cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

《《Baxt hikoyam》》

Assalomu aleykum va rahmatillohu va barokatuh... Kanalimizga xush kelibsiz Bu kanalda #Moviy_sharfli_qizaloq ning eng yangi hikoyalari tashlab boriladi Reklama uchun: @Ms_Rose04

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
264
المشتركون
-224 ساعات
-17 أيام
-230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from N/a
Mehr... Eshitilishi oddiy, ammo zamirida juda ko'p ma'no yotadi bu so'zning. Dunyo yaralgandan beri insonlarning katta manaviy, ruhiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan bu narsa- insonlar eng ko'p muhtoj bo'ladigan, yaqin atrofdagilardan kutadigani ham. So'nggi paytlar, har bir kunim saboq bo'layotgandek, har bir kunimdan bir xulosa chiqarayotgandekman. Va kunlar o'tgani sayin tushunib borayotganim- oilada yaxshi muhit yaratish, nafaqat oila balki yaqinlar, do'stlar, hamkasblar, kursdoshlar o'rtasida samimiy muhit yaratish uchun ham talab qilinadigan narsa mehr-muhabbatdan boshqa narsa emas. Meni hozirda eng ko'p xursand qiladigan narsa- mehrga zoriqmay,bir-biriga mehrli, shirin so'zli, sevgi-muhabbatga "liq" to'la oilada katta bo'lganim bo'lsa, xafa qiladigani ko'rganlarim asosida shuni ayta olishim mumkinki, har kim ham shunday oilada katta bo'lmaydi. Har kimning ham ota-onasi "oppog'im" deb suymaydi. Gaplarim balki maqtanish bo'lib tuyilar, lekin oilamda ota-onamdan shu vaqtgacha og'ir gap, haqorat, qo'llab-quvvatlamaslik ko'rmaganim uchunmi, boshqalarda bu holatni kuzatishim meni biroz hayron qoldiradi. Shu narsaga to'la-to'kis aminman, oilada mehr ko'rgan farzand kim bo'lishidan qat'iy nazar, qiz bola yoki og'il bola atrofga, insonlarga nafrat ko'zi bilan boqmaydi, boshqalarning baxtini ko'rib alamzadalik tuymaydi. Har doim hammadan o'ziga "biror yomon so'z, haqorat" aytilishini kutib va shu insonga xuddi shunday javob qaytarish fursatini kutib yashamaydi. U insonga "rahmat, kechirasiz, ltimos" so'zlari begona tuyilmaydi. Va eng muhimi majoziy ma'noda har doim hammaga "nayza" sini sanchib olishga tayyor turmaydi. Ota-onalarga ba'zida bolasi uchun yaxshi sharoit, kiyim-bosh, boshqalarning farzandidan "kam qilmaslik" eng muhimi bo'lib tuyiladi. Ammo bilishmaydiki, o'shalarni bitta qilib yig'ganda ham ular farzandiga o'zining bir og'iz shirin so'zi, issiq bag'richalik muhim bo'lmaydi. Xuddi ota-ona ham farzandidan shu narsani kutgan kabi. Gaplarim balki o'ta nasihatomuz tuyilar, ammo kanalimga asosan ko'rgan-bilganlarim, xulosalarim, orttirgan tajribalarim haqida yozishga o'rganib qolganman. So'zim so'nggida, yana o'sha gapimni takrorlamoqchiman: Bir-biringizga mehrli bo'ling. Mehr qaytuvchi narsa. Beruvchi qo'l oladi ham. Kichik vujudlarning hayotdan alamzada, hammaga nafrat ko'zi bilan qaraydigan bo'lib ulg'aymasligi uchun ham farzandlaringizga,(bo'lajak farzandlaringizga) mehribon bo'ling. @Msrosexon
إظهار الكل...
