cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Santuagara of library (20+)

Nurali Qahramon Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more) Murojaat uchun: @Santuagarabilanmuloqotbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 873
المشتركون
+124 ساعات
-27 أيام
+18130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​#review ☘️"Mamlakat tanazzuli sabablari" 👥️Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Alan Robinson Asar chiqqaniga ancha yil bo‘ldi va ko‘plab revyu, hamda taqrizlar yozildi. Balki shungadir ichidagi ma'lumotlardan, hech qursa umum ma'nosidan xabarim bor deb o‘qimay yurgandim. Ammo kitobni o‘qishni boshlagach yanglishganimni tushundim. Asarni avgustda boshlagandim, o‘rtada biroz to‘xtalish bo‘lib inglizchasini ham o‘qimoqchi bo‘lib qoldim, lekin baribir o‘z tiling o‘z zubdang deganlaridek davom ettirishga qaror qildim. Meni hayratlantirgan jihati, asar shunchaki voqea-hodisalarning umum e'tirof etilgan sabablarini keltirib o‘tmaydi. Balki har bir tarixiy inqilob-tanazzulni kelib chiqish sabablarini to‘liq tushuntiradi. Xoh bu "Shonli inqilob" bo‘lsin, yoki "Burjua fransuz" inqilobi. Aynan ana shu tushuntirish sababli ham, mualliflar iqtisoddek murakkab fanni ommaviy tarzda tushuntirishga urinishgan. Shuning uchun ham kitob ilmiy-ommabop kitoblar ichida, so‘nggi yigirma yillikdagi eng yaxshi kitoblar qatorida turibdi. Asarni o‘qir ekanman, mualliflar aytib o‘tgan davlatlarning yuksalish tamoyil va sabablari bizda ham bo‘lgan ekanmi deb o‘ylab qoldim. Turkiston Muxtoriyatidan tortib to o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi kerakligi to‘g‘risidagi mitinggacha barchasi "yuqori"ning istagi bilan amalga oshgan. Uch yuz yillik xonliklar davriga ba'zi soliq islohotlari, hamda 150 yillik rus imperializm va kommunizmining ekstraktiv tarzdagi klassik boshqaruvi bizni to‘la qonli erkin iqtisodiyot yaratishimizga to‘sqinlik qilmoqda. Temuriylar davridagi qator islohotlar esa ikki narsaga borib taqaladi. Birinchisi Turk xoqonligining xalqaro munosabatlarini o‘ta darajada tolerant ravishda amalga oshirgani va "Sarbadorlar" harakatining mustaqilik, erkinlik va eng muhimi fozil shahar to‘g‘risidagi g‘oyalaridir. Aynan ana shu omillar bizning yurtda kichik shu'ladek porlagan har tomonlama uyg‘onishga asosiy sabab bo‘lishgan. Keyin esa mualliflar ta'kiflashganidek Marksning komil jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarining buzib talqin qilinishi va buning oqibati post-sovet davlatlarini bugun ham shu mafkuradan chiqib keta olmayotganliklarini, ular o‘zlarini qancha "rivojlanayotgan" davlat deb atashmasin, dunyo hamjamiyati nigohida rivojlanmagan davlat bo‘lib qolaverishadi. Yana asarda bolalarga paxta terdirish Karimov siyosati deb aytilgan. Asli bu hol ikkinchi jahon urushi paytidan beri davom etib kelayotganini hisobga olishmagan. Chunki paxta ichida kulib turib suratga tushgan oila a'zolarimning surati haligacha arxivimizda saqlanadi. Bu kabi kamchiliklarni inobatga olmaganda, asar juda tushunarli va maroqli tilda bitilibdi. Bu uchun yozuvchi va muharrirga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yana Nazarbek akaning videosi ham kitobni o‘qishimga turtki bo‘ldi, bu uchun ham rahmat. Kichik shikoyatim, kitob so‘ngidagi mualliflarning minnatdorchilik va foydalanilgan adabiyotlar qismi olib tashlanib, nashriyor kelgusi nashrlarda bunga e'tibor beradi degan umiddaman. Kitobni hali o‘qimagan kitobxonlarga tezroq o‘qishlarini tavsiya qilaman. Maroqli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 26-kitob #photo_by Santuagara
إظهار الكل...

🔥 16🍾 3 2
#iqtibos Tarix takrorlanib turadi - avvaliga tragediya ko‘rinishida, ikkinchi bor esa fars shaklida. ©Karl Marks
إظهار الكل...
