kursimni qanday qilib ko‘proq sotib, “soqqa” qilishim mumkinligi haqida hamkorlik taklif qildi. Avvaliga bu taklifni rad qildim, chunki mening maqsadim “soqqa” qilish emas, balki passiv daromad olish edi. Kurs men uchun asosiy daromad manbai emas. Shunga qaramay, marketologni eshitishga qaror qildim, chunki ko‘proq odamga foyda keltirish yaxshi edi. Ammo suhbatdan keyin hamkorlikni rad etdim, sababi uning maslahatlari mening maqsadimga mos emas edi. Masalan: - Haftasiga kamida 3 ta post qo‘yish, ko‘proq odam jalb qilish uchun. - Instagram va YouTube’da muntazam dizayn videolari joylab, shaxsiy brendni kuchaytirish. - Kurs o‘quvchilaridan maqtovlar olish yoki yetishmasa, o‘zim o‘ylab topish va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylab borish. - Kursga aloqasi bo‘lmasa ham, hayotdagi yutuqlarim yoki hobby'larim bilan maqtanish. Masalan, triatlon va Ironman musobaqalari haqida gapirish, ularning qanchalik qiyin ekanligi va men buni uddalayotganim haqida bong urish. Bularni rad etishimning sababi oddiy — ular mening maqsadimga to‘g‘ri kelmaydi. Men kanalni katta auditoriya yig‘ish uchun emas, balki o‘z tajribamni bo‘lishish uchun ochganman. Haftasiga 3 ta post yoki video qilish mening holatimda sifatni pasaytirishi mumkin, yoki mening boshqa ishlarimga ta'sir qilishi mumkin. Men uchun eng katta yutuq — kurs o‘quvchilari orasida dizayner sifatida faoliyat boshlaganlar (bu haqida yaqin kunlarda batafsil ma'lumot beraman). Shunchaki maqtovlar o‘ylab topish yoki aloqasiz narsalarni reklama qilish men uchun noto‘g‘ri yo‘l. Xulosa — maqsadingizga qarab harakat qiling. @nodizayn
إظهار الكل...
🎉 18🔥 10 6🤣 3👍 1
Yaqinda bir marketolog UX dizayn kursimni qanday qilib ko‘proq sotib, “soqqa” qilishim mumkinligi haqida hamkorlik taklif qildi. Avvaliga bu taklifni rad qildim, chunki mening maqsadim “soqqa” qilish emas, balki passiv daromad olish edi. Kurs men uchun asosiy daromad manbai emas. Shunga qaramay, marketologni eshitishga qaror qildim, chunki ko‘proq odamga foyda keltirish yaxshi edi. Ammo suhbatdan keyin hamkorlikni rad etdim, sababi uning maslahatlari mening maqsadimga mos emas edi. Masalan: - Haftasiga kamida 3 ta post qo‘yish, ko‘proq odam jalb qilish uchun. - Instagram va YouTube’da muntazam dizayn videolari joylab, shaxsiy brendni kuchaytirish. - Kurs o‘quvchilaridan maqtovlar olish yoki yetishmasa, o‘zim o‘ylab topish va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylab borish. - Kursga aloqasi bo‘lmasa ham, hayotdagi yutuqlarim yoki hobby'larim bilan maqtanish. Masalan, triatlon va Ironman musobaqalari haqida gapirish, ularning qanchalik qiyin ekanligi va men buni uddalayotganim haqida bong urish. Bularni rad etishimning sababi oddiy — ular mening maqsadimga to‘g‘ri kelmaydi. Men kanalni katta auditoriya yig‘ish uchun emas, balki o‘z tajribamni bo‘lishish uchun ochganman. Haftasiga 3 ta post yoki video qilish mening holatimda sifatni pasaytirishi mumkin, yoki mening boshqa ishlarimga ta'sir qilishi mumkin. Men uchun eng katta yutuq — kurs o‘quvchilari orasida dizayner sifatida faoliyat boshlaganlar (bu haqida yaqin kunlarda batafsil ma'lumot beraman). Shunchaki maqtovlar o‘ylab topish yoki aloqasiz narsalarni reklama qilish men uchun noto‘g‘ri yo‘l. Xulosa — maqsadingizga qarab harakat qiling. @nodizayn
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.