cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Şahsiy kutubhonam

Bu yerda o'zim o'qigan kitoblarning qisqacha mazmuni, iqtiboslar va kanal adminkasining shaxsiy fikr va qarashlari keltiriladi. 📚 Kitob turlari: 👨‍⚖Siyosiy 💆‍♂Psixologik 🕺Motivatsion 👨‍👧‍👦Tarbiyaviy-axloqiy 👨‍💻Iqtisodiy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
275
المشتركون
-424 ساعات
-87 أيام
-3730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

17:42
Video unavailableShow in Telegram
TURKIYLAR “TIL BIRIKTIRDI”.mp489.04 MB
👍 2 2👏 2
Ikki imperiya hamjihatligi Özaro adovat o‘rniga hamjihatlikda jang qildilar. Ularning umumiy maqsadi yangi raqiblarini Kavkaz, Fors davlati va Afg‘onistondan chiqarib tashlash edi. Bu hududlar Britaniya Hindistoniga va podshoning Markaziy Osiyodagi yerlariga olib boradigan muhim yo‘llar edi. Lekin Nikolayning davri o‘z nihoyasiga yetayotgandi. Urush harakatlari tufayli rus xalqiga va mamlakat iqtisodiyotiga solingan chidab bo‘lmas og‘irlik uning "ichki dushman"iga anchadan beri kutib turgan imkoniyatni berdi. 1917 yilning oktyabridagi Rossiya inqilobi Boltiqbo‘yidan Kavkazgacha cho‘zilgan butun sharqiy frontning qulashiga olib keldi. Bolsheviklar darhol oldin tuzilgan barcha shartnomalarni yirtib tashlashdi. Britaniya katta umid bog‘lagan ingliz- rus kelishuvi bir kechada hech narsaga yaramaydigan bir parcha qog‘ozga aylandi. Katta o‘yin tugashi u yoqda tursin, yangi qiyofa va yangi kuch bilan boshlanish arafasida turgandi, chunki Lenin Marksizmga asoslangan maftunkor boshqaruv tamoyillari bilan Sharqda alanga yoqishga qasam ichgandi.
إظهار الكل...
🔥 2👏 2💯 2
37-bob. Öyinning yakun topişi Rossiya yaponlardan yengilib, zaiflaşib qolgan bir paytda Britaniya ham katta öyin markazi tibetni egallaşi öyinni tugatişga olib keldi. Bir necha oy davom etgan muzokaralar faqat uchta davlat Tibet, Afg‘oniston va Fors davlatiga oid masalalar bilan cheklandi, ularning har biri Hindiston mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. 1907 yil avgust oyida bir qator ixtilof va orqaga qaytishlardan so‘ng ser Edvard Grey va Rossiya tashqi ishlar vaziri graf Aleksandr Izvolskiy o‘rtasida kelishuvga erishildi. Katta o‘yin yakuniga yetdi. Shartnoma nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi mintaqaviy ziddiyatlarni doimiy hal qilish uchun, balki (garchi bu haqda aniq aytilmagan bo‘lsa-da) Germaniyaning sharq tomon yurishini to‘xtatish uchun ham ishlab chiqilgandi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya endi Sankt-Peterburgning turk bo‘g‘ozlarini nazorat qilish istagiga qarshi chiqmasligini ham ma’lum qildi. Britaniya endi u yerga nemislarning kirishidan köproq qo‘rqayotgandi. 31 avgust kuni, Sankt-Peterburgda graf Izvolskiy va Britaniya elchisi, ser Artur Nikolson o‘rtasida o‘ta maxfiy tarzda tarixiy ingliz-rus kelishuvi imzolandi. Tibet masalasiga kelsak, har ikki davlat uning ichki ishlariga aralashishdan, u yerda temir yo‘l, yo‘l, shaxta va telegraf qurishdan, o‘z vakillarini yuborishdan tiyilishga va Lhasa bilan esa suveren davlat bo‘lmish Xitoy orqali munosabat o‘rnatishga kelishib oldi. Ruslar Afg‘onistonning Britaniya ta’siri ostida ekanini rasman tan oldi. Sankt-Peterburg u yerda erkin savdo qila olsa-da, bu davlat hududiga hech qanday ayg‘oqchi yubormaslikka va Kobul bilan barcha siyosiy aloqalarni London orqali olib borishga va’da berdi. Inglizlar, o‘z navbatida, Afg‘onistonning siyosiy maqomini o‘zgartirmaslikka kafolat berishdi. Bundan tashqari, inglizlar Sankt-Peterburg qo‘rqadigan narsa Britaniya va Afg‘onistonning Markaziy Osiyodagi chor hukmronligiga qarshi birlashishidan hadiksirashini inobatga olib, hech qachon bunday qilmaslikka va, shuningdek, Kobulni har qanday dushmanona harakatlardan tiyib turishga tantanali va’da berdi. Fors davlati bo‘yicha kelishuv ancha murakkab kechdi. Davlat ikki ta’sir doirasiga ega bo‘lib, o‘rtada betaraf hudud tashkil qilishga ham kelishib oldi. Rossiyaga shimol va markaz, jumladan, Tehron, Tabriz, Isfahon tekkan bo‘lsa, Buyuk Britaniyaga esa Fors ko‘rfaziga muhim kirish yo‘lini o‘z ichiga olgan janub berildi.
إظهار الكل...
👍 2🔥 2🆒 2
Salomnoma Otqa qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek-ma’orif sho‘rosiga salom. O‘zi chetka buqinub, shaxsiyatka to‘qinub, allakimga cho‘qinub-o‘g‘ri ushlaganga salom. Ko‘rgungan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla oq-u qora ham malla-Turkiston ulamolariga salom... Maskov borib kelibon, minglab foyda qilibon, haftada gap yemayin, maktab ochay demayin; 50-60 qo‘y bergan, sakkiz kunlab to‘y qilgan-Turkiston savodgarlariga salom. Abdulla Qodiriy "Mushtum" 1923-yil.
إظهار الكل...
🔥 3👏 1💯 1
Bismillah 15:61. Elchilar Lut xonadoniga kelganida, 15:62. U dedi: “Sizlar notanish odamlarsiz!” 15:63. Ular dedilar: “Aksincha, biz senga ularning shubha qilgani* bilan keldik. (*va’da qilingan Azob) 15:64. Senga haqni keltirdik, biz rost aytmoqdamiz: 15:65. kechaning bir qismida ahling bilan yurgin, sen ortda yurgin; (11:81) Buyurilgan joyga borguncha, sizdan hech kim orqaga burilib qaramasin!” 15:66. Unga shu ishni bildirdik: “Tongga kirishlari bilan, anavilarning dumlari kesiladi!” 15:67. Shahar ahli sevingancha keldilar. 15:68. “Bular axir mening mehmonlarim, meni uyatga qo‘ymang! 15:69. Allohga taqvo qiling va meni sharmanda qilmang!” 15:70. Ular dedilar: “Seni olamlardan* man’ etmaganmidik?” https://t.me/milliykitobiqtibos
إظهار الكل...
Şahsiy kutubhonam