22🔥 3🕊 3🐳 3🌚 2👻 2🗿 2🏆 1🍾 1
​​#eŋpanj Bugundan boshlab "Eng... besh..." nomli sav(post) yozib bormoqchiman. Birinchisi "O‘zbek tiliga tarjima qili(ni)sh(i) kerak bo‘lgan besh kitob": 1. Aleksandr Solzhenistsyn, "Cancer Ward" (badiiy) - Ushbu asar taniqli rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsynning eng yaxshi romanlaridan biri. Kitob 1966-yilda nashr etilgan va saraton kasalligi bilan kurashayotgan bemorlarning hayoti va ularning ichki dunyosini tasvirlaydi. Asar, shuningdek, Sovet Ittifoqidagi repressiya va erkinlikka bo‘lgan intilishni ham aks ettiradi. Asar voqealari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 2. Bibish, "The Dancer from Khiva" (memuar) - Ushbu asar asli millati o‘zbek bo‘lgan rossiyalik yozuvchi Hojarbibi tomonidan yozilgan bo‘lib, unda Bibish(Hojarbibi)ning raqqosa bo‘lish yo‘lidagi mashaqqatlari batafsil bayon etilgan. Bu asar siz sevib mutolaa qilgan "Men Malala" va hozir o‘qiyotgan "Talaba"(asli "O‘qimishli" bo‘lishi kerak edi) asariga juda o‘xshash. O‘ylaymanki o‘zimizdan chiqqan yozuvchini bunday asarini o‘qish ko‘pchilikka qiziq bo‘lardi. 3. Søren Kierkegaard, "Either/Or" (falsafiy) - daniyalik faylasuf Søren Kierkegaardning birinchi nashr etilgan asari. Kitob 1843-yilda, ikki jildda nashr etilgan. Asar mohiyatan gedonistik-estetik hayot tarzi va majburiyatiga asoslangan, axloqiy turmush o'rtasidagi farq bilan ajralib turadigan inson mavjudligi nazariyasini ifodalaydi, ya'ni ekzistensializmni. Kitobning asosiy mavzusi Aristotelning “Biz qanday yashashimiz kerak?” degan savolidir. Ekzistensializmni tushunish vaqti yetdi menimcha, Dostoyevskiy va Kamyudan ko‘ra ko‘proq narsa bera oladi deb ishonaman. 4. Joseph Campbell, "The Hero with a Thousand Faces" (ilmiy) - amerikalik yozuvchi Jozef Kempbellning eng mashhur asari "Ming yuzli qahramon" kitobi bo‘lib, unda u monomif(monomit) deb ataladigan jahon mifologiyalarida qo‘llanilgan qahramon sayohatining arxetipik nazariyasini muhokama qiladi. Bu asar juda ko‘p sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi, hamda hayotning charxi g‘ildiragi kajraftor ekanligini isbotlab beradi. Bu asar bir qancha mashxur film, serial va san'at asarlarining asosi sanaladi. Xususan, Yulduzlar jangi'ni ham. 5. Daron Acemoglu and Simon Johnson, "Power and progress" (ilmiy-ommabop) - yozuvchi sizga tanish. Uning yangi asari esa raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yordamida rivojlanib borayotgan, shu bilan birga xavfga to‘layotgan dunyo haqida. Yozuvchilar asarda sun'iy intellekt va to‘rtinchi sanoat inqilobining istiqboli haqida so‘z yuritishar ekan, ular sababli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavf-tahdidlarni ham chuqur tahlil qilishadi. Asar bugungi kun muammolarga yechim o‘laroq ham jevirilishi darkor. Bu ro‘yxatda, Hitlerning "Mein Kampf"i, Folknerning "The sound and the Fury"si, Servantesning "Don Kixoti" yoki boshqa asarlar ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin men iloji boricha ko‘zdan narida qolayotganlariga e'tibor qaratdim. Ushbu sav(post) noshir, muharrir, musahhih va mutarjimlar uchun foydali bo‘lsa quvonaman, hamda sevinaman. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
إظهار الكل...

🔥 20🐳 7👻 6🍾 5🤬 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
#orqa_fon
Ikki buvimning yuzida ham yashil xol bor edi. Bolalikda qizdirib bosilgan ninaning izi. Ammo ikki buvimning yuzlarida, qo‘llarida Sovetdan qolgan izlar bundan ham bo‘rtib ko‘rinardi. Qullikni hujjatlardan ko‘taring, sharifingizdan silkib-silkib uloqtirib tashlang. Eng muhimi, yuragingizdan Ko‘taring uni.
👉O‘qish uchun bosing
إظهار الكل...
