cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Bek Olimjon

▫️Xalqaro toifadagi ko’z shifokori 🇪🇺🇺🇿🇮🇳🇸🇪🇳🇴 🔜 Norvegiyada professor ▪️Fikrlar, hayotiy hikoyalar, o’gitlar, rivojlanish, kelajak… ▫️Balki foydasi tegar... Instagram.com/BekOlimjon YouTube.com/BekOlimjon bekolimjon.com

إظهار المزيد
Uzbekistan4 734لم يتم تحديد اللغةالطب1 122
مشاركات الإعلانات
18 400
المشتركون
+324 ساعات
-217 أيام
-12130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Va nihoyat Neuralink Blindsight insonlarda tajriba o’tkazish uchun ruhsat oldi. Bu qurilma ko’z kasalliklari bilan ishlovchilar yoki ko’z kasalliklari bilan muammosi borlar uchun eng zo’r yangilik. Blindsight - ko’rlikni bartaraf etishni maqsad qilgan qurilma. Kelajakda nafaqat ko’rishni yo’qotganlar bundan foydalanadi, balki ko’zi sog’lomlar ham bundan foydalanishni xohlashadi. Sababi ko’zi 100% sog’lom insonning ham ko’rish imkoniyatlari ancha cheklangan. Bu qurilma kelajakda (balki qurilmaning 10-avlodi) insonlarga uzoqni va yaqinni muammosiz ko’rishni, kattalashtirib ko’rishni, hattoki infraqizil nurlarni ham ko’rish imkoniyatini beradi. Buning imkoni yo’q ekanligiga argument topish qiyin. https://x.com/neuralink/status/1836118060308271306?s=46
إظهار الكل...
Neuralink (@neuralink) on X

We have received Breakthrough Device Designation from the FDA for Blindsight. Join us in our quest to bring back sight to those who have lost it. Apply to our Patient Registry and openings on our career page

