cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Masofatalim™

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
30 522
المشتركون
-10024 ساعات
-2407 أيام
+65830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Davlat boshqaruv akademiyasi g‘irt plagiat ustasi ekan-ku! Gulruhbegim Tohirjonova haqidagi rasmda keltirilgan material kecha @masofatalim kanalida e’lon qilinib, xabarning manbasi – Platina.uz saytiga link berilgandi. Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi esa aynan shu materialni rasmi bilan ko‘chirib, hech qanday manba bermasdan tarqatmoqda. Kulgulisi, link berishibdi, o‘zlarining kanaliga😂 @masofatalim
إظهار الكل...
🤣 38👍 5🤬 4 2😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’limda birinchi o‘rinda ta’lim berish bilan shug‘ullanilmas ekan, hali veri odam bo‘lmaymiz. Talabalarni majburlab olib borib, OTMlarga haykallarni bo‘lib berib, uni ostida qanaqadir tadbirlar o‘tkazish – absurd ish. Buni oliy ta’limni tepasida o‘tirgan yuksak aql egalari tushunishi kerak. Tadbir, tadbir, tadbir? Nima beryapti shu tadbir? Nimaga 214 ming biturvchidan 126 ming nafari ishsiz? Kim javob beradi bunga? Talabalarni tadbirma tadbir sudrab yuravermasdan, shuning o‘rniga kuchliroq ta’lim berib, yetuk kadr qilish haqida bosh qotirish uchun nima yetmayapti? Brend qilamiz deb, hamma talabani bir xillashtiringlar, OTM logosi yopishtirilgan forma tiktirish va uni kiydirish bilan shug‘ullaninglar, keyin haykallarni tagida tadbirlar qilinglar. Nimaga biturvchi talabalar ishsiz deb so‘rasa, uyalmasdan bugungidek boshlaringni qumga tiqib olaveringlar. @masofatalim
إظهار الكل...
👏 33👍 11🔥 8
Toʻraqoʻrgʻon tumanida oʻqituvchilarga shagʻal tashitib, “styajka” quydirgan maktab direktori ogohlantirish bilan qutilib qolibdi. Mas’ullar hayfsan berishga ham kuchi yetmabdi. @masofatalim
إظهار الكل...
🤣 52🤬 12👍 2😢 2🔥 1
Aytishlaricha, Adiblar xiyobonidagi haykallar oliy ta’lim muassasalariga bo‘lib berilgan ekan. Izohlarda yozishlaricha, hamma OTMning o‘z haykali bor ekan :) @masofatalim
إظهار الكل...
🤣 87🔥 4👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim muassasalari Adiblar xiyobonida tadbirlar o‘tkazadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan (121-son) Adiblar xiyoboniga 24 ta oliy ta’lim muassasasi biriktirilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan maskanga aylantirish belgilangan. Ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan birga nega bu xiyobonga serqatnov bo‘lib, tinmay tadbir o‘tkazyapti, deb tursak, gap buyoqda ekan-da :) @masofatalim
إظهار الكل...
🤣 45👍 4🔥 3🤬 1
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan bog‘cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlanibdi. Bunda pedagoglarning qanday tashqi ko‘rinishda bo‘lishi, xususan, turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi belgilangan. @masofatalim
إظهار الكل...
🤣 35🤬 29👍 10😢 5🔥 2
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Bankomatni buzib, o‘g‘rilik qilgan talabalar 4 yilga qamaldi Ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan shaxs Mirzaobod tumani hududida joylashgan bankomatlarni buzib, ichida mavjud bo‘lgan 177 mln so‘m pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sud hukmi bilan ushbu jinoyatni sodir etgan ikki nafar talaba 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. @masofatalim
إظهار الكل...
IMG_8293.MP410.33 MB
🤣 38😢 18👍 3👀 2🫡 1
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Vaynerlarimiz yangi darajaga chiqdi. Kitoblarni tanqid qilib, o‘sha kitoblar Milliy kutubxonadan olib tashlanganiga xursand bo‘lishmoqda. @masofatalim
إظهار الكل...
ssstwitter.com_1726757124140.mp43.53 MB
🤣 61👍 14🔥 4🤬 4😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Diqqat ❗️ 21-sentabr kuni soat 17:00 da @marifatziyo telegram kanalida “Gazeta uchun maqola yozish tartib va talablari” mavzusida ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Mavzu yuzasidan savollarga “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov javob beradilar. 📌 Shu vaqtda qadar gazetaga yuborgan maqolalaringiz qaytarilgan bo‘lsa yoki talablarini bilmaganingiz uchun maqola jo‘natishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz, albatta master-klass shaklidagi ovozli chatimizda ishtirok eting. 📱 Telegram      📱 Instagram 📱 Facebook     📱 Mobil ilova
إظهار الكل...
👍 7👀 2👏 1😱 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonga qarshi dona surishdan bosh tortdi Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etmoqda. Bugun, 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 8-turda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi AQSH terma jamoasiga qarshi dona suradi. AQSH sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Afruza Xamdamovaga qarshi bahs olib borishi kerak bo‘lgan. Biroq Gulruhbegim hamyurtlariga qarshi o‘ynashdan bosh tortgan. Uning o‘rinini Yip Karissa egallagan. Eslatib o‘tamiz, Tohirjonova 2020-yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. Gulruhbegim Tohirjonova AQSHga ketishiga federatsiyasidagi adolasizliklarni sabab qilib ko‘rsatgan. Ma’lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston tarixida ikkinchi bo‘lib xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda shaxmat bo‘yicha Amerika chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan. Shundan so‘ng, AQSH terma jamoasi tarkibiga jalb qilina boshlagan. Manba @masofatalim
إظهار الكل...
👍 113 22👏 16🔥 8😢 5👀 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.