cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

...

إظهار المزيد
Tajikistan3 740لم يتم تحديد اللغةالقانون6 398
مشاركات الإعلانات
255
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from LEGAL MIND
Inson o'zining eng gullagan bahorini ushlab qolishi mumkin O'tkir Xoshimovning "Bahor qaytmaydi"sini o'qib chiqdim. Fikrlarimni yozgim keldi. Yozuvchining deyarli barcha kitoblarida xiyonatkor ayol obrazi bor, qanaqadir. Negaligini bilmayman-u, shu kitoblardan keyin ayol kishiga ishonmaslik xarakteri shakllanib bordi o'zimda. Balki yozuvchining shaxsiy hayotida shunday travma bo'lgandir, balki bo'lmagandir bilmayman. Kitobda Anvar sevgilisi Muqaddamni yaqin do'sti Alimardonga oldirib qo'yadi. Negadir, barcha xiyonatlarga erkaklar aybdor deb hisoblayman. Chunki ayollar doim e'tibor, mehr yetishmaganligi uchun xiyonat qilgan. Muqaddam Anvardan kutgan qaynoq bo'salarni, shiddatli hujumlarni, erkaklarga xos shahvoniy harakatlarni Alimardondan topadi. Anvar qizlar bilan gaplashmagan, o'zini ancha bosib olgan, nisbatan bo'shroq obrazga ega. Alimardon Muqaddamga birinchi marta tegajog'lik qilgan vaziyatni tushunsa bo'ladi: xonada ikki yoshdan boshqa hech kim yo'q edi. Lekin boshqa safargisida qiz o'zi xohlab, o'zi shunday voqea bo'lishini bilib turib bolaning uyiga boradi. Buni kechirib bo'lmaydi. Bir tomondan o'ylab qarasa Muqaddamni buzuq ayollar toifasiga qo'shib bo'lmaydi. U bir marta adashdi, turmushga chiqdi va to'xtadi. Buzuq ayollarda boshqalar bilan yurib ketish turmushdan keyin ham davom etadi. Buzuqlik bir marta bo'lsa adashish, davomiy bo'lsa shaxs fe'l-atvorini bildiradi. Ba'zi qizlar birinchi sevgisi o'xshamaganidan keyin to'xtaydi, ba'zilar esa ketma-ket ikkinchi, uchinchi, beshinchisi bilan gaplashib yuraveradi hayotimizda ham. Umuman olganda, Alimardon do'stining qiziga ko'z olaytirgan. Bitta qizga ikki bola harakat qilsa, startni teng nuqtadan boshlasa, buyog'i ot minganniki lekin boshqasi bilan munosabati bor qizga yopishmaslik kerak. O'tlab ketdim. Kitobdan olgan xulosamdan yana bittasi: erkak kishiga omad beriladi va shuni ushlab qolish shaxsiyatning o'ziga bog'liq. Shuningdek, erkak kishini xarob qiladigan ham, yuksaltiradigan ham ayol kishi bo'larkan. Keyingi xulosa: hayotda Anvardek sof va samimiy tuyg'ularga ishonuvchan bo'lib qolmaslik, kerak paytda gazni bosishni bilish kerak. Chunki yaxshilarga yashash qiyin, hayot ularni zo'rlayveradi doim. Oxirgi xulosa: hayotda Alimardondek ham bo'lmaslik kerak. Aysh-ishratni, kayf-u safoning chegarasini bilish kerak. Ichkilik va ayollar doim erkaklarni keyin esa imperiyalarni xarob qilgan. Fikrlarim ko'p lekin post ham ko'payib ketdi:) @legal_mind
إظهار الكل...
