cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

📖Mutolaa zavqi📚 pdf kitoblar

Faqat o’qigan, o’qiyotgan kitoblarimizdan yozamiz Ko’chirmachilikdan yiroqmiz! Reklama berish uchun 05.02.2023 Qo’shilish uchun so’rov yuboring

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
23 593
المشتركون
-13324 ساعات
+4607 أيام
+1 34530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Keloraslar bolajonlar, birga oʻynaymiz 😄
إظهار الكل...
😁 28👍 8 2💔 2🤗 2🫡 2🙉 2👌 1😍 1🍓 1👨‍💻 1
00:50
Video unavailableShow in Telegram
Ayol kishiga moshina olib bermanglar Toʻgʻri bu yerda ayb qizaloqdadir, baxtsiz hodisadir, Allohni hohlagani. Lekin, shopirlar, moshinada koʻp yuradiganlar aniq biladi shaxsan oʻzim ham ayol kishi ming zoʻr imtihon topshirgan boʻlsin eplab hayday olmaydi dovdiraydi Chunki, moshina haydash ayol kishi fitratiga toʻgʻri keladigan ish emas.
إظهار الكل...
4.35 MB
😢 26👎 16👍 7💯 5🔥 3🕊 2 1 1👏 1🏆 1🫡 1
Kim oʻzini gʻiybat qilinishdan saqlashga qodir boʻla turib, gʻiybatga nishon boʻlsa, odamlar uni gʻiybat qilib sodir etgan ma’siyatlariga sherik hisoblanadi. Yaxshi niyatda insonning Juma kuni hush ulanishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashish, bu bilan Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidni ulugʻlash, Alloh taoloning mehmoni boʻlmishni xushnud tarzda amalga oshirishdir. Shunda masjiddagilar uning hush bo‘yidan bahramand boʻlishadi. Shu bilan birga o‘sha inson atrofidagi odamlarga ozor beradigan noxush hidlarni o‘zidan ketkazish uchun shunday qilgan, ya’ni hush ulangan boʻladi. Bu bilan undan kelayotgan yomon hidni gʻiybatchilar gʻiybat qilishi sababli Allohga osiy boʻlib qolishlarining oldini ham olgan boʻladi. Imom Gʻazzoliy "Niyat, ixlos va sidq"
إظهار الكل...
👍 29🔥 5 4💯 4 1👌 1🏆 1🫡 1
Kim oʻzini gʻiybat qilinishdan saqlashga qodir boʻla turib, gʻiybatga nishon boʻlsa, odamlar uni gʻiybat qilib sodir etgan ma’siyatlariga sherik hisoblanadi.Yaxshi niyatda insonning Juma kuni hush ulanishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashish, bu bilan Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidni ulugʻlash, Alloh taoloning mehmoni boʻlmishni Xushnud tarzda amalga oshirishdir. Shunda masjiddagilar uning hush bo‘yidan bahramand boʻlishadi. Shu bilan birga o‘sha inson atrofidagi odamlarga ozor beradigan noxush hidlarni o‘zidan ketkazish uchun shunday qilgan, ya’ni hush ulangan boʻladi. Bu bilan undan kelayotgan yomon hidni gʻiybatchilar gʻiybat qilishi sababli Allohga osiy boʻlib qolishlarining oldini ham olgan boʻladi. Imom Gʻazzoliy "niyat, ixlos va sidq"
إظهار الكل...
👍 1
Farzandingizni baxtli qilish uchun uni qanday boʻlsa, shunday qabul qilishni oʻrganishingiz kerak. Axir, ikki oylik chaqaloqqa ”Boʻldi, yigʻlama!" desangiz, "Xoʻp boʻladi, oyijon!" deb aytmaydi-ku. Gʻiypsiddin Yusuf "Tarbiya-chi?"
إظهار الكل...
