cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Breynstorm

Zakovat o‘yinlari, savollar paketi va boshqalar haqida. O‘ktam O‘rintoyev(c)

إظهار المزيد
Uzbekistan55 317Uzbek40 558الفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
309
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+37 أيام
+630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

📋 Sportcha zakovatda ekran o‘yinlaridan farqli jamoa sardori roli minimal ahamiyatga ega deyiladi. Ayniqsa tajribali jamoalarda sardor emas shunchaki javobni yozib beruvchi bo‘ladi desak ham adashmasam kerak. Chunki, ekran o‘yinlarida odatda savollarda otsechkalar, aniq formalar kam bo‘ladi. Ammo, sportcha o‘yinlarda osonroq: ikki so‘zda yozib bering, bir xarfdan boshlamadigan ikki so‘zda, qo‘sh undoshli so‘zda, xorijiy so‘zda, raqam, toponim qatnashtirib yozib bering kabi formalarda jamoa javobga yetib borsa adashishi qiyin. Tanlash lozim bo‘ladigan qiyin vaziyatlar bir turnirda 20-30% holda uchrasa kerak. Ko‘pincha jamoa hatto noto‘g‘ri javob berayotganini ham tushunib turadi. Xo‘sh, unda jamoa sardori nega kerak? Fikrlarga ko‘ra sardor o‘sha ba'zi holatlarda javobni tanlash ma'suliyatini oladi va aybdor bo‘lishga ham psixologik tayyor bo‘lishi kerak. Lekin o‘z o‘rnida u boshqa bilimdonlardan kam bo‘lmagan holda muhokamada ishtirok etishi va javoblarni topishi kerak. Bugungi sportcha chgkda shunchaki muhokamani kuzatib versiyalardan birini tanlab oladigan yoki savol muhokama yo‘nalishini belgilaydigan sardorga ehtiyoj yo‘q. Aytilganidek, yaxshi jamoada bilimdonlar o‘zlari qaysi yo‘nalishdan ketish, nimani o‘ylash, qaysi versiyani tanlashni bir daqiqada birgalikda hal qila olishi kerak. Jamoa agar bor javobni o‘tkazib yuborsa ham bu faqat sardor emas, bir necha o‘yinchining aybi bo‘lishi kerak. O‘z navbatida sardorlarga BK jamoasi sardori bo‘lgan M. Savchenkovdan ba'zi tavsiyalar: - agar o‘xshash versiyalar ko‘p bo‘lsa odatda dastlabki soniyadagi versiya to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli yuqori. - agar javobga mos keladigan 2-3 versiya bo‘lsa odatda osonroq versiya to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli yuqori. Okkam ustarasi bu yerda ham ishlaydi. - versiyalarni navbati bilan savolga emas, doimo bir biri bilan taqqoslash kerak. Ya'ni savoldagi ikki holatga tushadigan ammo bitta holatga mos kelmagan versiya boshida rad qilinadi. Keyin muhokamada faqat bitta holatga tushadigan boshqa versiya chiqadi va jamoa rad qilingan variantni o‘ylamay, ohirgi mos versiyani berib yuboradi. Aslida esa boshidagi versiya ko‘proq savolga mos tushardi. 🖌Yana sardorlardan tavsiyalar bo‘lsa izohlarda ulashing.. @breynstorm
إظهار الكل...
👍 13
Chempionlar kubogida afsuski perestrelka baxslarida mag‘lub bo‘ldik. Lekin o‘yin, savollar yomon bo‘lmadi. Xatolar ham bo‘ldi. Kurchatov haqidagi savolda bilib turib ohirida xato variantni berib yubordik. O‘sha variantimiz: quyosh fizika instituti(sandoni) esa keyingi savol javobi bo‘lib chiqdi. Perestrelka ohirgi savolida esa savolni boshida yaxshi tushunmay noto‘g‘ri yo‘nalishga ketib qoldik. Mayli, lekin o‘yinda javob tanlashda kam xato qildik bu safar. Magnumga esa tabrik! Ajoyib natija! @breynstorm
إظهار الكل...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Yo‘qdan ko‘ra hech.. hech bo‘lmasa shoxsupaga chiqdik🙂
إظهار الكل...
🔥 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sardor Abdusodiqov o‘ta sovuqqon o‘yin bilan Shaxsiy o‘yin bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi! Bu gal kambek qilishiga to‘g‘ri kelmadi, deyarli bexato o‘yinlar bilan finalda ancha farq bilan yutib qo‘ydi! Balki bu yilning eng yaxshi bilimdoni bo‘lishga ham yetarli bo‘lar, kim bilsin. @breynstorm
إظهار الكل...