Bu yerda o'zim o'qigan kitoblarning qisqacha mazmuni, iqtiboslar va kanal adminkasining shaxsiy fikr va qarashlari keltiriladi. 📚 Kitob turlari: 👨‍⚖Siyosiy 💆‍♂Psixologik 🕺Motivatsion 👨‍👧‍👦Tarbiyaviy-axloqiy 👨‍💻Iqtisodiy

1
Bu xalqqa (Turkiston xalqlari demoqchi) iloji boricha, mumkin qadar ko‘proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish kerak, toki bu xalqning boshqa narsalarni o‘ylashga siyosiy voqealarni anglab yetishga bir zum vaqti ham, xohishi ham bo‘lmasin. ✍️ Fon Kaufman.
إظهار الكل...
🔥 3🤯 3👍 2
👍 3🔥 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 3👍 2😢 2
Bismillah 15:51. Ularga Ibrohimning mehmonlaridan ham xabar ber: 15:52. Mana, uning huzuriga kirdilar. Dedilar: “Salom/Omonlik”. Dedi: “Sizlardan cho‘chiyapmiz”. 15:53. Dedilar: “Cho‘chima, biz senga ilmli o‘g‘lon xushxabari keltirdik”. 15:54. “Menga keksalik yetganida, shunaqa xushxabar berasizmi? Nimaga asoslangan xushxabar bu?” 15:55. Dedilar: “Biz senga haq ila xushxabar berdik, sen aslo noumid bo‘lma”. 15:56. Dedi: “Rabbining rahmatidan kim ham noumid bo‘lardi, adashganlardan boshqa?” 15:57. Dedi: “Maqsadingiz nima, ey Elchilar?” 15:58. Dedilar: “Biz jinoyatchi qavmga yuborildik, 15:59. Lutning xonadoniga”. Biz ularning barchasiga najot bergaymiz, magar uning xotini mustasno. 15:60. Biz uni ortda qolganlardan bo‘lishini taqdir etganmiz. https://t.me/milliykitobiqtibos
إظهار الكل...
Şahsiy kutubhonam

