cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

GulDPI. uz | Rasmiy

🔰Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy kanali. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:👇🏻 https://instagram.com/gulistonpedagogikainstituti http://facebook.com/gulistonpedagogikainstituti https://gspi.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 950
المشتركون
+224 ساعات
+657 أيام
+45530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:14
Video unavailableShow in Telegram
🌱 “Biz chiqindilarga qarshimiz” plogging aksiyasi davom etdi. 2024-yil 20-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutning iqtidorli va tashabbuskor talabalari bilan birgalikda respublikamizda bo'lib o'tayotgan Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan "Hayot uchun joy ajrating" shiori ostida  Ommaviy plogging eko-aksiyasi bo'lib o'tmoqda.
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
777777777.mp469.52 MB
👍 4 1
Talabalar ligasi doirasida "Zakovat" intellektual o’yinining 1-tur bosqichi o'tkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar ishlari masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, yoshlarning har tomonlama bilimli, yetuk shaxs bo‘lib yetishishi mamlakatning bugungi kuni va ertasi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi, Guliston davlat pedagogika institutida ham yoshlarning ta’lim olishi, o‘z iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Zakovatning 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 1-tur o‘yinida, Guliston davlat pedagogika instituti haqiqiy intellektual arenaga aylandi. O'yinda 10 ta jamoa o'zaro bahs olib bordi. Zakovatchilar ushbu intellektual jangda fikr va tezkorlik bo‘yicha cheksiz imkoniyatlarini namoyon etishdi!
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
👍 4👏 1🎉 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Talabalar diqqatiga!!! Joriy yilning 20-sentabridan noyabr oyiga qadar Talaba yoshlar o'rtasida 🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalari oʻtkaziladi. 🏆Musobaqalar 5 ta sport turi: ⏺Yengil atletika, ⏺Volleybol, ⏺Stritbol, ⏺Stol tennisi, ⏺Mini futbol boʻyicha oʻtkaziladi.
📝Ma’lumot uchun: 4 bosqichda (fakultet-oliy ta'lim-hududiy-respublika) oʻtkaziladigan musobaqada ishtirokchilari oʻzlari tahsil olayotgan ta'lim muassasasidan ishtirok etishadi.
Barcha talabalar o'zlari biriktirilgan tyutorlar ko'magida 5 turdagi musobaqalarda faol ishtirok etishlari so'raladi.
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
Oliy Talim 1(iPhone).mp410.50 MB
2👍 1
Repost from Edu.uz
01:08
Video unavailableShow in Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ Butunjahon tozalik kuni: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing! 20-sentyabr kuni soat 11.00 da respublikamizning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi. ———— Всемирный день чистоты: примите активное участие в масштабной эко-акции 20 сентября по случаю Всемирного дня чистоты во всех регионах страны пройдет масштабная эко-акция – плоггинги «Освободите место для жизни».
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
Ellon plogin vazirlik_encoded.mp434.27 MB
👍 4🥰 1
Repost from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi. Batafsil... 👉 In English 👉 На русский
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
👍 6
Repost from Edu.uz
Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi 18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov raisligida yangi o‘quv yilida talaba yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ma’rifiy-madaniy tadbirlarni sifatli va mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Barcha davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan anjuman avvalida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan tizim asosida talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi samarali ishlar e’tirof etildi. Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rilib, 2024/2025-o‘quv yili uchun reja qilingan maqsadli vazifalar belgilandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22007
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 Talabalar ligasi boshlanmoqda! 📆 19-sentabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o'quv yili kuzgi mavsumining 1-tur o'yini boshlanadi. 📍 Liganing o'yinlari bosh binoning 124-xonasida o'tkaziladi. ❗️Eslatma: O'yinlar "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan haftaning har Payshanba kuni 17:00 da o'tkaziladi. Klub o'yinlarida ro'yxatdan o'tish uchun: @sherzod_yuldoshev
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
👍 9 3
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#marifat_ulashib Aziz talaba yoshlar sizlarni 26-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etiladigan tadbirga taklif etamiz. Tadbirga Gavhar Ibodullayeva, Xurshid Davron va  Shodmon Sulaymon kabi taniqli shoir va shoiralar tashrif buyurishadi. Barcha professor- o'qituvchi va talabalarni ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
Marifat(Windows).mp45.64 MB
❤‍🔥 7 5
Talabalarning ijara xonadoni o‘rganilmoqda. ⚡️Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. ❇️Guliston davlat pedagogika institut tyutorlari ijarada turgan talabalarning yashash sharoitini o‘rganishdi. ⚜️O‘rganishlar jarayonida kuz qish mavsumiga tayyorgarlik, gaz va elektr jihozlaridan togʻri foydalanish ichki tartib qoidalariga amal qilish borasida tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
👍 6🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
📣#Oliy ta’lim muassasalari talabalari diqqatiga! Siz endi o’z shaxsiy 👨‍💻👩‍💻notebookingizga ega bo’lishingiz mumkin!
Qanday qilib deysizmi❓👇 ❗️20-sentabrdan boshlab talabalar o’rtasida to’rt bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 5 ta sport turi bo’yicha musobaqalarga #start beriladi. Musobaqalar turi ⚽️🏓🏀🏐va bosqichlari qachon 📆 bo’lib o’tishi bo’yicha mazkur jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin. Respublika bosqichi g’olib va sovrindor (🥇🥈🥉o’rinlar)larga #Sport_vazirligi tomonidan qimmatbaho notebooklar beriladi. (Ha aytgancha jamoviy sport turlariga har bir ishtirokchiga hatto zaxira o’yinchilariga ham alohida nootebook beriladi) Noutbookingiz Sizni kutmoqda… Bizning sahifamiz👇 🇺🇿 Sportlashamiz - "Tezroq, Balandroq, Kuchliroq - Birgalikda"
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.