cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

FARG'ONA VILOYAT QISHLOQ XO'JALIGI BOSHQARMASI RASMIY KANALI

Farg'ona viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi rasmiy telegram kanali Facebook - https://www.facebook.com/ Web Sayt - http://ferganaagro.uz/ Administratorga murojaat: @boshqarma ☎️ 73-244-60-60

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
267
المشتركون
+124 ساعات
+27 أيام
+330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

To‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli ekilishini ta'minlash ishlari monitoring qilinmoqda ✅Joriy yilda Respublika hududlarida 2025-yil hosili uchun barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2024-yilning avgust-sentabr oylarida 229 ming 561 gektar, noyabr-dekabr oylarida 522 ming 727 gektar jami 752 ming 288 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish belgilangan. 🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mas'ullari hududlarda avgust-sentyabr oylaridagi to‘qsonbosti usulida ekinlarni ekish ishlari o‘rganilganda, bugungi kungacha (18.09.2024-yil holatiga) 195 ming gektar maydonlarda ekinlar ekib bo‘linganligi maʼlum bo‘ldi. 🔗Xususan, to‘qsonbosti usulida 136 ming 261 gektar yerga piyoz ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 117 ming 157 gektar maydonlarda, sarimsoqpiyoz rejalashtirilgan 93 ming 300 gektar maydondan bugungi kungacha 77 ming 893 gektar maydonlarga ekib bo‘linganligi aniqlandi. 📰Bundan tashqari, faqatgina fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida 53 ming 459 gektar, noyabr-dekabr oylarida 210 ming 350 gektar, jami 263 ming 808 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish belgilangan bo‘lib, bugungacha 43 ming 779 gektar maydonlarda piyoz va sarimsoqpiyoz ekish ishlari amalga oshirilgan. 🔵Shundan, ochiq maydonlarga 7 ming 575 gektar piyoz va 3 ming 859 gektar sarimsoqpiyoz ekilgan bo‘lsa, bog‘-tok qator oralariga 21 ming 906 gektar piyoz va 10 ming 439 gektar sarimsoqpiyoz ekinlari ekib bo‘lingan. 📌To‘qsonbosti usulida ekin ekish ro‘zg‘or butligi va dasturxon to‘kinligini taʼminlovchi omillardan biridir. Shu bois hududlarda to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi Inspeksiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
🌱🌱🌱 ✅Ayni daqiqalarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” hududidagi “Mezon” fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. 💬Mazkur fermer xo‘jaligida Xitoyning “Tian ye agro” kompaniyasi bilan hamkorlikda 75 gektar maydonda 76 sxemada qo‘shqator usulda plyonka ostiga, tomchilatib sug‘orish texnologiya asosida, gektariga 230-250 ming tup ko‘chat parvarishlanib, paxta yetishtirilgan. 🔘50 dan ortiq fermerlarni jamlagan ushbu seminarda paxtachilikdagi yangicha yondashuv, uning ahamiyati, olinayotgan hosilning sermahsulligi haqida ma’lumotlar berib o‘tilmoqda. 🔵Bundan tashqari, yangicha texnologiya fermer hamda mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib berilmoqda. 📰Aytish kerak, bugungi kunda paxtachilikda olib borilayotgan islohotlarning zamirida ilm hamda amaliyotning uyg‘unlashuvi yotadi. Shunday ekan bugun har bir fermer dala maydoniga ilm bilan yondashmog‘i kerak. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Биласизми 📝 Қонунчиликка кўра, пахта тозалаш саноати корхоналарида пахта тозалаш билан боғлиқ қуйидаги ишларда тўлиқ бир мавсум ишлаш пенсия тайинлаш учун бир йил меҳнат стажига ўтади: ➖пахтани қуритиш; ➖пахтани тозалаш; ➖пахтани юклаш, тушириш; ➖пахтани пневмотранспортга ортиш; ➖қуритиш-тозалаш цехини йиғиштириш ва иситиш, ишлаб чиқариш чиқиндиларини чиқариб ташлаш. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