Tadbir sekin davom etar ekan, har zamon direktor mehmonlar orasida ko'rinmay qolganda meni xavotir bosar, xuddi zum o'tmay meni uning huzuriga chaqirishadigandek, u esa meni bugungi ishim uchun tanbeh berib, muhim tadbirni buzishimga sal qolgani uchun meni bu yerdan haydaydigandek tuyilardi. Xayriyatki, kun oxirigacha bunday voqea yuz bermadi. Men ham kutib turgandek, ish vaqtim tugagan daqiqadayoq undan otilib chiqdim-u, uyga yo'l oldim. Hatto Farhod akaga "ketdim" deyishni ham unutdim. Taksiga o'tirganimda, kun bo'yi yig'ib yurgan xavotirim tarqagandek bo'ldi. Kvartiraga yetib kelar ekanman, yo'ldan kechki ovqat uchun biror nima olishni unutganim esimga tushdiyu, telefon orqali tezda uch kishilik ovqatga buyurtma berdim. -bugun erta kelibsanmi? Tadbir bor demaganmiding? Madina eshik oldida meni kutib olar ekan, savollariga ko'ma boshladi -so'rama. Ertaga aytib berarman. Ha, ishim erta tugadi. Hozircha shuni bilsang, yetarli. Farangiz qayerda? -oshxonada. Farhod akasi bilan janjallashyabdi telefonda. -yanami? Bu holat doimiyga aylanib ulgurgani uchunmi, uncha hayron qolmadim. Avval aytganimdek, Farangizning fe'li biroz og'irroq edi. Xonamga o'tib, kiyimimni alishtirib oshxonaga chiqar ekanman, Farangiz bu vaqtda telefondagi suhbatini tugatgan, stol atrofidagi kursilardan biriga cho'kkancha, qovoq uyib o'tirardi -nimadir bo'ldimi? Xuddi hech nima bo'lmagandek unga sav berarkanman, u hozir barcha voqeani bor tafsilotlari bilan to'kib solishini sezib turardim -bizda qachondir nimadir bo'lmaganmi o'zi? Aytganimdek u portladi- ishi tugamaganmish. Tadbiri bormish. Mana sen erta kelding-ku. Yo'q, u kishim hammani uy-uyiga jo'natib, uxlatib keyin uylariga qaytadilar -Farangiz, axir necha marta aytganman: men qabulxonada ishlayman. Farhod akani ishi boshqa. To'g'ri sen aytgandek, ularning vazifalari hammani uy-uyiga tashlab, keyin uylariga qaytish -aytmadimmi?! Farangiz gapimga kesatiqli javob qilarkan, men allaqachon qizlarni dardi bilan bo'lib kunning men uchun shov-shuvli qismiga aylangan voqeani ham unutgandim. Farangizga nasihat qilish hozir ortiqcha ekanligini sezdim-u, telefonimga kelgan xabardan- yana buyurtmamiz kelganini bildiruvchi xabardan eshik tomon yo'l oldim. Taomni olib oshxonaga yo'l olarkanman, Madinani ham ovqatga chaqirishni unutmadim. Avvaliga hammamiz jim ovqatlanar ekanmiz, birozdan so'ng yana gapga tushib ketdik, Farangiz ham dardini unutdi-qo'ydi. Kulishgancha eski xotilarimiz haqida berilib suhbat qura boshladik. Suhbat so'nggida esa, uyqudan yumilay degan ko'zlarimni Madinaga tikdim-u, ayyorona kulgancha gap boshladim -shunday shirin suhbatdan keyin bitta bo'lsa yo'q demasdim -men ham...Farangiz ham meni ma'qullarkan, Madina e'tiroz bilan bosh chayqadi -qizlar tomog'im biroz og'rib turibdi, faqat bugun emas -biz seni bo'g'iq ovozing bilan ham sevaveramiz...Yana tirkaldim men -men gitarani olib chiqaman...Farangiz shunday deb sakrab o'rnidan turib, ichkariga kirib ketarkan, Madina uni to'xtatishga ham ulgurmay u birozdan so'ng qo'lida gitara bilan paydo bo'ldiyu, uni mamnuniyat bilan Madina tuqazdi -ha mayli...Madina beozorlik bilan noiloj rozi bo'larkan, qo'liga gitarani avaylab oldiyu, Jahongir Otajonovning "Uchrashmadik" qo'shig'ini kuyini ham gitarada chalib, ham ijro eta boshladi. Uning ovozi shunchaki beqiyos edi. Birozdan so'ng, Farangiz ikkimiz ham unga jo'r bo'la boshladik: Uchrashmadik Uchrashmadik Qaytib umr bog'ida Uchrashmadik sizla jonim Nega baxt so'qmog'ida? Madina qo'shiqni yakunlar ekan, Farangiz stol ystida turgan telefonni oldiyu, "men Farhod akamga telefon qilishim kerak" deb o'rnidan turdiyu, xonani tark etdi. Biz Madina bilan uning ortidan tabassum qilgancha qoldik -bo'pti men ham yota qolay...bu uydagi yagona "bo'ydoq" men bo'lganim uchun hozircha uxlashdan boshqa variantim mavjud emasdi- sen ham Umid akangni eslab qo'y -yaxshi. Shirin tushlar ko'r -sen ham... Davomi bor...... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
إظهار الكل...
