cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MARKAZ XABARLARI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali Veb-sayt: manaviyat.uz Facebook: fb.com/manaviyat.uz Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
16 924
المشتركون
-2824 ساعات
-3837 أيام
+9 36030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

03:39
Video unavailableShow in Telegram
#M_DAYJEST 😀 📚 Hafta davomidagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatiga doir muhim voqeliklar:
🟡Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida AOKA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida “Bitmas xazina” kitob festivali o’tkazildi. 🟡“Yangi O'zbekiston: Ma'naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. 🟡Farg'ona shahar Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti bo'lib o'tdi. 🟡Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Sof til” nomli bot yaratildi. 🟡Samarqandda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
▶️ Muhim jarayonlar dayjesti bilan “Siyosiy-ma'rifat soati”ning navbatdagi sonida tomosha qiling. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
IMG_0351.MP443.05 MB
2
📺 Siz bugun “Siyosiy-ma’rifat soati”ni ko‘rdingizmi? ❓“Siyosiy-ma’rifat soati”ning bu galgi sonida “Jadid” gazetasining qayi soni uchun sharh tayyorlangan?Anonymous voting
  • “Jadid” gazetasining 36-soni
  • “Jadid” gazetasining 39-soni
  • “Jadid” gazetasining 34-soni
  • “Jadid” gazetasining 35-soni
0 votes
02:07
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Hafta davomida O‘zbekistonda nima voqealar sodir bo‘ldi?
▶️Muhim jarayonlar dayjesti bilan “Siyosiy-ma'rifat soati”ning navbatdagi sonida tomosha qiling.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
25.01 MB
📺 Siz bugun “Siyosiy-ma’rifat soati”ni ko‘rdingizmi? ❓ “Aholisi xushxulq mamlakatda hokimiyatga ehtiyoj sezilmaydi”. Ushbu so‘zlar qaysi asardan keltirilgan?Anonymous voting
  • “Fozil odamlar shahri” asaridan
  • “Temur tuzuklari”dan
  • “Qutadg‘u bilig” asaridan
  • “Al-jome as-sahih” asaridan
0 votes
06:26
Video unavailableShow in Telegram
❗️O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan chet elliklar mamlakatga kiritilmaydi Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan, O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan chet elliklarga taqiq qo‘yishga oid qonun Senatda ma’qullandi.
Mazkur qonunga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan; davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi; O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilish yoxud harakatlar sodir etish O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topish uchun asos bo‘ladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
34.16 MB
👍 1
📺 Siz bugun “Siyosiy-ma’rifat soati”ni ko‘rdingizmi? ❔Qaysi o‘zbek mutafakkiri Kopernikdan qariyb V asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni ilgari surgan?Anonymous voting
  • Ibn Sino
  • Al-Xorazmiy
  • Al-Beruniy
  • Mirzo Ulug‘bek
0 votes
👍 1
01:19
Video unavailableShow in Telegram
👍 O‘ZBEKISTON MAHALLA TIZIMI DUNYO NIGOHIDA 🗣“Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya. 🔍Mazkur xalqaro anjuman dunyoning nufuzli tashkilotlari hamda 70dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformaga birlashtiradi. 🔍Hamkor xalqaro tashkilotlar: BMT, USAID, UNFPA, UNDP, UNICEF, GIZ, KOICA, JAICA, TIKA va boshqalar. 🔍 2-5-oktabr kunlari Samarqandda ko‘rishguncha! Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
30.28 MB
👍 2
Repost from Otabek Hasanov
00:43
Video unavailableShow in Telegram
❗️Oyina.uzda yangi loyiha: Oyina podkast Podkastning ilk sonida o‘zbekcha toponimlar va ularning o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida suhbatlashildi. Podkastni ertaga to’liq formatda oyina.uz saytida tomosha qilishingiz mumkin. Saytni kuzatib boring! Mehmonlar: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Anvar Bo‘ronov va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, jurnalist Rustam Jabborov @otabek_khasanov
إظهار الكل...
IMG_3818.MP415.51 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#qiziqarli_faktlar📚 🍱Maktabda bolani to‘g‘ri ovqatlantirish bo‘yicha beshta muhim qoida Rossiya “Farzandlar salomatligi” milliy ittifoqi prezidenti, ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Olga Panova “Sputnik” radiosiga bergan intervyusida maktab oʻquvchisi uchun tushlik qutisini qanday qilib toʻgʻri yigʻish kerakligini tushuntirdi. 1️⃣Uning soʻzlariga koʻra, birinchi qoida shundaki, tushlik bolaning sevimli ovqati boʻlishi kerak, aks holda gazak yeyilmagan holda “qaytib keladi”.
“Tushlik qutisida, albatta, u yoqtirgan gazak boʻlishi shart, siz oʻzingiz yaxshi deb bilgan taomlar orqali unga toʻgʻri ovqatlanishni oʻrgata olmaysiz. Siz taom berasiz va u ovqatni yemasdan sizga qaytarib olib keladi. Agar farzandingiz pitsani yaxshi koʻrsa, uni bolaga maʼqul, ammo sogʻlom ovqat tarzida tayyorlab bering, shu orqali siz bolangizni sogʻlom ovqatlanish jarayoniga jalb qilishingiz mumkin”, — deya tavsiyasini izohlaydi Panova.
2️⃣Mutaxassisning fikricha, ikkinchi qoida — bu gazak xavfsizligini taʼminlash.
“Bola tushlik qutisini muzlatgichda saqlay olmaydi, bundan tashqari, bolalar koʻpincha portfel va ryukzaklarini radiator yonida qoldiradilar va ovqat buziladi. Men tushlik qutisiga yogurt yoki tvorog qoʻyishni tavsiya etmayman. Muqobil sifatida 200 gramm qadoqdagi sutni taklif qilishim mumkin”, — deb maslahat berdi Olga Panova.
3️⃣Uchinchi qoida — taomlarning tishlash hajmida boʻlishi.
“Taom bolaga ovqatlanish uchun qulay boʻlishi kerak, masalan, unga katta sendvich bermang, uning oʻrniga pishloqli kanepalar bering, bolalar ularni yaxshi koʻradi, shuningdek, ular yeyishga qulay, agar siz olma bersangiz, ularni kesib bering va qoraymasligi uchun limon sharbatidan seping”, — deydi mutaxassis.
4️⃣Toʻrtinchi qoida — bolaning yonida doim suv boʻlishi kerak.
”Maktabda sovutgich boʻlsa ham, bola unga yaqinlashishdan uyalishi mumkin va agar u ichishni xohlasa, suv har doim qoʻlida boʻlishi kerak, masalan, to'kilmaydigan sport shishasida“, — dedi Olga Panova.
5️⃣Va nihoyat, beshinchi qoida - bolaning doʻstlari bilan baham koʻrishi uchun bir oz koʻproq ovqat qoʻyish kerak.
”Masalan, farzandingizga pitsa tayyorlab bersangiz, tushlik qutisiga koʻproq soling, ovqatni doʻstlar bilan boʻlishish unga yangi doʻstlar orttirishga va ular bilan ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi", — deya tushuntirdi ekspert.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#biznikilar🇺🇿
Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda oʻtayotgan jahon chempionatida uchinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi. Hamyurtlarimiz 1/8 yoʻllanmasi uchun kechadigan bellashuvda Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi.
 Hal qiluvchi oʻyinda yigitlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz! 📍 Futzal bo'yicha jahon chempionati 🇨🇷 Kosta-Rika – Oʻzbekiston 🇺🇿 🗓 20-sentyabr | 20:00 🏟 "Humo arena" majmuasi Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.