https://t.co/abBMTdv7Rh

Repost from Go On Foot
01:11
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Musor tashashning ham darajalari bo'ladi. Nefrit ko'llari. 🇷🇺 Есть разные уровни выбрасывания мусора. Нефритовые озёра. 🇺🇸 There are different levels of littering. Jade lakes.
Ona tabiatimizani chiqindilardan asraylik! Давайте будем защищать нашу природу от мусора! Let's keep our nature clean from garbages!
TELEGRAM | INSTAGRAM
إظهار الكل...
74.09 MB
Tabiat haqida qayg’uradiganlarga hurmatim baland. Yusufbek rahmat sizga!
إظهار الكل...
Subyektivlikdan uzoqlashib, obyektivlikka yaqinlashish kerak Jamiyatning bir qismi sifatida atrofimizdagilar fikri biz uchun muhim, ko’pchiligimiz uchun o’ta muhim. Dalillarga asoslanmagan holda bildirilgan fikrlar subyektiv bo’ladi. Pul topishga qiynalayotgan odamdan so’rasangiz jamiyatdagi iqtisodiy holatni o’ta yomon deydi, hamma joyda adolatsizlik deb noliydi. Ammo raqamlarga e’tibor qaratsangiz jamiyatdagi iqtisodiy o’sish yaxshi ketayotganini yaqqol ko’rasiz. Kobalt minib yurib, Trekker olgan odam yangi mashinasini qanchalik zo’r, zamonaviy va komfort ekanligini aytadi. Dunyo bozoridagi o’sha klassdagi mashinalar bilan solishtirsangiz aytilgan zamoniy funksiyalarini bundan 15-20 yil avval ishlab chiqarilgan mashinalardan topasiz. IELTS 7 olib dunyoda juda katta muvaffaqiyatga erishgandek o’zini tutganlarni ko’rasiz. Dunyo bo’yicha raqamlarga qarasangiz bu holat millionlab odamlar uchun talabalikka qo’yilgan eng birinchi talab va qadam ekanligini ko’rasiz. Stravada 30-40km yugurganlarni ko’rasiz, siz ham 10km yuguraman deysiz. Ammo yetarlicha bilim va tajriba bo’lmagani uchun 5km dan keyin charchab taslim bo’lasiz. Vaziyatni subyektiv baholaysiz, o’zingizni lozer his qilasiz. Dunyoga va raqamlarga qarasangiz dunyoda 90% odam salomatligi uchun yugurishga ham harakat qilmasligini o’qiysiz. Siz taslim bo’lgan 5km natijangiz bilan top 10% da ekanligingizni tushunasiz. Instagramda bir ekspert chiqib fikrlarini bayon etadi. Sizga u juda bilgichdek va o’z sohasining eng kuchli ekspertidek tuyuladi. Aslida esa aytilgan fikrlarini kecha ingliz tilida yozilgan bir kitobda o’qigan bo’ladi. Bugun esa ularni kam-ko’stsiz aytib berayotgan bo’ladi, o’zbek tilida, qayerdan olganini aytmasdan. Har qanday vaziyatda ham obyektiv bo’lishga harakat qilish muhim. Obyektivlik haqiqat va dalillar ustiga quriladi. Subyektivlik esa hissiyotlar ustiga. Haqiqatga yaqin bo’lish maqsadga aylanishi ma’qulroq. Bek Olimjon 15.09.2024 Norvegiya
إظهار الكل...
