cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

𝐐𝐨'𝐫𝐪𝐢𝐭𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧,𝐔𝐫𝐢𝐬𝐡𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝 𝐨'𝐬𝐭𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐮𝐬𝐮𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢🌿🌱🌿 🌈🌄✨Kanal ssilkasi orqali do'stlaringizni taklif qiling✨🌄🌈

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 260
المشتركون
+324 ساعات
+57 أيام
+5430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

1⃣Yetti yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: Bu toifa bolalarning "Alloh qayerda?" degan savolni so'rashdan maqsadi ismini eshitgan narsalarni hayolida jonlantirishdan iborat bo'ladi. Bola "Alloh juda uzoqda" deb eshitgani uchun miyasida mavjud bo'lgan uzoqlik haqida tushunchalar bilan qiyoslaydi. "Toshkentchalik uzoqda", "Oychalik uzoqda" kabi.Shu bois bu yoshdagi bolalarga "Alloh qayerda?"savoliga javob berishda masofa,shakl,ko'rinish orqali ifodalanmasligi maqsadga muvofiq bo'ladi.Buning aksicha bola katta bo'lganda ham, Allohni qidirish ishtiyoqi so'nmaydigan javoblar berish lozim. Bu yosh toifasidagi bolalarga quyidagi kabi javoblar berishni tavsiya qilamiz: "Bolajonim qushlarni,gullarni, daraxtlarni va bizlarni ham yaratgan Allohdir. U yaratgan barcha narsani ko'ramiz va sezamiz.Ammo uning o'zi qayerda bilmayman,Uning har doim biz bilan birga ekanini sezaman, lekin qayerdaligini bilmayman ". 2⃣ O'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: Bu yosh toifasidagi bolalarga beriladigan javob aql va mantiqqa asoslangan bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytsak,savolga savol bilan javob berilishi kerak. Bolaning aqliy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uning fikirlash dunyosini kengaytiradigan holatda yondashish kerak. Misol uchun "Allohni ko'rishimiz mumkin emas. Qandaymi? Menga havoni ko'rsata olasanmi? Ko'rsata olmaysan. Chunki ko'zimiz uni ko'rmayapti. Lekin havoning borligini har dam har on sezamiz,his qilamiz. Huddi wuning kabi Allohning borligini har zamon, har yerda his qilamiz. Demak u bizga juda yaqin. Gullarni yaratganini bilamiz qushlarni yaratganini bilamiz. Nafas olayotganimizda ham uxlasak ham uyg'oq bo'lsak ham doim biz bilan irga" 3⃣ Yigirma bir yoshgacha bo'lgan o'smirlar uchun: Bu yosh toifasidagi yoshlarga esa tasavvufiy ifodalar orqali javob berilishi mumkin. Misol uchun:"Alloh qalbimizda.Agar biz o'zimizni va qalbimizni kashf qilsak Uning bizga jon tomirimiz kabi yaqin ekanligini sezamiz". Yoki"Alloh uzoqda. O'zining arshida. U butun koinotning yagona Hokimi va butun borliqni qurshab olgan U har bir zarraning ham Hokimidir".
إظهار الكل...
👍 10
OYIJON,ALLOH QAYERDA? "Bu nima?","Bu nimaga bunday bo'lib qoldi?","U kim?","Nimaga biz ucholmaymiz?" kabi savollar ota onalarni charchatadi. Lekin ba'zi savollar borki, ularga javob berish ota onalar uchun qiyinchilik tug'diradi. Shunday murakkab savollardan biri "Alloh qayerda?" degan savoldir. Bir do'stim o'zi haqida gaprb berayotganda shuni eslaydi:"Juda kichkina edim Oyimdan "Oyijon Alloh qayerda?" deb so'radim. Onam savolimga hotirjam va samimiyat bilan shunday javob berdi:"Allohni qayerda eslasang U ham o'sha yerda bolam". Bu javobni men o'zimcha shunday deb tushundim:"Allohni qayerda eslasak o'sha yerga keladi. Tasbex aytayotganlarning nima uchun Alloh so'zini tez tez takrorlashlarini endi tushundim. Demak ular doimi yonlarida Alloh bo'lishini istashadi ". Xorij telekanallarining birida bola tarbiyasi mavzusida bir dasturni tomosha qildim. Dasturga qatnashayotgan bir psixolog tomoshabinlardan kelayotgan savollarga javob berardi. Bir ayol