cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TTA Urganch filiali | Rasmiy Yoshlar

TTA UF Rasmiy Yoshlar kanali. 👉 Admin: @Fazliddin_R ✅ Eng so‘nggi va tezkor xabarlar♨️ 👨‍🎓Talabalar hayoti haqida 👩‍🎓 ⚕Tibbiy terminlar, Tibbiyotda ba'zan 🎼 Musiqiy tanaffus, eng sara MP3 🎦 Ajoyib videolar, Mulohaza uchun

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 884
المشتركون
+1324 ساعات
+1167 أيام
+73630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Zakovatda_kuch:
إظهار الكل...
👍 17🔥 3 2😱 1🤩 1
00:38
Video unavailableShow in Telegram
#Diqqat!
إظهار الكل...
IMG_8414.MP43.25 MB
😱 8👍 7
Repost from Zakovat | TTAUF * Rasmiy
00:05
Video unavailableShow in Telegram
🤵‍♂️ #elon #yangi_mavsum #zakovatda_kuch 💥TTA Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Zakovat intellektual reyting o'yinlari kuzgi mavsumini yuqori kayfiyatda boshlashga tayyor! 🤺Sizchi, bilimlar jangida kuch sinashishga tayyormisiz?! 📝Qatnashish istagida boʻlgan har bir jamoa 7 kishilik (6 asosiy 1 zahira) qatnashuvchilar roʻyxatini berishingiz kerak. 🏆Mavsum oxirida final bosqichi oʻtkaziladi va finalda gʻolib boʻlgan jamoalarga pul💸 yutuqlari beriladi. 🥇-o‘rin 5 170 000 💰 🥈-o‘rin 3 619 000 💰 🥉-o‘rin 2 068 000 💰 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi! 🎖 Eng yaxshi savol muallifiga 200 ming so‘m pul mukofoti taqdim etiladi. Savol egalari ham "quruq" qolmaydi) P/S: Odatda oʻrganganimiz uchun pul toʻlaymiz, biz oʻrganganingiz uchun toʻlaymiz! 🤓 ⚡️Barcha bilimdonlarni kutib qolamiz! 📆 20.09.2024 16:30 📍 TTA UF bosh binosi, 2-qavat Maʼruzalar zali 📬Taklif va murojaatlar uchun: @Bilol_Jaloliy ZAKOVAT | TTAUF 🏷
إظهار الكل...
5.90 KB
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati:💠 Har birimizning ichimizda bir daho uxlaydi. Kundan kun uyqusi qattiqlashaveradi. © Mixail Jvanetskiy✍ 🇺🇿 @ttauf_yoshlar kanalida🏫
إظهار الكل...
🔥 14👍 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Faqatgina Xorazmliklar: 1. Uyiga borsangiz, oldingizga barcha nozu-neʼmatlarni qoʻyib turib, keyin faqat bir martagina “Oling”deb aytadi. 2. Choyni yarim piyola qilib bersangiz, “toʻldirib qoʻy choyni” deydi. 3. Uyida yeyishga non qolmagan boʻlsa yoki nima ovkat pishirishni bilmay boshi qotsa, palov pishirib yeydi. 4. Xorazmcha shevada gapirsalar ham oʻzlarini xam oʻzbek, ham xorazmlik deb biladilar. 5. Yimirta barakni respublikada “brend” qilib koʻrsatib, oʻzlari “yimirta barak”dan tashqari barakning “kutir barak”, “ovuz barak”, “tuxum barak”, “kadi barak”, “guk barak”, “et barak” degan har xil turlarini pishirib yeydilar. 6. Boshqa joylarda “tuxum barak” deb aytiladigan taom aslida “yimirta barak” ekanligini va “tuxum barak” degan taom boshqa ekanligini biladilar. 7. “Aka” desalar “dada” larini, “ogʻa” desalar “aka”larini aytayotgan boʻladilar. 8. Piyolani “kosa” deb ham aytadilar. 9. Dunyodagi kamdan-kam xom goʻsht isteʼmol qiluvchi halk xisoblanadilar. Xom goʻshtdan qilinadigan “Ijon” odatda eng aziz mexmonlarning oldiga qoʻyiladi. 10. 