👍 18🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shaxsiy o‘yin yaxshi bo‘ldi. Harqalay, asosiy zaldagi mavzu, savollar yaxshi edi. Milliy mavzular kamroq bo‘lishi mumkin, lekin milliy savollar bor edi turli mavzularda. Finalga ham nazarimda munosiblar chiqdi: klubning eng oldi bilimdonlari, yaxshi eruditlar. Hammaga omad tilayman, eng kuchlisi yutishi tarafdoriman! Ha, shu bilimdonlar ko‘pi o‘z jamoalarida 2024 yilgi mavsum chempionlari ham bo‘lishgan. Agar shaxsiy o‘yinda ham g‘olib bo‘lishsa, ertangi zakovat chempionatida yaxshi ishtirok etishsa yil bilimdoni bo‘lishga ham asosiy nomzodlar shular. Ularning jamoalari esa yil jamoasi bo‘lishga eng yaqinlar bo‘lsa kerak. Qani ertangi shiddatli o‘yinlarni kuzatamiz endi. @breynstorm
إظهار الكل...
👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
A guruhi o‘zi o‘lim guruhlaridan biri bo‘lib qolgan ekan. Kutilganidek yaxshigina kurash ketdi, savollar ham ancha qiyin. Agar shu daraja saqlab qolinsa. Mohira guruhdan birinchi o‘rin bo‘lib chiqishi biroz kutilmagan, ammo ajoyib natija bo‘ldi. Tabrik va omad keyingi bosqichlarda! @breynstorm
إظهار الكل...
🔥 9👎 3 1
Boshlanyapti.. Taklif qilingandiday stollarsiz joylashuv bo‘libdi. Bu yaxshi, nisbatan g‘irromliklar oldi olinadi. Qani buyog‘iji ko‘ramiz, kuchli 100 talikka kimlar kirar ekan.. @breynstorm
إظهار الكل...
📋 S. Rasulov navbatchiligi savollarida Benom jamoasi muhokamasi Mavsumning ohirgi o‘yini muhim o‘yinlardan biri edi, lekin turli xato va yutuqlarga boy o‘yin bo‘ldi. Natija ham shunga yarasha. Bu o‘yinda ham jamoa sardori kech qolib yana birinchi tur(ohirgi bir necha o‘yindagi kabi) sardorlik qilishga to‘g‘ri keldi. Lekin bu unchalik qiyin bo‘ldi deyolmayman, umuman sportcha o‘yinlarda sardorlik qiyin emas o‘zi, bu haqida hali batafsil yozaman. Dastlabki savolda yaxshi variantlar chiqmay turgandi odatiy harflarni tushirolmadik, keyin balki bu alfa, betta kabi harflardir deb o‘ylab alfa mos kelishini tushinib yetdik. Xatiko savolida esa anchadan beri kutish jumlasi ishlatilganda Xatiko va Godo variantlari teng kelib qoldi. Yaponlarga xosligi Xatikoga, ammo yevropalik odam iqtibosi ishlatilishi Godoga tortadigandek edi. Shu vaziyatda yaxshi sardorlogim ish berib to‘g‘ri variant — Xatikoni tanlay oldim desam😎 Aslida bu vaziyatda solishtirib ko‘rdik, savollar darajasi osonligidan osonroq variantni tanlash yaxshiroq edi. Keyin Dilshod aka ism deyildi Xatiko ismga ko‘proq tushsa kerak deb yana mosladik. 7-savolda qora nimadir bo‘lishini tushundik. Qora oltin, vantablek javoblari bor edi. Lekin qora oltin savol mazmuniga tushmas,  vantablek formaga tushmasdi. Javob ikki so‘zda berilishi uchun “vantablek rangi” bo‘lishi ehtimoli kam edi. Shunda, Sohib aka Yupiterdan kattaroq bo‘lsa qora gigantdir deb variant aytdi va shuni tanladik. 9-savolda Firdavs syorfing variantini boshidayoq bergandi. Keyin chalg‘ib boshqa variantlarga o‘tib ketdik va tarqatishga moslab routerni bergandik. O‘zi birinchi fikrga ishonaverish kerak teng holatli variantlarda. 13-savolda yana xatoga yo‘l qo‘ydik. Aslida baland sport turi deb boshidayoq basketbol variantini aytgandim, lekin Sardor qayerdadir Gagarin voleybol o‘ynaganini ko‘rganini, shunday ma'lumotni eshitganini aytganidan keyin shuni berishga majbur bo‘ldik. Keyin tekshirganimda Gagarin rostan ham basketbol, ham voleybol bn shug‘ullangan yaxshi natijalarga erishgan ekan. Apelyatsiya ham bergandik faqat bitta AH qabul qilgan, qolganlar bu sportda razryad olgani haqida ma'lumot yo‘qligi uchun rad qilgan. 17-savolda ham Rio karnavalidan kelib chiqib Venetsiya varianti ham bor edi. Ammo, savolni o‘zini yaxshi tushunmay Rim javobini berib yubordik. 29-savolda Den Syaopinni keksaligida Mao qamoqdan chiqarib hukumatga qaytargani eshitgandim. Keyin yilni Tyananmen voqeasi bilan bog‘ladik va javob kelib chiqdi. 30-da dastlab nomida qora so‘zi bor jamoalarni o‘yladik kn Firdavs redskins va redsocks variantlarini berdik. Qiziltanlidan kelib chiqib to‘g‘ri variantni tanlay oldik. 31-savolda esa rasizm va sevregatsiya variantlaridan birini tanlashda esa formada so‘ralgan lotincha so‘zlar -siya bilan tugashini bilganimiz yordam berdi. Shu bilan bu o‘yinda to‘rtinchi, mavsumda esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. @breynstorm
إظهار الكل...