👍 9 2🥰 1
#Menga_sen_kam 2-qism Ishxonaga yetib kelishim bilan eshik oldida Farhod aka bilan to'qnashdim -kech qolmadim, shundaymi? Iltimos, iltimos kech qolmading deng Hansiragancha ko'zlarimni yumib Farhod akaga shu so'zlarni takrorlarkanman, u kulgancha javob qildi -umuman olganda, o'n daqiqaga kech qolding...Biroq- u hafsalam pir bo'lganini ko'rib gapiga qo'shimcha qildi- mehmonlar hali kelishmadi -rostanmi? Qanday baxt. Sizga eng yaxshi aka unvoni berilsin. -unvonni keyin ola qolaman, sen doimgidek tushlik qilmagan bo'lsang kerak, ichkariga kirib bir nima yeb ol -xo'p bo'ladi...Farhod akaga mamnuniyat bilan bosh chayqab, ichkariga yo'l olarkanman, to'xtab qo'shimcha qilishni unutmadim- hayaa, Farangistondan sizga salomlar... -qabul qilindi deb hisoblayver Tabassum qilgancha ichkariga kirar ekanman, Farangizga nisbatan hazillashib Farangiston so'zini qo'llashimizni o'zi bilmasligi haqida o'y o'tdi xayolimdan. Biroq hozir xayol suradigan vaqt emas, tezroq harakat qilmasam, gap tegishini o'ylab kiyinish xonasiga yo'l oldim. Chamasi yarim soatlarda tadbir boshlandi. Eshik oldida mehmonlarni kutib olarkanmiz, ular zal tomonga o'tgandan so'ng, ularga ichimliklar tarqatish xizmati ham bizning zimmamizga yuklatilgandi. Inglizlar qahvani sevadigan xalq bo'lishadi, o'zi. Shu sababdan ham, sovuq ichimlik o'rniga qahvalar tortilishi kerak edi, tadbir rejasi bo'yicha. Ingliz tilini yaxshi bilganim uchun qahvani tabassum va iltifot bilan tarqatish muammo bo'lmadi. Patnisimdagi so'nggi qahvani egasiga olib borish uchun ortga o'girilar ekanman, kutilmaganda kim bilandir urilib ketdim-u, qahvani yarmi mening, qolgan yarmi esa to'qnashgan odamimning kiyimidan joy oldi. -kechirasiz, men bilmay qoldim. Kuydingiz...qattiq qo'rqqanimdan ko'zimni bir zumda yosh qopladiyu, qarshimdagi insondan qayta-qayta uzr so'ray boshladim -qo'lim kuygani qalbim kuygani oldida hech nima emas...O'zingiz qattiq kuymadingizmi? qarshimdagi notanish shu gaplarni aytarkan, men faqat kiyimlaridangina erkak ekanligini sezib ulgurganim insonga ilk bor tik qarashga jur'at etdim. Jur'at etdim-u, uning yuzidagi samimiy tabassum meni biroz xotirjam tortishimga sabab bo'ldi. -uzr so'rayman...garchi shunday bo'lsa-da, uning sinchkov nigohlariga dosh berolmadim, ko'zlarim yer chizib, to'tiqushdek yana "uzr" so'zini qaytara boshladim -aybingizni boshqa yangi qahva bilan uzasiz unda -yaxshi hozir olib kelaman -yo'q, bu yerda emas. Biz yana uchrashamiz. Hozircha xayr... U shunday deb kiyimini qahva dog'idan xalos qilish uchun yuvinish xonasi tomon ketarkan, yig'ilgan insonlarning savol to'la nigohlari ostida finjonning singan bo'laklarini yerdan yig'ib oldim-u, tez-tez yurib oshxona tomon ketdim. Mehmonlar orasida voqeaning unutilishi ko'p vaqt olmadi. Sababi asosiy tadbir boshlanib bo'lgan, mehmonxona direktori sahna