100 ga yakin qovun turlari boʻla turib, ularning orasidan “gurvak” degan qovun turini oʻzlariga ramz qilib tanlaganlar. Gurvakni fakat qiska muddat ichida, yaʼni faqat maromiga yetib pishgandagina yeyish mumkin. Shuning uchun u qovun eksport qilinmaydi. Uni yeyish uchun albatta Xorazmga borish kerak. 11. Lazgi raqsining “9 turi”ni yaratib, butun dunyoni oʻynatganlar. 12. Qoʻy goʻshtidan koʻra mol goʻshtini koʻprok isteʼmol qiladilar. 13. Qora choydan koʻra, koʻk choyni koʻproq ichadilar. 14. Oʻzbekistonning va dunyoning barcha shaxarlariga borgan boʻlib, oʻzlarining viloyatida joylashgan Xivani biron marta tomosha qilmagan boʻlishlari mumkin. 15. Peshonasi oppok odamga “manglayi qora” deb soʻkishi mumkin. 16. Oʻzlarini “Al Xorazmiy” deb aytishlari ham mumkin. 17. Kamida ikki marta tost aytib, undan keyin ichkilik ichadilar. 18. Qizlarini “sotadilar”. Yaʼni Xorazmda “qizni turmushga bermoq” soʻzi “Qizni sotmoq”deb aytiladi. 19. Choyxonada emas, erkak oshnalardan har safar birining uyida yigʻilib, ziyofat qiladilar. 20. Chugirma bizniki deb fahrlanadilar, lekin oʻzlari deyarli kiymay qoʻyganlar. 21. Sovchilikka oila boshi, yaʼni erkaklarni yuboradilar. 22. Xafta kunlarini “1-gun”,“2-gun”,“3-gun”, “4-gun”,“5-gun”,“6-gun” va “bozor gun” tarzida aytadilar. 23. Ziyofatlarini tongda soat 3-4larda “un oshi” degan ovqatni yeb tugatadilar. 24. Telefonda gaplashib boʻlgach, oxirida “yaxshi”deyishadi.Ayrim joylarda esa telefon qilib ber demasdan telefonni urup ber deyishadi va soʻzini oxirida xayirlashib boʻlib “qoʻydim” deyishadi. 25. “Gujum” daraxtining nima ekanligini bilishadi. 26. Uylarining kirish darvozasining tepasiga qoʻchkorning shoxlarini ilib qoʻyadilar. 27. Uylarida “dolon”deb ataluvchi maxsus katta xona quradilar. 28. Uylarini oldin, xovlini esa uyning orqa tarafiga quradilar. Yaʼni Xorazmda xovlidan oʻtib uyga bormasdan, uydan oʻtib xovliga chiqasiz. 29. Non-tuz totmaguningizcha sizni uyidan ketkazmaydi. Xatto ularning eshigini qoqib, bitta xabarni aytib, uyga kirmasdan ortga qaytib ketmokchi boʻlsangiz xam, sizni ketkazmasdan, yugurib borib uyidan non olib chiqadi va sizni fakat nondan bir burda olib yeganingizdan keyingina “quyib yuboradi”! 30. 15-20 yillik kelinlar kaynonaga gapirmaydilar,fakat birov orqali gaplashadilar. Manba: Xorazmliklar
إظهار الكل...
💯 70👍 34🔥 11 5😱 5🤩 5🫡 1
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#Bugun: #Eslatma: Ortga surmang! Bugunoq boshlang! 👍 @TARAQQIYOT_FD 🆔
إظهار الكل...
IMG_8357.MP416.02 MB
👍 3🔥 3👏 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati:💠 -Shuncha dardni bu qalb qanday koʻtarib yuradi? -Koʻzlaringga qara, kichkina emasmi? Lekin butun koinotni koʻradi. © Mehmet Yıldız ✍ 🇺🇿 @ttauf_yoshlar kanalida 🏫
إظهار الكل...
🔥 15 3👍 2🤩 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#Zakovat:
إظهار الكل...
IMG_8355.MP44.25 MB
👍 8🎉 3👏 2 1
01:27
Video unavailableShow in Telegram
#Koorupsiya taraqqiyot kushandasi
إظهار الكل...
video_2024-09-04_17-05-00.mp467.68 MB
🔥 2
#Foydali_tavsiya:
إظهار الكل...
Lampa.mp415.86 MB
Lampa2.mp417.26 MB
GAZ.mp429.04 MB
👍 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.