cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Negative

Agar kanal sizga foyda keltirmasa kanal siz uchun emas! Yaxshisi kanalni tark eting! @Negative_shorts qisqa lekin achchiq gaplar Creator: @Marufjonov_Muhsinbek

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
796
المشتركون
+424 ساعات
+187 أيام
+330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Birinchi o'n kitobni o'qib bo'lgach, o'zingizni dunyodagi eng dono insondek his qilasiz va har qanday faylasuf yoki mutaxassisga qarshi chiqishga tayyorman deb o'ylaysiz! Ellik kitobdan so'ng, sigaret chekishni boshlaysiz, kundalik tartibni va qahvani sevib qolasiz, va kafelarda yolg'iz stollarni tanlashni boshlaysiz. Ikki yuz kitobdan so'ng, jiddiy kitoblar bilan past saviyadagi kitoblarni ajratishni o'rganasiz ... qo'lingizga qalam olib, eslatmalar yozasiz, hatto qo'llaringizga yozishingiz mumkin, yoki ehtimol eslatmalar uchun daftar sotib olasiz, charm sumka va shifokorga o'xshab qalin ko'zoynak taqib yurishni boshlaysiz. Har holda, juda sokin insonga aylanasiz. Ikki yuz ellik kitobdan so'ng, odamlar bilan aloqani yana ham ko'proq uzasiz...mashhur qo'shiqlar yoki ommabop dasturlar sizga yoqmaydi, o'zingizning alohida dunyongizda yashaysiz va o'zingiz kabi bir aql dan ozgan odamni topish uchun aql dan ozgandek izlay boshlaysiz! Uch yuz ellik kitobdan so'ng, o'tmishda qanchalik ahmoq bo'lganingizni tushunasiz va hali ham faqat birozgina narsalarni bilayotganingizdan o'zingizni yana ham ahmoqroq his qilasiz! To'rt yuz kitobdan so'ng, yuragingizning kuchli urishini his qilasiz va o'zingizga o'xshagan bir ayolni sevib qolasiz, ehtimol uni kutubxonada yoki milliy muzeyda topasiz, yoki uni kitob sahifalari orasida adashgan holda ko'rasiz! Besh yuz kitobdan so'ng, oynaga qarab, o'zingizdan faxrlana boshlaysiz va yozishni boshlaysiz, va bu esa endi boshqa bir hikoya... Kitobxonlikni endi boshlagan insonlarga maʼlum muddat yaqinlashmay turing ularning ba'zilari boshida oʻzlarini daxodek tutishni boshlashadi. @Negative_shorts
إظهار الكل...
🔥 7👍 4 2💯 2 1👎 1👏 1
Bugundan yangi oʻquv yili boshlandi, kimdir maktabda bitiruvchi boʻlsa kimdir universitet/institutlarda 1-kurs. Hayotingizni eng muhim qismlaridan birida turipsiz. Bitiruvchilar deyarli kelajak yoʻnalishini tanlab boʻlishgan, lekin bu yoʻnalishingizni yana qayta koʻrib chiqing hali vaqt borida. Haqiqatdan bu yoʻnalishda oʻsa olasizmi? 1-kurslar, sizlar yoʻnalish tanlab boʻlgansiz, endi sizda boshqa narsalar tanlanilishi kerak. Bular universitetda oʻz ustida ishlash yoki oʻzingiz kabi 2-3 ta dangasa doʻst/dugona orttirib 4 yil umrni zoye ketkazish yokida universitetdagi hech kimga keraksiz tadbirlarga qatnashib talabalik davringizni havoga uchirishingiz mumkin. Ukam, singlim sen oʻqishing kerak! Oʻyin kulgu hech qayerga qochmaydi, universitetdagi bayram tadbirlarga qatnashganing bilan shoxing chiqmaydi. Aksincha, shu vaqtni sohangni oʻrgatishga qaratsang eng zoʻr kadr boʻlasan. Kelajakda senday kadrlar Oʻzbekiston uchun judayam kerak boʻladi. Shunchaki diplom uchun oʻqima! Ha yana bir narsa, 1 semestr, boʻlmasa 1 yil oʻqib koʻr. Bu yoʻnalishda kelajagingni koʻrmay qoldingmi, vaqtida