cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

QarMII axborot xizmati

🏛 QarMII rasmiy kanali 🌐 Veb sayt: https://qmii.uz ☎️ Telefon 75-220-09-23 📩 E-mail: [email protected] ⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 225 uy. 🎧 Call-markaz: 75 220-09-24

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 213
المشتركون
+124 ساعات
+437 أيام
+21730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Birinchi_kurs_maktabi Kelajakda yaxshi muhandis boʻlishni istagan yoshlar yillar davomida texnikalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borishi lozim. Bu borada 1-kurs talabalariga keng tushuncha berish maqsadida tegishli soha xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Viloyat transport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Hayitov, inson resurslari va rejim boʻyicha bosh mutaxassis N.Hamdamov, bosh mutaxassislar Sh.Abdurahmonov, E.Omontoʻrayev, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi mudiri D.Choʻyanov va professor-oʻqituvchilar ishtirokida kechgan muloqotda boshqarma faoliyati haqida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, mamlakatimizda transport sohasi va xizmatlar sifatini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan yangilanishlar mohiyati haqida ham maʼlumotlar berildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
👍 3
#Xalqaro_hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘gʻrisida”gi qaroriga muvofiq, oliy taʼlim muassasalariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish vazifasi belgilangan. Xabaringiz bor, Varshava yongʻin xavfsizligi va texnika universiteti professori Saymon Ptak xizmat safari munosabati bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida boʻlib turibdi. Erasmus+ ICM KA 171 loyihasi hisobidan tashrif buyurgan professor institutda talabalar uchun dars mashgʻulotlarini olib bormoqda. Elektronika va avtomatika fakulteti texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 14 soatga moʻljallangan oʻquv mashgʻulotlari qizgʻin kechdi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
👍 2
#Ogohlik Neft va gaz fakultetida “Yoshlar – OITS va giyohvandlikka qarshi!” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdilar. OITSga qarshi kurashish markazi tibbiy mutaxassisi, oliy toifali shifokor Maʼsuma Isomova yoshlar orasida uchrab turadigan kasalliklar va ularning profilaktikasi haqida tushuncha berdi. OITSning yuqish yoʻllari, alomatlari va asoratlari xususida toʻxtalib oʻtdi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
👍 1👌 1
#Davra_suhbati Muhandislik texnikasi fakulteti yangi talabalari ishtirokida “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda rektor maslahatchisi Nasim Joʻrayev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Rajabov, fakultet dekani oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov va tyutorlar qatnashdilar. Muloqot davomida yoshlarga oid davlat siyosatining muhim jihatlari, talabalar oldida turgan muhim vazifalar, odob-axloq qoidalari haqida soʻz bordi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda talabalarning ham faolligini oshirish yuzasidan mulohazalar bildirildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
#Jarayon Iqtisodiyot fakulteti faollar zalida “Mehnat insonni ulugʻlaydi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi statistik maʼlumotlar va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Rashid Toʻychiyev, monomarkazning “Kadrlar boʻyicha mutaxassis” kursi oʻqituvchisi Shohsanam Mahamova, fakultet dekani oʻrinbosari Komiljon Mirzayev, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar. Xalqimizda “Hunarli xor boʻlmas” degan naql bor. Ham bilimi va ham hunari boʻlgan mutaxassis ertaga zoʻr kadrga aylanadi. Ayniqsa, xorijga ishlash uchun bormoqchi boʻlgan fuqarolar hunar bilan birga chet tilini ham yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi lozim. Monomarkazda yuqoridagi maqsadlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, shart-sharoitlar va toʻgaraklar faoliyati haqida keng maʼlumotlar berildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
👍 3
#Tashabbus Energetika fakulteti ishchi-xodimlari va koʻngilli talabalar Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashdilar. Bugun yurtimiz boʻylab Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi oʻtkazildi. Fakultet jamoasi ham “Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu xayrli ishda faollik koʻrsatdi. Koʻchalar, yoʻlaklar, ariqlar turli chiqindilardan tozalandi. Bir soʻz bilan aytganda, aksiya yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga, atrof-muhit tozaligini asrashga, tabiat sofligini muhofaza qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz QarMII axborot xizmati ✍️
إظهار الكل...
👍 3😍 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.