to'riga chiqib mehmonlarga atalgan nutqini o'qiy boshlagandi. Men esa hali ham boyagi holat ta'sirida edim. Ishdan haydashsachi degan o'y o'tardi xayolimdan. Sababi men to'qnashgan inson ham kiyinishidan mehmonlar orasida kelganlardan biri edi, gid, haydovchi yoki boshqa odam bo'lishidan qat'iy nazar u mening ustimdan arz qilishi mumminligini xavotirga qo'yardi meni. Xavotirimni battar oshirayotgan narsa esa uning endi yig'ilganlar orasida ko'rinmayotgani edi. Biroq bir fikr ko'nglimni biroz bo'lsa-da xotirjam qilardi: uning sokin tabassumi, samimiy boqib turgan nigohlari u bu voqeani jiddiy olmadi degan fikr uyg'otardi menda. Ha u yana nima dedi? Aybingizni boshqa qahva bilan uzasiz dedimi? Nahotki u mehmonxonalarga kelib turadigan "xotinboz" lardan biri bo'lsa? Ammo o'xshamadiku. Bundan tashqari, u yosh edi. Mendan atigi uch-to'rt yosh katta nari borsa. Bu esa uning "xotinboz"likka hali yoshlik qilishini ko'rsatadi. Uff, nimalarni o'ylayabman. Meni ustimdan arz qilmasa bo'lgani. Men birinchi ish joyimdan bunday sharmandali tarzda haydalishni istamayman axir.
إظهار الكل...
👍 6
Hikoyani davom ettiraman, albatta. Hozir ko'chish ishlari bilan bandman faqat. Uzog'i ikki-uch kunda yozib tashlayman
إظهار الكل...
🥰 5
Bismillah, boshlavoldik Fikrilarni kutaman
إظهار الكل...
👍 6🔥 1
Uni ham xuddi o'zi akamdek ko'rardim. Farhod aka bilan bizni bog'lab turgan yana bir jihat bor ediki, qanchalik yaxshi yoki yomon bo'lmasin, u ham hikoyamdan o'rin olgan. Biz ya'ni kvartirant qizlar uch kishi bo'lib, hammamiz bir universitetning, ammo boshqa-boshqa fakultetlarning talabalari edik. Madina va Farangiz ham Toshkent viloyatidan bo'lib, biz Madina bilan bir shahardan ya'ni Angrendan, Farangiz esa Chinozdan edi. Universitet orqali tanishgan ikki yillik hayotimiz davomida, birga turib, bir-birimizga juda yaqin bo'lib ketgandik. Madina juda sodda, o'zimga o'xshagan biroz tortinchoqroq qiz edi, ammo u mendan bir narsada, xarakterimdagi vaqti kelganda paydo bo'ladigan jiddiylik va keskinlikning unda yo'qligida farq qilardi. U xuddi farishta misol juda beozor qiz edi. Farangiz esa bizning tamoman aksimiz, shartaki, bir so'zdan qolmaydigan qiz bo'lib, shunday bo'lishiga qaramasdan ko'ngli toza va samimiy qiz edi. Farhod akani men bilan bog'lab turadigan yana bir jihat deganda shuni nazarda tutgandim, Farangiz va Farhod akam bir-birlarini yaxshi ko'rishardi va ularning muhabbati oshkora edi, ya'ni sodda tilda tushuntirganda ular "gaplashishardi". Erta tong, soat qo'ng'irog'ining ilk tovushidanoq uyg'onarkanman, afsuski bu qo'ng'iroqning qayta-qayta jiringlashi han Farangizni uyg'otishga yetarli bo'lmadi. Madina esa allaqachon uyg'ongan -Farang turgin endi...o'zimning hali tuzuk-quruq ochilmagan ko'zlarimni majburlab ochish uchun ularni ishqalarkanman, hatto gaplarim ham uni uyg'otishga kifoya