ket! Yana 3 yilingni keraksiz narsaga sovurma🙂. AXLOQ Jorj Maklorin 1948-yilda Oklaxoma universtitetida qabul qilingan birinchi qora tanli talabadir. Uni oq tanli talabalardan alohida o‘tirishga majbur qilishgan edi. Ammo u o‘z nomini universitet tarixida o‘tgan eng yaxshi uchta talaba ro‘yxatiga muhrlay oldi. Maklorin aytadi: "Kursdoshlarim menga hayvonga qaraganday qarashar edi. Men bilan hech kim gaplashmas edi. Domlalar ham xuddi men uchun kelishmaganday tutishar edi o‘zlarini. Savol bersam javob berishmas edi. Ammo men bor kuchimni ishga solib talabalarning barchasidan o‘zib ketdim. Endi ular bilmagan narsalarini mendan so‘rashga majbur edilar. Hamma narsani orzu qilsa bo‘ladi, ammo muvaffaqiyatni emas. Unga mehnat bilan erishiladi". Boshqalar modomiki seni shakling, ko‘rinishing va kiyiming uchun tahqirlar ekan, sen yuzingni quyosh va oy singari munavvar qiladigan axloqqa ega bo‘l tamom. Hammasi yaxshi bo‘ladi "Karles Puyol aytgan edi: Talabalik shunchaki profilga universitetingni logotipini va instagramga universiteting haqida statusniy video qo‘yvolib to‘rt yilingni o‘tkazadigan joy emas". "Qōrqma" asarida shunday jumlalar bor edi: Qiz bolani agar dimplomi bõlsa hattoki iffat chegarasidan chiqib ketgan bõlsa ham yerda qolmaydi...(afsuski shunday insonlar ham oramizda yõq emas) Nima uchun õqiyotganligingizni bilib oling, bugun qilgan harakatlaringiz ertangi kuningiz qanday bõlishini ta'minlaydi. ---------------- 1.Hozir qilayotgan ishlaringni katta qismi bekorchilikdan o'zgasi emas! Eng muhim ishlarini birinchi navbatda bajargin. 2. Ro'zg'or g'amini yeb yuraverish seni rivojlantirmaydi. O'zingni ham o'ylashni, oxiringni va hoziringni o'yla. 3. Ertaga boshlayman degan "rejalar" hech qachon bajarilmaydi, harakat qilish vaqti doim hozirdir. 4. Qadr-qimmat. Senga nima ustunroq ekanligini miyang orqali yaxshilab tahlil qil, keyin shuni qabul qil yuraginga. 5. Noliyverma, muammo hammada bor, bosh bor ekan muammo kelaveradi. Hech qayerga qocha olmaysan. 6. Insonlarga yaxshilik qilishdan to'xtama, faqat chegara degan narsani unutma. 7. Yaxshi hayot istasang, yomoniga ko'nikmada harakat qil. 8. Seni odamlar qanday shakl-shamoyilda ko'rishi muhim emas, insonlar bari bir unutadi. 9. Jamiyatni fikirlari, sening shaxsiy fikirlaringdan ustun emas. 10. Insonlardan nimadurlar kutma: Jo‘ja tuxumni o‘zi yorib chiqsagina bu hayotda yashay oladi, u uchun kimdir yorib bersa emas. @Negative_shorts
إظهار الكل...
2👏 2 1👍 1🔥 1💯 1
TEKSHIRUVCHI Taʼlim mudirligidan bir maktabga tekshiruvchi yubormoqchi boʻlishibdi. Tekshiruvchi yoʻlga chiqib, yoʻlning yarmiga kelganida mashinasi buzilib qolibdi. U mashina tuzatishni bilmas ekan. Mashinaning kapotini ochib, motorga termulib, qoʻlidan bir ish kelmay oʻtiraveribdi. Shu payt uning oldidan bir bolakay oʻtib qolibdi. Bolakay tekshiruvchiga: “Maylimi sizga yordam bersam?”, debdi. Tekshiruvchi: “Tuzatish qoʻlingdan kelsa mayli”, debdi. Bolakay: “Otam mexanik, men u kishiga yordam berib turaman”, debdi.   