cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
25 048
المشتركون
+1624 ساعات
+1047 أيام
+19630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi hamda delegatsiya ishtirokida hududdagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng, Novosibirsk viloyati delegatsiyasi a’zolari “Shon-sharaf muzeyi” ko‘rgazmasini ham tomosha qildi. Bu bog'ning asosiy paviloni bo'lib, bu yerda Ikkinchi jahon urushi tarixi, o'zbek xalqining fashistik bosqinchilarga qarshi kurashdagi qo'shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi ko'plab materiallar va eksponatlar o‘rin olgan. Yodgorlik majmuasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan. G‘alaba bog‘i har biri alohida mavzuga ega bo‘lgan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisida o‘zbekistonliklarning janglardagi ishtirokidan lavhalar, ikkinchisida front ortidagi respublikamiz hayoti aks etgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 26👏 3 1🔥 1
🖼 Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi. ☀️ Festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat bolalar kutubxonasi mutasadillari, kitobsevar o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Festival doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha kitobxonlik ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari taqdirlandilar: ✅Eng kitobxon maktab; ✅Eng faol kitobxon oʻquvchi; ✅Ijodkor bolalar; ✅Eng kitobxon oila; ✅Eng faol kutubxonachi. 🟠 Festival tadbirlarida 400 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olingan bo‘lib, ularning orasidan g'oliblikni qo'lga kiritgan 55 nafari taqdirlandi. Shuningdek, musiqa va san’at yo‘nalishida iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 🔸Tadbir soʻngida festival estafetasi Qoraqalpog'iston Respublikasiga topshirildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 19 3👏 2🤝 1
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi 50 ta saylov okrugiga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod to‘g‘risidagi arizalar “ye-saylov” tizimi orqali komissiyaga yuborilgan. Nomzodlarning 42 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Yig‘ilishda partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ushbu nomzodlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi. Saylovoldi tashviqot davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarga Surxondaryo viloyati televideniesida hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti hamda “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarida bir xil nashr maydoni bepul ajratilib, teng sharoitlar ta’minlanadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 12 2👏 1
Novosibirsk viloyati delegatsiyasining Surxondaryoga tashrifi yakunlandi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan viloyatimizga kelgan Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrifini yakunlab, Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketdi. Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportidan viloyatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 24👎 3🤝 3 2🔥 2👏 1
02:38
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik aloqalari birodarlik va do‘stlik rishtalari bilan mustahkamlanmoqda Vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Novosibirsk delegatsiyasi Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida ishlab chiqarish obyektlari, yirik loyihalar hamda turizm maskanlari bilan tanishdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
C5237_3~3.mp437.35 MB
👍 21👎 4👏 2 1
00:37
Video unavailableShow in Telegram
📹 Novosibirsk gubernatori Termizda mahsulotlarni quritish va muzlatish korxonasi, logistika markazi hamda arxeologiya muzeyi bilan tanishdi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
IMG_2258.MOV28.78 MB
👍 33👏 3 2👎 2
Vohamizga tashrifini davom ettirayotgan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz arxeologiya muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi. Delegatsiya a’zolariga Termiz arxeologiya muzeyidagi vohamizning eng qadimgi tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan tarixidan so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi hamda ularga ma’lumotlar berildi. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar hamda insoniyat sivilizatsiyasi tarixidan so‘zlovchi topilmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrifi yakunida Andrey Travnikov Faxriy mehmonlar kitobida qaydlarini yozib qoldirdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 24👏 2 1👎 1
Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Gold agro fresh” MChJning mahsulotlarni qayta ishlash, quritish va muzlatish korxonasiga tashrif buyurdi. O‘zining issiqxonalar kompleksi, meva-sabzavotlar yetishtirish maydonlariga ega korxona asosan mahsulotlarni quritish yoki muzlatish orqali xorijga eksport qilish faoliyatini olib boradi. Mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida mahsulotlarni saralash, qadoqlash, muzlatish, shuningdek, quritish jarayonlari hamda eksport uchun tayyorlangan mahsulotlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Rossiyaning “LETO” korxonasi ta’sischiligidagi "TERMIZ AGRO IMPEX" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga yo‘naltiruvchi logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. Umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan markazda 3 gektar issiqxona, 4 gektar ochiq maydonlar hamda 3 ming kvadrat metr maydonga ega muzlatgichli omborxona tashkil etilgan. Issiqxona va ochiq maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, brokkoli, karam, ko‘katlar, rozmarin, pomidor va bodring yetishtiriladi. Logistika markazi joriy yilda 2,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, Termiz tumani markazida joylashgan “Uchqizil” suv ombori hamda hududdagi ekoturizm maskanlari bilan ham tanishildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
إظهار الكل...
👍 24 3👏 3👎 2😐 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.