💯 2
Repost from LEGAL MIND
Inbazar keysi Tizimdagi bitta xodimning xatosi uchun butun biznes javobgar bo'lishi adolatsizlik lekin biznes egasining zo'ravonligi uchun butun tizim javobgar bo'lmasligi ham adolatsizlik. Katta brend asoschisining o'zidan vorzakonni yasab xodimlarini samosud qilgan videolari tarqalganini ko'rdingiz. Birinchi video, ikkinchi video, uchinchi video. Xodim va ish beruvchi munosabatlarini tartibga soluvchi yagona narsa — bu mehnat qonunchiligi. Mehnat huquqida xodimning ham, rahbarning ham huquq va majburiyatlari aniq va tiniq qilib belgilangan. Qonunlardan tashqariga chiqishning har qanday shakli qattiq jazolanishi kerak. Inbazar keysi boshqa bizneslar uchun ham ibrati olam vazifasini bajarishi kerak. Men aniq bilaman: fastfoodda, kiyim, oziq-ovqat do'koni, har xil mayda ishlab chiqarishlarda ishlaydigan o'smirlarga nisbatan doimiy abyuzerlik qilib kelinadi. Faqat Inbazarda emas bu narsalar. Agar «menga nima» deb qo'l siltab ketsak, ertaga bu samosud ma'daniyati o'z boshimizga, kamida tanishlarimizning ustiga tushadi. Chunki biz zo'ravonlikni oqlaydigan, mujiklik bilan o'lchaydigan jamiyatmiz. Xususiy sektorda ham, davlat sektorida ham rahbar xodimga ruhiy va jismoniy tazyiqlar o'tkazishi mumkin emasligini odamlarimiz o'rganishi kerak. Bu keysdan xalq o'zi uchun: inkor ma'daniyati (cancel culture) ta'sirini, samosud javobsiz qolmasligini, zo'ravonlikka toqatsizlikni o'rganib oladi. Buni shuncha ommaga leksiyalarda ham o'rgatib bo'lmaydi:) Bozor — bu xalq, biznes ham, davlat ham bozor bilan hisoblashishga majbur! @legal_mind
إظهار الكل...
👍 1🔥 1💯 1
Repost from LEGAL MIND
Inbazar atrofida tarqalayotgan videolarga keskinroq reaksiya bildirish kerak. Bular ishlayman deb kelgan talabalarga nisbatan o'zicha quldorlik jamiyatini qurgan ekan. Bitta video chiqdimi, demak, bunday viktimlar soni juda ko'p bo'lishi kerak. O'zini va qonunlarni hurmat qilgan odam qaytib Inbazarga kirmaydi. Bu do'kon mijozlarini yo'qotishi, xalq tomonidan cancel qilinishi — boshqalarga ham, Inbazarga ham katta dars bo'ladi. Kaltak yeb indamay turgan bollarni tushunaman. Kimdir kontraktini o'zi to'laydi, kimdir ro'zg'orga yordam beradi va ishlashga majbur. Aynan shu majburlik bu bollarni boshlig'i haqorat qilsayam, ketiga tepsayam lom-mim demay turishga majbur qiladi. Man biron marta Inbazardan kiyinmaganman. Ikki marta kirgan bo'lsam ham didimga mos narsa topa olmaganman. Endi ham mahsulot olmayman. Bu feodal quldorlar gazini olishi kerak. #inbazarout #inbazarcancel #inbazarboycott @legal_mind
إظهار الكل...
🔥 2🤬 1
Repost from LEGAL MIND
Agar men birinchi kursga qaytib qolganimda nimalar qilgan bo'lardim: 1. IELTSdan baland ball olib qo'yardim, keyingi kurslarda har xil grantlar yutish uchun; 2. Har xil adabiyotlar o'rniga, Sharl Monteskyening «Qonunlar ruhi», Karl Marksning «Kapital» kitoblarini o'qib chiqardim; 3. Pravam yo'q bo'lsa o'qib qo'yardim, o'g'il bola bo'lsam bir oylik armiyaga ham borib kelardim; 4. Baholarimni yaxshilab GPA ko'rsatkichimni maksimal baland ushlashga harakat qilardim; 5. Bir nechta volontyorlik loyihalarida qatnashib tanish-bilishlarimni ko'paytirardim; 6. Noutbukdan faqat kino ko'rish uchun emas, Excel, Word kabi dasturlarni mukammal o'zlashtirish uchun foydalanardim; 6. Monkeytypeda avval lotincha, keyin esa kirillitsada klaviaturaga qaramay harf teradigan darajaga chiqib olardim; 7. Uydagilar og'rinmay ta'minlab turgan vaqtda maksimal moliyaviy erkinlikka chiqib olish uchun ishga kirishga harakat qilardim; 8. Shaharni o'zim uchun kashf etardim, ko'p joylariga borib ko'rardim, aylanardim; 9. Video montaj qilish, chiroyli rasmga olishni mashq qilardim, kanal ochib fikrlarimni o'tkirlash uchun yozib borardim; 10. Shu yergacha erinmasdan o'qiganim va adminni support qilish uchun bu postni kursdoshlar guruhiga ulashib qo'yardim:) 🤘🏻 P/s: Monteskyening «Qonunlar ruhi» kitobi davlat va huquq nazariyasini o'qishdan ko'ra yaxshiroq! @legal_mind
