cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

مشاركات الإعلانات
10 085
المشتركون
-524 ساعات
-297 أيام
-7230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Adliya_xabari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 16-sentabrdagi 306-um-son buyrug'i ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning ma'naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning huquqiy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash hamda iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Adliya-yoshlarga ko'makdosh" klubi tashkil etildi. Farg'ona viloyati yuridik texnikumida tahsil olayotgan, targ'ibot ishlarida faoliyat olib borish istagini bildirgan o'quvchilar klub Nizomi bilan tanishtiirldi hamda klubning kelajakdagi faoliyati yuzasidan tegishli rejalar belgilab olindi. Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish: 🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
إظهار الكل...
👍 4👏 2🔥 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ҳақорат қилганлик учун қандай жавобгарлик белгиланган? Нашр қилиш ёки бошқача усулда кўпайтирилган тарзда, шу жумладан оммавий ахборот воситаларида, телекоммуникация тармоқларида ёки Интернет жаҳон ахборот тармоғида жойлаштириш орқали ҳақорат қилиш БҲМнинг икки юз бараваридан тўрт юз бараваригача миқдорда жарима ёки икки юз қирқ соатдан уч юз соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд бир йилдан икки йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади. Батафсил 👉 Ўқиш Каналга уланиш 👉 @hudud24official
إظهار الكل...
🔥 2👍 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Tahlillarga koʻra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga boʻlgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortigʻi bilan qoplashga yetadi. Lekin shunday ulkan imkoniyat ancha yillar davomida ishga solinmagan edi. 2024-yilda “yashil energiya” hajmi 13 milliard kilovatt-soatga, uning mamlakatimizdagi jami ulushi 15 foizga yetadi. Qisqa davr uchun bu juda katta koʻrsatkich, albatta. Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning quyi tizimlarida ham tadbirkorlar hamda aholi vakillariga bu borada tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda. Batafsil videorolikda... 👆👆👆 Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish: 🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
إظهار الكل...
Quyosh panel farg'ona.mp45.72 MB
👍 2🔥 1👏 1
#Adliya_xabari Adliya vaziri Sirdaryoda Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Toshqulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda. Xususan, adliya vaziri Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Sayxunobod va Guliston tumanlarida ham oʻtkazildi. Adliya vaziri A.Toshqulov Sayxunobod tuman hokimi K.Mullajanov bilan birgalikda “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi 72 yoshli Risolat Gʻulomova xonadonida boʻlib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanish, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan yoshlar turli toʻgaraklarga jalb etilgan. “Olgʻabos” mahallasida tashkil etilgan oʻquv markazida yoshlar ingliz tilini oʻrganishmoqda. A.Toshqulov sayxunobodlik yoshlar bilan uchrashib, viloyatdagi 11 ta davlat umumtaʼlim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tashkil qilingani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi oʻquv yilidan turli huquqiy tanlovlar oʻtkazilishi belgilanganligi taʼkidladi. Shuningdek, vazir “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida “Guliston” mahallasida tashkil qilingan kutubxonada boʻldi. Bundan tashqari, adliya vaziri Guliston tuman va shahar adliya boʻlimlari yangi binosining qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi hamda yangi binolarda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi. @adliyangiliklari
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayollarning qanday mehnat huquqlari bor, imtiyozlar-chi? Ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud 2 yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta'tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi. 👉Batafsil @adliyangiliklari
إظهار الكل...
👍 2
04:25
Video unavailableShow in Telegram
#Adliya_va_yoshlar Farg‘onada adliya qaramog‘iga olingan 22 mingdan ortiq yoshlarning sharoitlari yaxshilanmoqda Ayni kunlarda 4-sektor hududlaridagi minglab yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini o‘rganish yuzasidan jadal suratlarda xayrli ishlar davom etmoqda.     Batafsil videorolikda... Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish: 🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
إظهار الكل...
Oltiariq Quvasoy adliya yoshlar savraka.mp425.74 MB
👍 13🔥 2👏 2🤝 1
00:50
Video unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari Farg'ona shahar adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan shahardagi "Zarbdor" MFYda fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari tashkil etildi. Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish: 🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
إظهار الكل...
Huquqiy targibot Fargona sh.mp439.90 MB
👍 5👏 2🔥 1
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
«Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?   Har bir jamiyatda barqarorlik va rivojlanish tartib-intizom, huquqlar va erkinliklarning ta'minlanganligi, umuman olganda huquqlilikning qaror topgani bilan baholanadi. Azaliy qonuniyat shu. 👉Batafsil @adliyangiliklari
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1
#Adliya_va_yoshlar Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg'ona shahridagi 44 va 47-umumta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi. Shuningdek 47-umumta'lim maktabi o'qituvchilariga saylov qonunchiligi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi. Saylash va saylanish tartibi, qonunchilikdagi o'zgartirishlar yuzasidan davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida o'qituvchilarni soha bo'yicha qiziqtirgan savollariga javob berildi. Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Kanalga ulanish: 🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
إظهار الكل...
👍 5🔥 4👏 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.