cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Nodavlat oliygohlar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumot berib boruvchi telegram kanali

إظهار المزيد
Uzbekistan19 970لم يتم تحديد اللغةالتعليم46 700
مشاركات الإعلانات
2 783
المشتركون
+124 ساعات
-197 أيام
-20130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️Vazirlik va xususiy universitetlar o'rtasida jang avjida ketyapti – sizlaram sezyapsizlarmi😁 ☑️@Nodavlat_oliygohlar
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O'zbekistondagi XUSUSIY oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni QONUN himoyasida! 50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi. Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.
☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 4 1
⚡️Sun'iy intellekt xususiy ta'lim sohasigacha kirib bordi 🤖 Sun'iy intellekt shu qadar tez rivojlanmoqda-ki, ba'zan qo'rqasan kishi. Ayniqsa undan so'nggi vaqtda call center va sotuv menedjeri sifatida foydalanish ancha ommalashmoqda. 🤖 Tasavvur qiling, siz bir xususiy universitetga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olmoqchisiz. Call center hodimasi sizga javob berib, sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi va xatto sizda universitetda o'qish uchun katta qiziqish uyg'otdi. Bu shirali ovoz va shirinsiz hodimning mijoz bilan muloqoti professional shaklda. Xatto sizga kelajak rejalaringiz bo'yicha ham tavsiyalar beryapti. 💭 Siz uning xizmatidan mamnunsiz va o'qishga kirdingiz. Lekin siz bilmaysiz-ki, sizga oliygoh haqida professional ma'lumot berib sotuv qilishga erishgan "hodim" aslida sun'iy intellekt. 🖥 Ha azizlar, bu haqiqat! Ayni vaqtda siz bilan gaplashayotgan call center hodimlari yoki telegram orqali shaxsiy profildan ma'lumot berayotgan menedjerlar aslida sun'iy intellekt bo'lishi mumkin. Biz allaqachon bu jarayonga yetib keldik va buni siz sezmadingiz ham. @Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Nodavlat oliygohlar rahbariyatlari diqqatiga! Mana shu vaziyatda sizlar qanday yo'l tutyapsiz? Bakalavr hujjatini to'g'ridan-to'g'ri qabul qilyapsizmi yoki akkreditatsiya hujjatini ham talab qilyapsizlarmi? ☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Ayni vaqtda qaysi banklardan imtiyozli ta'lim krediti olsa bo'ladi? Taʼlim krediti axborot tizimida (talim-krediti.mf.uz) taʼlim kreditini ushbu banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan. Kredit shartlari quyidagicha: ➖ Miqdori — Shartnoma asosida; ➖ Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil; ➖ Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%); Kredit miqdori: ▪︎Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi; ▪︎Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi. Banklarning call-markaz raqamlari: ● SQB bank - 1180 ● Hamkorbank - 1256 ● Agrobank - 1216 ● O‘zmilliybank - 1344 ● Xalq banki - 1106 ● BRB bank - 1254 ● OFB bank - 4004 ☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 3
O'qishga jalb qilib olguncha talabani aldab grant bermagan nodavlat oliygoh haqida! "2022-yilda bir abituriyent yigit (shaxsi bizga ma’lum) kirish imtihonlarida 157 ball toʻplab, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi boʻladi. Bilimli, harakatchan bu yigitda IELTS - 6,5, SAT esa 1380 boʻlgan. Qolaversa, IT sohasida qoʻlidan ancha-muncha ish kelardi. Shu vaqt orasida u xususiy OTMlardan biriga ham topshirib koʻradi (bu universitet asoschisi mashhur odam, Instagram’da har xil videolar qilib turadi, aqlli bashara bilan, odamlarning hissiyotiga ta’sir qilish yoʻli bilan). Mazkur xususiy OTM esa unga birinchi yili 50 foizlik grant beradi. Shunday qilib, oʻsha yigit Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirgan yoʻnalishi IT boʻlmagani, xususiy OTMda esa 50 foizlik grant olgani va kelasi yillar ham grant olishiga ishonib, xususiy OTMni tanlaydi. Oʻqishlar boshlanadi. IT sohasida bir semestrda oʻtiladigan narsani bir yil oʻqitishadi. Choʻzishadi. Birinchi kursni tamomlab, ikkinchi kursga oʻtganda grant ololmaydi, garchi baholari yaxshi va grant uchun suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa ham. Umuman, hech kimga grant berishmaydi, va’da esa aslida boshqacha boʻladi. Mana shu narsa qarmoqqa aylandi – falon foiz chegirma beramiz, deb ilintirishadi, qop-qop ogʻzaki va’dalar berishadi, keyin esa yolgʻonchiliklari oshkor boʻlib qoladi. Yoshlarning vaqtini, umrini behuda oʻtkazishga “bosh-qosh” boʻlishadi. Bu orada oʻsha xususiy OTMda oʻqiyotgan koʻpchilik talabalar yolgʻonlarni payqagach vaqt borida oʻqishini “perevod” qiladi yoki akademik ta’til oladi. Bu yigit ham akademik ta’til olmoqchi boʻladi, ammo ololmaydi. Universitet endi boshqachasiga “oʻyin” qila boshlaydi. Xullas, shu yigit oxiri bu xususiy universitetni tashlab ketadi. Birinchi yili toʻlagan kontrakti va ketkazgan vaqtiga kuyadi. Keyin esa ma’lum vaqt IT sohasida ishlaydi. Bu yil esa tayyorlanmay turib, yana Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga topshirdi va 150 balldan yuqori toʻplab, oʻqishga kirdi. Endi bu yil “narxoz”da oʻqimoqchi va eng toʻgʻrisi ham shu, aslida. Bu bilan xususiy OTMlarga ishonchsizlik uygʻotmoqchi emasmiz. Ular orasida ayrim davlat OTMlaridan ham yaxshi bilim beradiganlari juda koʻp. Ammo bilimli yoshlarning umrini nafs yoʻlida mana shunday barbod qiladigan kurmaklar ham yoʻq emas. Bu kichik hikoya. Ammo xulosa qilish uchun yetarli. Infosiganlarning har gapiga ishonavermang. Toʻlangan kontrakt pullari topilar, ammo yoʻqotilgan vaqt topilmaydi. Anavi xususiy OTMdagilarga va uning asoschisiga insof bersin, aqlli bashara bilan gapirgan halollik haqidagi gaplariga oʻzi ham amal qilsin, deb qolamiz." Manba ☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
Masofatalim™