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
Repost from LEGAL MIND
​​Sotqinlikni rag'batlantirmaslik haqida Qanday kino ko'rishni bilmayotgan bo'lsangiz — Ayol tarovati (Scent of woman) ni ko'ring. Nomidan romantik kinoga o'xshaydi biroq unday emas. Ijtimoiy tengsizlik, insonga aynan nima kerakligi haqida. Butun hayoti davomida shuhratparastlik bilan yashagan Amerika podpolkovnigi uchun qarashga Berg yuqori maktabi o'quvchisi, olisdan kelib o'zi ishlab o'qiydigan Charli enaga bo'lib yollanadi. Rektorga ommaning oldida qilingan qo'pol hazilni kimlar uyushtirganiga Charli guvoh bo'lib qoladi. Voqealar rivoji jiddiylashib ketadi. Rektor Charlini chaqirib kimlar bu ishni qilganini aytsa, Harvardga imtiyozli yo'llanma berishini aytadi. Kinoda mani e'tiborimni tortgan jihat ham aynan shu yerdan boshlanadi. Charlining oldida maktabdan haydalib noshudlarcha ota-onasining oldiga qaytish yoki sotqinlik qilib faxrli talabaga aylanish tanlovi qoladi. O'zimning hayotimda ham shunga o'xshash voqea bo'lgandi qaysidir yili. Sotqinlik qilmaganim uchun universitetda bir nechta «kattakon»ning oldida aybdordek turganman. Man kimlar nima qilganini, aynan kimni qidirishayotganini bilardim. Eng qizig'i o'sha «разборка»da talabalardan bittasi ham bor edi. U sotilgan va quloq edi. Qanday buyruq berilsa bajaradigan kuchuk va shu bilan birga tashqaridan qaraganda «faxrli» talaba edi. Maktab vaqtlarimizda ham sinfda bitta sotqin bo'lardi. Har qanday voqeani yetkazib turardi. Ko'plar hozirgacha uning kimligini bilmaydi. Lekin aynan o'sha sotqinlik uchun a'lo baholarga maktabni bitirganini ham bilaman. Tushunyapsizmi? Maktabda, universitetda, ishda, umuman, hayotimizda sotqinlar rag'batlantirib kelinadi. Sotqin odamda vijdon bo'lmaydi. Vijdonsizlik din, millat tanlamaydi. O'tlab ketdim. Umuman olganda kinoni ko'ringlar. Hayotda hech qachon yuqoriga quloqlik qiladigan vijdonsiz bo'lmanglar. Inson bir marta vijdonsizlik qilsa bo'ldi, keyin yana va yana  jirkanch ishlarni qilaveradi. Vijdon ham qizlikka o'xshaydi: bir marta foydalaniladi va tamom. Ha, aytgancha: Berg maktabi — bu katta-katta lavozimlar orzusidagi dabdabali kiyingan oliftalar maskani edi. P/s: Al Pachino ishtirokidagi shedevrni bu yerdan topishingiz mumkin:) @legal_mind
إظهار الكل...

Repost from LEGAL MIND
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Talabalik davridek hech qachon ozod va erkin bo'lmaysiz. Bu davrni qanday o'tkazish o'zingizga bog'liq. Kelajakni quradigan ham, yoshlik ne'matini his qiladigan ham sizsiz. Atrofdagi negativlarga tikka qo'yib qo'yish kerak. Biz radikal va depressiyadagi jamiyatligimiz uchun ham har qanday hodisa xeyt va umidsizlik bilan qabul qilinadi. O'zingiz topgan pulingizga hech kim aralashmaydigan va o'zingiz uchun sarf qila oladigan davr faqat talabalikda bo'ladi. Ofitsiant, kuryer, sotuvchi yoki o'zining sohasida ishlash, umuman farqi yo'q. Taksistlar, o'zidan biznesmenni yasagan savodsizlar, to'g'ri yozishni bilmaydigan aqllilar, umuman, katta hayot travmalari bilan sug'orilgan o'zingizdan kattalarning stressli gaplariga quloq solmaslik kerak. Keksayganidagina hayotning mangu haqiqatini anglab yetgan Faustning misralarini siz hozir o'qishingiz mumkin: Uzoq hayot yo‘lin o‘tdim-u bosib, Olam haqiqatin ayladim yakun: Faqat shu munosib hayot va erkka, Kim har kun ular-chun kurashga kirsa! @legal_mind
إظهار الكل...