biz so'z yuritayotgan mavzuda maslahat soradi. Mutaxassis esa unga mantiqan noto'g'ri javob berdi:"yoshli bolaga "Alloh yuragingda "deb javob bersangiz miyyasida savollar ko'payadi. Yaxshisi "Alloh juda uzoqda biz uni ko'rolmaymiz deb ayting" Xali moddalar o'rtasidagi munosabatni to'liq anglay olmagan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga "Alloh qalbimizda" degan javob berilsa bolaning miyyasida yangi savollar paydo bo'ladi. "Alloh qayerda?" savoliga berilishi kerak bo'lgan javoblarni ularning yoshlarini e'tiborga olgan holda 3 toifaga ajratishimiz mumkin. Davomi⬇️⬇️⬇️⬇️
إظهار الكل...
👍 3👏 3
sticker.webp0.10 KB
sticker.webp0.24 KB
sticker.webp0.17 KB
sticker.webp0.18 KB
sticker.webp0.24 KB
🤗 3
sticker.webp0.17 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Nega flamingolar o’zining pushti rangini vaqt o’tgan sari yo’qotishini bilasizmi? 🦩 Flamingolar ona bo’lgach bolalarini emizishni boshlaydilar va emizgani sari qurib, o’z ranglarini yo’qotib boradilar!! 😦 Flamingo Alloh tomonidan onalik qanchalik insonni quritib, rang-ro’yigacha hiralashtirib yuborishini yaqqol ko’rsatib beradigan yagona jonzot hisoblanadi! Alloh onalikning birinchi yillarini “mashaqqat ustiga mashaqqat” deb nomlagan. Flamingolar esa buning vizual ko’rinishi. Bazi ayollar tug’ruqdan keyin rangi bo’zarib, lablari bechora muzdek basseynda 5 soat cho’milgan kabi ko’kimtir-hiralashib, teri mramor kabi bo’lib ketadi. Bu, albatta, tana suvsizlanishi, holdan toyishi va borgan sari defitsitlashib borishidandir. 😭 Flamingolar vaqt o’tib emizishni to’xtatgach o’z rangiga qaytgani kabi, onalar ham qaytadi. Ammo bu uchun ham mehr va e’tibor kerak. Instagramdagi kecha tug’ib bugun victoria’s secret modeliga o’xshab yurgan “sohta”larga aldanmang. Alloh yaratganini, oddiy biologiyani o’zgartirib bo’lmaydi. Agar har bir ona onaligini qilsa bu yo’l u uchun oson bo’lmaydi. Onalik faqat yaxshi onalar uchun qiyindir. Flamingolar ham, menimcha juda yaxshi ona. 💕 @onaqorgoni
إظهار الكل...
💯 16👍 3 3
FARZANDLAR O'RTASIDAGI YOSH FARQI BIR -BIRINI QIZG'ONISHGA SABAB BO'LADI Qizg'onish masalasida yana shuni ta'kidlab o'tish joziki , faqat ota-onaning farzandlariga munosabatidagi noto'g'ri harakatlar emas, balki kutilmagan tashqi ta'sirlar ham bolalarning bir birini qizg'onishiga sabab bo'ladi. Bularning biri farzandlar o'rtasidagi yosh farqi hisoblanadi. Agar bir bola 3 yoshdaligida ukalik bo'lsa, bu ikki bola o'rtasida qizg'onish tuyg'ulari kuchli bo'ladi.Chunki 3-4 yoshlardagi bolalar tabiatan faqat o'ziga e'tibor qilinishini istaydi. Baxam ko'rish tushunchasi ancha past bo'ladi. "Kichik o'smirlik" deb atasa bo'ladigan bu davrda ukalik bo'lganida oilada unga bo'lgan e'tiborning pasayishidan, o'zining o'yinchoqlari va boshqa narsalarining ukasiga ham berish kerak degan hayoldan bezovtalanadi. Aka ukalar o'rtasidagi bir birini qizg'onish, tortishish tuyg'ularini uyg'otuvchi sabablardan yana biri farzandlarini kimgadir qiyoslash. Bolalarning bittasini oilaning hurmatli ajdodlariga o'xshatish,ikkinchi farzandga o'zini oila zanjiridan tashqarida qolgandek hissoyotga berilishga olib keladi. Ikki farzandning biriga "Ko'z tegmasin ko'zing bobongnikiga juda o'xshaydi", "Kulishlaring onamning kulishlarining o'zginasi" kabi ifodalar ikkinchi farzanddagi qizg'onish tomirini taranglashtiradi. Shuni unutmaslik kerakki,farzandlar bir biriga raqibdir. O'tirish,turishingiz,gaprishingiz,xattoki kichik bir ko'z ishorangiz ham farzandlaringiz tomonidan noto'g'ri tushunilishi mumkin. Bu esa uydagi musaffo havoning buzilishiga olib kelishi mumkin.
إظهار الكل...
👍 8
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.