Aqlli gaplar va ta’sirli musiqa bilan video qilgan hamma ham koʻringanidek yaxshi odam boʻlavermaydi! 2022-yilda bir abituriyent yigit (shaxsi bizga ma’lum) kirish imtihonlarida 157 ball toʻplab, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi boʻladi. Bilimli, harakatchan bu yigitda IELTS - 6,5, SAT esa 1380 boʻlgan. Qolaversa, IT sohasida qoʻlidan ancha-muncha ish kelardi. Shu vaqt orasida u xususiy OTMlardan biriga ham topshirib koʻradi (bu universitet asoschisi mashhur odam, Instagram’da har xil videolar qilib turadi, aqlli bashara bilan, odamlarning hissiyotiga ta’sir qilish yoʻli bilan). Mazkur xususiy OTM esa unga birinchi yili 50 foizlik grant beradi. Shunday qilib, oʻsha yigit Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirgan yoʻnalishi IT boʻlmagani, xususiy OTMda esa 50 foizlik grant olgani va kelasi yillar ham grant olishiga ishonib, xususiy OTMni tanlaydi. Oʻqishlar boshlanadi. IT sohasida bir semestrda oʻtiladigan narsani bir yil oʻqitishadi. Choʻzishadi. Birinchi kursni tamomlab, ikkinchi…

👍 7👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Namanganda davlat oliy taʼlim muassasalari birlashtirilmoqda Aytishlaricha, viloyatdagi Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati instituti yagona oliygoh sifatida birlashadi. Qaror bugun yoki erta eʼlon qilinishi kutilmoqda. Viloyatdagi 3 ta OTM birlashgan taʼlim muassasasining nomi esa Namangan davlat texnika universiteti deb nomlanishi aytilmoqda.... Manba @Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 3
⚡️Xushxabar: Yaxshi o'qigan talabalarga foizsiz ta'lim krediti beriladi Oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi; Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ma'lum qildi. ☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Xalq banki tomonidan imtiyozli taʼlim kredit ajratish boshlandi! Kredit shartlari quyidagicha: ◦ Miqdori — Shartnoma asosida; ◦ Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil; ◦ Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%); 🏦 Murojaat uchun: 1106 ☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
👍 2
⚡️Hozirda 6 bank imtiyozli taʼlim kreditlari ajratmoqda! 🏦 Agrobank: 1216 🏦 Mikrokreditbank: 1285 🏦 Biznesni rivojlantirish banki: 1254 🏦 Oʻzsanoatqurilishbank: 1180 🏦 Hamkorbank: 1256 ✅ Xalq banki: 1106 Kredit shartlari quyidagicha:
➖ Miqdori — Shartnoma asosida; ➖ Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil; ➖ Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%);
☑️@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.