1.96 MB
👍 1🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Shuncha yillik tajribamdan kelib chiqib birinchi kurslarga yengil layfhak: — Universitetga deb sumka olma, kattaroq barsetka ol: ichiga zaryadka, telefon, hujjatlar, salfetka sig'ib ketadigan bo'lsin; — Darslar uchun maktabdagidek qalin 90 varoqlik daftarlar olma, daftar umuman olma, bitta toza, qimmat bloknot ol, 4 yilga yetadi; — Galstukka qiziqsang har xil turdagi 4-5 ta galstuk ol, galstukka kamarni, kamarga tuflini, tufliga soatni rangini mosla puling yetsa; — Endi doimgidek G'ishmat akaga borma, sartaroshingni o'zgartir, bir kun oldin bron qilib qo'yiladigan barbershoplarga bor; — Endi bratishka bitta yaxshiroq atir ol, univerda o'tkir xid sezuvchi jonzot ya'ni qizlar bo'lishini unutma, puldan qochma; — Agar tanlov qilsang oppoq ko'ylak olma, yuridikda havorang, och ko'k rang, chiziqli, yoqasi va yenglari ajralgan ko'ylak trendda yuradi doim; — Tim qora kostyum shim olma, boshqacharoq ranglisidan tanlov qil, bitta yaxshi pidjak ham ol imkon bo'lsa; — Eng oxirgisi juda kitob olging kelsa konstitutsiyaviy huquq bilan davlat va huquq nazariyasi ( Saydullayev) ni xarid qil, yetadi. Boshqa masalalarni sekin-sekin muhokama qilaveramiz, hozircha baxtli bo'l bro! @legal_mind
إظهار الكل...
Repost from LEGAL MIND
TDYU, Diplomatiya, TashMI va hokazo kirish qiyinroq bo'lgan universitetlarga ball to'play olmaganlarga super kontrakt qilishni maslahat bermayman. Siz uchun layfhak: 1. Tegishli yo'nalishdagi perevod ballni toping; 2. O'sha ballni keyingi yil to'plashga kuchingiz yetishini baholang; 3. Huddi shu yo'nalishda qirg'izga o'qishga kiring va biroz xarajat qiling; 4. Keyingi yil shunaqa paytlarda perevod imtixonidan o'ting. Va o'qishingizni tengdoshlaringiz qatori ikkinchi kursdan davom ettiring. Orzularingiz amalga oshadi, odamlar gapirolmay qoladi va hamma uzoq va baxtli hayot kechiradi. @legal_mind
إظهار الكل...
Repost from LEGAL MIND
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Ustozimiz Muhammadamin akada sudyalik yoki advokatlik tanlovi turibdi ekan. Sudyalikni tanlasalar lavozim, mavqe... Buyog'ini o'zingiz bilasiz. Lekin advokatlik yo'lidan ketsalar ham eng mijozi ko'p, sohasi bo'yicha O'zbekistondagi top uchtalikdan biri bo'ladilar. Bizga mehnat huquqidan dars berganlar. Darsni sindirib qo'yardilar. Ustozdan doim videodagidek she'rlar eshitardik. Biz bilan do'stlardek muomalada bo'lganlar. Blogging bo'yicha ham maslahatlar olgandim. Ustoz talabalar uchun kerak. Sudyalikdan ko'ra, universitetda dars berib advokatlik qilsalar zo'r bo'lardi, menimcha. P/s: videoni men olmaganman @legal_mind
إظهار الكل...
1.20 MB
Repost from LEGAL MIND
Zamonaviy rahbarga OAV bilan ishlash qanchalik obro' keltirishini Diyor Imomxo'jayev misolida ko'rishimiz mumkin. PFL rahbarining ildizi jurnalistikaga taqalishini bilasiz. U qanday ishlayotgani, futbol tizimida qancha islohotlar qilayotganidan qat'iy nazar jurnalistlarning va xalqning so'rovlaridan biron marta qochmadi. Kerak bo'lsa muammoli vaziyatga blogerlardan yaxshiroq yondashdi. Oldingi noneym rahbarlar bilan Diyor Imomxo'jayevning faoliyatini taqqoslab aytishim mumkin: o'zbek chempionatiga bo'ladigan og'ir tamg'alar deyarli qolmadi. OAVning og'zini butunlay o'chirib qo'ya oldi. Vazirlar, hokimlar va hokazo tizim rahbarlari ham shuni o'rganishi kerak. Andijon hokimiga o'xshab «qo'llaringdan hech narsa kelmaydi» deyish aslida ijro hokimiyati uchun millat miqyosida sharmandali holat. Jurnalistlar, blogerlar va OAVni dushman sifatida ko'radiganlarning davri davno o'tgan. Kelajakda vazir bo'lib ketsangiz podkastlarda qatnashing, intervyular bering, shaxsiy blog yuriting. @legal_mind
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.