O’zbeklar tarixida quyidagi figuralarga to’g’ri keladigan kimdir bormi? Yunonlardagi Marafon jangida qahramonlik ko’rsatgan Pheidippides 42km masofani yugurib o’tadi va yunonlar forslar ustidan g’alaba qozonganini aytadi. Shundan so’ng marafon an’anaga aylandi. Norveglarda Birkebeiner degan 90km masofalik chang’ida marafon bor. Tarixi bir mashhur qirol o’limidan so’ng uni 2 yoshga kirmagan voris o’g’lini dushmanlardan saqlash uchun ikkita odam bolani orqasiga ko’tarib qishda 54km masofani tog’ orqali bosib o’tishadi va bolani saqlab qolishadi. Bola katta bo’lib qirol bo’ladi va davlatga farovonlik olib keladi. Shu 2 qahramon xotirasi sabab Birkebeiner 85-yildan beri o’tkaziladi. Unda har bir ishtirokchi orqasiga 3,5kg yuk osib olib masofa bosib o’tishadi. Bunday an’ana shvedlarda ham bor. Vasaloppet deyiladi. 1521-yili Gustav Ericsson degan odam Daniya bosqiniga qarshi revolyutsiya boshlaydi. U dat soqchilaridan qochib, 90km chang’ida bosib o’tadi. 1922-yildan beri nishonlanadi va hozirgacha 1,8mln ishtirokchi qatnashgan. Bu turdagi marafonlar bor yana bir nechta. Fikr va maqsad shuku, o’zbeklarda ham ana shunday qahramonlik qilgan birorta shaxs bo’lsa, u bosib o’tgan joyda O’zbekistonda marafon boshlash mumkin. Avvaliga 10-15 ta ishtirokchi bo’ladi, vaqt o’tib yaxshigina populyar bo’lishi mumkin bu loyiha.
إظهار الكل...
- uchyapsizmi? endi ko’zib ketib maza qilib uxlashni boshlagan chala uyqumdan uyg’otgan savol bo’ldi. Samolyot Toshkentdan ko’tarilganiga yarim soat ham bo’lgani yo’q. Yonimda ketayotgan bir 40 yoshlar atrofidagi aka. Bir oz oldin telefonidagi videolarini ovozini baland qilgan holda ko’rib tugatdi. Internet yo’q. Men uxlamoqchi ekanligimni bildirish uchun styuardessaga meni ovqatga uyg’otmasligini iltimos qildim. Sababi oxirgi 2 sutkada 7 soatcha uxlagandim xolos. 18 soat davom etgan toqqa sayohatdan keyingi charchoq va uyqusizlik yaqqol sezilmoqda. Ovqat berishlarigacha ko’zim ketib uxlabman. Savollar yana boshlandi. - Qanaqa ovqat yeysiz? Eshitmaganga oldim. - Aka nima ichasiz? Ko’zimni sal ochdim va ishora bilan yo’q dedim. Bu vaqtda o’zbek bayroqli forma kiygan o’zbek styuardessalar 95% yo’lovchi o’zbek bo’lgan samolyotda ”kuritsa ili govyadina?” deya o’tib ketdi biz o’tirgan qatordan. Haligi aka o’tib ketgan styuardessalarga qarab meni ko’rsatib ”Mana bu akaga ovqat bermadilar!” deb baqirdi. Oxiri ko’zimni ochib ”aka men ovqat yemayman, uxlamoqchiman” dedim. Oradan 3-4 minut o’tdi. Og’zida ovqati bilan haligi aka meni turtib ”nimaga ovqat yemayapsiz?” deydi. Uxlayapman deb ishora qildimda teskari qaradim. Sal ko’proq uxlagandek bo’ldim, yana oyog’imni turtyapti haligi aka. ”Aka rozi bo’lasiz, sizgayam suv oldim” deydi. ”Menga suv kerak emas, suvim bor, uxlamoqchiman aka iltimos” dedim g’azablanib. ”Uzr aka, aybga buyurmesiz, bilmabman” deydi haligi aka. Uyqu tagiga oldi. Tuzukroq uxlash imkoni bo’lmadi. O’tirishim bilanoq shapaloqdek katta quloqchinlarni taqib olganim ham yordam bermadi. Yonimdagi inson o’zini nega bunday tutayotganini tushungim keldi. Internet yo’q, kitob yo’q, bandlik yo’q. Zerikayotgan ekan aka. Biletni qanchaga olganimu, qachon olganim, qaysi aviakassadan olganimni so’radi. Viza qachon chiqqani, qanchaga tushgani va qaysi firma orqali qilganimni so’radi. Litvada qurilishda ishlaymanmi yoki ”dalshe” Polshaga ketamanmi so’radi. O’zim haqimda ozgina ma’lumot bersam savollar pushka bo’lib kelishidan tushungan holda qisqa gapirdim. Suhbat qovushmayotgani yaqqol ko’rinib turipti. Vaziyatdan o’rganish mumkin bo’lgan saboqlar bor. Eng muhimi inson zerika olishni o’rganishi. Zerika olish fiklashga undaydi! Bek Olimjon 06.09.2024