qilmadi. Shundan so'ng, unga yaqinlashdim-u, hali yettinchi tushini ko'rayotgan sherigimni ikki yelkasidan tutib, turtkilay boshladim -Farang tur, o'qishga kech qolasan... Harakatlarim biroz foyda berib, u yotgan joyida bir g'inshib qo'ydiyu, ammo hali ham ko'zlarini ochmagan holda, gaplarimga javob qildi -tinch qo'ysalaringchi...birinchi paraga bormayman -sen qiz bir haftadan buyon birinchi paraga bormaysan...uni gapini sharttakilik bilan bo'larkanman, xona eshigi oldida Madina paydo bo'ldi. U har kuni ertalab turib bizga nonushta tayyorlar, Farangiz tushlikni zimmasiga olgan, men kechlikni tayyorlashim lozim edi -turmadimi? U samimiy tabassum bilan menga savol yo'llarkan, tasdiq javobimni tinglagach, gapiga hazil bilan qo'shimcha qildi- tunda ikkigacha Farhodjon akasi bilan gaplashib chiqqanidan keyin shuda -eyyy...Farangiz nihoyat yarim yuluq ochilgan ko'zlarini bizga tikdiyu, barmog'i bilan po'pisa qildi- gaplaringizni eshityabman. Sen, Madina, Umid akang bilan dil izhorlaring bitilgan yozishmalaringni o'qiganimni unutib qo'dingmi? Sen-chi, sen Zohi, sen bilan yigit topganingda gaplashamiz... Ha aytgancha, ismimni aytish esimdan chiqib, ismim Zohida -ohho, unda ancha kutishingizga to'g'ri keladi...unga yarim hazil, yarim chin javob qaytararkanman, negadir shu on xayolimdan "Rostdan shunaqamikan?"degan fikr o'tdi. Nonushtadan so'ng, hammamiz o'qishga yo'l olarkanmiz, o'qishdan har galgidan ko'ra ertaroq chiqdim. Sababi bugun mehmonxonaga ertaroq borishim kerak,Angliyadan turistlar kelayotgani sabab, mehmonxonada kichkinagina "party" tashkillashtirilgan, men esa ishni ertaroq boshlash borasida ogohlantirilgandim... Davomi bor... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
إظهار الكل...
11👍 3🔥 2🥰 1
#Menga_sen_kam Muqaddima Sevgi...Bu so'z kimni baxt osmonining eng yuqoriga cho'qqisiga olib chiqmagan? Kimni cheksiz tabassumlariga sabab bo'lmagan? Yana kimning jonini yoqmagan, kimni dunyodagi "eng baxtsiz" odamga aylantirmagan? Savolimga "men" deb javob bera oladigan inson bo'lmasa kerak, agar shunday odam topilsa ham, demak u hali "ishq" ko'chasiga kirmagan, sevgining quvonch-u shodliklarini, qayg'u va hasratlarini his qilib ulgurmagan. Sevmaganman, sevmayman ham deysizmi? Shoshilmang, sizni hali "buyuk dardlar" kutib turibdi. Ular yo'lda va hademay sizga yetib olishadi... 1-qism Juda ta'sirchan edim, o'n besh yoshimda ilk bor sevib qolganim esimda, to'g'rirog'i kimnidir yoqtirib qolganim.Bu shunchaki maktabdagi muhabbat bo'lsa-da, sevganimning menga qiyo ham boqmagani juda alam qilgandi. Va o'shanda ilk bor sevgi, ishq masalasi bilan bog'liq mojarolarga hali hayotimda yetarlicha ko'p duch kelishimni tushungandim. Ilk bor o'shanda sevgi haqida turk qo'shiqchisi Elnar Xelilovning "Mecnun" qo'shig'idan ta'sirlanib yig'lagandim. Tasavvur qilyapsizmi? Umrida