إظهار الكل...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
IMG_7455.MOV4.97 MB
O‘zbekiston-AQSH: agrar tarmoqdagi hamkorlik aloqalari ko‘rib chiqilmoqda 🇺🇿🇺🇸Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida AQShda bo‘lib turibdi. 🤝Xizmat safarining navbatdagi kunida delegatsiya a’zolari Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi Departamenti (USDA) vakillari —Gustavo Ferreyra hamda Jeyk Villemin bilan uchrashdilar. ℹ️Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligi, eksport masalalari hamda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish mexanizmlarini isloh etish borasida muhokamalar olib borildi. 🟢Xususan, O‘zbekistonning xalqaro bozorda faol ishtirokchiga aylanishi uchun import va eksport siyosatida muvozanatli yondashuv zarurligi ta’kidlandi. ➕Xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlashda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo shartnomalari muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda, USDA vakillari tomonidan O‘zbekistonning Xalqaro o‘simliklar himoyasi konvensiyasida (IPPC) ishtirokini kengaytirish zarurligi, bu o‘z navbatida mamlakatning Jahon savdo tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lishida muhim qadam hisoblanishi aytib o‘tildi. 🌱Shu bilan birga, uchrashuv doirasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va yuritish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. 🔬Laboratoriyalar va diagnostika qurilmalari bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni AQSHda malakasini oshirish va amerikalik mutaxassislarni tajriba almashish uchun Orolbo‘yi hududi va Farg‘ona vodiysiga yuborishga kelishildi. 🍈Uchrashuv davomida O‘zbekistondan gilos, qovun, dukkakli o‘simliklar va uzum mayizi kabi mahsulotlarni AQSHga eksport qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi. AQSH vakillari tomonidan qovunni import qilish bo‘yicha texnik masalalar hal etilgani va huquqiy ishlar tugallanishi bilan AQSH bozoriga chiqish imkoni ochilishi ma’lum qilindi. ➕Uchrashuvning ikkinchi qismida AQSh qishloq xo‘jaligining moliyalashtirish tizimi va mexanizmlari bo‘yicha tajriba almashildi. 🟧Jumladan, AQSh Qishloq xo‘jaligi vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini sug‘urtalashda tabiiy ofatlar va hosil yo‘qotilishlari holatlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlanib, zararlarni qoplash va kompensatsiya formulalari va misollari bilan bo‘lishildi. ✅Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish, tajriba almashish va mamlakat qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga kelishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров Олтиариқ туманидаги “Майрам Матёқубова” фермер хўжалигида пахта ҳосилининг терим жараёнини бориб кўрди. 30 гектар майдондаги ҳосил “John Deere” русумли пахта териш машинасида териб олиняпти. Вилоят раҳбари мазкур замонавий техникалар иш унумдорлигини ошириш, пахта хом ашёсини сифатли териб олишда муҳим ўрин тутишини алоҳида қайд этди. Туманда жорий йилда 190 та фермер хўжаликлари томонидан 5600 гектар майдонда пахта етиштирилди. Бу йил 6 та пахта териш машинасида ҳосил йиғиштириб олинмоқда. Fergana.uz|Facebook|Instagram |X
إظهار الكل...
КЎРГАЗМАЛИ СЕМИНАР Хонобод ММТП ҳудудидаги “Хонобод ғалабаси” фермер хўжалигида очиқ майдонлар ва ғўза қатор ораларига ғалла экишни ўз вақтида ва сифатли ўтказиш масалаларига бағишланган кўргазмали семинар бўлиб ўтди. Тадбирда сектор раҳбарлари, қишлоқ хўжалиги соҳаси масъуллари ҳамда фермерлар иштирок этдилар. Тадбирда юқори ҳосилдор буғдой уруғликларини аммафос билан ўз вақтда экиш кераклиги тушунтирилди. Бу йил жами 6,5 минг гектар майдонга уруғлик буғдой экилади.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.