cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 630
المشتركون
+124 ساعات
-147 أيام
+6830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

❗️UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN DAVLAT TOMONIDAN QANCHA SUBSIDIYA BERILADI ? 📄 Prezidentning 30.04.2024 yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan, ➖dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning oldingi tartibiga quyida o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan: ✅ subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi; ✅ 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi; ✅ birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
Kimlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin?     Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 27 iyundagi 190-sonli buyrug‘iga aosan  Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi:      ➖kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;      ➖maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;      ➖boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan;      ➖o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;      ➖boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.      ❌ Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.      Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.     Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
Subsidiya yana ochilmoqda. 23 sentyabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi 23 sentyabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi. Subsidiyaga ariza berish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

#Amal_qiling 🔰 Bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish quyidagi hollarda sodir etilsa 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. ➖ badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazib; ➖ bir guruh shaxslar tomonidan; ➖ sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab; ➖ ko'p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 5
❗️AGAR SHAXS NOQONUNIY RAVISHDA MA’MURIY JAVOBGARLIKKA TORTILGAN BO‘LSA UNGA YETKAZILGAN ZARAR DAVLAT TOMONIDAN QOPLANADI 📄 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 302-moddasiga asosan, ➖ Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan organning (mansabdor shaxsning) aybidan qat’i nazar davlat tomonidan to‘liq hajmda to‘lanadi. ❗️Zararni qoplash huquqi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilgan taqdirdagina vujudga keladi. ✔️ Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) fuqaroga buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi shart. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
Ta'lim krediti Axborot tizimi

Тo‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada rag‘batlantirish va yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

👏 2
Ta’labaga dekret puli beriladimi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 344-son qaroriga 1-ILOVA “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida” nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin: 👉 harbiy xizmatni o‘tash uchun; 👉 salomatligini tiklash uchun; 👉 homiladorlik va tug‘ish uchun; 👉 bolalarni parvarish qilish uchun; 👉 oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun. ❗️Sizga doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi asosida OTM tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (Mehnat kodeksi 233-234-moddalari) akademik ta’til berilishi mumkin. Homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’tilda bo‘lgan talabalar kamida keyingi o‘quv yilining talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga o‘qishga qaytishi mumkin Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, agar talaba mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan bo‘lsa, ish joyidan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Agar talaba hech qayerda ishlamay, faqat o‘qiyotgan bo‘lsa unga dekret puli to‘lanmaydi.
إظهار الكل...
❗️ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINING MIQDORLARI 📃 Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan, ➖ ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori hodimni ishlab kelayotgan joyidagi ish stajiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi miqdorlardan: ✅ 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan; ✅ 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan; ✅ 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan; ✅ 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan; ✅ 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...

#Bilasizmi ⚡️Milliy haydovchilik guvohnomasini Davlat xizmatlari markazlarida hamda masofadan turib onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud ✅Xabaringiz bor, tegishli imtihonlardan o'tib haydovchilik guvohnomasini olish uchun bevosita vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga murojaat qilish lozim edi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga asosan, hozirda faqat IIBB YHXB boʻlimlari orqali emas, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza berish yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish orqali ham yangi namunadagi guvohnoma olish imkoniyati yaratilgan. 💻Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar tomonidan haydovchilik guvohnomasiga uydan turib, YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza berilganda Pochta orqali yetkazib berishi xizmatini  ham tanlash mumkin ! 💸Bunda BHMning 70 foizi miqdorida yig'im hamda pochta xizmati uchun (yetkazib berish tanlanganda) toʻlov amalga oshiriladi. 🚗Pochta xizmati tomonidan tanlangan manzil bo'yicha guvohnoma yetkaziladi va xodim tomonidan ariza beruvchidan tegishli hujjatlar olib qolinadi. Yetkazib berish imkoniyatidan foydalanilmagan taqdirda ariza yuborilgan Davlat xizmatlari markaziga bevosita kelib guvohnomani olish mumkin. Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari quyidagilar. Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
#yodda_tuting Pensiya to'g'risida 5 ta kerakli va muhim ma'lumot: 1️⃣ O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar. 2️⃣ Yоshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar. 3️⃣ Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi. 4️⃣ Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarga ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. 5️⃣ Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha) ish haqi olinadi. https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.