cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SBUMIPTK | Rasmiy kanal

🏢Совместный Белорусско-Узбекский межотраслевой институт прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте 🌐 Официальный сайт - https://sbumiptk.uz 📞Телефон: +998555111320 | +998555111321 📍Адрес: Ташкентская область, Кибрайский район, Кормурт-1

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 166
المشتركون
+324 ساعات
+177 أيام
+28930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#DIQQAT #QABUL 2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilikka hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllari tayanch doktorantura, doktoranturaga Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda. 📥Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.   👉@ilmiy_darajali_kadrlar 📝Savollar: @doktorantura_admin
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti boshlang‘ich tashkiloti qoshida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur guruhga mas’ul etib institut tyutori M.Mamtrimov tayinlangan. Yangi o’quv yilida guruhning tarkibi yangilanib, guruh a’zolariga asosiy vazifalari haqida to’liq tushuncha va ko’rsatmalar beriladi. “Qalqon” guruhining asosiy vazifalaridan biri institut hududida ichki tartib-intizomni saqlashga koʻmaklashishdan iboratdir. Shu maqsadda, kuni kecha institutning "Qalqon" guruhining yangi saylangan a’zolari bilan yangi 2024/2025-o'quv yilida amalga ishirilishi lozim bo’lgan ishlar rejasi, vazifalar kelishib olindi. Shuningdek, institut tyutori M.Mamtrimov tomonidan Qalqon guruhi a’zolariga ish rejasi hamda vazifalaridan tashqari bir qator majburiyatlari haqida ham qisqacha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga Qalqon guruhi a’zolariga institut hududi bo‘ylab tanishtiruv ishlari ham olib borildi.
إظهار الكل...
🏆 7👍 1
MA’RIFAT ULASHIB LOYIHASI DAVOM ETMOQDA, Joriy yilning 18-sentabr kuni "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida institutimizga biriktirilgan 29, 30, va 32-son maktab o‘quvchilari o‘rtasida Karimova Dilorom Abdumalikovna, Hamroyeva Hulkar Hamidullayevna va Qoshshayeva Iqbol Abdurazzoqovnalarga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlovda o‘quvchilar ushbu adiblarning hayoti va ijodini o‘rganib, ular yozgan asarlar asosida ijodiy insholar yozishdi.
إظهار الكل...
👍 2
MA’RIFAT ULASHIB LOYIHASI DAVOM ETMOQDA. Joriy yilning 17-sentyabr kuni institutimizga biriktirilgan Qibray tumanida joylashgan 29,30,32,-sonli maktablarga institutimiz Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifati bo‘limi mas’ul xodimlari, tyutorlar loyiha dasturi doirasidagi bir qancha ishlarni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdi. Jumladan, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga adiblar hayoti va ijodi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi, maktablarning umumiy holati, kutubxonalari, faollar va sport zallari o‘rganildi va kamchiliklarga tavsiyalar bilan birga  amaliy yordam ham berildi.
إظهار الكل...
👍 8👏 2
MA’RIFAT ULASHIB LOHASI DAVOM ETMOQDA. Joriy yilning 17-sentyabr kuni institutimizga biriktirilgan Qibray tumanida joylashgan 30,32,29-son maktablarga institutimiz Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifati bo‘limi mas’ul xodimlari, tyutorlar loyiha dasturi doirasidagi bir qancha ishlarni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdi. Jumladan, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga adiblar hayoti-ijodi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi, maktablarning kutubxonalari, faollar va sport zallari hamda umumiy holati o‘rganildi va kamchiliklarga tavsiyalar bilan birga  amaliy yordam ham berildi.
إظهار الكل...
03:44
Video unavailableShow in Telegram
#Ijtimoiy_rolik
Xalqparvar Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to‘xtab, mulohaza qilishimiz uchun...
Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun “davlat xizmati” shunchaki tushuncha! Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo‘l ekanligini yaxshi anglashadi. Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon! Ba’zan, go‘yoki hammasi avval ham bo‘lgan yoki bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilarining ko‘rinmasdek tuyulgan mehnati mujassam bo‘ladi. Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yanada rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo‘lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz! 📱YouTube'da ko‘rish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
ХАЛҚПАРВАР.mp449.80 MB
👍 1
Belarus- Oʻzbekiston qòshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalaifikatsiyalar instituti chet tili òqituvchilari Rayxon Ollaberganova va Shirin Dusumbetovalar 10-11 sentyabr kunlari Namangan davlat Universiteti qoshida ochilgan chet tillarini oʻqitish markaziga borib tajriba almashib qaytishdi. Namangan Davlat Universiteti qoshidagi namunaviy tarzda ochilgan “Linguo academy” til markazi 3 oy oldin tashkil qilingan boʻlib, qisqa muddat ichida katta natijalarga va moliyaviy katta yutuqlarga erishgan. Bu til markazi respublikada eng katta koʻp qirrali markazlardan biri boʻlib, xalqaro sertifikatlarga oʻqitish, yozgi lagerlar tashkil qilish, tarjima xizmatlari, va boshqa koʻplab vazifalarni qamrab olgan. Kelajakda bizning institutimizda xam shunday til markazi ochish boʻyicha rejalar tuzildi. Bu til markazi bilan kelajakda xamkorlikda ish olib borish va shartnomalar tuzish boʻyicha kelishib ham kelishuvga erishildi.
إظهار الكل...
👍 16 2
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Ijrochi direktor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi... 👉To'liq yangilikni o'qish
إظهار الكل...
👍 4🔥 3
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti talabalari institut tyutori Shermetov Doniyor bilan birgalikda 2024-yil 13-sentabr kuni talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida talabalar kitoblar bilan tanishish, ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish va kutubxonaning keng shart-sharoitlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu tashrif ularning bilimlarini oshirish va o‘z maqsadlariga erishishda katta qadam bo‘ldi. SBUMIPTK.uz | Instagram | Telegram | Facebook
إظهار الكل...
3🔥 2
2024 yil 13-sentabr kuni Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida odam savdosi va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi, jamiyatda bu muammolarning xavfi va oqibatlari haqida tushuncha berish, yoshlar va talabalar orasida profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iborat. Tadbirda bu sohada tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti bo‘lim boshlig‘i Shaxakimov Otabek Djalalovich hamda Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti katta inspektori Kattaxonov Sharafxon Aktam o‘g‘li ishtirok etishdi. Odam savdosi va giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar, ularning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. SBUMIPTK.uz | Instagram | Telegram | Facebook
إظهار الكل...
👍 6🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.