🔥 14🌚 5 3🐳 2🍾 2
#orqa_fon
Ikki buvimning yuzida ham yashil xol bor edi. Bolalikda qizdirib bosilgan ninaning izi. Ammo ikki buvimning yuzlarida, qo‘llarida Sovetdan qolgan izlar bundan ham bo‘rtib ko‘rinardi. Qullikni hujjatlardan ko‘taring, sharifingizdan silkib-silkib uloqtirib tashlang. Eng muhimi, yuragingizdan Ko‘taring uni.
👉O‘qish uchun bosing
إظهار الكل...
Mening Marhamat(li) buvilarim

  Ota tarafdan buvimning ismlari Malika bo‘lgan. Ammo ularni hamma “Marhamat buvi” deb chaqirardi. Ona tarafdan buvimning ismlari ham Marhamat bo‘lgan. Ammo biz ularni “Damas buvi” derdik. Buning sababi oddiy edi. Tog‘amlarning yashil damasi bo‘lardi. Damasni ko‘rsak, yugurardik. Buvim kelyapti, derdik. Mening ikki buvim ham 1945-yilda tug‘ilgan. Ota tarafdan buvim aynan 9-mayda tug‘ilgan. Ona tarafdan buvimning esa tug‘ilgan kuni ma’lum emas. O‘zlarining aytishi bo‘yicha, bug‘doy pishganda tug‘ilgan ekanlar.…

​​#review 🧺"Zebunniso" 🕯Uyg‘un           Ulug‘ o‘tmish davomida ko‘plab sulolalar o‘tdi, saltanatlar barpo etildi, qirolliklar barbod bo‘ldi, imperiyalar yuksaldi, xoqonliklar tanazzul botqog‘iga botdi. Ushbu jarayonlar mobaynida taxtga kimlar keldi-yu, kimlar qulamadi deysiz. Qanchadan-qancha zolim va oqil shohlar nomlari tarix zarvaraqlariga bitilmay uzlatga yuz burgan. Tarixchilar orasida shunday gap bor, tarixni g‘oliblar yozadi, degan. Men esa yo‘q deyman, chunki biz o‘qiyotgan tarixni g‘oliblar emas, kuchlilar yozishgan. Rim nima uchun hamon ulug‘vor, garchi endilikda mavjud bo‘lmasa ham.  Albatta, tarix yilnomalari sabab. Turkiylarni buyukligiga butun bashar tan beradi, lekin hech ham eslashmaydi, chunki ularning tarixi yo‘q, asosi yo‘q, dalili yo‘q. Shunday bo‘lsada islom dini turkiylarga hadya etgan eng muhim narsalardan biri - kitobat ilmi bizni bu moziysizlikdan saqlab qoldi. Turkiy xalq vakillar, ahli ilmlar islom dini ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishgach, o‘tmish voqeatlarini bitishni boshlashdi. Shu tariqa asrlar davomida noma'lum bo‘lgan tarix sahifalariga jon kirdi. Temuriylar davriga kelib esa, tarix, she'riyat, umum kitobat ilmi bilan ayollar ham faol shug‘ullana boshlashdi. Ular orasida islom tarixida ayol kishi tomonidan yozilgan yagona tafsiri muallifi Zebunniso begim ham bor edi. Nasabi oliyalari ota tomondan Chingizxoni a'zam, Sohibqironi muazzamga, ona tomondan esa Bobur Mirzoning qizi "Humoyunnoma" asari muallifi Gulbadanbegim va Safaviylar sulolasiga borib taqaluvchi Zebunniso begim, ulug‘ shoh Shohjahonning nabirasi, Avrangzeb Olamgirning suyukli qizi edi. Yigirma yoshga to‘lmasdanoq padari buzrukvoriga saltanat ishlarida maslahatchi bo‘lgan, arabiy, forsiy, turkiy tillarda she'r bitgan, besh ming misradan ortiq g‘azal yozgan, hind rojalari-yu, er yigitlarning ko‘zini shamg‘alat qilgan malikaning o‘tmishi juda fojialidir. Tarixdan ma'lumki Avrangzeb Olamgir otasidan taxtni tortib oladi. Bunga sabab Shohjahon qadim yasoq bo‘yicha to‘ng‘ich o‘g‘li Doroni taxt vorisi deb e'lon qilishidir. Alaloqibat qator janglardan so‘ng Olamgir otasini zindonga tashlaydi. Uning atrofidagi ulamolar esa shoh ongini zaharlashni boshlashadi. Natijada Akbar shoh davrida erishilgan diniy bag‘rikenglikka putur yetadi. Hindlarning qadim va muhtasham ikki yuzdan ortiq ibodatxonalari buzib tashlanadi, nomusulmonlarga qator soliqlar solinadi, inglizlarga hind portlaridan foydalanish huquqi beriladi, bu ishlar esa oqibatan Hindistonning Britaniya mustamlakasiga aylanishiga zamin yaratishni boshlaydi. Zakiy Zebunnisobegim bu holni vaqtida anglaydi va ukasi Akbarni qo‘llab-quvvatlaydi, otasi o‘rniga uni taxtga o‘tkazish harakatlariga qo‘shiladi. Bundan xabar topgan Olamgir qizini Saligarh qasriga bandi etadi, naqd yigirma yil. Uyg‘un tomonidan yozilgan ushbu drama aynan shu voqealar asnosida yozilgan. Men bu kitobni o‘qib, tariximizda yana bir shunday kuchli ayol bo‘lganligidan juda quvondim. O‘rnak qilsa qilgulik shaxs. Bu siymoga aloqador film, teatr yoki tarixiy ma'lumotlar meni o‘ziga yanada rom etishda davom etmoqda. Siz ham u kitobni o‘qing, teatriga duch kelsangiz, albatta tomosha qiling. Yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 25-kitob #photo_by Santuagara
إظهار الكل...