😁 45💯 17👍 8😇 4🕊 3💔 2🆒 2😍 1🐳 1🤗 1
Repost from Mubaşşir Ahmad
"Имомнинг манекен қизи" ёки "Қайнотасидан ҳомиладор келин"? Ижтимоий тармоқда замонавий турк оммавий адабиёти танқид қилинди. Танқиднинг ортидаги асл сабаблар ҳақида эмас, бу пост. Келинг, ёшлар нимага Омина Шенликўғлини ўқияпти, деган саволни берайлик. Аслида саволни бошқача ҳам берса бўлади: Бошқа кимни ўқисин?! Дарҳақиқат, бугун ўзбек адабиёти аянчли аҳволда. Замонавий оммабоп ўзбек адабиёти. XX аср ўзбек адабиёти, гарчи қадриятлари, муаммолари ва мавзулари бугун учун эскирган бўлсада, ўз даврида гуллади, камолотга етишди дейиш мумкин. Биргина Ўткир Ҳошимовнинг асарларини олсангиз, бир неча йилда ўқиб тугатишингиз мумкин. Бироқ, бу асарлар мен ва мендан катталар учун қизиқарли бўлиши мумкин. Адабиёт замон билан ҳамнафас ҳамда долзарб бўлиши керак. Бугунги ёшлар "Ўртоқ Мелис Мурадовичга Московдан шошилинч телеграмма келди", деган матнни биз ўйлагандек тушунмаслиги аниқ. Бугун "Ўткан кунлар", "Меҳробдан чаён", "Фарғона тонг откунча" ёки "Уфқ" асарлари ўртамиёна ёшлар ўқийдиган китоб эмас, балки тарих ва тил бўйича етарли билимга эга бўлгандагина маънавий озуқа олса бўладиган классик асарларга айланиб бўлган. Буни тўғри тушуниш керак. Масалан, Ўткан кунлардаги қора чопон ва қипчоқлар ўртасидаги низоларни олинг. Улар ким ва бугунга қанчалик алоқаси бор? Бугун қипчоқлар ҳам, хўжалар ҳам, қоралар ҳам, ўзбеклар ҳам ўзаро аралашиб, бир миллат бўлиб кетди. Бугунги ўқувчи Қодирийнинг дардини тушунмайди. Хўш, ёш ўқувчи нимани тушунади? Албатта, замонага мос, унинг ҳаёти, қувончи ва дардларини акс эттирган мавзуларни тушунади. Ўқувчини қирқ йиллик "Пахтакор" мавзусидаги интермедия билан китоб ўқишга қизиқтириб бўлмайди. Балки бундан интермедиялар уларни тушунадиган, лойиҳаларни қўллайдиган раҳбарлар учун мос келар, бироқ ёшлар учун эмас. Шунда аввал бошдаги саволни қайта берамиз: Ёшлар унда нимани ўқисин? Бугунги зиёлилар, адабиётшунослар, ёзувчилар уюшмасидагилар ана шу ҳақда ўйлаши, шу талабга мос таклиф бериши керак. Шундагина, турк замонавий адабиётига осилиш мумкин. Иккинчидан, замонавий турк оммабоп адабиётини янада оммалаштираётган нарса бу қадрият тушунчасидир. Биз ёшларга таклиф қиладиган асарларимиз уларнинг қадриятига мос бўлсагина оммалашади, ўшандагина одамлар уни ўқийди. Хўш, қадриятларимизга мос адабиётимиз борми ўзи? Бу алоҳида оғриқли савол. Токи биз замон билан ҳамнафас, бироқ қадриятларимизга мос бадиий асарлар таклиф қилмас эканмиз, ёшлар ёки "Имомнинг манекен қизи" асарини ўқийди ёки "Қайнотасидан ҳомиладор келин" номли кинони кўришига тўғри келади. © Саид Комил Муҳаммад Карим 📷Instagram 💬Telegram 🌐Facebook 🎞YouTube
إظهار الكل...
