cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter — Doniyorbek Erkin oʻgʻli. Treninglar: @Professionallardan Izohlar: @jaydari_fikrlar Hamkorlik: @jaydari_reklama

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 104
المشتركون
+5824 ساعات
+1597 أيام
-62830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
👏 10👍 7🏆 5
Photo unavailableShow in Telegram
Mazasi yo‘q odamga shu ham kayfiyat ulashadi Endi xuddi shu kabi iliq so‘zlarni doriga emas, balki o‘zingiz sotadigan qandaydir mahsulotga yozsangiz, qanday bo‘ladi?) Dori brendiga nisbatan sadoqat, hurmat paydo bo‘lmasligi mumkin, lekin bu #keys Sizning mahsulot va xizmatingizga nisbatan foyda berishi aniq.
إظهار الكل...
🔥 20👍 10 6👏 5😁 5
Telefon orqali daromad qilish 1. Telegram adminlik.
إظهار الكل...
2.20 MB
14👍 11🔥 7👏 2
Ham yangilik, ham #motivdoza Hamma postlarning oxirida ijtimoiy tarmoqlarimning manzillarini qoldirishni xohlayman. Lekin bu juda zerikarli va har doim bir xil yozuv qo‘yishdan ma’no yo‘q. Shu sababli bir yangilik qildim. Endilikda har bitta ijtimoiy tarmoqdan qancha daromad qilganimni qo‘yaman, bu esa raqamlar har doim yangilanib turishiga sabab bo‘ladi va boshqalar uchun harakatni boshlashlariga turtki bo‘lsa, bundan xursand bo‘laman. Shuningdek, 19-30 ming so‘m bilan boshlangan daromadim hozirgi kunda shu holatgacha kelganini ko‘rish o‘zimga ham yoqimli. $ 110 | $ 140 | $ 235 | $ 7200 | $ 15600 Bu raqamlar 3 yil muddatniki bo‘lib, hammasi taxminan yozilgan, aniq asosi yo‘q. Agar qaysidir summa katta ko‘rinsa, bu pulni shu kabi sohada ishlab yurganlar 1 oyda topishini, agar kichkina ko‘rinsa, kimdir bu pullarni 10 yilda ham topolmasligini o‘ylashingiz mumkin. P. S. Instagram, TikTok va YouTube'da shunchaki borman, jiddiy kontent qilmagan. Shuning uchun daromadlar ham shunga yarasha. Telegram va tanish-bilishlar orasida esa aksincha, imkon qadar aktiv bo‘lishga harakat qilaman.
إظهار الكل...
28🔥 10👍 9 5
Bugun Sizga ajoyib voqealar haqida aytib beraman 1. Men o‘zim 0 dan ko‘tarilganman, hech kim yordam bermaganman, universitetga ham o‘z kuchim bilan kirib, o‘z kuchim bilan bitirganman... — shoshmang, o‘qishga kontrakt bilan kirgan ekansiz, kontrakt esa yiliga $ 4000, uni to‘lash uchun nima qilgansiz? Dada, pul bering deganman. 2. Men o‘z faoliyatim davomida 1000 ga yaqin xonadonlarni sotishga erishganman va shu natijalarim orqali O‘zbekistondagi top marketolog.... — stop, bahosi $ 100 ming turadigan uyni faqatgina target bilan sotib bo‘lmaydi, qanaqa marketing instrumentidan foydalangansiz? Dadamga aytganman, dadam o‘rtoqlariga aytgan, ularning esa bitta emas, 100 ta uy sotib olishga ham puli bor. 3. Universitetni tugatdim, xorijiy universitetga malaka oshiruvchi bo‘lib ishga kirdim va o‘zimni ko‘rsatganim uchun prorektor qilib qo‘yishdi. — ye-ye-ye, oddiy o‘qituvchi prorektor bo‘lishi uchun o‘rtacha 3-5 yil ketadi-yu, Siz qanday qilib 1 yilda prorektor bo‘lib qoldingiz? Universitet egasi dadamning o‘rtog‘ida. 