cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TATU NURAFSHON FILIALI | RASMIY

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining rasmiy telegram kanali

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
767
المشتركون
-124 ساعات
-97 أيام
-1830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#TATU_Nurafshon #Besh_muhim_tashabbus #Talabalar_ligasi 🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida  “Besh muhim tashabbus” doirasida guruhlar o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqa o‘tkazildi! ⚽️ Ushbu tadbirlarlar o'tkazilishidan asosiy maqsad talaba-yoshlarni sportga qiziqtirish, yoshlarni  jismonan  kamol topishga ko'maklashish. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
🔥 4👏 4😁 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Nurafshon #5tashabbus 🤩 Talabalarimiz boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 20-sentabr kuni filialimiz "Sport majmuasi" da futbol sport musobaqasining saralash bosqichidan o'tgan 3-4-kurs talabalari uchun soat 16:30 da "Futbol" musobaqasi tashkil etiladi. ⚽️ Barcha talabalarimizni ushbu musobaqada faollik ko'rsatishga chorlab qolamiz! 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
👍 2 1
#tanlov 4️⃣4️⃣4️⃣ 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Fanlar akademiyasining (2/5)-sonli 2024-yil 25-iyuldagi qo‘shma qarorining 5-ilovasiga muvofiq “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilandi. 🤩 Shu munosabat bilan, TATU Nurafshon filialida birinchi bosqich ya’ni arizalar qabul qilish va saralash bosqichini joriy yilning 3-oktyabr kuniga qadar o‘tkazish belgilangan. Ko‘rik tanlovga qatnashuvchilardan yuqoridagi fayl orqali nizom va talablar bilan tanishish va talabga javob beradigan talabalar Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishi kerak. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
27-q-q.-Markaz.pdf2.21 MB
🔥 1
#TATU_Nurafshon #Davra_suhbati 🎓 Talabalar xavfsizligi oyligi 🤩 Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Talabalar xavfsizligi oyligi" doirasida talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Nurafshon shahar IIB JXX YXXB boshlig‘i mayor Umarov Inomjon Pirmamatovich ishtirok etdi. 💬 Uchrashuv davomida yo‘l transport hodisalarini oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash, haydovchilik madaniyati, haydovchilik huquqlariga qat’iy amal qilishlari to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
👍 5👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov 📣 Talabalar o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi o‘tkaziladi! 🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tanlov e’lon qilinmoqda. 🗓 Tanlovning saralash bosqichiga 2024 yil 23 sentyabr kuni start beriladi va internet tarmog‘idagi www.tanlov.kasaba.uz (http://www.tanlov.kasaba.uz/) sayti orqali 31 sentyabriga qadar davom etadi. 🧑‍💻 Saralash bosqichi test shaklda bo‘lib, ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim. 💬 Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berishi kifoya. 🎙 Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi. 🏆 Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar: 🥇 1-o‘rin: 1-yillik to‘lov-kontrakt pulini to‘lash; 🥈 2-o‘rin: yarim yillik to‘lov-kontrakt pulini to‘lash; 🥉 3-o‘rin: noutbuk bilan taqdirlanadi. 🔔 Tanlovda qatnashing va bilimlaringizni yanada mustahkamlang! 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
#TATU_Nurafshon Mehnat huquqi yoshlar nigohida 🤩 Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi to‘g‘risida tushunchalar, imtiyozlar, imkoniyatlari hamda "Mehnat huquqi yoshlar nigohida" tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risida talaba- yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🙌 Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh. Axunjonova, bo‘lim boshlig‘i K.Pardaboyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini J.G‘azatov, talabalar ishtirok etdilar. 💬 Davra suhbati foydali va sermazmun bo‘lib, talaba- yoshlar qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
👍 7🤯 3 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 E'LON! 🤩 2024-yil 03-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali tomonidan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida xalqimizning sevimli shoir va yozuvchilari bilan uchrashuv o'tkaziladi. 👫 Loyiha mehmonlari - Rahimboy Jumaniyozov, Shahriyor Shavkat, Nozima Habibullayeva. Sevimli ijodkorlarimiz bilan uchrashuv Nurafshon shahridagi 1, 4, 10, 13, 48 va 57-sonli umumta'lim maktablarida bo'lib o'tadi. 🔔 Barchangizni kutib qolamiz! 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
👏 2 1
Repost from Sherzod Shermatov
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yaxshi xabar: O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog'ona ko'tarilganini inobatga olsa 2 ta reytingda umumiy 24 pog'onaga ko'tarildi. 🌐 BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi "UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e'lon qilindi. 📈Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi. ✅ O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. 🇺🇿 Ushbu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi. 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
إظهار الكل...
👏 2
Repost from Digital.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️⭕️ ⭕️#ICTWEEK24 📱“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi ochilish marosimini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin! ➡️Bugun, 17-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab AKT haftaligi ochilish marosimiga start beriladi. Tadbir CAEx majmuasida boshlanadi. ⭕️Tadbirda vazirlik va xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etib, turli mavzularda chiqishlar qilishadi. Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin. 🌐 Facebook ▶️ YouTube 🌐 Facebook 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
إظهار الكل...
#TATU_Nurafshon Bir bo‘lsak yagona xalqmiz-birlashsak vatanmiz! 🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz- birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbir hamda “UCH AVLOD UCHRASHUVI” bo‘lib o‘tdi. 📣 Tadbirni filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Boboyorov ochib berib, barchani yangi o‘quv yili hamda Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan tabriklab, mana shu yillar davomida erishilgan yutuqlar, islohotlar samarasi hamda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 📌 Shuningdek, uch avlod uchrashuvida “Nuroniy” jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi raisi “Do‘stlik” ordeni sohibi, deputat J.Axmedqulov ishtirok etib, o‘z so‘zida jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, o‘zining bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘lidan talaba-yoshlarga so‘zlab berib, “Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” ekanligini alohida ta’kidladi va kelajakda yurt ravnaqi, xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shadigan farzandlar bo‘lib ulg‘ayishiga tilaklar bildirdi. ▶️ Tadbir 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchilarining Vatanni madh etuvchi she’r, kuy-qo‘shiq, raqslari, shuningdek, filial talaba-yoshlarining bayram tabriklariga ulanib ketdi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
👏 5🔥 1😁 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.