👍 8
Kun tartibi chiqibdi. Birinchi kuni faqat shaxsiy o‘yin bo‘larkan. Agar saralashdan o‘tolmasa, bemalol 10-11 dan keyin dam olib uyga qaytsayam bo‘larkan🙂Chunki EK va Zakovat faqat yakshanba kuni ekan. Ha, 9 dan kech qolganlar qo‘yilmaydi deyilyapti. Odam ko‘p bo‘ladi ertaroq boraverish kerak. Xo‘sh, shaxsiy o‘yin finalistlarini taxmin qilib ko‘ra olamizmi? Hududlarda kimlar kuchli individual o‘yinchilar? @breynstorm
إظهار الكل...
🏆O‘zbekiston chempionati nizomidan ayrim jihatlar: ▪️Zakovat o‘yinida apellyatsiyalar onlayn bo‘ladi. AHga faqat javobni to‘g‘ri deb hisoblash mazmunidagi apellyatsiya berilishi mumkin. Savolning noto‘g‘riligi bo‘yicha berilgan apellyatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi. Lekin tashkiliy guruh boshlovchi xatosi bo‘yicha AH ga savolni yechishga taklif bera oladi. ▪️Sovrinli o‘rinlar uchun tenglik kuzatilsa biirnchi xato javobgacha 10 tagacha qo‘shimcha savolllar o‘ynalishi mumkin. Shunda ham tenglik kuzatilsa reyting ballariga qaraladi. ▪️EK da eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 jamoa saralashdan o‘tadi. Maksimal jamoa soni 94 ta bo‘ladigan bo‘lsa bir o‘ringa 4,7 jamoa kurashadi. Yaxshigina raqobat. ▪️EKda guruh va yarim finallardan keyin ballar teng kelib qolsa jamoa bir nafar ishtirokchilari o‘rtasida qo‘shimcha mavzu o‘yanaladi. Bunda ham tenglik kuzatilda birinchi xatogacha bitta mavzu o‘ynaladi. ▪️Shaxsiy o‘yinda saralashdan 100 nafar ishtirokchi guruh bosqichiga chiqadi. Qatnashuvchilar esa 500 nafardan ortiq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shunda bir o‘ringa 5-6 nafar o‘yinchi kurashadi. Yanayam tushunarli aytsak, agar arenada 100ta stol bor desak, saralashda bir stolga 5-6 nafardan o‘yinchilar o‘tirsa, bir stoldan bir o‘yinchi chiqadi degani bu. P. S. Umuman Shaxsiy o‘yin saralashida agar stol atrofida o‘tirilsa o‘zaro kelishib javoblar topishni cheklash qiyin. Menimcha, stollarni olib qo‘yib stullarni o‘zini gorizontal va vertikal ketma-ketlikda qo‘yib chiqsa ham bo‘ladi. Harqalay stolda bir-biriga qarab, yozganlarini ko‘rib o‘tirishdan yaxshiroq bu. Bunda bir jamoa va liga vakillari vertikal ketma-ketlikda o‘tirsa yonma-yon bo‘lib qolishi oldi ham olinardi. Yanayam kim biladi. Lekin saralash nazoratiga bee'tibor qaramaslik kerak, baribir. Harqalay eng muhim turnirda eng yaxshilar emas, bir stolda o‘tirib qolganlar birga saralashdan chiqishi yaxshi emas. Ha, natijalarni tekshirish masalasi ham bor. Shuncha ishtirokchini tekshirish, guruhlarga ajratishga 3-4 soat vaqt ketib qolishi mumkin. NNT buni to‘g‘ri tashkil qila oladi deb o‘ylayman. ❔Chempionat boshlanishiga 4 kun vaqt qoldi hali ham turnir kun tartibi yo‘q.. @breynstorm
إظهار الكل...
👍 4😁 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.