cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

مشاركات الإعلانات
8 923
المشتركون
-7724 ساعات
-5887 أيام
+1 19530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🤾‍♂️ Gandbol musobaqasining Karmana tuman 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. 🏆 Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha uch bosqichli “O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI KUBOGI” uchun musobaqalarning tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda. 📍Bugun, Karmana tumanidagi 5-DIUMning sport zalida ushbu musobaqaning 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda mahallalardan saralangan jamoalar ishtirok etdi.
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1🏆 1
📍 Karmana tumanidagi 15-umumta'lim maktabida "Qizlarni õqitaylik-ularga qanot bõlaylik" shiori ostida 8-11-sinf õquvchi qizlari õrtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🫥 Davra suhbati davomida Erta turmush qurishning oldini olish, uning zararli tomonlari, qiz bola odobi, jamiyatdagi oʻrni, bugungi kunda Respublikamizda qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan keng foydalanish, qizlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish mavzulari boʻyicha fikrlar mas'ullar tomonidan aytib oʻtildi.
إظهار الكل...
👍 5
📍 Kuz dehqonlarning yil bo‘yi qilgan mehnatlari sarhisobini qiladigan fasl. Bu davrda yetishtirilgan hosil yig‘ishtirib olinib, kelgusi yilga tayyorgarlik ko‘riladi. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida paxta yig‘im-terimi avjiga chiqqan. Karmana tumanida ham ushbu mavsum uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. 🫥 Bugun Karmana tumani hokimi, 1-sektor rahbari Valijon Adizov "Avaz bobo" fermer xo‘jaligi yerlarida bo‘lib, paxta yig‘im-terimi jarayonlari, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 🧊 Shuningdek, tuman rahbari terimchilar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, mas'ullarga milliy boyligimiz bo‘lmish paxtani, nes-nobud qilmay tez fursatlarda terib belgilangan rejani bajarish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.
إظهار الكل...
👍 6👏 1👌 1
KARMANADA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Suv nafaqat insonlarga, balki barcha jonzotlarga berilgan ne’matlardan biridir. Suvni tejab ishlatish esa har birimizning burchimiz.
💧 Karmana tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu borada aniq manzilli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ayni kunlarda "Uyrot" mahallasida 800 metr ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda.
إظهار الكل...
👍 2👏 1🙏 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar! ❄️🌨 Kuz-qish mavsumi oldidan xonadoningizdagi gaz, elektr va boshqa muqobil energiya resurslarida ishlovchi isitish moslamalari va ularning dudburonlari sozligiga e’tibor bering hamda texnik ko'rikdan o'tkazishni unutmang!
إظهار الكل...
VAZIRLIK.mp413.59 MB
👍 4👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimiz turnir peshqadami 🇮🇳Hindistonga qarshi dona suradi. Bu, shubhasiz, olimpiada finali sifatida baholanmoqda. Agar, Xudo xohlasa, biznikilar yutsa, unda 1-o‘ringa chiqib olamiz. Agar durang bo‘lsa, unda chempion bo‘lish imkoniyatimiz keskin pasayadi. Agar mag‘lub bo‘lsak, chempionlikdan butunlay umid uzamiz, kuchli uchlikka kirishimiz ham so‘roq ostida qoladi.
إظهار الكل...
👍 2👏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 FIFA Futzal Jahon chempionati 🇨🇷 Kosta-Rika 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 🗓 20-sentyabr | 20:00 🏟 “Humo Arena” Chiptalar sotuvini amalga oshirish maqsadida barcha mezbon shaharlarda maxsus kassalar ishga tushirilgan. Shuningdek, musobaqa uchun chiptalarni maxsus futsal2024.uz rasmiy sayti orqali xarid qilish ham mumkin. Futzal jamoamizni arenadan turib qoʻllab-quvvatlang. Chunki #BizBirJamoamiz
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Navoiy viloyatidan e-auksion.uz platformasi orqali 1369 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling 🟢 Navoiy shahri 2 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Zarafshon shahri 2 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 G'ozg'on shahri 111 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Karmana tumani 205 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Konimex tumani 179 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Qiziltepa tumani 160 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Navbahor tumani 165 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Nurota tumani 185 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Uchquduq tumani 212 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Tomdi tumani 51 tа savdo joyi (ko'rish) 🟢 Xatirchi tumani 93 tа savdo joyi (ko'rish) Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇 🌐 WWW I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌
إظهار الكل...
👍 3
🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida “XON ATLASIM – MENING G‘URURIM” mavzusida festival tashkil etildi. Festivalda universitet rahbariyati, xotin-qizlar jamoasi, viloyatning faol ayollari, OAV vakillari hamda talaba-qizlar faol qatnashishdi. Ushbu tadbirda iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, toʻquvchilik, qoʻl mehnatidagi yaratuvchanlik ishlari ko‘rgazmalari namoyish etildi. ✅ Bundan tashqari, talaba-qizlar milliy qo‘shiq va raqslar, kelin salom, laparlar aytib, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida “OSH CHEMPIONATI” tashkil etildi.
إظهار الكل...
👍 1🔥 1👏 1
Repost from Uzbektourism.uz
01:48
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Fransiyaning «IFTM-Top Resa» ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda Tourism opportunities of Uzbekistan are presented at the exhibition "IFTM Top Resa" in France Туристические возможности Узбекистана представлены на выставке «IFTM-Top Resa» во Франции Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
Parij_2.mp417.19 MB
👍 1👏 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.