cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda. Murojaat: @nodavlatbot Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot 03.09.2022

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
147 207
المشتركون
-1 97524 ساعات
+6 8617 أيام
-20 71530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

02:35
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Bankomatni buzib, ichidagi pullarni oʻgʻirlayotganda qoʻlga olingan talabalarga sud hukmi oʻqildi! Ikki nafar Universitet talabasi va bir nafar voyaga yetmagan shaxslar bir guruh boʻlib bankomatlarni buzib, ichidagi 177 mln soʻm pul mablagʻlarini oʻgʻirlayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Sud majlisida ikki nafar talabaga 4 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. 😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
Bankomat oʻgʻirlagan yoshlar (Sirdaryo).mp48.29 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Yana qoldirildi. Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sud majlisi 27-sentyabrga qoldirildi. Avvaloq, 9-sentyabrga belgilangan sud 18-sentabrga qoldirilganini xabar bergan edik. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
⚡️Litsenziya avtomatik chiqib ketsa nima bo'ladi? O'zbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi Qonunining 28-moddasiga asosan vakolatli organ tomonidan ariza belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilmagan taqdirda tizim tomonidan ijobiy xulosa avtomatik ravishda shakllanadi va talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig'imni toʻlaganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug'ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻlishi belgilangan. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Litsenziya texnik xatolik tufayli ham chiqib ketadimi? - Albatta, bu birinchisi emas! 2023-yil fevral oyida 3 ta xususiy oliygohga litsenziya avtomatik (texnik xatolik bilan) chiqib ketgan edi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi arizalarni vaqtida ko'rib chiqmaganidan so'ng tizimda avtomatik ijobiy xulosa shakllangan. Litsenziya avtomatik chiqadimi, tabiiy chiqadimi, uni bekor qilish uchun sudga murojaat qilinishi shart. Avtomatik chiqib ketgan 3 ta oliygoh litsenziyasi sud orqali ancha avval bekor qilingan. Bektosh Xotamov savol beryapti - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida shunaqangi litsenziyani texnik xatolik bilan berib yubora oladigan odamlar ishlaydimi? Afsuski ishlaydi, ishlaganda ham bu xatoni muntazam qilib keladi! 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
❗️Rasmiy munosabat @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari telegram kanalida “Abu Rayhon Beruniy universiteti posti nega oʻchirildi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabarga munosabat. “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 21-avgustda berilgan L-44091377-sonli litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda Universitetga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hech qanday ogohlantirish xati kelib tushmagan hamda abituriyentlarni qabul qilmaslikka chaqirilmagan. Qolaversa, kanal ma’muri tomonidan e’lon qilingan ushbu xabar biron-bir dalil bilan asoslantirilmagan bo’lib “bizga ma’lum qilishlaricha” deb yozilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kanal ma’murini tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz hamda o’z telegram kanalida xabar yuzasidan raddiya berishni talab qilamiz. P/S. Xolislik yuzasidan ikkinchi taraf munosabati berildi, mavzuga birozdan so'ng qaytamiz. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Sud xususiy universitet litsenziyasini bekor qilish haqidagi da’voni ikkinchi marta rad etdi Bizga bildirishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti litsenziyasini bekor qilish bo'yicha kiritgan da'vo arizasi ikkinchi bor rad etilgan. Birinchi instansiya Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ko'rib chiqilib vazirlik da'vosi rad etilgan edi. Sud qaroridan norozi vazirlik apellatsiya shikoyati kiritgan. Apellatsiya Toshkent viloyati sudida ko'rib chiqilib, qaror o'zgartirishsiz qoldirilgan va vazirlik ko'rsatgan vajlar asossiz deb topilgan. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yana bir oliygohga litsenziya berildi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 16.09.2024 sanasida "Amerika texnologiyalar universiteti" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi. Avvalroq “Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-261-son, 17.07.2024 y.) qabul qilingan edi. 😀😃😁😆🥹😅😂🤣 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
⚡️Abu Rayhon Beruniy posti nega oʻchirildi? Xabaringiz bor, bir necha kun avval "Abu Rayhon Beruniy" MCHJga litsenziya berilgani, litsenziyada yurisprudensiya yoʻnalishi ham borligi haqida post qoldirgan edik, post tezda oʻchirildi. Bizga maʼlum qilishlaricha, litsenziya masʼul departament ijobiy xulosasi orqali emas, texnik xatolik tufayli shakllangan. Vazirlik MCHJ taʼsischilarini ogohlantirib, abituriyentlarni qabul qilmaslikka chaqirgan. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda vazirlik sudga taqdimnoma kiritish jarayonida. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
Uyg‘ondingizmi? Sizni ham Nordikda kutyapmiz! Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ⬇️ ➡️ https://qabul.nordicuniversity.org/uzBakalavriatMagistraturaPhDO‘qishni ko‘chirish +998555084400/@nordic_chat_bot Nordik rasmiy kanali
إظهار الكل...
9.66 MB
⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: ➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin; ➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin; ➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi; ➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim. ✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi. 😀😃😁😆🥹😅😂🤣 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.