Bu yerda o'zim o'qigan kitoblarning qisqacha mazmuni, iqtiboslar va kanal adminkasining shaxsiy fikr va qarashlari keltiriladi. 📚 Kitob turlari: 👨‍⚖Siyosiy 💆‍♂Psixologik 🕺Motivatsion 👨‍👧‍👦Tarbiyaviy-axloqiy 👨‍💻Iqtisodiy

1
Repost from Танатоз
Социализм ҳасад мафкурасидир...
Н.Бердяев Россияда Болшевиклар ҳокимиятга келишигач халқни турли гуруҳларга ажратиб, сунъий зиддиятлар яратиб, давлатни бошқаришга ҳаракат қилдилар. Уларнинг ҳасад, ғараз ва нафратга асосланган ахмоқона мафкураси Марказий Осиёда самара бермаслиги маълум бўлиб қолди. Лекин афсуски “болтага соп” бўлувчилар ҳамма даврда ҳам топилар экан...
1925 йилнинг ноябр ойида ВКП(б) Марказий Қўмитасининг Ўрта Осиё бюроси ислоҳотнинг иккинчи босқичини бошлаш тўғрисида қарор қабул қилди. Унга кўра феодал-бойларга тегишли бўлган ер ва мол мулкни мусодара қилиш ва рўйхатга олиш, ҳамда меҳнат меъёрларига кўра бу ер ва мол мулкни деҳқонлар орасида тақсимлаш кўзда тутилди. Аммо эътиқодли деҳқонлар буни қатъий тарза рад этишиб, шариъат бўйича бировниннг мол-мулкини ўзлаштириб олиш тақиқланганлигини айтишди. Шунда ислоҳотнинг муваффақиятли амалга ошишини таъминлаш мақсадида мусулмон руҳонийларидан фойдаланишга қарор қилинди. Улар деҳқонларни онгини ижтимоий хурофотлардан халос қилиб, “бегонанинг мулки” тушунчасининг асл моҳиятини авомга тушунтириш орқали ҳукумат сиёсатини амалга оширишга ёрдам беришди. Тошкент диний бошқармаси вакили мулла Абул Ҳафиз Маҳдум ва бошқа аъзолар билан биргаликда 1926 – йилнинг бошларида ушбу муаммолар юзасидан “енгил йўлни кўрсатиш” мақсадида барча мусулмонларга мурожаат билан чиқишди. Мурожаатда пайғамбар алайҳиссалом ва саҳобалар ҳам ўзлари ёқтирган мулклари ва боғларини камбағалларга инъом этганликлари ҳақида таъкидлаб ўтдилар. Диний раҳнамолар Қуръон сураларидан мисоллар келтириб, деҳқонларга ер уни “тирилтирган”га – яъни ўзи меҳнат қилиб ерда ишлайдиганларга тегишли бўлиши лозимлигини уқтирдилар. Бошқаларнинг мол-мулки ва бойлиги эгалик қилиш “адолат ва тенглик қонуниятига зид” эканлиги мусулмонларга эслатилган ҳолда, агарда хўжалик эгаси ўз меҳнати билан ўзига тегишли ерга ишлов беришга қодир бўлмаса, ер қаровсиз қолиб кетмаслиги учун, ҳукумат унинг ерини олиб қўйиши ва бошқалага бўлиб бериши лозимлиги таъкидланди. Мурожаатномада кўрсатилишича: "Юқорида таъкидланганлардан келиб чиқан ҳолда катта ерларга эгалик қилувчи бойларнинг ўзлари ерларини ерсиз деҳқонларга бериши шарт экани айтилади. Агарда улар турли макр ва алдов йўллари билан қўлга киритган ерларини ўзлари топширишмаса, унда хукумат тарафидан уларнинг ери бўлиниши ва кам ерли деҳқонлар томонидан фойдаланиши қонунларга зид эмас деб ҳисобланади.”
Мустафо Базаров. СОВЕТСКАЯ РЕЛИГИОЗНАЯ ПОЛИТИКА В СРЕДНЕЙ АЗИИ. 1918-1930 гг. Биздан узоқлашманг @tanatoz1920
إظهار الكل...
🔥 1👏 1💯 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.