Bolakay motorga qarab turib, tekshiruvchidan asboblar va kalitlar turadigan qutini olib kelishini soʻrabdi. Tekshiruvchi qutini olib kelib bolakayning oldiga qoʻyibdi. Bir necha daqiqa urinishdan soʻng bolakay teshiruvchidan mashinani oʻt oldirishni soʻrabdi. Tekshiruvchi hayron boʻlib, mashinani oʻt oldiribdi. Mashinaning motori soatdek aniq ishlay boshlabdi. Tekshiruvchi bolakayga rahmat aytib, undan nega bu vaqtda maktabga bormasdan bu yerlarda yurganini soʻrabdi. Bolakay shunday debdi:   “Men sinfimizda eng qoloq oʻquvchiman. Bizning maktabimizga bugun tekshiruvchi kelar ekan. Shuning uchun oʻqituvchimiz bugun maktabga kelmasligimni tayinlagan edilar. Aks holda maktabni sharmanda qilar ekanman!”. Xulosa shuki:    Ana shunaqa qilib biz isteʼdodlarni halok qilamiz. Zakiylik va moʻjizalar yaratish faqatgina maktab oʻquv dasturlarida cheklangan emas. Shaxslarni munosib oʻrniga qoʻyish bilan biz moʻjizalar yaratishimiz mumkin.    Sinfimizda ikkichilar bor edi. Muallimlar doimo ularga “senlar odam boʻlmaysan”dan nariga oʻtishmas edilar. Ular darslarda ikkichi boʻlishsada, mototsiklning motorini titib tashlab, boshqatdan tera olar edi. Holbuki, aʼlochilar bu ishni qila olmas edi. Oʻsha ikkichilar “odam boʻlmaysan”ni eshitaverib, oxiri buzuq yoʻllarga kirib, juvonmarg boʻlib ketdi.    Yoshlarning ruhini sindirib qoʻymaylik. Ulardagi isteʼdodni aniqlab oʻsha tomon yoʻnaltiraylik. Ana shundagina haqiqiy moʻjizani koʻramiz! Manba @Negative_shorts
إظهار الكل...
👍 5 1🔥 1👏 1
⏳24 SOAT... Bilaman bu juda ham oz muddat, gohida o‘ylagan niyatni ham, bugun qilishim kerak deb o‘zimizga vada berilgan so‘zni ham bajara olmaydigan muddat... Lekin kimlar uchundir bu shunchaki kun, atigi 365 kunning biri, 7 kunning davomi holos... Hech o‘zingizga o‘zingiz nima qilishga ulgurdim, nimalar qildim.. deb savol berib ko‘rganmisiz... Nima uchun yashayapman? Maqsad!!! Hulosa qilishga shoshilmayman... chunki vaqt haqida tasavvurlarim butunlay o‘zgacha... fikrlarim chalkash... Yodimga tushgani... Mahallamizda bir qariya onaxon bo‘lardi.. Biz uni budilnik deb atardik.))) Chunki gohida sinfdosh do‘stlarimiz bilan maktabdan qaytayotganimizda ataydan: - Holajon, soatingiz nechchi bo‘ldi? deb har doim qiziqib so‘rardik... Onaxon bo‘lsa har gal aniq vaqtdan yoki 2 yoki 3-4 daqiqa adashib aytardi... eng muhimi soat nechchiligini bilardi... Ajablanarlisi onaxonni qo‘llarida biror martayam soat ko‘rmaganmiz... Qiziq a? Soatni bilmay turib qanday qilib uni nechchi bo‘lganini aytish mumkin??? Men qiziqishlarim ortgani sayin buning sababini bilishga intilardim... Kunlar o‘tib: - Holajon, qanday qilib soatni aniq vaqti nechchi bo‘lganini aytib bera olasiz? Menga ham o‘rgating... dedim bolalarcha qiziqish bilan. Onaxon bo‘lsa uzoq uhh tortib: - Mayli sababini aytaman, lekin sen buni qilishingni hohlamayman... - Nimaga? - Chunki, meni yoshligim behuda o‘tib ketgan. Shuning uchun daqiqa sanab o‘tiraman... Titrab ketdim... Vaqti kelib anglaganim, odamni xarob qiladigan narsa bekorchik ekanligini angladim. Shuning uchun asosiy vaqtimni xunar o‘rganish, ilm olishga sarfladim... O‘zim yerda bo‘lsam marrani baland tog‘ misolid. ko‘rdim... Balki yozganlarim sizga shunchaki tez tez o‘qib chiqib ketadigan fikrday tuyular. Balki bu so‘nggi yildir, Balki so‘nggi kunlar... Balki ohirgi 24 soat… @Negative_shorts
إظهار الكل...