🔥 18🌚 4 3🕊 3🍾 2 1🤬 1
Devoni Maxfiy (Zebunniso begim).pdf14.52 MB
#rasm #nazm Tomirilarida Sohibqiron Temur qoni oqayotgan Boburiylar, hamda ulug‘ forsiy Safaviylar xonadonining vakillasi - Zebunniso begim portretlari. Zulfi halqa-halqa-u, koʻzi qaro bu yerdadir, Boqishi shafqatli-yu, nozik ado bu yerdadir. Kiprigi xanjar, karashma tigʻu koʻz tashlash yashin, Gar shahid boʻlmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir. Bersa ham jannatni, aldanma kishilar soʻziga, Bir qadam mayxonadin jilmaki, jo bu yerdadir. Kaʼbaga bormoq ne hojatdir, agar dil ovlasang, Behuda yoʻllar kezar bu xalqu, jo bu yerdadir. Husniga boshdin-ayoq boqqanda har bir nuqtadin, Dilni tortib, har karashma derki: jo bu yerdadir. Izladim bir-bir jahonda har necha boʻlsa kitob, Koʻrdimu xattingni dedim: muddao bu yerdadir. Istasang husning zakotini berarga mustahiq, Kelki, bu Zebunniso yangligʻ gado bu yerdadir. Forschadan M. Muinzoda tarjimasi
إظهار الكل...
🐳 10🔥 3🍾 2
#asardan_parcha Hammamiz ham o‘yinchimiz, qimorbozmiz, hazratim. Bu dunyoda hamma narsa qimor, hamma qimorboz.... ©Uyg‘un, "Zebiniso" dramasi
إظهار الكل...
🌚 9 5
#tavsiya #film "YOSHLIK AHDNOMASI"
- Mabodo, adiba bo‘lishni xohlab qolsamchi, oilamni shu yo‘l bilan boqsamchi?! - Menam yozuvchi bo‘lishni orzu qilaman... Biroq onamni soyasida qolib ketishni istamayman. - Yaxshi yozadimi? - Ha. - Bunga qanday erishgan? - O‘ta qaysarlik bilan. Til topishib ketasizlar hali (kuladi). Yozishingiz kerak, jiddiy aytayapman. - Menga hali hech kim bunday demagan edi.
Ushbu film ingliz adibasi, feminst-sotsialist, hamda urush davri faxriysi Vera Brittain'ning esdaliklar kitobiga asoslanib suratga olingan bo‘lib, unda urush davri va yozuvchi ayol qismati aks etgan. Bu filmni "Shaxsiy xona" mutolaasiga kirshim bilan tomosha qildim va Vulf aytgan chinakam davrni his qildim. Qizlarning majburlab erga berilishi, qari qiz bo‘lib qolmasligi uchun uy ishlari: tikish-bichish, kosa-tavoq va fortapeyano chalishni o‘rgatishga murabbiy yollash, ammo Oxfordga bechora qizning yolg‘iz o‘zi mustaqil tayyorlanishi, jamiyaning gap-so‘zlari yaqqol aks etgan ushbu film bizga Vulf oldimizga qo‘ygan ko‘plab savollarga javob topishimizga yordam berishi mumkin... Maroqli tomosha✨️
إظهار الكل...
22🔥 10 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.