💔 21👍 20👌 7😨 4🔥 2
Agar qalb shon-shuhrat istash, insonlar qalbini oʻziga moyil qilish va nafsning bundan boshqa xohishlariga moyil boʻlsa, albatta, bunday qalbdan shayton johilga yomon ishlarni bezab koʻrsatish yoʻlida foydalanadi. Shuning uchun ham Sahl Tustariy rahimahulloh aytadi: "Allohga johillikdan koʻra kattaroq osiylik qilinmagan!" U kishiga qarata: "Ey Abu Muhammad, johillik nima ekanini bilasizmi?" deyilganida: "Ha, johillik, kishi bilmaganini bilmasligidir", deya javob qildi. Sahl Tustariy rahimahulloh aytganidek, johilligini bilmaslik ilm olish eshigini butunlay toʻsadi. Kim oʻzini olim, bilimdon deya sanasa, qanday qilib ilm olishi mumkin?! Imom Gʻazzoliy "Niyat, ixlos va sidq"
إظهار الكل...
👍 29 10🐳 5💔 5🔥 4 2😐 2🎉 1😭 1🤓 1
Niyat bilan zulm, adovat,maʼsiyat oʻzgarib qolmaydi Balki bandaning shariatga zid boʻlgan yomonlik bilan yaxshilikni qasd qilishi yomonlik ustiga yomonlikdir Agar buni bilib qilsa, bu odam shariatga qasddan qarshi chiquvchi, shariatdan yuz oʻgiruvchi osiy banda boʻladi. Agar shariatga hilof, ya'ni yomon ish qilayotganini bilmasa, u holda bu odam johilligi bilan osiy boʻlmoqda, chunki ilm olish har bir musulmon uchun farzdir. Aslida, niyatida yomonlik qilishni oʻz qalbiga chiroyli qilib koʻrsatgan kishi shahvatini yashirib, havo-istagini berkitgan boʻladi Abu Homid Gʻazzoliy "Niyat, ixlos va sidq"
إظهار الكل...
👍 40💯 5 4😇 4👌 3💔 2😐 2🍓 1😨 1🫡 1
Eʼtibor Amerikada elektr tokli stulga oʻtirgʻizilib oʻldirisj jazosi berilgan bir jinoyatchiga hugkm ijro etilishidan oldin soʼngi doʼz berildi. U atrofga nazar tashladi. Bir qancha kishilar unga qarab turibdi. Qanchadan qancha muxbirlar qoʻllarida qalam bilan u aytadigan soʻzni kutmoqda. Rasmchilar esa tinmay suratga olyapti. Shunda mahbus: -- Bilasizmi, agar men bolaligimda hozirgidek eʼtibor koʻrganimda edi, jinoyatchilar kursisida oʻtirmagan boʻlardim, -- degan ekan. Agar bolalarga yaxshi tarbiya va eʼtibor berilmasa, ularning katta boʻlib jinoyatchiga ayglanishlari hech gap emas.
إظهار الكل...
🔥 42💯 26😢 22👍 8💔 7😱 6😭 5🕊 2🐳 2🏆 2😐 2
Photo unavailableShow in Telegram
KITOBXONLAR QAYERDASIZLAR👀 Sizlar uchun 2 kunlik konkurs boshladik 2 kun ichida ajoyib kitoblardan birini yutib oling ✅ Sovg'alar👇 🏆 1-o'rin "Atom odatlar", "Martin Iden", "Javdarzordagi xaloskor", "Choʻqintirgan ota" 🏆 2-o'rin "Andisha va gʻurur", "Sevgi san'ati" 🏆 3-o'rin Stiven King "Mergan", "Tom Soyerning boshidan kechirganlari" 🏆 4-o'rin Asli Sanjar "Haram" boshlandi: 14-sentabr tugaydi: 16-sentabr soat 23:00 👉 KONKURSDA QATNASHISH 👈 👉 KONKURSDA QATNASHISH 👈
إظهار الكل...
👍 11 3👌 3🔥 2💔 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.