cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SIRDARYO_ADLIYA BOSHQARMASI (Rasmiy kanal)

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 063
المشتركون
-224 ساعات
-177 أيام
+2 13930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

إظهار الكل...
Адлия вазири Сирдарёда маъмурий ислоҳотларнинг бориши билан танишди

Давлатимиз раҳбарининг “Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамд

👏 2👍 1
#Adliya_xabari Adliya vaziri Sirdaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati hamda “Yoshlar balansi” elektron dasturi bilan tanishdi. Situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud. “Yoshlar balansi” elektron dasturi esa yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi. Ushbu tajribani keng ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy axborotni tarqatish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, aholi va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish borasida yangicha yondashuv asosida “Huquqiy taksofon” joriy qilindi. Unda badiiy va yuridik adabiyotlar, qonunchilikka oid yangiliklar sodda va xalqchil tilda bayon etilgan targʻibot materiallari – buklet, flayer va infografikalar oʻrin egallagan. “Huquqiy taksofon” viloyat hamda barcha tuman va shahar markazlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Adliya vaziri A.Toshqulov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ushbu tajribasi bilan ham tanishdi. @adliyangiliklari
إظهار الكل...
🔥 2👏 2👍 1
#Adliya_xabari Adliya vaziri Sirdaryoda Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Toshqulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda. Xususan, adliya vaziri Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Sayxunobod va Guliston tumanlarida ham oʻtkazildi. Adliya vaziri A.Toshqulov Sayxunobod tuman hokimi K.Mullajanov bilan birgalikda “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi 72 yoshli Risolat Gʻulomova xonadonida boʻlib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanish, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan yoshlar turli toʻgaraklarga jalb etilgan. “Olgʻabos” mahallasida tashkil etilgan oʻquv markazida yoshlar ingliz tilini oʻrganishmoqda. A.Toshqulov sayxunobodlik yoshlar bilan uchrashib, viloyatdagi 11 ta davlat umumtaʼlim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tashkil qilingani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi oʻquv yilidan turli huquqiy tanlovlar oʻtkazilishi belgilanganligi taʼkidladi. Shuningdek, vazir “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida “Guliston” mahallasida tashkil qilingan kutubxonada boʻldi. Bundan tashqari, adliya vaziri Guliston tuman va shahar adliya boʻlimlari yangi binosining qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi hamda yangi binolarda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi. @adliyangiliklari
إظهار الكل...
👍 3
Repost from Huquqiy axborot
Қуйидагиларнинг қайси бири меҳнатга оид муносабатларни ва улар билан бевосита боғлиқ ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи ҳамда ходимлар томонидан ўз вакиллари орқали ва иш берувчи томонидан тузиладиган меҳнат тўғрисидаги ҳуқуқий ҳужжат ҳисобланади?Anonymous voting
  • Жамоа келишуви
  • Мансаб йўриқномаси
  • Меҳнат шартномаси
  • Жамоа шартномаси
0 votes
إظهار الكل...
Сайлов қонунчилиги мазмун-моҳияти тушунтирилди

Аҳолининг сайловга оид ҳуқуқий маданиятини янада юксалтириш мақсадида адлия органлари томонидан жойларда кенг кўламли та

01:13
Video unavailableShow in Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
Manba: O'RQ-959-son, 10.09.2024 y. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
959 URK fHD.mp410.25 MB
Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.   Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi. Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi. Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi. Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi. Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi. Kanalga ulanish: 👇🏻 @adliyaimd
إظهار الكل...
👍 2
HARBIY QISMDA SAYLOV QONUNCHILIGI TARG'IB QILINDI O‘zbekistonda parlamentga saylovlar aralash – majoritar-proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimi asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanadi. Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son CHR batalyonida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri saylov qonunchiligiga oid yangiliklarni tushuntirish maqsadiga qaratildi. Tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i S.Xalilov saylovning asosiy qoidalari, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Mazkur targ'ibot tadbiri harbiy xizmatchilarning elektoral madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. ▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
إظهار الكل...
👍 1
"Inson va qonun" gazetasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 37-sonida  Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Timur Karimovning "Hisobda ko'p, to'lovda kam"nomli maqolasi chop etildi. ▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
إظهار الكل...
"Yangi Sirdaryo" gazetasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 36-sonida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Dilnoz Umurzoqovaning "Muammo hal etildi" nomli maqolasi hamda adliya boshqarmasi tomonidan bojxona boshqarmasida saylov qonunchiligi targ'iboti yuzasidan o'tkazilgan tadbir tafsilotlatlari yoritildi. ▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.