cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

mokhinur_barista

Universal Qizning Universal Blogi❤️ Kundalik estetichniy, oddiy va qiziqarli hayotimdan parcha kanalimga xush kelibsiz🌪️✨🪐 Murojaat uchun: @mokhinur_imarova_2 Reklama Otzivlari: @reklama_otzivs

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 833
المشتركون
-1824 ساعات
-1767 أيام
+28930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Sizlardan juda ko’p xabarlar kelyapti. Qo’llab quvvatlaganlar, sabr tilaganlar, o’z hayot hikoyasini aytib berganlar… Har birini shunaqa mazza qilib o’qiyapman. Ishoning bir kishi bilan sirlashish boshqa, ko’pchilik bilan dardlashish boshqa ekan. Lekin hayolimdan bir fikr o’tdi: Alloh ayol kishini sabrli, ancha muncha narsaga egilmaydigan, sinmaydigan qilib yaratgan ekan. Mashallah. Hammamiz har yer, har xil oiladanmiz. Lekin barchamizni bir narsa jibslashtirib turadi: Ayollik energiyasi❤
إظهار الكل...
🥰 34 19❤‍🔥 5🔥 1
Photo unavailable
Bugun ovqat ham qilmadim, Imronbek bilan achchiqqina Koreyscha sho’rva va kimpab yeb keldik. Endi esa 2 soatdan keyin boshlanishi kerak bo’lgan seminarimga tayyorlanib o’tiribman. Seminarda qatnashadiganlar bormi? Hayot va muammolar o’z yo’liga, o’z ustida ishlash esa o’z yo’liga shundaymi? 😊
إظهار الكل...
🔥 52👍 9 9🥰 1
Ichimdagilarni shu yerga yozib ancha yengilladim. Alhamdulillah ❤ Tomog’imda nimadur tiqilib turgan edi. Chiqib ketgandek bo’ldi. O’z dardim bilan sizni ham dardga solgan bo’lsam kechiring 💔 Bugun shunaqa biroz emotsional kun bo’ldi~
إظهار الكل...
👍 56 37🥰 11😭 6🕊 1
Qaynonamni bir gapi bor: ideal insonizi kutsez bu hayotda so’qqa bosh o’tib ketasiz. Bu gapga 100% qo’shilaman. Ideal insonni o’zi Yo’q. Man ham ideal emasman. Injiqliklarim, kezi kelsa turmush o’rtog’imga yoqmaydigan xarakterlarim ham ko’p deb o’ylayman. Lekin ular chidaydi. Shu qatorida man ham chidashim, ikkalamiz bir birimizga moslashib, sabr bilan go’zal hayot qurishimiz kerakligini bilaman. Inshalloh Robbimni o’zi bizni go’zal hayotga boshlaydi. Xech kim ideal emas. Turmush o’rtog’i hamma narsani bo’yniga olgan ayollarni eri yo rashkchi bo’ladi yo xech qayerga chiqarmaydi. Unday bo’lmasa boshqa xarakateri baribir qiyin bo’ladi. Bu degani hammamizni sabr qilib yashashimiz kerak bo’lgan tarafimiz bor degani. Reallik shunda! Haqiqiy hayot shunda! Ajrashish oson❌ Sabr bilan go’zal hayot qilish esa hammaga ham emas ❤️ (Ajrashganlarni oson yo’lni tanlagan ma’nosida aytmadim. Hamma o’z hayotini o’zi yaxshi biladi) Alloh hammamizga insof bersin, go’zal hayotga boshlasin va bu hayotda qilgan sabrlarimiz evaziga bizni Firdavs Jannatlari bilan siylasin. Omin ❤️
إظهار الكل...
73🕊 10👍 9🔥 4
Otasiz katta bo’lgan qizlarni Universal muammosi bu manimcha. Yoshligimizdan o’ta oshiq mustaqil bo’lib kimgadur suyanib yashash mumkinligini unitib qo’yamiz. Keyin esa o’zimiz o’ta oshiq ma’suliyatdan qiynalib yashaymiz~
إظهار الكل...
🔥 56😭 28 15💔 15👍 2
Imronbekni 3 yoshgacha bog’chaga berish niyyatimiz yo’q edi. Lekin xabariz bo’lsa kerak man Magistraturani tamomlaganman lekin diplom ishimni hali yoqlamaganman. Bu yil oxirgi imkoniyatim ekan. Agar shu yili qishgacha yozib bahorda yoqlamasam vizamni boshqa chòzdira olmas ekanman. Bu esa Imronbek ikkalamiz Koreadan butunlay ketishimiz kerak degani. Shunga noiloj vaziyatdamiz😭 Yo O’zbekistonga diplomsiz butunlay qaytib ketish yo Imronbekni bog’chaga berib dissertatsiyani yoqlash.
إظهار الكل...
67💔 16👍 3
