cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IMA Hazorasp

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
428
المشتركون
-224 ساعات
-117 أيام
-1830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Zakovat: Xorazm
Photo unavailableShow in Telegram
📣 21-sentabr kuni soat 9:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi! 3️⃣0️⃣ Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi. 🤵‍♂️ Ushbu turnirda viloyatimizdagi quyidagi jamoalar ishtirok etishadi: 1. Xiva shahridagi Prezident maktabi; 2. Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi; 3. Urganch shahar 1-son IMI; 4. Bog'ot tumani IM; 5. Hazorazp tumani IM; 6. Qo'shko'pir tumani IM; 7. Xonqa tumani IM; 8. Yangibozor tumani IMI; 9. Yangiariq tumani IM; 10. Xiva shahar 2-son IM; 11. Tuproqqal'a tumani IM; 12. Shovot tumani IMI; 13. Xiva shahar 1-son IMI. 👥 Turnirda jamoalar 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi. 📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi. 🕞 Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 21-sentabr, shanba kuni soat 09:00da boshlanadi. 🔝3️⃣ Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi. 📕 Turnir nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin! ❗️Eslatib o'tamiz, jamoalar kechikmasdan, ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi so'raladi. 🗓 Sana: 21-sentyabr (shanba) ⏰ Vaqt: 09:00 (08:30 da jamoalarni ro'yxatga olish boshlanadi) 📍Manzil: Urganch shahridagi 1-son IMI. 🗺 Mo'ljal: Urganch shahar bozori, To'maris-Nur gipermarketi. ⚓️Lokatsiya👈 🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Omad_tilaymiz #Hazorasp_IM 🛫 O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 3-Xalqaro ochiq astronomiya (OWAO-2024) olimpiadasida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga jo'nab ketdi. Xalqaro olimpiada 15-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Terma jamoa tarkibi: ⚡️Xashayev Ildar Muslimovich - Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani 71-sonli maktab o‘quvchisi; ⚡️Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar ITMA o‘quvchisi; ⚡️Rajabov Dilshodbek Xasan o‘g‘li - Xorazm viloyati, Hazorasp tumani ITMA IMI o‘quvchisi; ⚡️Mamaniyozov Abdulloh Abdurahim o‘g‘li - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, ITMA M.Ulug‘bek nomidagi TIM o‘quvchisi; ⚡️Abdumalikov Muxammad Murodovich - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, ITMA M.Ulug‘bek nomidagi TIM o‘quvchisi; ⚡️Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘li - Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani 1-sonli IMI o‘quvchisi. HAZORASP tumani IM o'quvchisi DILSHODBEK RAJABOVga omad tilab qolamiz! 🌐 Telegram | Facebook
إظهار الكل...
#Hazorasp_IM #Vatanparvarlik_tadbiri 🇺🇿 Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o'quvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyati Qo'riqlash boshqarmasining Hazorasp tuman qo'riqlash bo'limida o'tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida qatnashdilar. ✅️ Tadbir doirasida o'quvchilar "Kamondan o'q otish", qurol aslahalarni va harbiy texnikalar ko'rgazmasi hamda tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining faoliati va maxsus vositalari, shuningdek harbiy xizmatchilarning jangovar va kasbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari va boshqa yo'nalishlari bo'yicha o'quv nuqtalari tashkil etilib, o'quvchi yoshlarga mazkur yo'nalishlar bo'yicha tushunchalar berildi. 📌 Shuningdek o'quvchilar stol tennis, rassomchilik hamda sportning shaxmat-shashka turlari bo'yicha ham qiziqarli bellashuvlarda ishtirok etishdi. 🛎Bizni kuzatishda davom eting.         https://t.me/HazoraspIMA
إظهار الكل...
#Xon_atlas_festivali #Hazorasp_tuman_IM 🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi  Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 12-sentabr kuni "Xon atlas" festevaliga bag‘ishlab milliy  liboslar ko'rgazmasi  o‘tkazildi.Tadbirda milliy kuy-qo‘shiqlar va ananalar yoritilib,tamoshabinlarda katta ta‘surotlar qoldirdi. 🛎Bizni kuzatishda davom eting.         https://t.me/HazoraspIMA
إظهار الكل...
Repost from Sardor Bazarbaev
00:23
Video unavailableShow in Telegram
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 8-turi 14-sentabr kuni Gurlan tumanida o‘tkaziladi.
✅ Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi: ➕ Matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinf o‘quvchilari uchun) 🧲 Fizika fanidan (7-8 sinf o‘quvchilari uchun). 📢 Olimpiadada 12-sentabr kuni 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilargina qatnasha oladi. ✍️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH: ➡️ HAVOLA
❗️Unutmang: Sinflar yangi o‘quv yiliga nisbatan belgilangan. Masalan, siz 6-sinfni tugatgan bo‘lsangiz 7-sinf hisoblanasiz!
🏫 Olimpiada Gurlan tumanidagi 5-maktab binosida bo‘lib o‘tadi. ⏰Olimpiada soat 9:00 da boshlanadi, kech qolganlar va ro‘yxatdan o‘tmaganlar qat'iy ravishda kiritilmaydi!
Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish ➡️ @bazarbaevs
إظهار الكل...
IMG_3017.MOV17.55 MB
Show comments
00:59
Video unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati #Kun_savoli #Izohli_lugat 🌐 Telegram | Facebook
إظهار الكل...
10.07 MB
#Hazorasp_IM #Bilimlar_kuni “BILIMLAR KUNI” TADBIRI 🏛 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📌 Tadbirda Xorazm viloyati hokim o'rinbosari Qutlimurotova Nigora Masharipovna va Hazorasp tumani hokimi Abdirimov Zafarbek Atanazarovichlar qatnashib, tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda  bugungi  “Bilimlar kuni” bilan barcha bayram qatnashchilarini samimiy tabriklab, o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga omad va zafarlar tiladilar. 🎓 Tadbirda so‘zga chiqqan mehmonlar o‘quvchi yoshlarni bilim cho‘qqilarini zabt etishda katta muvaffaqiyatlar tiladi. 🌐Bizni kuzatib boring:             https://t.me/HazoraspIMA
إظهار الكل...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustozlar, Qadrli o‘quvchilar! Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman. Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi. Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir. Aziz o‘quvchilar! Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
إظهار الكل...
15:32
Video unavailableShow in Telegram
#Bugun 🇺🇿 ​​ 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni 🎞 Islom Karimovning bolalik va o'smirlik yillari haqida film.
Eslatib o'tamiz, Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016 yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan. Islom Karimov 86 yoshni qarshi olgan bo'lar edi...
🌐 Telegram | Facebook
إظهار الكل...
35.62 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz #Birlashsak_Vatanmiz 🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! 🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchani Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.