cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TALABA_YOSHLAR_UCHUN

Talabaralar uchun eng so‘ngi yangiliklar va ma'lumotlarni berib boramiz! Talaba yoshlar uchun telegram va instagram kalanlari Bilan hamkorlik qilish uchun 👇👇 👇👇

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
649
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+37 أيام
-2630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Magistratura talabasi asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin(mi)? Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.   Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar boʻlimida yoki shunga masʼul etilgan shaxsda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.   Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.   Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.   Magistrantning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.   Mehnat kodeksi 118-moddasiga koʻra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.   Bundan koʻrinib turibdiki, oʻqituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilarni nazarda tutgan.   Shunga koʻra magistrant OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq oʻqish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo’ladi. 😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣 @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
إظهار الكل...
Savolim shundan iboratki, boshqa joyda 1.25 shtat birligida o'qituvchi lavozimida ishlaydi bizlarga 0.5 shtatga kelmoqchi o'rindosh sifatida iloji bormi? Javob: Assalomu alaykum, Mehnat kodeksining 437-moddasiga asosan, o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno). Ya'ni xodim o'rindoshlik asosida ishlash uchun borayotgan ishining yarim stavkasigacha ishlashi mumkin. Sizni holatingizda o'qituvchi o'zini maktabida 0,25 asosda o'rindoshlik ishida ishlash orqali yarim stavkalik limitni teng yarmidan foydalanib bo'lyapti. Endi boshqa maktabga borayotgan paytda qolgan 0,25 stavkasidangina foydalanishi mumkin. Ya'ni 1,25 stavka asosda ishlayotgan xodimni 0,5 stavkaga ishga olalolmaysiz. Ayni shu qoida "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (https://lex.uz/docs/-2070161)ni 7-bandida ham belgilangan. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan bo‘shagan kunlarda o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin. Bunga misol agar xodimni asosiy ish joyidan shanba kuni dam olish bo'lsa, o'rindoshlik asosida ishlaydigan joyida shanba ish kuni bo'lsa ayni ana shu kuni o'rindoshlik joyida to'liq ishlashi mumkin. Qolgan kunlari bunday qilaolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qaroriga asosan, musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Qolgan toifadagi o'qituvchilarga bunday imtiyoz berilmagan. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi videoni tomosha qiling: https://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466 😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣 @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
إظهار الكل...
#RASMAN 📌 Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi. Hukumatning 2024-yil 16-sentabrda bu haqida qarori qabul qilindi. Qaror bilan batafsil fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
إظهار الكل...
7105261.pdf1.15 MB
📌 Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin? Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida: ➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi; ➡️ o'qituvchi-tarbiyachi; ➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi; ➡️ uslubiy ish rahbari; ➡️ o'qituvchi-psixolog; ➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari; ➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari; ➡️ mahallada yoshlar yetakchisi; ➡️ pedagog-targ'ibotchi; ➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist. Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL
إظهار الكل...
👍 1
01:22
Video unavailableShow in Telegram
🔥Талабалар учун янгиликни "бомбаси"! Ўтган йили Халқ банки таълим кредити олиш учун дам олиш кунлари ҳам ҳужжат қабул қилишганиди. Бу йил янада осонлаштиришибди. Энди Таълим кредити олиш учун банкка ҳам бориб ўтирмаскансиз. "Talim-krediti.mf.uz" платформасида ариза қолдирганда Халқ банкини танласангиз бўлди, хазнадан онлайн оларкансиз. 👉🏻 "хазна"ни шу хавола орқали юклаб олишингиз мумкин.
إظهار الكل...
Ta'lim IMG_7478.MOV21.53 MB
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. ✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining: 🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. ✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. 👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi. ✔️ Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
🎉 1
⚡️ Kontraktni qachongacha to'lash kerak? Vazirlik ma'lumot berdi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi: ✔️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
إظهار الكل...
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida ma’lumot Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan. ❓Kimlarga beriladi? ✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari); ✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi kurslarga beriladi? ✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q. ❓Qaysi ta’lim shakliga beriladi? ✔️ faqat kunduzgi shaklga. ❌ Quyidagilarga berilmaydi: ➖ super-kontrakt; ➖ sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga; ➖ qo‘shma ta’lim; ➖ ikkinchi mutaxassislik; ➖ ordinatura; ➖ xorijdagi OTMlarga. ❓To‘lash qachondan boshlanadi? Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi. ❓Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi? ✅ Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
⚡️Oliy ta'lim vazirligi tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilgan nodavlat oliygohlar haqida! Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan litsenziyasi bekor qilish uchun sudga berilgan navbatdagi nodavlat oliygohlar: 1. Navoiy innovatsiyalar instituti; 2. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti; 3. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti; 4. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti; 5......... 6......... NIU va Hozirga qadar litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar: 1. Valley innovative universiti; 2. Namangan Xalqaro Universiteti; 3. Binary university; 4. Toshkent Texnologiyalar Universiteti; 5. Renaissance University; 6. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti. 🌐 @Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.