cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Har qanday savolga javob topish berish mumkin, faqat u toʻgʻri berilsa bas. @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 221
المشتركون
-2524 ساعات
-2507 أيام
-1 17430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

23 сентябрдан ипотека кредитлари бўйича субсидиялар учун аризалар қабул қилиш бошланади Ипотека кредитлари бўйича субсидиялар тўлашнинг тасдиқланган мақсадли параметрлари доирасида аризалар қабул қилишнинг иккинчи босқичи жорий йилнинг 23 сентябрь куни соат 09:00 да бошланади. Эндиликда ариза берувчининг хоҳишига кўра, унинг даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиши мумкин бўлади. Фуқаролар субсидия учун давлат хизматлари марказларига бевосита борган ҳолда ёки my.gov.uz ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали мустақил равишда ариза топшириши мумкин. Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👍 2
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
1
Xususiy bog‘chada ishlaydigan xodimlarga ham dekret ta’tili beriladimi? Assalomu alaykum xususiy bog‘chada ishlaydigan xodimga tug‘ruq ta’tili beriladimi? Haq to‘lanadim? ✅ Ha albatta. Xususiy tashkilotlarning hammasida xodimlarga dekret ta’tili beriladi. Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi. ✅ Aynan mana shu qoidaga ko‘ra, siz homiladorlik va tug‘ish ta’tili va u uchun nafaqa olishingiz mumkin. Endi qarang! Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 – yildagi 515 – son qarori xususiy sektorda ishlaydigan ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ruq nafaqasini olish imkoniyatini oshirish va yengillik yaratish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. ❓Nafaqa miqdor qancha? Nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida to‘lanadi. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffisiyenti qo‘llanilmaydi. ❓Nafaqa tayinlash tartibi qanday? Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma’lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot» axborot tizimiga kiritiladi. Kiritilgan barcha ma’lumotlar “Elektron Hukumat AT” tomonidan tekshiriladi. Bunda xodimning oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish staji hisobga olinadi. Nafaqa bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tartibda “Xalq banki” orqali amalga oshiriladi. Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👍 1
⚡️Айрим ўқитувчиларга ҳар ой қўшимча 525 минг сўм ҳақ тўланади Мактаблардаги лаборант лавозими тугатилиб, физика ва кимё фани ўқитувчиларидан бир нафарига кабинет мудирлиги учун ҳар ой 525 минг сўм қўшимча ҳақ тўланади. Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
Namunaviy_shtatlarga_o‘zgartirish_va_qo'shimchalar_kiritish_to‘g‘risida.pdf1.70 MB
👍 1
06:38
Video unavailableShow in Telegram
❗️Inbazar' дўконидаги зўравонликнинг янги тафсилотлари маълум бўлди. Бизнес эгаси бўлган Омадбек исмли шахснинг ўзи ходимларига нисбатан зўравонлик қилиб келган. У хатога йўл қўйган ишчиларни калтаклаб жазолашни одат қилиб олган. Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
18.03 MB
👍 3
⚡️Бу йил 1 кг. пахта учун 1600 сўм нарх белгиланди "Пахта - 2024" йиғим терим ишлари бошлаб юборилди. Жорий йилги пахта терим мавсумида қўлда терилган 1 кг. пахта учун 1-теримда 1600 сўмдан тўланади. Savol yuborish👇👇 📥 @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1 Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👎 2
Президент ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг 35 та штати қисқартирилади ва прокуратурага берилади. “Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш соҳасидаги қонунчиликка риоя этилиши ва унинг ижроси устидан назоратни кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-136-сон, 11.09.2024 й.) Savol yuborish👇👇 📥 @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1 Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
ПФ-136.pdf4.54 KB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Кадровик Жамғарма маблағлари ҳисобидан юқори натижаларга эришган туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлими ходимларига лавозим окладининг (базавий тариф ставкасининг) 100 фоизигача миқдорда устама ҳақ, 200 фоизигача миқдорда юбилей ва байрам кунлари муносабати билан мукофотлар белгиланиши ҳамда моддий ёрдам берилиши тўғрисида кўрсатма хат. Savol yuborish👇👇 📥 @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1 Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👍 3
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Кичик бизнесни узлуксиз қўллаб-қувватлаш дастури такомиллаштирилади
“Кичик бизнесни узлуксиз қўллаб-қувватлаш” комплекс дастурини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-312-сон, 07.09.2024 й.) қабул қилинди 🔍 Қарорга кўра, “Кичик бизнесни узлуксиз қўллаб-қувватлаш” комплекс дастури доирасида қуйидаги механизмлар амалиётга жорий этилади: 🔹бир лойиҳа доирасида 300 миллион сўмгача микрокредитларни, шундан 100 миллион сўм гаровсиз қисмини “Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси” АЖ маблағлари ҳисобидан, 200 миллион сўмгача қисмини банклар ва микромолия ташкилотларининг ўз маблағлари ҳисобидан ажратиш; 🔹гаровсиз ажратилган 100 миллион сўм доирасида микрокредитлар бўйича кредит таваккалчилигини давлат ва микрокредит берувчилар ўртасида тақсимлаш ёки улар бўйича Компаниянинг портфель кафиллигини тақдим этиш; 🔹микрокредит берувчилар томонидан ўз маблағлари ҳисобидан ажратилган 100 миллион сўмгача гаровсиз микрокредитларни қайта молиялаштириш тизимига ўтиш. ✅ Дастур доирасида 100 миллион сўмгача гаровсиз микрокредитлар: ➖ камида бир йил мобайнида фаолият юритаётган ва ижобий кредит тарихига эга кичик тадбиркорлик субъектларига ажратилади; ➖ 2024 йил 1 ноябрдан кичик тадбиркорлик субъектлари рўйхатдан ўтган ва фаолият юритаётган ҳудуд тоифасидан келиб чиққан ҳолда Компания томонидан микрокредит берувчиларга қуйидаги ставкаларда қайта молиялаштирилади: ▫️5-тоифа учун – 12,5 фоиз; ▫️4-тоифа учун – 13,5 фоиз; ▫️3-тоифа учун – 14,5 фоиз; ▫️2-тоифа учун – 17,0 фоиз; ▫️1-тоифа учун – 18,0 фоиз; Savol yuborish👇👇 📥 @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1 Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👍 1
⚡️Айрим ўқитувчиларга ҳар ой қўшимча 525 минг сўм ҳақ тўланади Мактаблардаги лаборант лавозими тугатилиб, физика ва кимё фани ўқитувчиларидан бир нафарига кабинет мудирлиги учун ҳар ой 525 минг сўм қўшимча ҳақ тўланади. Savol yuborish👇👇 📥 @ulugnor_yuridik_xizmat_murojaat1 Kanalga aʼzo boʻling: https://t.me/bexzod_tojimamatov1
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.