cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Instagram: instagram.com/uzadeuz/ Facebook: facebook.com/uzadeuz/ Veb-sayt: uzade.uz [email protected] Telefon: +998 71 238 69 33 Manzil: Toshkent sh., Shayxontoxur t., Qoratosh k., 1-uy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 848
المشتركون
-624 ساعات
-127 أيام
-7230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Biznes-inkubator va murabbiylik markazlarining qoʻshma kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 💎Buxoro viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish ikkinchi faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-317-sonli qarori doirasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzurida tashkil etilgan Biznes-inkubator va murabbiylik markazlarining qoʻshma kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari xodimlarining asosiy vazifalari va ularning kunlik, oylik, choraklik, yillik ish rejalari muhokama qilindi. 💎Shuningdek, agentlik huzuridagi Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasining Buxoro viloyati boʻyicha koordinatori Shohrux Amonov boshchiligida Buxoro viloyati Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari hamda Turkiya davlatining Adana viloyatidagi Savdo-Sanoat palatasi rahbari Yücal Bayram o'rtasida “Zoom” platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil qilindi. Unda viloyatning iqtisodiy salohiyatni yanada oshirish, investitsiyalar jalb qilish masalalari hamda Turkiyada Biznes-inkubatorlarning tajribalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Buxoro viloyati va Adana viloyatlari tadbirkorlari oʻrtasida “Business Tour” tashkil etish masalasida kelishib olindi. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
07:39
Video unavailableShow in Telegram
#Surxondaryo Kambag'allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi ✅Mahallalarda uyma-uy yurilib, kambag'al oilalarning ijtimoiy portreti shakllantirilmoqda. ✅Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda. Batafsil: "Maxsus reportaj"da. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
7.mp492.59 MB
#Namangan_viloyati Davlatobod tumanida ehtiyojmand oilalarning 18 nafar xotin-qizlari ish bilan taʼminlandi. 💎Mahalladagi lider tadbirkor - “Muslima non sanoat” korxonasi rahbariga ajratilgan subsidiya hisobidan Orzu mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz xotin-qizlarga kasanachilik asosida uy sharoitida ishlash va daromad topishlari uchun tikuv mashinalari shartnoma asosida berildi. 💎Hokim yordamchisi Gulchehra Abdurahmonova tashabbusidagi loyihaning afzalligi shundaki, mazkur xotin-qizlar buyurtma qidirishmaydi, balki, korxona tomonidan uylariga xom-ashyo yetkazib berilib, ish bilan muntazam taʼminlanadi. Yana bir muhim jihati, ular bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ish staji doimiy yuritilib boriladi. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
IMG_7112.MOV19.62 MB
02:21
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Buxoro Kogon shahrida yangi tikuvchilik korxonasi faoliyatini boshladi. 📍Vatanparvar MFY hokim yordamchisi Oybek G'aybullayev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur korxonada 15 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Batafsil: “Diyor yangiliklari”da. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
Бухоро_ТВ.mp415.60 MB
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❓ Ijtimoiy sohalarda kichik tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlganlar kimga murojaat qiladi? ❓ Ularga qancha miqdorda kredit ajratiladi? Mazkur kreditni rasmiylashtirish tartibi qanday? ❓ Subsidiya kimlarga beriladi? ❓ Ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlashda hokim yordamchilarining oʻrni qanday? ✔️ Shu kabi savollarga Toshkent shahri Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasi hokim yordamchisi Shavkat Qurbonboyev javob berdi. Batafsil: “Mening yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
yordamchi.mp4201.95 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi. Jumladan: 🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma 🔹manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi. 🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 🔹manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi. 🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar
Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.
@SherzodSaparov
إظهار الكل...
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Namangan_viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumaning “Yettikon” MFYda hokim yordamchisi Zafarjon Abdullayev tashabbusi bilan asalarichilik markazi tashkil etildi. 🐝Bundan maqsad, tumandagi asalarichilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni birlashtirish, yetti xazinaning biri – asalarichilikni rivojlantirish, shuningdek, asalari oilalarini Rossiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlariga eksport qilishdir. 🍯Kelgusida mazkur markazda aholiga asalari boqishni nazariy va amaliy jihatdan oʻrgatish, kooperatsiya shaklida xonadonlarni jihozlar va asalari oilalari bilan taʼminlash hamda qoʻshni davlatlar, tuman, shaharlar bilan birgalikda Toʻraqoʻrgʻonda “Asal festivali”ni tashkil etish rejalashtirilgan.
Joriy yilning oʻtgan davrida To'raqo'rg'on tumanida 6 mingdan ziyod asalari oilasi xaridorlarga yuborilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
08:11
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Vazifa va ijro: Kambag'allikni qisqartirish borasidagi amaliy tadbirlar Shavkat Qurbonboyev, Yunusobod tumani, Sobirobod mahallasi hokim yordamchisi:
Hokim yordamchilari har bir xonadonni xatlovdan oʻtkazib, aniqlangan kambagʻal oilalarning ijtimoiy portretini shakllantiradi.
Batafsil: "Maxsus reportaj"da. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
6MR.mp496.08 MB
#Eʼtirof Toshkent viloyatida eng faol hokim yordamchilari taqdirlandi 🔝 Joriy yilning II chorak yakuni bo‘yicha viloyatdagi 1025 ta MFY hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Onlayn mahalla” platformasi orqali avtomatik ravishda 0 dan 100 ballgacha tizim bo‘yicha baholangan edi. Shundan kelib chiqib, Toshkent viloyatida eng yaxshi natija ko‘rsatgan, "Sayxunobod", "Uychi", "Gʻijduvon", "Zarbdor" tajribalarini tatbiq etishda faol bo'lgan, shuningdek, "Eng faol hokim yordamchilarining TOP-100" taligiga kirgan "Oppartak" (Angren sh.), Q.Farmanov (Bekobod sh.), "Qoraquduq" (Bo‘ka t.), "Qapal" (Bo‘stonliq t), "Qirguzar" (Zangiota t.), "Baytqo‘rg‘on" (Qibray t.), "Evelek" (Nurafshon sh.), "Madaniyat" (Oqqo‘rg‘on t.), "Uvak" (Ohangaron t.), "Qayilma" (Parkent t.) mahallalarining hokim yordamchilari viloyat hokimining faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yigʻim-terimi qizgʻin pallaga kirdi. Mavsum davomida terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, oʻrganishlar olib borilyapti. Hurmatli yurtdoshlar! Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tugʻilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh boʻlsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling. Eslatib oʻtamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga koʻra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.