cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

O‘zMMSI | ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ZAMINIDIR!

Ushbu kanalda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI professor-o'qituvchilari va talabalarining ilmiy tadqiqot faoliyati hamda mamlakatimiz ilm-fanida ro'y berayotgan yangiliklar yoritib boriladi. Murojaat uchun: @AsatillaSunnatillayev

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
201
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#OAK_Byulleteni 📰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2024-yil 2-soni e’tiboringizga havola etilmoqda 📖Unda OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va professor ilmiy unvoniga tasdiqlanganlar, shuningdek, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya mavzularining ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. 👉 PDF shaklida yuklab olish ___ Представляем вашему вниманию 2-й выпуск Бюллетеня Высшей аттестационной комиссии при Министерстве высшего образования, науки и инноваций за 2024 год. В нем вы можете ознакомиться с соответствующими решениями Президиума ВАК, списком утвержденных к ученой степени докторов наук (DSc), докторов философии (PhD) и ученому званию профессоров, а также темами диссертаций научных сотрудников, проводящих научные исследования, докторантов и независимых исследователей.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Diqqat e'lon! ⚡️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun tanlov e’lon qiladi Talabgorlar https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali onlayn tarzda rо‘yxatdan о‘tadi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: — ariza; — qisqacha biografik ma’lumotnoma; — mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; — oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovasi bilan; — nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; — О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; — Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi (B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat) sertifikat nusxasi talab etiladi. 📍 Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh kо‘chasi, 31-uy; 📞 Tel.: (71) 237-35-75; (99) 878-27-29. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Konferensiya axborot xati.pdf5.93 KB
Photo unavailableShow in Telegram
🌐Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga barchangizni taklif etamiz! Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya Abdunazar Poyonovning 70-yillik yubileyi doirasida “Abdunazar Poyonovning baxshichilik san’atida tutgan o‘rni” mavzusida bo'lib o'tadi. Konferensiyada Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xodimlari, Oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktorant va tayanch doktarantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishlari belgilangan. 📆Konferensiya 2024-yil 15-oktyabr kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo'lib o'tadi. 📍Manzil: Termiz shahar Yulduz MFY, Ibn Sino ko'chasi 38 B uy Maqolalar 2024-yil 5-oktyabrgacha qabul qilinadi. ➡️Konferensiya axborot xati ➡️Maqola yuborish: +998942008400 telegramiga yoki [email protected] 🌐https://t.me/uzmmsi_ilmfan
إظهار الكل...
📚Dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallar 17.00.00-San'atshunoslik fanlari (2019-2024) ✅ Ushbu Ro‘yxat oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan o‘tkazish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularning samarasini oshirishga xizmat qiladi. 🌐https://t.me/uzmmsi_ilmfan
إظهار الكل...
OAK e'tirof etgan jurnallar ro'yxati.pdf4.13 KB
👍 2
“MAQOM” ilmiy-uslubiy jurnalning navbatdagi soni quyidagi rubrikalari uchun materallar yig‘ilishi davom etmoqda!!!                                      To‘liq rubrikalar:                                       1.  “Maqomdon” rubrikasi. Bunda maqom san’ati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlarning maqolalari, ularning hayoti va faoliyati haqida tadqiqotlar beriladi. Ularning ilmiy maktabi targ‘ib etiladi.                                                           2.  “Maqom mening taqdirimda” rubrikasi. Bunda maqom san’ati arboblarining xotiralari, suhbatlari yoritiladi. 3.  “Kel, ey mutrib…” rubrikasi. Bunda mashhur yetuk sozandalar, bastakorlar ijodi haqidagi maqolalar berib boriladi. 4.  “Retro maqom” rubrikasi. Bu rubrikada maqom san’ati, tarixi, nazariyasi, amaliyoti va muammolarga bag‘ishlangan, bundan 50-100 yil avval gazeta va jurnallarda, noyob nashrlarda bosilgan maqolalar qaytadan e’lon qilib boriladi. Maqolalarni nashrga tayyorlaganlar nomiga publikatsiya yoziladi. 5.  “Sharq xalqlari maqom san’ati” rubrikasi. Bu ruknda arab, xind, ozarbayjon, turk, uyg‘ur va boshqa xalqlarning maqom san’ati tarixiga doir ilmiy tadqiqotlari berib boriladi. 6.  “Shashmaqom chashmalari” rubrikasi. Bu ruknda Respublika viloyatlarida faoliyat yuritayotgan namunali maqom ansambillari faoliyati yoritiladi. 7.  “Yosh maqomchi” rubrikasi. Bugungi kunda kashf etilayotgan yosh maqom ijrochilari (yangi ovoz, sozanda, tanlov g‘oliblari) haqida ma’lumotlar. 8.  “Maqom, kino va teatr” rubrikasi. Bunda kino va teatr san’atida maqomdan foydalanish tajribalari tadqiqiga bag‘ishlangan maqolalar beriladi. 9.  “Yangi tadqiqotlar” rubrikasi. Magistr va doktorantlarning yangi tadqiqotlariga o‘rin beriladi. 10.  “Maqom lug‘ati” rubrikasi. Maqom san’ati va musiqasiga doir muxtasar izohli maqolalar beriladi. 11.  “Maqomot milliy bastakorlik va kompozitorlik ijodida” rubrikasi. Maqomlarning zamonaviy ijodkorlar tomonidan rivojlanishi: (jumaladan; maqom-simfoniya, maqom-musiqali drama, maqom kamer musiqa, maqom opera, maqom-kuy, ashula,ijod va h.k.) 12.  “Mumtoz g‘azallar tahlili” rubrikasi. Bunda ashulalarga aylanib ketgan mashhur g‘azallarning matni, sharhi beriladi. 13.  “Aruz saboqlari” rubrikasi. Bu ruknda Forobiy, Kavkabiy, Mahmud Tiroziy, Navoiy, Bobur, Furqat kabi allomalarning aruz san’atiga bag‘ishlangan asarlaridan matnlar, shuningdek, A.Rustamov, A.Hojiahmedov kabi olimlarning asarlaridan tanlangan matnlar berib boriladi. 14.  “Xalq musiqa ijodi masalalari” rubrikasi. Shu kunga qadar nomoddiy madaniy meros sarchashmalarining tarixiy-taraqqiyoti, ijrochilik an’analarining rivojlanishi, o‘ziga xos etno xududiy ijrochilik maktablari tadqiq etiladi. 15.  “Axborot” rubrikasi. Bunda maqom san’ati bo‘yicha vazirlik doirasida o‘tkazilgan xalqaro va mahalliy tadbirlar, konsertlar xronikasi yoritib boriladi. 16.   “Ssenariy” rubrikasi. Bunda maqom ijrochiligini targ‘ib etishga bag‘ishlangan hujjatli, tarixiy va lirik filmlar va kliplar uchun yozilgan loyihalar va ssenariylar berib boriladi. Ushbu ssenariy bo‘yicha ijodiy ish qilishga tanlovlar e’loni beriladi.
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Hurmatli tadqiqotchi-olimlar! 🎼 “Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali san’atshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. 🔗 Ma’lumot uchun: Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 24-martda №1571 raqam bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, har chorakda nashr etiladi. 📝 Maqolalar va ularga qo‘yilgan talablar bo‘yicha quyidagi @NodiKhaydarova telegram sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali | Ma'naviyat kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar 📣 Hurmatli tadqiqotchi-olimlar! 🎼 “Maqom” ilmiy-uslubiy jurnali san’atshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. 🔗 Ma’lumot uchun: Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 24-martda №1571 raqam bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, har chorakda nashr etiladi. 📝 Maqolalar va ularga qo‘yilgan talablar bo‘yicha quyidagi @NodiKhaydarova telegram sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali | Ma'naviyat kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣 DIQQAT E'LON!!! 📢YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI INSTITUTI OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM UCHUN TANLOV E’LON QILADI. 🖇 Talabgorlar https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali onlayn tarzda rо‘yxatdan о‘tadi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: - ariza; - qisqacha biografik ma’lumotnoma; - mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; - oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovasi bilan; - nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; - О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; - Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi (B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat) sertifikat nusxasi talab etiladi. ⏳Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh kо‘chasi, 31-uy; ☎️ Tel.: (71) 237-35-75; (99) 878-27-29. 🌐https://t.me/uzmmsi_ilmfan
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.