cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 769
المشتركون
+324 ساعات
+57 أيام
+1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Hurmatli ustozlar! 📌 Ushbu kanal maktablarda faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar uchun yaratilgan bo'lib, quyidagi yo'nalishlarda o'z faoliyatini olib boradi: 👉 o'qituvchilarning malaka oshirish faoliyatini metodik qo'llab-quvvatlash; 👉 “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga tegishli metodik materiallarni o'qituvchilarga yetkazib berish hamda jarayonlarni keng yoritib borish; 👉 ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlarni o'qituvchilarga tezkor yetkazish; 👉 ta'lim tizimida qabul qilinayotgan me'yoriy xujjatlar sharhini berib borish. Ushbu kanal orqali barcha o'qituvchilarni bir joyga jamlash va ularning malaka oshirish (uzluksiz kasbiy rivojlanish) faoliyatini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. 📌 Sizdan, hududingizdagi barcha o'qituvchilarni Malaka oshirish|CPD_official kanaliga a'zo bo'lishini ta'minlashingiz so'raladi. MMTV, A.Avloniy nomidagi PMMI
إظهار الكل...
Malaka oshirish|CPD_official

Ushbu kanalda pedagoglar uchun eng ishonchli ma'lumotlar va tezkor xabarlar, muhim yangiliklar berib boriladi. Reklama uchun: t.me/cpd_reklama Platforma:

https://onlinedu.uz/

Kanallar:

https://t.me/care_education

https://t.me/malakaoshirish_official

#Dars_tahlili Joriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tasviriy san'at fani metodisti O'g'iloy Qurbonnazarova tomonidan Termiz shahridagi 8-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o'qituvchisi Shahnoza Abduxoliqovaning 3-b sinf o'quvchilariga "Obod vatanim" mavzusida o'tgan darsi tahlil qilindi. Dars tahlili jarayonida o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, darslarni sifatli tashkil etish va o‘quvchilarning olgan bilimlarini to‘g‘ri baholash hamda tahlil qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
إظهار الكل...
👍 1
#Ilmiy_faoliyat Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bozorova Nazokat Mamasoatovnaning “Umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda ikkinchi jahon urushiga oid mahalliy manbalardan foydalanish metodikasi” monografiyasi dunyoning eng nufuzli kitob bozori savdo platformalaridan biri lulu.comda sotuvga qo‘yilganligi munosabati bilan muallifni tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Lulu.com – bu, kitob chop etish va tarqatish xizmatlarini ko'rsatadigan dunyodagi yirik onlayn nashr. Kompaniya bosh qarorgohi AQShning Shimoliy Karolina shtati Morrisvil shahrida joylashgan. Mazkur onlayn nashrda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha o‘nlab millionga yaqin kitob chop etilgan.
إظهار الكل...
👏 2👍 1
#Ilmiy_faoliyat Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nurmamatov Abdumalik Shermamatovichning “O‘spirinlarning o‘zligini anglashi va kelajak strategiyasini tanlashida kreativlikning ta’siri” monografiyasi dunyoning eng nufuzli kitob bozori savdo platformalaridan biri lulu.comda sotuvga qo‘yilganligi munosabati bilan muallifni tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Lulu.com – bu, kitob chop etish va tarqatish xizmatlarini ko'rsatadigan dunyodagi yirik onlayn nashr. Kompaniya bosh qarorgohi AQShning Shimoliy Karolina shtati Morrisvil shahrida joylashgan. Mazkur onlayn nashrda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha o‘nlab millionga yaqin kitob chop etilgan.
إظهار الكل...
👍 2
#Ilmiy_faoliyat Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umarov Bahrom Norboyevichning “Maktab o‘quvchilarini kommunikativ o‘rganish va o‘qitishni pedagogik boshqarish” monografiyasi dunyoning eng nufuzli kitob bozori savdo platformalaridan biri Lulu.comda sotuvga qo‘yilganligi munosabati bilan muallifni tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Lulu.com – bu, kitob chop etish va tarqatish xizmatlarini ko'rsatadigan dunyodagi yirik onlayn nashr. Kompaniya bosh qarorgohi AQShning Shimoliy Karolina shtati Morrisvil shahrida joylashgan. Mazkur onlayn nashrda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha o‘nlab millionga yaqin kitob chop etildi.
إظهار الكل...
👏 1
#Ilmiy_faoliyat Profi universiteti rektori, psixologiya fanlari doktori, akademik Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovichning “Osiyo xalqlari oilasi” risolasi dunyoning eng nufuzli kitob bozori savdo platformalaridan biri lulu.comda sotuvga qo‘yilganligi munosabati bilan mualliflarni tabriklaymiz va ularning kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Lulu.com – bu, kitob chop etish va tarqatish xizmatlarini ko'rsatadigan dunyodagi yirik onlayn nashr. Kompaniya bosh qarorgohi AQShning Shimoliy Karolina shtati Morrisvil shahrida joylashgan. Mazkur onlayn nashrda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha o‘nlab millionga yaqin kitob chop etildi.
إظهار الكل...
👏 2
#Mahorat_darsi 🔰 2024-yil 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Mahbuba Qulboboyeva tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari uchun “Matematik modellashtirish katta maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi sifatida" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 📖 Dars jarayonida “Tezkor savol-javob”, “Aqliy hujum” kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.
إظهار الكل...
“KASBIY RIVOJLANISH KUNI” VA “KASBIY RIVOJLANTIRISH SOATI” HAQIDA TUSHUNCHA” MAVZUSIDA VEBINAR O‘TKAZILDI 💻 Joriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Ijtimoiy fan metodistlari Sherzod To'rayev, Saidali Xasanov hamda markaz katta o'qituvchisi Risolat Usmonaliyeva tomonidan viloyat o‘qituvchilari uchun "Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" haqida tushuncha” mavzusida vebinar o‘tkazildi. ✅Mazkur vebinarda pedagoglar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarini tashkil etish" mavzusidagi buyrugʻining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
إظهار الكل...
#Dars_tahlili ⚡️Joriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tarix fani metodisti Sherzod To'rayev tomonidan Termiz shahridagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Nargiza Xasanovaning 7-"d" sinf o'quvchilari uchun "IV-V asrlarda Xioniylar va Kidariylar" mavzusida o'tgan darsi tahlil qilindi. ✅Dars jarayonida "Baliq skeleti", "Klaster" metodlaridan samarali foydalanildi. Dars davomida yo'l qoʻyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib tegishli maslahatlar berildi.
إظهار الكل...
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI METODISTLARI TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILMOQDA ⚡️2024-yil 19-sentabr kuni Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi musiqa fani metodisti Karimova Nargiza Dusboyevna tomonidan Termiz shahridagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 3-sinf o'quvchilari uchun “Ovoz” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 📚Dars jarayonida "Kollaboratsiya", "Kritik fikrlash", ''Kommunikativlik" va "Tomchi" kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.