إظهار الكل...
- uchyapsizmi? endi ko’zib ketib maza qilib uxlashni boshlagan chala uyqumdan uyg’otgan savol bo’ldi. Samolyot Toshkentdan ko’tarilganiga yarim soat ham bo’lgani yo’q. Yonimda ketayotgan bir 40 yoshlar atrofidagi aka. Bir oz oldin telefonidagi videolarini ovozini baland qilgan holda ko’rib tugatdi. Samolyotda internet yo’q. Men uxlamoqchi ekanligimni bildirish uchun styuardessaga meni ovqatga uyg’otmasligini iltimos qildim. Sababi oxirgi 2 sutkada 7 soatcha uxlagandim xolos. O’tgan kuni 18 soat davom etgan toqqa sayohatdan keyingi charchoq va uyqusizlik yaqqol sezilmoqda. Ovqat berishlarigacha ko’zim ketib uxlabman. Savollar yana boshlandi. - Qanaqa ovqat yeysiz? dedi haligi aka. Eshitmaganga oldim. - Aka nima ichasiz? Ko’zimni sal ochdim va ishora bilan yo’q dedim. Bu vaqtda o’zbek bayroqli forma kiygan, o’zbek styuardessalar, yo’lovchilar 95% qismi o’zbek bo’lgan samolyotda ”kuritsa ili govyadina?” deya o’tib ketdi biz o’tirgan qatordan. Haligi aka o’tib ketgan styuardessalarga qarab, meni ko’rsatib ”Mana bu akaga ovqat bermadilar!” deb baqirdi. Oxiri ko’zimni ochib ”aka men ovqat yemayman, uxlamoqchiman” dedim. Oradan 2-3 minut o’tdi. Uyqu shunday eltyaptiki uyg’oq turishni iloji yo’q. Og’zida ovqati bilan haligi aka meni turtib ”nimaga ovqat yemayapsiz?” deydi. Uxlayapman deya ishora qildimda teskari qaradim. Sal ko’proq uxlagandek bo’ldim, yana oyog’imni turtyapti haligi aka. ”Aka rozi bo’lasiz, sizgayam suv oldim” deydi. Men ”menga suv kerak emas, suvim bor, uxlamoqchiman aka iltimos” dedim sal g’azablanib. - ”Uzr aka, aybga buyurmesiz, bilmabman” deydi haligi aka. Uyqu tagiga oldi. Tuzukroq uxlash imkoni bo’lmadi. O’tirishim bilanoq shapaloqdek katta quloqchinlarni taqib olganim ham yordam bermadi. Yonimdagi inson o’zini nega bunday tutayotganini tushungim keldi. O’ylab ko’rsam internet yo’q, band bo’lgani kitob yo’q, zerikayotgan ekan haligi aka. Biletni qanchaga olganimu, qachon olganim, qaysi aviakassadan olganimni so’radi. Viza qachon chiqqani, qanchaga tushgani va qaysi firma orqali qilganimni so’radi. Litvada qurilishda ishlaymanmi yoki ”dalshe” Polshaga ketamanmi so’radi. O’zim haqimda ozgina ma’lumot bersam savollar pushka bo’lib kelishidan qo’rqib ko’p gapirmadim. Suhbat qovushmayotgani yaqqol ko’rinib turipti. Men suhbatga kirishmaganimdan keyin haligi akaga ham noqulay bo’ldi. Vaziyatdan o’rganish mumkin bo’lgan saboqlar bor. Eng muhimi - zerika olishni o’rganish. Zerika olishni o’rganish muhim. U insonni fiklashga undaydi! Bek Olimjon Riga, Latviya 06.09.2024
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Bola va ekran