biror marta sevib ko'rmagan, yoshi ham atigi o'n beshda bo'lgan qiz muhabbat haqidagi qo'shiq sabab yig'layapti. G'alati-a? Ammo men ana shunday g'alati qizlar toifasidan edim. O'n olti yoshimda ilk bor qo'limdan tutishga uringan o'g'il bola sinfdoshimdan qo'rqib qochib ketganman. Uning o'sha paytda hech qanday g'arazli niyati bo'lmagan bo'lsa-da, bu borada menda hali hech qanday tushuncha bo'lmagani uchun uni boshqacha tushunganman. O'n sakkiz yoshimda ilk bor uyimizga sovchi kelganda, yuragimda tushunib bo'lmas og'riq his qilganman. Xuddiki,hozir meni majburlab erga berib yuborishadigandek, xonamga kirib soatlarcha yig'laganman. Xayolimda, sevganim bor-u, faqat uzoqda. U kelguncha, men o'zimni uning uchun asrashim kerak. Keyinchalik, xayolimdagilar faqat xayoldagi narsalar emas, hayotimda boshlanajak ilk muhabbat qissamning debochasi bo'lishini tushunmagan ekanman. Maktabni bitirib birinchi urinishdayoq, o'zim xohlagan universitet-Jahon tillariga grand asosida kirdim. Albatta, bunda ota-onamning menga bergan ishonchlari, daldalari beqiyos. Oilada yolg'iz qiz farzand bo'lganim uchun, biroz erkatoy edim, biroq hech qachon ota-onamning menga ishonib bergan "erkinlik" larini suiste'mol qilgan emasdim. O'zimdan to'rt yosh katta bo'lgan akam Koreyada magistraturada tahsil olar, ukam esa maktabda to'qqizinchi sinfda o'qirdi. Oyim tikuvchi, dadam mahallamizdagi maktabda direktor edilar. Oyim va dadam ta'limimizga shu qadar jiddiy e'tibor qaratganlaridan, bizni o'zlari ishlaydigan maktabda o'qitishni istamadilar, sababi agar shunday bo'lsa, biz dadamga ishonib o'qishni tashlab qo'yishimizdan hadiksiradilar. Ammo avval aytganimdek, biz garchi boshqa maktabda o'qisakda, dadamning ishonchini oqlab, akam ikkimiz uni yaxshi baholarga tamomladik. Universitetdagi ta'limimning ikkinchi yili, soham- tarjimonlik bo'yicha tajribamni oshirish maqsadida ishga joylashishga qaror qildim. Bu qaysidir ma'noda moliyaviy mustaqillikka erishishim uchun ham yaxshi imkon edi, hech bo'lmaganda shaxsiy xarajatlarim, kvartira pulini o'zim to'lay olardim. Baxtga qarshi, soham bo'yicha birorta ko'ngildagidek ish chiqmadi, chiqsada, meni hali universitetdagi ta'limim yakunlanmagani tufayli ishga olishmadi. Shuning uchun biroz xunuk eshitilsa-da, poytaxtdagi mehmonxonalarning biriga qabul bo'limiga ishga joylashdim. Bunga avvaliga ota-onam va akam qattiq qarshilik bildirishdi, ammo aynan shu mehmonxonada o'zimizning shahrimizdan bo'lgan akamning yaqin do'sti- Farhod aka ham qorovul bo'lib ishlashini eshitishgach, xotirjam bo'lib, ishimga rozilik bildirishdi. Farhod aka ham Toshkentda uchinchi kursda o'qir, biroq o'qishga kechroq kirganiga qaramay kontraktga ilingandi. Shu sabab, ham oilasiga yordam, ham o'z- o'zini eplash uchun yarim stavka mehmonxonada, yarim stavka tunggi do'konda sotuvchilik qilardi.