Koreaga kelganimizga 10 kun bo’lmasidan uje stress bo’lishni boshladim. Nega??? Birinchidan bitta insonga 24/7 ma’sul bo’lish va aqalli 10 daqiqa o’zim uchun vaqt topa olmaslik osonmas. O’zbekistondaligimizda qaynonam, ayam, opam va singlim yordam berishardi. Uy ishlarini qilishda yo xech bo’lmasa Imronbekga qarab turishsa sal chalg’ib energiyaga to’lib olardim. Endi esa kechga yaqin emotsionalniy charchab qolyapman. Nega? Imronbek sho’x, 1 sekund qaramasam nimanidur to’kib, yirtib uyoq buyog’ini shiladi. Uni so’kmaslik, qattiq tegmaslik uchun esa o’zimni bosib muloyim bo’lishga xarakat qilishim kere. Va bu oson ish emas. Hozir man noliyotganim yoki farzandim borligidan afsus bilan gapirmayapman. Shunchaki uyda o’tirib bolaga qarash, uy ishlarini qilish, blog yuritish va dars berish ( ha haliyam dars o’tyapman) yetarlicha charchatadigan va stress beradigan narsa ekanligini aytmoqchiman. Ishlash faqat ishga borib kelish emasku. Bola qarash ham ishlash. Ilmiy ish yozish ham ishlash. Uy ishlarini qilish ham ishlash. Xullas, kechadan beri shularni o’ylab ancha asabiylashyapman😗
إظهار الكل...
👍 43 29💔 6
Juda ko’pchilikni oilasida moliyaviy vazifalar ho’jaynini bo’ynida ekan. Biznikida ham shunaqaroq. Biz musofirda yashaymiz shunga rasxodlarimiz O’zbekistondikidan sal boshqacharoq. Ular uy + yeb ichishlarni qiladi. Man esa o’zimni rasxodlarimni qilaman, onamlarga moliyaviy yordamlashaman (aka-uka dadam yo’q) va kelajagimiz uchun pul to’playman. Kecha lekin bu masalada tortirishib qoldik. Sababi Imronbekni yaqinda bog’chaga berishni rejalashtiryapmiz va manga yoqayotgan bog’chalar sal qimmatroq ekan. Arzonrog’iga ham berorelik desam ho’jaynim “Berganga yarasha yaxshisiga berish kerak” deb unamayaptilar. Gap tortishish esa aynan shu bog’cha pulidan chiqdi. “Siz bog’cha pulini to’lasez man qolgan rasxodlarni qilaman” deb taklif bildirdi erim. “Hop mayli man qo’shimcha ishlab bog’cha pulini uzaman lekin uy yumushlarini ham o’rtada teng qilamiz, bolaga ham bir xil qaraymiz” degan gapim esa yoqmadi. Nega ayol kishi bo’lib turib man ham ishlashim, bog’chadan kelgandan keyin bolaga yana qarashim, kechalari uxlamasligim, uy yumushlarini hammasini yolg’iz o’zim qilishim va ortib qolganiga yana o’qib dissertatsiyamni yozishim kerak? Axir bu manga jismonan ham aqlan nagruzka bo’p ketadi manga deb jaxlim chiqdi. Hubby esa “Topgan pulim rasxodlardan ortmasa pul to’play olmiman” deb rad qildi. “Ha manikini to’plelik. Siznikini ishlataylik” desam unamadi. Xullas ancha asabiylashdik. Orada yana ancha gap o’tdi. Bu gaplarni aytib sizga oilamiz haqida nolish yoki erimni yomonlash maqsadim yo’q. Shunchaki moliyaviy qarashlari siznikiga o’xshash inson bilan turmush qurish kerakligini va hamma oilada ham, ayniqsa musofirdagilarda moliyaviy tushunmovchiliklar bo’lib turishini eslatmoqchiman! * Sizningcha mani fikrim to’g’rimi yoki noto’g’ri? Hamma narsani bo’ynimga ovolishim kerakmi? Yoki oilaviy vazifalarni teng bo’lgan yaxshimi?
إظهار الكل...
🕊 34👍 14 13💔 3🥰 2
Turmush qurganlarga savolim: Oilaviy xarajat va vazifalarni qanday taqsimlaysizlar? Ho’jayniz ishlaydi va moliyaviy xarajatlarni ko’tarib, siz uy ishlari va farzandlarni qaraysizmi? Yoki har ikkisini teng bo’lishib o’rtada birgalikda qilasizmi? Manga qiziq🩷
إظهار الكل...
61🕊 7🔥 4❤‍🔥 1👍 1
Photo unavailable
Assalomu alaykum azizlar! Yomg’irli Koreadan hammaga salomlar! 😍 Bizda kecha kechqurundan beri sharros yomg’ir quyyapti. 😍 Imronbek ertalab turib, oynadan kelayotgan ovozga hayron qarab yotdi. Chunki u bunaqa ovozni endi birinchi bor eshitishi edi💕 Bunaqa havoda kofelarni ichib, kitob o’qib o’tirsa mazzada 📖
إظهار الكل...
73👍 12🥰 9
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.