4. Universitetda o‘qishni xohlamadim, lekin ishlash kerak edi, shuning uchun Coca colaning dilerligini olib, hozir 3 ta shaharga kola tarqataman. — nimadir tushib qolmadimi? Coca cola nega dilerligini senga osonlik bilan berdi? Yetarlicha pul bilan borib, katta miqdorda xarid qila olsang bo‘lgani, senga ham berishlari mumkin. Faqat uni sota olishing ham kerak-da. Menga pulni dadam berdi, ham shahardagi hamma optom do‘konlar dadamning tanishlari. Bugun shu kabi muvaffaqiyatli insonlarning 4 ta hikoyasini (2 tasi o‘zim shaxsan tanigan insonlarniki) eshitib qoldim, to‘g‘risi havas qildim, nega deganda ular muvaffaqiyatga erishish uchun 3-4 ta qadam (oddiy odam 10 ta bosqichdan o‘tsa) bosishlari yetarli bo‘lgan. Oddiy inson nima qiladi? Birinchi navbatda 5 million oylikli ish, 50 million xarajatli to‘y, 200 million xarajatli uydan tashqari bu hayotda boshqa maqsadlar ham borligini anglashi kerak. Bu bosqichdan o‘tish uchun esa ba’zida bir umr ham kam. 2. Fikrlashini ozgina sozlagandan keyin oddiy qora mehnat bilan bu natijaga erishib bo‘lmasligini tushunishi va biron bir kasbni o‘rganishni boshlashi zarur. 3. O‘zi tanlagan sohada ma’lum bir natijaga erishishi uchun ham kamida 2-3 yil o‘tib ketadi. Chunki baribir unda bolaligidan singdirilgan fikrlash bor, bu fikrlash bilan esa oyiga 10 milliondan ko‘proq topish uchun kamida 7 yil o‘tirib chiqish kerak, deb o‘ylaydi. 4. O‘zi tanlagan sohada professional bo‘lganda keyin $ 1500-2000 pul aslini olganda kam ekanini, bu hayotda qilish mumkin bo‘lgan ishlar hali ko‘p ekanini tushunadi va shu qilib turgan ishini biznesga aylantiradi. Bu haqda gapirishim biroz noo‘rin, chunki o‘zim endi shu bosqichga yetib keldim. Agar Siz birinchi va ikkinchi bosqichlardan o‘tib qaysidir sohani o‘rganishingiz kerakligini tushungan bo‘lsangiz, men Sizga kopiraytingni o‘rgatishga tayyorman. Faqat aynan qaysi masalada yordamim kerakligini izohlarda yozib qoldirsangiz, imkon qadar javob berishga harakat qilaman.
إظهار الكل...
👍 28🔥 6👏 5😁 4🌚 3
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Baʼzan Jaydari ustozning ayrim talablarini unchalik ham toʻgʻri boʻlmasa kerak deb hisoblaganman Masalan, oddiy suhbatlarda ham imloviy xatolarsiz yozish va bio'da, kanalingizga, hamma joyda kopirayterligingiz bilinib turishi shulardan biri. Nega bunday deb oʻylayman? Chunki oddiy suhbatlarda har xil vaziyatlar boʻlib turadi: baʼzida bir qoʻl telefonda, ikkinchisi kapkirda boʻlishi mumkin. Keyin butun dunyo meni kopiraytingni oʻrganayotganimni bilishi shartmikan? Oʻzi bio'ni ham amaliyotning birinchi kunida gap eshitib, qoʻrqqanimdan tahrirlab qoʻyganman. Kecha bir voqea boʻldi va ustoz mutlaqo haq ekanliklarini isbotlandi. Yuqoridagi rasmdagi suhbat umuman boshqa mavzudan boshlanib, mening yangi loyihada ish boshlashim bilan tugadi. Nima boʻlibdi shunga shunchami deydigan boʻlsangiz, bunday loyiha mening kopiraytingda davom etib tursam 2-3 yillik tajribadan keyin olishni orzu