إظهار الكل...
👍 7
Qaysi hikoyamni o'qimagansizlar? O'qib turilar
إظهار الكل...
🥰 1
Azizlar sizlar agar #moviy_sharfli_qizaloq ning barcha hikoyalarini o‘qimagan bo‘lsangiz bu yerdan barcha hikoyalarini 1-qismidan topa olasiz maroqli mutolaa tilayman☺️ 1.👑❤️👑Malikam👑❤️👑 https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/4 2.🥀Yiglama gulim🥀 Yoxud 💧Ko‘zyoshlarga toymagan dunyo https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/25 3.🌸🌸Umrboqiy sevgi🌸🌸 https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/41 4.🌸🌿Munchoqkoz🌿🌸 https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/70 5.❤️⚡️Baxtim ozing⚡️❤️ https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/96 6.🤩🍀Bizga baxtlar yarashadi🍀🤩 https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/115 7.❤️🖇Shirin azobim sevgi🖇❤️ https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/168 8.🥀Qo‘llarimni qo‘yib yuborma🥀 https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/209 9.✨Tortib olingan baxt✨ https://t.me/moviy_sharfli_qizaloq_hikoyalari/248 10.💞SENI SEVMOQ FAQAT MENGA YARADHADI💞 https://t.me/baxt_hikoyam/8 11.🗡INTIQOM🗡 https://t.me/baxt_hikoyam/100 12.❤️♡S ns ♡❤️ https://t.me/baxt_hikoyam/200 13.<<Qalbimda Sensan>> https://t.me/baxt_hikoyam/422 14.#Bu_sevgi Yoxud #Qanotsiz_oqqush https://t.me/baxt_hikoyam/751 15. #Dil_siniqlarim https://t.me/baxt_hikoyam/1611 16. #Baxtsizlik https://t.me/baxt_hikoyam/1858 17. #Sòngan_yulduzlar https://t.me/baxt_hikoyam/2239 18. #Taqdir https://t.me/baxt_hikoyam/2449 Inshaolloh bundan keyin ham siz azizlarga yoquvchi bundanda qiziqroq hikoyalarni sizlarga taqdim etaman😊😍 Siz azizlardan yordam faqatgina kanalimiz a'zolariga kopayishiga hissangizni qo‘shsangiz
إظهار الكل...
⚡️Moviy sharfli qizaloq ⚡️

👑❤️👑MALIKAM👑❤️👑 1-qism Assalomu aleykum. Kanaldagi hikoyalarni oqib, manam hikoya yozish qaror qildim.🌸🌸 Demak boshladim. Malika va Zebo yaqin dostlar. Ikkisining ham maqsadi bir oliy ma'lumotli bolish😇😇 Ular birga oqishga tayyorlanishdi. Imtihon kuni ham bir-birlariga omad tilashdi😘😘. Mana kutilgan kun ham keldi. Qizlar hayajon ila royhatdan oz familyalarini izlashardi. Malika oqishga kirganlar orasidan oz familyasini topdi😍😍 va quvonchdan jinni bolayozdi😄😄😄. Bor ovozi bilan baqirib yubordi🤭🤭. Atrofdan Zeboni qidirdi. Zebo ham quvonchdan yugurib kelib Malikani quchib oldi🤗🤗🤗. Ular birgalikda quchoqlashib aylanishardi va takror takror shu sozni aytishardi:BIZ TALABAMIZ🥳🥳🥳🥳. Tezda ikkisi ham uydagilariga xabar berishdi. Ota-onalar ham xursand☺️☺️☺️. Endi qizlari uchun poytaxtdan uy qidira boshlashdi🤩🤩 Shunday qilib ular poytaxtda bir ayolning kichik bir hovlisiga joylashishdi va oqishning birinchi kunini kuta boshlashdi❤️ #Muallif_Moviy_sharfli_qizaloq

2
Manga pdf tayyorlab bera oladigan odam kerak, kompdami teldami farqi yo'q. Yordam bera oladiganlar bo'lsa @Ms_Rose04 ga yozvorilar.
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.