cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti ®️ 1955-yilda asos solingan. 📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy 📲 Telefon: (0-374) 223-94-60 ⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
8 035
المشتركون
+1024 ساعات
+1567 أيام
+1 19530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

REKTORNING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Stomatologiya fakulteti, Fundamental tibbiyot yo'nalishi va Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlarining 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Unda shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Stomatologiya fakulteti dekani F.O‘rinov va talabalar ishtirok etdi. Suhbat avvalida institut rektori talabalik baxtiga muyassar bo’lgan yoshlarni tabriklab, yangi o‘quv yilida ularga ulkan zafarlar tiladi.
- Talabalik katta hayot ostonasi, uni samarali va muvaffaqiyatlarga boy o‘tkazish insonning o‘ziga bog‘liq. O‘z ustida tinmay mehnat qilgan, harakatda bo‘lgan, darslarni qoldirmay faol ishtirok etgan talabalar, albatta kelgusida yetuk mutaxassis bo‘la oladi, shu bilan bir qatorda Davlat mukofotlari, nomdor stipendiya sohiblariga aylanadi, institut tomonidan ham rag‘batlantiladi. Buning uchun esa sizlardan o‘qish, izlanish talab etiladi xolos,- deya institut rektori talabalarga motivatsiya berdi.
Shuningdek, suhbat davomida yoshlarga har bir talabada shaxsiy elektron kutubxona bo‘lishi, bu borada esa institut axborot-resurs markazida barcha sharoitlar mavjud ekanligi, darslarda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, chet tillarini mukammal o‘zlashtirish, muassasada rus va ingliz tili to‘garaklari tashkil etilgani, talabalar darslarda o‘z ma’ruza va taqdimotlari namoyishini chet tillarida olib borishsa qo‘shimcha ballar bilan rag‘batlantirilishi haqida ham ta’kidlab o‘tildi. Suhbat so‘nggida yoshlarga institut tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlar va tengdoshlarga bo‘lgan hurmatni oshirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, Talabalar turar joyida tashkil etilgan fan, sport, kasb-hunar to‘garaklarida ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish borasida ham so‘z olib borildi. Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter |
إظهار الكل...

Photo unavailableShow in Telegram
Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar diqqatiga!
📣1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻyicha bayram turniri boʻlib oʻtadi. 🏆Ushbu bayram turniri institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti hamkorligida tashkil qilinmoqda. ⌛️Bayram turniri 27-sentabr, soat 14:00 da Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy oʻquv binosida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bayram turnirida ishtirok etish uchun: 1. Institutning professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlardan tashkil topgan, jami 6 nafar ishtirokchiga ega boʻlgan jamoa tuzish kerak; 2. Jamoaga nom tanlanib, jamoaning tarkibini jamoa sardori institut "Zakovat" intellektual klubi koordinatori @shoxjahon_abduraxmonov telegram manziliga yuborishi talab qilinadi; 3. Jamoa tarkibi faqatgina professor-oʻqituvchilar yoki tyutorlardan iborat boʻlishi tavsiya qilinadi. Ishtirokchilar professor-oʻqituvchilar va tyutorlardan iborat aralash jamoa tuzishlari ham mumkin.
Bayram turniri yakunida gʻolib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun institut "Zakovat" intellektual klubi koordinatori Shoxjahon Abduraxmonovga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: +998972730663 Telegram manzil: @shoxjahon_abduraxmonov
إظهار الكل...
Yoshlar yetakchisi saylandi!
📢Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat tibbiyot instituti Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda yetakchilikga nomzod bo'lgan yoshlar ishtirok etib, nomzodlar talabalarga o‘z rejalari va kelgusidagi maqsadlari haqida saylovoldi taqdimoti o‘tkazdilar. 🗣Nomzodlar orasidan Xojimatov Fayzullo Xayrullo o’g’liga ishonch bildirilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat tibbiyot institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchiligiga saylandi. 🗣Ma‘lumot o‘rnida, shu kunga qadar Xojimatov Fayzullo Andijon tibbiyot instituti Yoshlar Kengashining Besh tashabbus loyihalar yo’nalishi koordinatori lavozimida faoliyat olib borgan.
إظهار الكل...
TALABALAR O‘RTASIDA STRITBOL BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI Bugun, 20-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Stritbol sport turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Yakuniy natijalalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda: 🥇-o‘rinni Farmatsiya fakulteti; 🥈-o‘rinni Stomatologiya fakulteti; 🥉-o‘rinni Davolash fakulteti jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda esa: 🥇-o‘rinni Davolash fakulteti; 🥈-o‘rinni Pediatriya fakulteti; 🥉-o‘rinni Stomatologiya fakulteti jamoasi g‘alaba qozondi.
إظهار الكل...
“TALABALAR LIGASI” DA VOLEYBOL SPORT TURI BO‘YICHA FINAL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Unda Badminton, Basketbol, Voleybol, Gandbol, Yengil atletika, Kurash, Stol tennisi, Futbol (futzal) va Shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, voleybol sport turi bo‘yicha guruhlar o‘rtasida final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda: 🥇-o‘rinni Stomatologiya fakulteti; 🥈-o‘rinni Pediatriya fakulteti; 🥉-o‘rinni Davolash fakulteti jamoalari egalladi. Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda esa: 🥇-o‘rinni Pediatriya fakulteti; 🥈-o‘rinni Stomatologiya fakulteti; 🥉-o‘rinni Davolash fakulteti jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
إظهار الكل...
Fakultet dekanlari, o‘quv bo‘limi mas’ullari va qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi rahbari S.Asqarov tomonidan fakultet dekanlari, o‘quv bo‘limi mas’ullari va qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar borasida so‘z bordi. Shuningdek, o‘quv jarayonlarida o‘ishga qabul qilishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
إظهار الكل...
#besh_tashabbus_olimpiadasi Bugun Davolash fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, tyutorlar o‘rtasida esa stol tennisi va ping-pong sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Unda talabalar hamda tyutorlar yakka va jamoaviy tarzda ishtirok etib, epchil va chaqqonliklarini ko‘rsata olishdi. Musobaqalar qizg‘in tarzda tus oldiki, o‘yinlarda institut xodimlari ham faollik ko‘rsatishdi.
إظهار الكل...
O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA PROREKTOR TALABALAR BILAN UCHRASHDI Andijon davlat tibbiyot instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov Davolash fakulteti uchun bolalar xirurgiyasi kafedrasida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbat olib bordi. Suhbat davomida prorektor talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, dars jarayonlarining sifati, darslarni interfaol usullarda olib borish, amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning faolligini ta’minlash, yangi adabiyotlardan unumli foydalanishga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat yakunida talabalar ham mavzu borasidagi taklif va mulohazalarini bildirishdi.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.