qilganim, pul bilan oʻlchashning imkoni yoʻq, qadriyatlarimga toʻliq mos boʻlgan, men uchun juda qadrli loyiha-da. Lekin Alloh taoloning fazli va ustozning talablariga amal qilganim uchun sohaga kirganimga ikki oygina boʻlishiga qaramay bu ish nasib boʻldi, alhamdulillah. Yaxshiyam bio'da kopirayter deb yozib qoʻygan ekanman. Xayriyatki ustozning aytganlariga amal qilgan ekanman. Demak, orzuyingdagek loyihaga ega boʻlishning siri nima ekan? Ustoz nima degan taqdirda ham menga oʻxshab hammasini ichingizga yutib “Xoʻp boʻladi, ustoz. Sizniki maʼqul, ustoz. Uzr, ustoz”, — deb turish ekan. 😃 Xulosa: Ustoz talab qilgan, ammo bizga yoqmaydigan ayrim holatlar ham, aslida bizdan ancha uzoqda deb oʻylagan neʼmatlar uchun sabab boʻlarkan. Kasb oʻrganishda ustozingizga “Boshidan oʻtkazgan tabib”dek munosabatda boʻling. Hammasi oʻylaganingizdan-da tezlashib ketadi, inshaalloh. P.s: “Jaydari ustoz bilan amaliyot oʻtash sirlari” degan sotuv kursi ochib olsammikin-a? 🙂
إظهار الكل...
👍 17 12 3👏 2
Keyin uyquga ham amal qiling. Bu postni uxlamay turib o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bu juda yomon. Men kechqurun 8 da uxlab, yaqinda turdim. Shu uyqu rejimimni boshqarishni boshlaganimdan keyin shogirdlarim oldingidan ancha bosilganimni aytishdi. Hayotimizdagi muammolarning juda katta qismi aynan shu uyqu bilan bog‘liq. Bu gaplatni nega aytyapman? Chunki yaqinda uyqu bo‘yicha mini gayd ishlab chiqaman, shuni sotish uchun qizdirib qo‘yyapman)
إظهار الكل...
🤣 50👍 18 12😁 4 2
Shifokorga borish kerak emas ekan Kecha 100% sog‘lom holatda borsam, kuchli shamollash tashxisi qo‘yildi. Ya’ni bir necha oy oldingi oddiy shamollash burun, tomoq va mana endi quloqqacha yetib kelgan ekan. Mana endi 1 hafta davolanar ekanman, undan keyin nima bo‘lishini vaziyat ko‘rsatadi, deyishdi. Xullas, yana o‘sha eski gap. 6 oyda bir marta hamma shifokordan ko‘rigidan o‘ting. 6 oy bo‘lganini yoki borish kerakligini qayerdan bilish mumkin desangiz, o‘zingiz buni darrov sezasiz. Yo pulingiz ko‘payib, buyurtmalaringiz soni oshib, vaqtingiz kamayib ketadi yoki aksincha, ishingiz sababsiz kamayib, daromadingiz tushib, vaqtingiz ko‘payadi, shu ikkala holatda ham shifokorga borish kerak. Nega deganda aynan shu vaziyatlarda turli kasalliklar boshlanadi va oldini olish osonlashadi. Keyinchalik borsangiz, kasal 16 pro max 2 tb variantiga aylanib qolgan bo‘lishingiz mumkin.
إظهار الكل...
🤣 26👍 16🔥 13 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Art direktorimiz nafaqat dizaynda kreativ, balki... Rahbariyat: bitta agentlikda bitta dizayner 80 ta dizayn qilar ekan Dizaynerlar: biz ham qilamiz, faqat art direktor halaqit qiladi Art direktor: (rasmni qarang)
إظهار الكل...
🔥 23😁 9 3👍 2❤‍🔥 1
Rosa ziqna odamsiz ey, reakaiya bosish uchun hammasini o‘qib chiqish shart emas-ku. Shunday 1 reaksiya bossangiz, telefoningizning xotirasiz to‘lib qoladimi?)
إظهار الكل...
😁 57👍 12 10🔥 6👎 5
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.