👍 9 1🔥 1
✍️Xat Ertaga bir otaning yolg’izgina o’g’ilning tug’ilgan kuni yetti yoshga to’ladi.Ota sevimli va yolg’iz o’g’li uchun nima sovg’a olish haqida uzoq o’yladi.Nihoyat bu tilaklar va istaklarini xatga tushurishga qaror qildi va chiroyli so’zlar axtara boshladi.Keyin bu ish o’ziga erish tuyuldi.Jimjimaga hojat bormi.Ko’nglimdagilarni yozsam kifoyaku! Shunday hayollar qo’liga qalam olarkan jilmayib qo’ydi: Xat yozmay qo’yganimga ham ancha bo’libdi deya yoza boshladi: Mening pahlavon jasur o’g’lim seni juda yaxshi ko’raman hammada ko’proq sog’inaman! Kichkinagina qulochingni katta ochib dadajon sizni shuncha yaxshi ko’raman deganingdek qo’llarimni dunyoga sig’dirar darajada ochishni va men ham shuncha yaxshi ko’raman deyishingni istayman. Ikkovimizning kuch sinashlarimiz esingdami? Ishon har gal rostdan ham kuchli bo’lganing uchun yon bermaganman. Mening tug’ilgan kunim eslaysanmi?Bobong senga olib kelgan shokoladni yemasdan dadam kelsa beraman deb meni kutib kutib uxlab qolarding.O’shanda yuzchangga termilib ko’nglim quvonchga to’lgandi. Har tong yana kech kelasizmi dadajon deb so’raganing keyin Mayli uxlab qolmay kutib o’tiraman xo’pmi deb kulib qo’yganing sira hayolimdan chiqmayapti. Mayli seni ham ko’p bezovta qildim.Uxla bolajonim .Xotirjam uxla sening yoningga qachon boraman bilmayman.Biz albatta uchrashamiz meni kutgin a o’glim.Seni yaxshi ko’raman.Dadang!!! Tuni bilan ko’z yosh to’kib yozgan bu satrli maktubini ota ertalab yolg’iz o’glining qabri chekkasiga ko’mib keldi. @Negative_shorts
إظهار الكل...
😭 8😢 6👍 1🔥 1💔 1
Orzuni emas natijani belgilang!
إظهار الكل...
Mandat 2024Anonymous voting
  • Grant
  • Kontrakt
  • Tavsiya etilmadi
0 votes
1:07:37
Video unavailableShow in Telegram
Propaganda 2 Manba: Ustozation @Negative_shorts
إظهار الكل...
239.50 MB
1
31:49
Video unavailableShow in Telegram
Propaganda Manba: Ustozation @Negative_shorts
إظهار الكل...
596.63 MB
1
Oʻzbekistondagi hamma chempion bokschilar ham muvaffaqiyatini moddiy yutuqqa aylantirishda birdek emas va hamma chempionlar ham birdek sevimli emas ekan. Baʼzilari nihoyatda boyib ketgan, qudratli shaxslarning ekratoyiga aylangan. Bir yigitning intervyusini koʻrib qoldim. Aslida barcha chempionlar ham oʻziga toʻq boʻlib olgan. Dangʻillama hovlisi va mashinasi bor. Ammo hali 30 ga kirmagan bu yigitda bir nechta hovli, bir nechta kvartira va bir nechta qimmat avtomobillari bor ekan. Uyi qimmat suvenir sovgʻalarga toʻla. Xullas, bir oʻzbek orzu qiladigan barcha moddiy maqsadlariga oshigʻi bilan erishgan. Shularni koʻrib yoshlar havas qiladi, mana qattiq mehnat qilib hamma orzulariga erishgan, nafaqat boylik balki jamiyatda obroʻ-eʼtibor, hurmat va shuhrat qozongan. Eng qudratli va eng boy zotlar ularning peshonasidan oʻpib yelkasiga mehr bilan qoqmoqda. Bularni koʻrib albatta havas qiladi. Buning qarshisida ilm bilan shugʻullanayotgan yoki maʼrifat bilan mashgʻul boʻlganlarni koʻradi. Zerikarli soch turmagida, yuzida tushkun ifoda, liboslari ohori toʻkilgan, tushlikka ikkita somsani ikkilanib oladi, metro-avtobusda yuradi, ijarada yashaydi, umrbod ishlasa ham uy olishi dargumon, jamiyatda hech qanday obroʻ-eʼtiborga yoki hurmatga sazovor emas hatto oʻz xotini ham hurmat qilmaydi, doim noliydi. Shunday signallar doimiy joʻnatilgandan keyin yoshlar nima qilsin... Faizdin Moʻmin @Negative_shorts
إظهار الكل...
🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.