Men 90-yillarda qishloq maktabiga borganman. O’tgan kuni qishloqdagi do’stlar bilan choyxonada osh yedik. Suhbat davomidagi bir narsa menga ancha ta’sir etdi. Maktabimizda atrofdagi 5 ta qishloqdan o’quvchilar o’qir edi. Hamma bolalar maktabga birgalashib yoki do’stlari bilan piyoda kelib-ketar edi. Yo’l-yo’lakay shumtakalik qilinar, hazil-huzul bo’lar edi. To’da-to’da yurishar edi maktab bolalari. Bir do’stimda maktab yoshidagi 2 farzandi bor, 14 va 8 yoshda. Ikkisini har kuni maktabga mashinada olib-borib…

Issiq havo harorati o’limga sabab bo’lishi mumkin. Nima qilish kerak? Issiq urishi bor narsa. Qariyalar va bolalarda buni xavfi katta. Issiq keldi, terlaymiz, suv ichamiz, qancha ichsak ham chanqoq bosilmaydi, terlayveramiz, bosh og’riydi, holsizlanamiz. Inson tanasi to’g’ri ishlashi uchun ma’lum bir haroratni bir xilda ushlab turishi kerak. Huddi go’sht aynib qolmasligi uchun sovutgich bir xilda sovuq haroratni ushlab turganidek. Havo issiq bo’lishi tana haroratini ortishiga sabab bo’ladi, buni nazorat qilish uchun tana ter orqali issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga harakat qiladi. Natijada tanadagi suv miqdori kamayadi va chanqoq hissi paydo bo’ladi. Buni qondirish uchun biz suv ichamiz. Mana shu joyda eng muhim narsaga e’tibor bermaymiz. Tanadan chiqayotgan ter ta’mi sho’r bo’lishi bor narsa. Terlaganimizda biz suv bilan qo’shib tuzlarni ham chiqarib yuboramiz. Ya’ni natriy, kaliy va hokazolarni. Bular umumiy nomi elektrolitlar deyiladi. Bu tuzlar esa yurak, miya, buyrak kabi eng muhim a’zolar funksiyasini bir me’yorda ushlab turish uchun juda-juda muhim. Biz esa bularni terlash orqali yo’qotganimizda faqat suv qismini qoplaymizda, yo’qolgan tuz qismini qoplashga e’tibor bermaymiz. Aslida bunday issiq kunlarda yo’qolgan tuz o’rnini qoplash chanqoqni qondirishdek muhim. Nega yozning issiq kunlarida sho’r ayron yaxshi ketishi sababi ham shunda. Tuzga bo’lgan ehtiyoj yuqori bo’lgani bois shunday. Issiqda, chanqaganda bosh og’rishi bor narsa. Chunki miya suvsizlanishga eng sezuvchan a’zo. Hujayralar esa tuzsizlanishga sezuvchanligi juda yuqori. Hujayra-ichi degidratatsiyasi degan tushuncha bor. Unda hujayralar qurib, puchayib qoladi va o’z faoliyatini to’liq bajara olmaydi. Bu paytda ularga suyuq qilingan namakob (oddiy osh tuzli suv) juda katta foyda beradi. Buni fan tilida gipotonik eritma ham deyiladi. Chanqoqni qondirish bilan birga, bosh og’rig’i va umumiy holsizlik tez ketsin desak suvsizlanishda suv ichish bilan tuzlarni ham o’rnini qoplash muhim. Natriy va kaliy tuzlarining qondagi miqdori o’ta pasayib ketishi holsizlik, mushaklar bo’shashidan tortib yurak to’xtashigacha olib borishi mumkin. Yevropa tomondagi o’quvchilar uchun bunga yechim ancha osonroq. Har qanday sport do’koniga kirib oddiy ichgani elektrolit ber desangiz topib beradi. 1 litrga eritiladigan tabletkadan 10 tasini 2€ ga beradi. Buni marafon yugurganda yoki uzoq masofada veloturga chiqqanda ishlatamiz misol uchun. O’zbekistonda aynan shu turdagi elektrolitli tabletka yoki kukunlar borligidan bexabarman, ammo Uzbda aptekadan regidron kukuni so’ralsa topib berishadi. Regidron bu bolalar ichi ketganda beriladigan tuzli eritma. Bitta paketchasini 1 litrli suvga solinadi va ichiladi. Bularning afzallik jihatlari suvsizlanishdan keyin miya va tana faoliyatini tez o’ziga kelishini ta’minlaydi. Ramazonda iftorlikda yaxshi yordam bersa, yoz oylarida sizda issiqdan bosh qaynab og’rimasligiga yordam beradi. Yozning issiq kunlarida suv ichish bilan birga tuzlarni o’rnini qoplashni ham unutmaslik zarur. Oddiy yechim bu tekin namokob yoki arzon regidronli suv. Bek Olimjon 22.06.24 Norvegiya
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Germaniyada o'zbek neyroxirurg bilan suhbat | Bekzod Ulliev

Podcastimizning navbatdagi mehmoni Bekzod Ulliev - hozirgi kunda Germaniyada neyroxirurg bo'lib o'zi faoliyatlarini olib boryaptilar. Bekzod Ulliev:

https://www.instagram.com/nervblog/

Bek Olimjon:

https://www.instagram.com/bekolimjon/

اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.