cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MATEMATIKA VA MEXANIKA FAKULTETI | Rasmiy kanali |

📌 Matematika fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Bu yerda siz fakultetimizga oid barcha yangiliklardan xabardor bòlishingiz mumkin. Murojat uchun: @dilshod_qosimjonov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
537
المشتركون
-224 ساعات
-137 أيام
+10030 أيام
أرشيف المشاركات
#ttj_uchrashuv 🏢TALABALAR TURAR JOYIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABA QIZLAR HOLIDAN XABAR OLINDI ♻️Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti Xotin Qizlar raisi G.Abduolimova, fakultet katta o'qituvchisi dotsent M.Mamajonova ishtirokida yotoqxonada istiqomat qiluvchi talaba qizlar holidan xabar olindi. 🎗Uchrashuv davomida yotoqxonadagi sharoitlar o'rganilib, talabalarga ichki tartib qoidalar haqida tushinchalar berildi. 🌐 Matematika va mexanika fakulteti matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 4👏 1
#konsert Bugun, 17-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining talabalar turar joyida talaba-yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida kechki konsert dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbirda universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida mas'ullar ishtirok etib, tadbirni ko'tarinki kayfiyatda o'tishida barcha yoshlarni qo'llab-quvvatladi. Konsert davomida iqtidorli yoshlar tomonidan kuylangan sho'x kuy-qo'shiqlar sadosi barchaga qaynoq kayfiyat ulashib, go'zal taronalarni birgalikda xirgoyi qilishga chorladi. Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
إظهار الكل...
👍 2😢 1
#ZakovatdaKuch #UzbekPower ZAKOVATGA QIZIQASIZMI? ⚡️Andijon davlat universitetida zakovat bo'yicha alohida Liga tashkil etilayotgani e’lon qilinadi! 📍Liga o'yinlari har chorshanba kuni soat 12-30 da universitetimiz axborot resurs markazi 2-qavatida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar universitet zakovat kanalida berib boriladi. 🎊O'zini ko'rsatgan bilimdonlar terma jamoa a’zosi bo‘lishi va bu orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘ladigan turli xil tanlovlar, xususan, “Talabalar ligasi”, “Intellektual haftalik”, zakovat o‘yinlari bo‘yicha viloyatdagi OTMlar o‘rtasidagi tanlovlar va asosiysi “Intellektual olimpiada”da ishtirok etishingiz mumkin! ☎️Ro‘yxatdan o‘tish: @ASRORBEK_01_11 🧩Universitet zakovat kanali: @ADUzakovatkanal 📡Universitet zakovat guruhi: @ADUzakovatgroup 👀Bizni kuzatishda davom eting! Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
إظهار الكل...
👍 1
https://t.me/adu_mat_fak_iqtidor Fakultetimizning iqtidorli talaba yoshlari uchun ochilgan guruh. Ilmiy maqolalar, nomdor stipendiyalar va fan olimpiadalari haqida ma'lumot olishingiz hamda fikr almashishingiz uchun.
إظهار الكل...
👍 1🔥 1
#uchrashuv Oliygohimizda birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi Bugun, 14-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida mas'ullar boshchiligida Matematika va mexanika fakultetiga birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov hamda universitet bosh yuristi M.Sodiqovalar tomonidan o'quv jarayoniga oid ko'rsatmalar, odob-axloq kodeksida ko'rsatilgan ichki tartib-qoidalari va dars mashg'ulotlari, HEMIS platformasi haqida tushunchalar berildi. Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
إظهار الكل...
👍 3 2
#koordinatorlar_saylovi Andijon davlat universitetida yo'nalishlar bo’yicha fakultet koordinatorligi va talaba-qizlar fakultet koordinatorligiga saylov boshlandi O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2023-yil 29-martdagi qo'shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha Oliy taʼlim muassasalarida hisobot-saylov ishlari boshlangan. 🗣 Sizni yoshlar yetakchilari va koordinatorlari saylovlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Yoshlar yetakchilari va koordinatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi: 🔸Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi; 🔸Har yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi; 🔸Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 📆Ishtirok etish istagida bo'lgan talabgorlar universitet yoshlar yetakchisi Omadbek Olimjonovga (@omadbek_olimjonov) quyidagi hujjatlarni elektron tarzda yuborishlari so'raladi.
📑 Kerakli ma'lumotlar: — F,I,SH; — fakultet, bosqich; — 3×4 rasm; — telefon raqam.
📌 Shoshiling, qabul joriy yilning 16-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi. Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
03:07
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 👩 Oʻzbek atlasining qizlarimizga yarashganini koʻring! Andijon davlat universitetida "Milliy liboslar millat yuzidir" shiori ostida "Xon atlas" festivali yuqori saviyada, ko'tarinki ruhda davom etmoqda.
📹Festivaldan videolavha
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
66.36 MB
5🔥 1
Repost from Talaba24
Photo unavailableShow in Telegram
#Tanlov #Universitetdagi_ilk_kunim #18_ishtirokchi Matematika fakulteti 2-kurs matematika yo'nalishi Abdukamolov Asrorbek Talaba do'stlaringizga ulashing va g'olib bo'ling 🌚
إظهار الكل...
👍 3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 👩🏻‍🏫 Portugaliyalik professor oliygohimiz talabalariga ma'ruza mashg'ulotlarini olib bordi Joriy yilning 9-12-sentyabr kunlari Portugaliyaning "Beira Interior" universiteti professori Ivan Kaygorodov xalqaro hamkorlik doirasida Andijon davlat universitetida bo'ldi. Professor I.Kaygorodov  Matematika va mexanika fakulteti 2-bosqich magistrlariga "Matematik analizning qo'shimcha boblari" fanidan 12 soatlik ma'ruza mashg'ulotlarini olib bordi. Mashg'ulotlarda oliygohimiz professor-o'qituvchilari ham ishtirok etib, o'zaro tajriba almashdilar. Tashkil etilgan dars mashg'ulotlari talabalarga xorijlik professorning ilmiy qarashlari bilan yangicha yondashishda hamda yangi bilimlarni egallashda samarali xizmat qildi. ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
إظهار الكل...
👍 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.